fa
Feedback
SANATSIYA

SANATSIYA

رفتن به کانال در Telegram

Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
5 596
مشترکین
-324 ساعت
-57 روز
-430 روز
تعداد پست‌ها

در حال بارگیری داده...

واکنش‌ها
نظرات
ستاره‌های تلگرام
بهترین پست‌ها بر اساس

در حال بارگیری داده...

تجزیه و تحلیل انتشار
پست ها
ديناميک بازديد ها
Текширвой ва Тафтишбой кириб келса, уларга буни албатта кўрсатинг! Кичик бизнес субъектларини текширишга 3 йиллик мораторий э
Текширвой ва Тафтишбой кириб келса, уларга буни албатта кўрсатинг! Кичик бизнес субъектларини текширишга 3 йиллик мораторий эълон қилинди—бу ҳақида ажойиб мултфилм тайёрланибди. 👉@yuristkadr
181107Loading...
🏥 Sog‘liqni saqlash tizimi — uzluksiz xizmat Bayram yoki dam olish kunlaridan qat’i nazar, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi shifoxonalar, tez tibbiy yordam brigadalari, shifokor va hamshiralar aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida kecha-yu kunduz xizmat qiladi. Ularning uzluksiz mehnati ortida inson hayoti, katta mas’uliyat va kasbga sadoqat turadi. Salomatligimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildiramiz!!!
2730010Loading...
🏥 Sog‘liqni saqlash tizimi -uzluksiz xizmat Bayram yoki dam olish kunlaridan qat’i nazar, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi shifoxonalar, tez tibbiy yordam brigadalari, shifokor va hamshiralar aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida kecha-yu kunduz xizmat qiladi. Ularning uzluksiz mehnati ortida inson hayoti, katta mas’uliyat va kasbga sadoqat turadi. Salomatligimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildiramiz
1000Loading...
📌 Kontrakt va ipoteka to‘lovlarida daromad solig‘i imtiyozi: kimlarga tatbiq etiladi? Ko‘pchilik kontrakt yoki ipoteka to‘lovini amalga oshirsa, to‘langan summaning 12 foizi avtomatik ravishda qaytariladi, deb o‘ylaydi. Aslida, soliq imtiyozi faqat qonunchilikda belgilangan shartlar bajarilganda qo‘llaniladi. 🎓 Ta’lim to‘lovlari bo‘yicha Soliq to‘lovchining quyidagi to‘lovlarga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlariga daromad solig‘i solinmaydi: • o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan eri yoki xotinining O‘zbekistondagi professional yoki oliy ta’lim tashkilotida o‘qishi uchun to‘langan kontrakt summalari; • ta’lim krediti va uning foizlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar; • farzandning nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki nodavlat maktabda o‘qishi uchun ota-ona tomonidan to‘langan, har bir farzand uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan summa. 🏠 Ipoteka krediti bo‘yicha Ipoteka krediti va uning foizlarini to‘lashga yo‘naltirilgan daromadlarga imtiyoz har qanday ipoteka krediti bo‘yicha avtomatik ravishda berilmaydi. Umumiy qoida bo‘yicha uy-joyni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish budjetdan ajratilgan dastlabki badal va yoxud ipoteka foizining bir qismini qoplash subsidiyasi hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Imtiyoz bir soliq davrida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravarigacha bo‘lgan to‘lovlarga nisbatan qarz oluvchi va yoki birga qarz oluvchilarga qo‘llanilishi mumkin. Yosh oila bo‘lgan er-xotin uchun esa qonunchilikda subsidiya sharti hisobga olinmaydigan alohida istisno mavjud. ⚠️ Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka hisobidan olingan uy-joy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 36 oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilsa, avval qo‘llanilgan imtiyoz bekor qilinadi va soliqni qayta to‘lash majburiyati yuzaga keladi. 📄 Imtiyozni qo‘llash uchun odatda deklaratsiya, ta’lim yoki ipoteka shartnomasi hamda to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi. Murojaat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin.
