ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Открыть в Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Больше
Страна не указанаКатегория не указана

📈 Аналитический обзор Telegram-канала O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Канал O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 10 278 подписчиков, занимая место в категории Другое.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 10 278 подписчиков.

Согласно последним данным от 11 ноября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 23, а за последние 24 часа — -86, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 6.45%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 4.74% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 668 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 491 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 5.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 12 ноября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Другое.

10 278
Подписчики
-8624 часа
-1527 дней
+2330 дней
Архив постов
🇺🇿 2026-yil 30-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+4
🇺🇿 2026-yil 30-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Finlandiyaning “EPSE Oy” kompaniyasi bosh direktori Youni Yaaskelyaynen bilan uchrashdi. 🟠Muloqotda yengil sanoat korxonalarida suv resurslaridan samarali foydalanish, oqova suvlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tozalash va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🟠“EPSE Oy” sanoat oqova suvlarini, xususan, tarkibida erigan metallar mavjud bo‘lgan suvlarni tozalashga ixtisoslashgan Finlandiya kompaniyasi bo‘lib, uning texnologiyalari Janubiy Afrika, Zambiya va Qozog‘istonda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
🟠Uchrashuv davomida kompaniyaning suv tozalash reagenti yordamida charmni qayta ishlash, matoni bo‘yash va pardozlash jarayonlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalash hamda qayta foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida 3 ta charmni qayta ishlash va 3 ta mato bo‘yash korxonasidan oqova suv namunalarini laboratoriya sinovlari uchun Finlandiyaga yuborishga kelishildi. Sinov natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda, suv tozalash reagentini O‘zbekistonda birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. ———— 🇺🇿 On October 30, 2026, Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, met with Youni Jaaskelainen, CEO of Finland’s EPSE Oy. 🟠The meeting focused on the efficient use of water resources in light industry enterprises, wastewater treatment using modern technologies, and ensuring environmental sustainability.
🟠EPSE Oy is a Finnish company specializing in the treatment of industrial wastewater, particularly wastewater containing dissolved metals. Its technologies have been successfully implemented in countries such as South Africa, Zambia, and Kazakhstan.
🟠During the meeting, the parties discussed opportunities to use the company’s water treatment reagent to treat and reuse wastewater generated during leather processing, fabric dyeing, and finishing processes. 🟠At the conclusion of the meeting, the parties agreed to send wastewater samples from three leather-processing enterprises and three fabric-dyeing enterprises in Uzbekistan to Finland for laboratory testing. If the test results are positive, they plan to explore an investment project for the joint production of the water treatment reagent in Uzbekistan. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Bu — shunchaki sanoat emas. Bu — insonlar, imkoniyatlar va kelajak. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish — yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish bilangina cheklanmaydi. Bu tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilalar farovonligiga xizmat qiladigan imkoniyatlarni kengaytirishdir. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi — tadbirkor va ishlab chiqaruvchi bilan bir safda. Bugun yaratilgan imkoniyat — ertangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. 🇺🇿 Imkoniyatni ko‘paytiramiz. Ishonchni mustahkamlaymiz. Kelajakni birga quramiz. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda Axborot24 | 30.10.2026 Joriy yilning 9 oyida 112,9 trillion so‘mlik yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi Manba: https://t.me/uzbekistan24_tvnews/298079 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 29-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+4
