SANATSIYA
Открыть в Telegram
Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
5 611
Подписчики
-224 часа
+157 дней
+1530 дней
Количество постов
Загрузка данных...
Реакции
Комментарии
Telegram Stars
ТОП постов по
Загрузка данных...
Анализ публикаций
Посты | Динамика просмотров | |||||
📌 Yangi tayinlov
Prezidentning tegishli qarori bilan Nu’mon Usmonovich Muhammadiyev O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari - Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u ilgari egallab kelgan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. | 231 | 0 | 0 | 1 | Loading... | |
Шартнома муддати аслида тугаган
Тарафлар 2023 йилда cooperation.uz порталида электрон харид орқали ёғоч поддон етказиб бериш бўйича 5 та шартнома тузишган (жами ~380 млн сўмга яқин). Даъвогар пулни тўлиқ тўлаган, лекин жавобгар товарни умуман етказиб бермаган.
Муҳим: даъвогар аллақачон 2024 йилда алоҳида 5 та ишда ютган — Оҳангарон суди барча тўланган пулни, закалатни ва пеняни (жами тахминан 175 млн сўм атрофида) жавобгардан ундириб берган. Энди эса, ушбу янги ишда, даъвогар қўшимча равишда шартномаларнинг ўзини расман бекор қилишни сўради (пул аллақачон қайтарилган бўлса ҳам).
Нега рад этилди?
Суд даъвони тўлиқ рад этди — сабаби пул масаласида эмас, процессуал/техник асосда:
Шартномаларнинг 6.1-бандида "амал қилиши 31 декабргача" деб ёзилган, лекин қайси йил экани кўрсатилмаган.
ФК 438-модда, 2-қисмига кўра, агар етказиб бериш шартномасида муддат кўрсатилмаган бўлса — шартнома 1 йилга тузилган деб ҳисобланади.
Демак, 2023 йилда тузилган шартномаларнинг муддати аллақачон (2024 йилда) ўз-ўзидан тугаган.
Олий хўжалик суди Пленумининг 203-сон қарори (2009), 21-банди: агар суд шартномани бекор қилиш ишини кўраётганда унинг муддати аллақачон тугаганини аниқласа — даъво рад этилиши керак (тугаган нарсани "бекор қилиб" бўлмайди).
Якуни: Нурафшон туманлараро иқтисодий суди томонидан даъво тўлиқ рад этилди, устига даъвогар нотўғри ҳисобланган давлат божи учун яна 16 480 000 сўм тўлашга мажбур қилинди (5 та шартномани бекор қилиш учун божни тўлиқ тўламаган экан).
Амалий сабоқ: пулни қайтариб олгандан кейин, агар шартнома муддати аллақачон тугаган бўлса, уни алоҳида "бекор қилиш" ҳақида янги даъво билан судга бормаслик керак — бу вақт ва давлат божини бекорга сарфлаш билан тенг.
Саволингизни: @ABarizabot гa қолдиринг
#sudishi #iqtisodiy
👉@bahodirahmedoff👈 | 226 | 1 | 0 | 4 | Loading... | |
📌 Ikkinchi ish yilida ta’til olish uchun yana 6 oy ishlash kerakmi?
Yo‘q, kerak emas.
Mehnat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi hamda xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvalida belgilangan navbat asosida beriladi.
Jadvaldagi ta’til muddati xodim va ish beruvchining o‘zaro kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Demak, xodimning ikkinchi ish yili boshlangan bo‘lsa, u 6 oy o‘tmasdan ham yillik mehnat ta’tiliga chiqishi mumkin.
Olti oy ishlash talabi faqat birinchi ish yiliga taalluqli.
Ish beruvchi xodimni ta’til boshlanadigan vaqt to‘g‘risida kamida 15 kalendar kun oldin xabardor qilishi shart.
Bunda “ish yili” kalendar yilini emas, xodim ishga qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadigan o‘n ikki oylik davrni anglatadi.