1 98812010Loading...
Malakali mutaxassis bilan ishlash — xarajat emas, ish beruvchi uchun huquqiy himoyadir!!! Bir bankda faoliyat yuritgan davrimizda ayrim xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish masalasi yuzaga kelgan edi. Biz jarayonni Mehnat kodeksi talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligini bir necha bor ta’kidlaganmiz. Afsuski, o‘sha paytda ayrim “mutaxassislar”ning fikri ustun kelib, biz bildirgan huquqiy ogohlantirishlar noto‘g‘ri baholandi. Natijada mehnat shartnomalari qonunga xilof ravishda bekor qilingan xodimlar ishga tiklandi, bankka esa juda katta miqdorda moddiy zarar yetkazildi. Eng achinarlisi, ushbu zararning miqdori hozir ham ortib bormoqda. Bu holat yana bir haqiqatni ko‘rsatdi: qonunchilikka rioya qilish faqat xodimning huquqlarini emas, avvalo ish beruvchining manfaatlari, mablag‘lari va obro‘sini ham himoya qiladi. Shu sababli har qanday sohada o‘z ishini biladigan, mas’uliyatni his qiladigan va qarorning kelgusidagi huquqiy oqibatlarini oldindan ko‘ra oladigan mutaxassislar bilan ishlash ish beruvchi uchun har tomonlama foydali va manfaatlidir. Chunki mutaxassisning haqiqiy qiymati muammo yuzaga kelganidan keyin emas, uning oldini olganida namoyon bo‘ladi. @sanatsiya
284306Loading...
Tarix va kelajak bir manzilda Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida. Toshkentda o‘tayotgan Silk Road Finance & Technology For
Tarix va kelajak bir manzilda Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida. Toshkentda o‘tayotgan Silk Road Finance & Technology Forum 2026ning yakuniy kuni aynan shu maskanda davom etmoqda. Bugungi muhokamalarda islom moliyasi, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va ularning kelajagi alohida o‘rin tutmoqda. Bir tarafda - asrlar davomida shakllangan boy tarix va sivilizatsiya, ikkinchi tarafda - bugungi kun moliyasi, texnologiyasi va yangi g‘oyalar. Shu ma’noda, forumning yakuniy kuni uchun Islom sivilizatsiyasi markazining tanlangani ham o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etadi.
302104Loading...
Бугун, 25 август куни Бош прокурор Ниғматилла Йўлдошев фуқароларнинг прокуратура органларида дастлабки тергов ва терговга қад+5
Бугун, 25 август куни Бош прокурор Ниғматилла Йўлдошев фуқароларнинг прокуратура органларида дастлабки тергов ва терговга қадар текширув, жиноий, иқтисодий ҳамда фуқаролик суд ишларига оид масалалар бўйича мурожаатларини қабул қилди. Кўз тегмасин, Бош прокуроримиз қабули одат тусини олмоқда. @u_generalissimus
298103Loading...
Bugungi kundagi ayrim vaziyatlar va bir yuristimiz haqida... Bu postni o‘zimni oqlash, shaxsiy manfaatimni himoya qilish yoki kimnidir yomonlash maqsadida yozmayapman. O‘z hayotim, oilam, ishim va maqsadlarim bilan bandman. Ushbu fikrlarni o‘sha inson ham o‘qib, o‘ziga kerakli xulosani chiqarishi va bu unga foydali bo‘lishi mumkin degan niyatda yozdim. Men bilgan yuristlardan biri uzoq yillik tajribaga ega. Biroq tajriba insonning faqat o‘z fikrini to‘g‘ri deb bilishi, boshqalarning qarashlarini tan olmasligi yoki har qanday vaziyatda o‘z so‘zini o‘tkazishga intilishi uchun asos bo‘la olmaydi. Ayniqsa, boshqa bir yuristning faoliyati, bilimi yoki yutug‘i e’tirof etilganda, buni xotirjam qabul qila olmaslik insonning o‘ziga zarar qiladi. Birov haqidagi yaxshi