🇺🇿 Joriy yilning 29-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuvda O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muloqot davomida ikki mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekistonda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalarni tashkil etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, Bangladeshning eksportga yo‘naltirilgan tikuvchilik sanoatini rivojlantirish va xalqaro ta’minot zanjirlariga integratsiyalashish borasidagi tajribasi muhokama qilindi. 🟠Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari assotsiatsiyasi (BGMEA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-moliya yilida mamlakatning tayyor kiyim-kechak eksporti 38,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, jami tovar eksportining 80 foizidan ortig‘ini ta’minlagan. 🟠Uchrashuv yakunida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarini xalqaro brendlar va yirik xaridor kompaniyalarning global ta’minot zanjirlariga integratsiya qilish, xalqaro standartlarni joriy etish, eksport buyurtmalarini ko‘paytirish hamda mahalliy mahsulotlarning yangi tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. ———— 🇺🇿 On October 29 of this year, Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with Muhammad Monirul Islam, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the People's Republic of Bangladesh to Uzbekistan. 🟠The meeting focused on developing trade and economic cooperation between Uzbekistan and Bangladesh, increasing bilateral trade, attracting investment, and implementing joint projects in the textile and garment industries. 🟠Particular attention was paid to making effective use of the production capacities of both countries, expanding the production and supply of finished garment products, and exploring opportunities to establish joint ventures in Uzbekistan specializing in the manufacture of high-value-added products. 🟠The parties also discussed Bangladesh's experience in developing its export-oriented garment industry and integrating it into international supply chains. 🟠According to the Bangladesh Garment Manufacturers and Exporters Association (BGMEA), the country’s ready-made garment exports reached USD 38.7 billion in the 2025/2026 fiscal year, accounting for more than 80% of its total merchandise exports. 🟠At the conclusion of the meeting, the importance of integrating Uzbek textile enterprises into the global supply chains of international brands and major buyers, introducing international standards, increasing export orders, and expanding opportunities for domestic products to enter new foreign markets was emphasized. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Repost from Rasmiy axborot
👍 Yengil sanoat eksporti 26,1 foizga oşdi OAV uçun kontent tayyorlaş markazida Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi direktori maslahatçisi Ogulnur Atayeva iştirokida bölib ötgan brifingda 2026-yilning 9 oyi davomida sohada amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar haqida ma’lumot berildi. 🔠Hisobot davrida yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 112,9 trillion sömni taşkil etdi. Tarmoqqa 3,2 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 245 million dollarlik 27 ta yirik loyiha işga tuşirildi. Natijada 6 600 ta yangi iş örni yaratildi. 🔠Eksport hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 26,1 foizga oşdi. Şuningdek, H&M, LPP, Disney va Marvel kabi xalqaro brendlarni öz içiga olgan 20 ta yangi brend bilan hamkorlik yölga qöyildi. Mahsulotlar Sudan, Xorvatiya, Kipr, Argentina, Peru, Kolumbiya va Dominika Respublikasiga eksport qilina boşlandi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy to‘qi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish, yangi buyurtmalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga amaliy tashrif tashkil etilmoqda. 📅 Tashrif sanasi: 2026-yil 1–4-noyabr 📍 Manzil: Istanbul shahri, Turkiya Respublikasi 🟠Tashrif doirasida tadbirkorlar delegatsiyasining Turkiyaning adL, Damat Tween, AVVA, Koton, DeFacto, Mavi va Madame Coco kabi yirik brendlari vakillari bilan B2B uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🟠Uchrashuvlar davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tayyor kiyim-kechak, trikotaj, jinsi va uy tekstili mahsulotlari taqdim etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport buyurtmalarini jalb qilish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.
📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tayyor kiyim-kechak, trikotaj, jinsi va uy tekstili mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, Turkiyaning yirik brendlari bilan hamkorlik qilish va eksport hajmini oshirishdan manfaatdor mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirok etishlari mumkin. ❗️Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlardan tashrifni tashkil etish masalalari yuzasidan loyiha koordinatori bilan bog‘lanish so‘raladi. 📞 Aloqa uchun: 94 517-25-04 | @Abdiraufova_Marjona ———— 🇺🇿 The Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan is organizing a business visit to Istanbul, Türkiye, to expand exports of Uzbek textile products, attract new orders, and strengthen international cooperation. 📅 Visit Dates: November 1-4, 2026 📍 Location: Istanbul, Republic of Turkey 🟠 As part of the visit, a delegation of Uzbek entrepreneurs is scheduled to hold B2B meetings with representatives of seven major Turkish brands: adL, Damat Tween, AVVA, Koton, DeFacto, Mavi, and Madame Coco. 🟠 During the meetings, local manufacturers will showcase their ready-to-wear garments, knitwear, denim, and home textile products. The visit aims to secure direct export orders, explore opportunities for joint manufacturing projects, and establish long-term business partnerships.
📌 Who can participate?