O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga ta’til, odatda, uning asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.
⚖️ Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225, 227 va 228-moddalari.
@sanatsiya | 266 | 4 | 0 | 7 | Loading... | |
Sud ishlarini onlayn kuzatish imkoniyati yanada takomillashtirildi
Bahodir aka Ahmedov ham o‘z kanalida qayd etganidek, Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portalida «Mening suddagi ishim» interaktiv xizmati ishga tushirildi.
Avval ham sud ishlariga oid ma’lumotlarni elektron shaklda olish imkoniyati mavjud edi.
Yangi xizmat orqali esa fuqarolar va yuridik shaxslar aynan o‘zlariga tegishli sud ishlarining joriy holati, ko‘rib chiqilish bosqichlari hamda sud jarayoniga oid muhim ma’lumotlarni shaxsiy kabinet orqali masofadan turib tezkor kuzatib borishlari mumkin.
Mazkur xizmat sud faoliyatining ochiqligini ta’minlash, taraflarning sud jarayonidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi hamda ortiqcha vaqt va xarajatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
@sanatsiya | 258 | 3 | 0 | 2 | Loading... | |
⚖️ Sud ishlarini onlayn kuzatish imkoniyatlari yanada kengaytirildi
Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portalida «Mening suddagi ishim» interaktiv xizmati ishga tushirildi.
Ushbu xizmat orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zlariga tegishli sud ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyatlari yanada kengaydi. Endilikda foydalanuvchilar sud ishining joriy holati, uni ko‘rib chiqish bosqichlari hamda sud jarayoniga oid muhim ma’lumotlarni masofadan turib tezkor kuzatib borishlari mumkin.
@sanatsiya | 1 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
🏫 Maktablarda yangi o‘quv yilining boshlanishi — kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Bugun ta’lim maskanlarida yangragan ilk qo‘ng‘iroq o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va katta imkoniyatlar davrini boshlab berdi.
Maktab-nafaqat bilim beradigan, balki yosh avlodning dunyoqarashi, odobi va Vatanga muhabbatini shakllantiradigan muqaddas dargohdir.
Barcha o‘quvchilarga ilm yo‘lida muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat tilaymiz.
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun samarali va yutuqlarga boy bo‘lsin!
@sanatsiya | 396 | 1 | 0 | 3 | Loading... | |
Teacher A’zam oyiga qancha pul ishlab topadi? :) (#)
@u_generalissimus | 6 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Тошкент давлат юридик университетида контракт нархлари кескин ошди
2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.
Янги нархларга кўра, бакалавриатнинг кундузги таълим шаклида бир йиллик контракт 22 496 700 сўм этиб белгиланган. 2025/2026 ўқув йилида ушбу сумма 16 695 000 сўм эди. Яъни контракт нархи ўтган ўқув йилига нисбатан 5,8 млн сўмга ёки қарийб 35 фоизга ошган.
Бакалавриатнинг бошқа таълим шаклларида ўсиш янада юқори. Сиртқи таълимда тўлов 14 868 000 сўмдан 21 352 800 сўмга етиб, 43,6 фоизга қимматлаган. Масофавий таълимда эса контракт 13 860 000 сўмдан 20 208 900 сўмга ошган. Бу 45,8 фоизлик ўсишни ташкил этади.
Магистратуранинг кундузги таълим шаклида ҳам контракт 5,8 млн сўмга қимматлаб, 18 585 000 сўмдан 24 403 200 сўмга етган. Яъни контракт нархи 31,3 фоизга ошган.
@pressuzb | 282 | 4 | 0 | 4 | Loading... | |
Текширвой ва Тафтишбой кириб келса, уларга буни албатта кўрсатинг!
Кичик бизнес субъектларини текширишга 3 йиллик мораторий эълон қилинди—бу ҳақида ажойиб мултфилм тайёрланибди.
👉@yuristkadr | 337 | 1 | 0 | 7 | Loading... |