fikrni o‘ziga qarshi aytilgan gap sifatida qabul qilish ham to‘g‘ri emas. Chunki birovning muvaffaqiyati boshqa insonning obro‘sini kamaytirmaydi. Ammo doimiy ravishda boshqalarning yutug‘ini tan olmaslik, har bir masalada faqat o‘zini haq deb bilish va atrofdagilarga yuqoridan munosabatda bo‘lish bora-bora inson haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi. Hozir o‘sha yurist haqida ilgari bildirilgan yaxshi fikrlar kamayib, salbiy fikrlar ko‘payib borayotgani sezilmoqda. Eng achinarlisi, inson o‘zini bilimli va haq deb hisoblagan holda, jamoa hamda atrofidagi insonlar oldidagi hurmatini asta-sekin yo‘qotib borayotganini sezmasligi mumkin. Aslida esa haqiqiy bilim faqat qonunni bilish bilan o‘lchanmaydi. U boshqalarning fikrini eshita olish, yutuqlarini tan olish, to‘g‘ri muomala qilish va o‘z xatosini vaqtida anglay bilishda ham namoyon bo‘ladi. Bu hayotda har kimning o‘z yo‘li, o‘z oilasi va o‘z maqsadlari bor. Boshqalarning hayoti va yutuqlarini kuzatib, ulardan bezovta bo‘lib yashash o‘rniga, inson o‘z ustida ishlashi va ortidan qanday fikr qoldirayotgani haqida o‘ylashi kerak. Biz haqimizda asossiz fikrlar aytilgani, keyinchalik esa ularni tasdiqlaydigan biror dalil topilmagach, qanday noqulay holat yuzaga kelganini juda yaxshi bilamiz. Shunga qaramay, masalaga yurist sifatida emas, avvalo inson sifatida yondashdik. Chunki har bir so‘z va amalning qaytishi bor. Biz esa ortga qaramay, o‘z yo‘limizda davom etdik. Alhamdulillah, bugun hammasi a’lo darajada ketmoqda. Ba’zan eng munosib javob tortishuv emas, natijadir. Ushbu fikrlar kimnidir kamsitish uchun emas, o‘z vaqtida xulosa chiqarish uchun yozildi. Agar o‘sha inson buni o‘qib, hech bo‘lmasa bir marta o‘ziga chetdan nazar tashlasa, postdan ko‘zlangan maqsadga erishilgan bo‘ladi. Chunki ba’zan achchiq bo‘lsa ham, o‘z vaqtida aytilgan xolis fikr insonning o‘zgarishiga yordam beradi.
331709Loading...
⚖️ HAR BIR YURIDIK XIZMAT VA XARID KOMISSIYASI E’TIBOR BERISHI LOZIM BO‘LGAN HOLAT Mazkur materialda tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi sifatida ko‘rsatilgan korxonalar o‘rtasida avvalgi ta’sischilik va rahbarlik munosabatlari mavjud bo‘lgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Albatta, bunday holatning o‘zi qonun buzilishi sodir etilganini avtomatik ravishda anglatmaydi. Biroq u xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning o‘zaro bog‘liqligi, manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli va tanlovda haqiqiy raqobat muhiti ta’minlanganini qo‘shimcha ravishda o‘rganish uchun jiddiy asos hisoblanadi. Xarid komissiyasi faqat taqdim etilgan hujjatlarning rasmiy jihatdan to‘liqligini tekshirish bilan cheklanmasligi kerak. Ishtirokchilarning: ▪️ ta’sischilari va rahbarlari; ▪️ avvalgi ta’sischilik va boshqaruv munosabatlari; ▪️ manzili, aloqa vositalari va texnik resurslari; ▪️ taqdim etgan narx takliflari va hujjatlaridagi o‘xshashliklar; ▪️ bir-biri bilan iqtisodiy yoki tashkiliy bog‘liqlik alomatlari ham tahlil qilinishi lozim. Yuridik xizmat esa xarid hujjatlari va komissiya qarorlarini baholashda qonuniylik, xolislik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda sog‘lom raqobatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratishi zarur. Davlat xaridida hujjatlarning shaklan to‘g‘riligi yetarli emas. Eng muhimi — tanlovda haqiqiy raqobat va qaror qabul qilishning xolisligi ta’minlangan bo‘lishi kerak. @sanatsiya
307104Loading...