Local textile companies that manufacture ready-to-wear garments, knitwear, denim, and home textile products and are interested in partnering with major Turkish brands and increasing their export volumes are invited to participate. ❗️ Interested entrepreneurs are kindly requested to contact the project coordinator for further information and organizational details regarding the visit. 📞 Contact: 94 517-25-04 | @Abdiraufova_Marjona 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿2026-yilning 28-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentl
+9
🇺🇿2026-yilning 28-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan “Sulton Tex Group” korxonasida yurtimizning yetakchi to‘qimachilik korxonalari hamda klasterlari vakillari ishtirokida energiya samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 🟠Tadbirning asosiy maqsadi — to‘qimachilik sanoatida energiya resurslaridan samarali foydalanish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda mato bo‘yash jarayonida erishilgan ilg‘or natijalarni namoyish etish orqali ushbu tajribalarni boshqa korxonalarda ham ommalashtirishdan iborat. 🟠Seminar davomida ishtirokchilar korxonada joriy etilgan energiya tejamkor texnologiyalar, mato bo‘yash jarayonidagi ilg‘or ishlab chiqarish yechimlari hamda tannarxni qisqartirish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishdilar. ———— 🇺🇿On October 28, 2026, on the initiative of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, a seminar dedicated to improving energy efficiency and reducing production costs was organized at Sulton Tex Group, with the participation of representatives from the country’s leading textile enterprises and clusters. 🟠The main objective of the event was to promote the efficient use of energy resources in the textile industry, introduce alternative energy sources, and share best practices and achievements in fabric dyeing with other enterprises across the country. 🟠During the seminar, participants learned about energy-efficient technologies implemented at the enterprise, advanced production solutions in fabric dyeing, and practical experience in reducing production costs. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+5
🇺🇿 Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov raisligida Yengil sanoat sohasidagi Jamoatchilik Kengashi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🟠Yig‘ilishda yengil sanoat, xususan, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar muhokama qilinib, global bozor kon’yunkturasi, energiya va logistika xarajatlarining oshishi hamda eksportdagi qiyinchiliklar tahlil qilindi. 🟠Muhokamalar davomida soha korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, soha vakillarining taklif va tashabbuslarini o‘rganish, Jamoatchilik Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorlar bilan tizimli muloqotni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+4
🇺🇿 Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov hamda Xalqaro mehnat tashkilotining “Better Work” dasturi kadrlar siyosati va xodimlar salohiyatini oshirish bo‘yicha katta mutaxassisi Minna Maaskola o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuvda 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilinib, 2027-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, xalqaro sertifikatlash ko‘rsatkichlarini oshirish, komplayens-menejerlarni tayyorlash hamda nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, mamlakatimizda “Better Work” xalqaro sertifikatiga ega to‘qimachilik korxonalari soni yil boshidagi 9 tadan 30 taga yetgani qayd etildi. Shuningdek, 2027-yilda maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, Investitsiyalar forumi doirasida xalqaro brendlar ishtirokida qo‘shma to‘qimachilik forumini o‘tkazish hamda Kambodjada bo‘lib o‘tadigan OECD xalqaro anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi. 🤝 Uchrashuv yakunida to‘qimachilik sanoatida xalqaro standartlarni keng joriy etish, mehnat huquqlarini ta’minlash va mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 26-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+6
🇺🇿 Joriy yilning 26-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Eronning Qom shahri Savdo-sanoat palatasi birinchi vitse-prezidenti Abolfazl Rajabian boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Delegatsiya tarkibidan Qom qo‘lda to‘qilgan gilam eksportchilari uyushmasi prezidenti Javad Kazemi, shuningdek, Qom Savdo-sanoat palatasi a’zolari va uyushma boshqaruv kengashi a’zolari Vahid Keramatian hamda Ali Ashari Fard o‘rin oldi. 🤝 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida yengil sanoat, xususan, ipakchilik sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Eron delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonning ipak ishlab chiqarish salohiyati, mahalliy ipak mahsulotlarining sifati hamda ularni Eron bozoriga yetkazib berish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi. Xususan, Qom shahrida qo‘lda to‘qiladigan ipak gilamlar ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli xomashyo yetkazib berish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. 📌 Muloqot chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli savdo munosabatlarini kengaytirish hamda istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Uchrashuv O‘zbekiston ipak mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 23-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+1
🇺🇿 Joriy yilning 23-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida hududdagi yengil sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari o‘rganildi. 🟠Jumladan, Qiziltepa tumanidagi “SVS NAVOI” korxonasida lateks qoplamali qo‘lqoplar ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi. Mazkur loyihaning qiymati 10 mln AQSH dollarini tashkil etadi. 🟠Shuningdek, “Navoiy Ishonch Gilamlari” korxonasida gilam ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng. 🟠Bundan tashqari, “QORAJON-TEXTILE”, “BRIGHT NAVOI TEXTILE”, “NAVBAHOR TEKSTIL”, “Baht-Textile”, “MENGI TEKSTIL GROUP” korxonalari hamda “AL-AZIZ TOLA” pillani qayta ishlash sexi faoliyati bilan tanishilib, ishlab chiqarish imkoniyatlari va korxonalarni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. 🟠Tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududning eksport salohiyatini oshirish masalalari muhim yo‘nalishlar sifatida belgilandi. 🟠Yengil sanoatni hududlarda rivojlantirish — ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy mahsulotlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishning muhim omilidir. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 21–24-oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Warsaw Home Textile 2026” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining salohiyati namoyish etilmoqda. 🟠Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi orqali 10 dan ortiq yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. 🟠Milliy stendda Cotton Land, Parisa Home, Aisha Home Textile, Bilnur Soft, Osiyo Home, Dina Me kabi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan xalatlar, sochiqlar, choyshablar va boshqa uy to‘qimachiligi mahsulotlari xorijiy xaridorlar e’tiboriga havola etilmoqda. 🟠Ko‘rgazmada ishtirok etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining Yevropa bozorlaridagi o‘rnini kengaytirish, eksport geografiyasini kengaytirish, xorijiy hamkorlar va yirik xaridorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazish hamda yangi shartnomalar tuzishdan iborat hamda, milliy mahsulotlarimizning yuqori sifati, tabiiy xomashyosi va raqobatbardoshligini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🟠Ko‘rgazma davomida xorijiy mutaxassislar va tashrif buyuruvchilar tomonidan O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga katta qiziqish bildirilmoqda. 🟠Shuningdek, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va eksport shartnomalarini tuzish yuzasidan samarali muzokaralar olib borilmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 21–24-oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan Warsaw Home Textile 2026 xalqaro ko‘rg
+6
🇺🇿 Joriy yilning 21–24-oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan Warsaw Home Textile 2026 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy stendida 10 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etmoqda. 📌Asosiy maqsad — milliy to‘qimachilik mahsulotlarining raqobatbardoshligini namoyon etish, eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarning Yevropa bozoridagi mavqeini mustahkamlash. 🤝 Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro xaridorlar bilan muzokaralar olib borish, yangi biznes hamkorlarni jalb etish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va eksport shartnomalarini tuzish uchun muhim maydon hisoblanadi. 🟠“Made in Uzbekistan” brendini xalqaro miqyosda ilgari surish, milliy mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish hamda mamlakatimiz eksport geografiyasini kengaytirish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #MadeInUzbekistan #UzbekistanTextile #WarsawHomeTextile2026 #Eksport #YengilSanoat #XalqaroHamkorlik

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi — Праздничное поздравление народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi — Праздничное поздравление народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-
Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish belgilandi. 🟠Mazkur qaror mamlakatda yengil sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish hamda milliy moda sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. 🟠Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi (Achadémie internationale de choupe de Paris) oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etiladi. 🟠Akademiyada oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda, oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Manba: https://t.me/eduuz/53121 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev "yashil" texnologiyalar asosida ishlayotgan fabrikada. — Президент Шавкат Мирзиёев на фабрике, работающей на основе «зеленых» технологий. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Iordaniyaga amaliy tashrif tashkil etilmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahk
🇺🇿 O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Iordaniyaga amaliy tashrif tashkil etilmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish, yangi xalqaro buyurtmalarni jalb etish va xorijiy hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida Iordaniya Hoshimiylar Qirolligiga amaliy tashrif uchun tadbirkorlar delegatsiyasini shakllantirmoqda. 📅 Tashrif sanasi: 2026-yil 25–28-oktabr
✅ Tashrifning asosiy yo‘nalishlari:
🟠Yangi eksport buyurtmalarini jalb qilish va B2B hamkorlikni rivojlantirish
Iordaniya kompaniyalari bilan uchrashuvlar tashkil etish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish hamda mahalliy korxonalar uchun yangi buyurtmalarni jalb qilish.
🟠AQSH bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazlamalarni Iordaniyaga yetkazib berish, mahalliy hamkorlar bilan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda Iordaniya va AQSH o‘rtasidagi erkin savdo kelishuvi (FTA) imkoniyatlaridan foydalangan holda Amerika bozoriga eksport qilish istiqbollarini o‘rganish.
🟠Xalqaro sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish
Tashrif doirasida Amman va Aqaba shaharlaridagi kompaniyalar hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin? Iordaniya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish, yangi eksport buyurtmalarini olish va AQSH bozoriga chiqish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor to‘qimachilik korxonalari hamda tadbirkorlar delegatsiya tarkibida qatnashish uchun murojaat qilishlari mumkin.
👍 O‘zbekiston fuqarolari uchun Iordaniyaga qisqa muddatli tashriflarda viza talab etilmaydi. ❗️Ishtirok etish uchun: yangi eksport buyurtmalarini olish, Iordaniya kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda AQSH bozoriga chiqish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor tadbirkorlar tashrifning tashkiliy masalalari yuzasidan loyiha koordinatori bilan bog‘lanishlari so‘raladi. 📞 Aloqa uchun: +998 90 910-09-01| @mzj_zh 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Repost from Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar. Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim. Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi. Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi. Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman. Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman! — Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике. Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях. Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы. Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка. Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

Prezidentimizning Qashqadaryoga tashrifining birinchi manzili zamonaviy to‘qimachilik fabrikasi bo‘ldi. — Первым пунктом программы поездки Президента нашей страны в Кашкадарью стала современная текстильная фабрика. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X