🔎 Haqiqatni faqat o‘zing ko‘rgan qism bilan o‘lchama Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”da qorong‘i xonadagi fil haqida rivoyat keltiradi. Xonaga kirgan odamlarning biri filning oyog‘ini ushlab: “Fil ustunga o‘xshaydi”, deydi. Boshqasi qulog‘ini ushlab, uni yelpig‘ichga o‘xshatadi. Yana biri xartumini ushlab: “Yo‘q, fil quvurga o‘xshaydi”, degan xulosaga keladi. Ularning hech biri yolg‘on gapirmayotgan edi. Ammo har biri haqiqatning faqat o‘zi anglagan qismini butun haqiqat deb qabul qilgan edi. Hayotda ham ko‘pincha shunday bo‘ladi. Biz bir voqeaning faqat bir tomonini ko‘rib, insonlar va hodisalar haqida qat’iy xulosa chiqaramiz. Boshqa tomonning fikrini tinglamaymiz, holatning sabablarini o‘rganmaymiz va bizga ma’lum bo‘lgan kichik bir qismni to‘liq haqiqat deb hisoblaymiz. Shuning uchun biror insonni ayblashdan, voqeaga baho berishdan yoki xulosa chiqarishdan avval masalaning barcha tomonini ko‘rishga harakat qilish kerak. Siz ko‘rgan narsa yolg‘on bo‘lmasligi mumkin. Lekin u haqiqatning barchasi ham bo‘lmasligi mumkin. Haqiqatga yaqinlashish uchun faqat ko‘z bilan ko‘rish emas, boshqalarni tinglash, mulohaza qilish va xolis bo‘lish ham zarur. @sanatsiya
291008Loading...
🇺🇿 ALHAMDULILLAH! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishoni bila+2
🇺🇿 ALHAMDULILLAH! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishoni bilan taqdirlanish men uchun katta sharaf, shu bilan birga yuksak mas’uliyatdir. Hayotda erishilgan har bir natija ortida insonning yolg‘iz mehnati emas, balki unga tarbiya bergan ota-ona, bilim va yo‘l ko‘rsatgan ustozlar, qo‘llab-quvvatlagan yaqinlar, yonida turgan jamoa hamda unga ishonch bildirgan rahbariyatning ham munosib hissasi bo‘ladi. Avvalo, ota-onamga — tarbiyasi, duosi va har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun, ustozlarimga — bergan bilimi, o‘giti va hayotiy saboqlari uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, insonning o‘z salohiyatini namoyon etishida ishdagi sog‘lom muhit, hamjihat jamoa va eng muhimi, senga ishonch bildiradigan rahbariyat alohida ahamiyatga ega. Bildirilgan ishonch insonni yanada katta mas’uliyat bilan ishlashga, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaslikka va yangi marralar sari intilishga undaydi. Bugungi e’tirofda meni qo‘llab-quvvatlagan, ishongan va birgalikda mehnat qilayotgan barcha hamkasblarim hamda rahbariyatning ham hissasi bor. Barchangizga duolaringiz, ko‘magingiz va ishonchingiz uchun chin qalbimdan RAHMAT! Bu e’tirofni kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada sidqidildan mehnat qilishga undaydigan katta ishonch va mas’uliyat sifatida qabul qilaman. 🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
5 81841032Loading...
SILK ROAD FINANCE AND TECHNOLOGY FORUM SALMOQLI TARZDA ISHTIROKCHILAR UCHUN FOYDALI TARZDA O’TKAZILMOQDA!!! Tafsilot va oling
SILK ROAD FINANCE AND TECHNOLOGY FORUM SALMOQLI TARZDA ISHTIROKCHILAR UCHUN FOYDALI TARZDA O’TKAZILMOQDA!!! Tafsilot va olingan axborot bo’yicha qo’shimcha ravishda kuzatuvchilarga ma’lumot berib boriladi.
335104Loading...
Silk Road Finance and Technology Gruop Forumi salmoqli tarzda foydali tarzda o’tkazilmoqda!!!
Silk Road Finance and Technology Gruop Forumi salmoqli tarzda foydali tarzda o’tkazilmoqda!!!
1000Loading...
Қўлга олиш чоғида полициячининг томоғига нимадир тиқилиб қолибди. Тармоқларда қўлга олинаётган шахс полициячига ёрдам бергани
Қўлга олиш чоғида полициячининг томоғига нимадир тиқилиб қолибди. Тармоқларда қўлга олинаётган шахс полициячига ёрдам бергани резонанс берди. Бу видео AIми билмадим лекин таъсирли. Инсон ҳар қандай пайт инсон 👉@bahodirahmedoff👈
324202Loading...