Rustam Tojiyev Blog
Открыть в Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
548
Подписчики
+2124 часа
+2647 дней
+27230 дней
Архив постов
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Prezidentimiz ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish uchun bir qator ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Birinchi yo‘nalish – investorlar uchun huquqiy kafolat tizimini yanada kuchaytirish.
Investorlar huquqlarini kuchli institutlar, e’tirof etilgan xalqaro mexanizmlar orqali ta’minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bu borada mart oyidan Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi.
Ushbu markaz ishtirokchilari uchun jozibador soliq tizimi yaratiladi. Foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi. Kapitalning erkin harakati, istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati so‘zsiz kafolatlanadi. Moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar, “yashil” moliya uchun zamonaviy tizim yaratiladi.
Markaz hududida normativ hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham tashkil etiladi.
Dastlabki bosqichda bu kabi imtiyozlarning amal qilish muddati 50 yil etib belgilanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Jahon iqtisodiyoti va global kapital xaritasi keskin o‘zgarayotgan, savdo ziddiyatlari avj olayotgan hozirgi sharoitda har qanday investor tadbirkorlarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinayotgan, iqtisodiyot jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan, keng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan davlatlarga sarmoya kiritishga intilishi tabiiy.
Shu bois, Yangi O‘zbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash yo‘lida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
O‘tgan yili yalpi ichki mahsulotimiz 7,7 foizga o‘sdi, iqtisodiyotga 43 milliard dollar investitsiya jalb qilindi. Milliy valyutamizning barqarorligi ta’minlanib, xalqaro zaxiralarimiz hajmi 70 milliard dollardan ortdi.
“Ko‘pchilikning yodida, biz toʻrt yil avval bo‘lib o‘tgan ilk forumda 2026-yil yakuniga kelib, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotini 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik. Jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda!”,– dedi Prezidentimiz. Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro kredit reytingi yil sayin yaxshilanib bormoqda. Joriy yilda mamlakatimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. Bularning barchasi O‘zbekiston iqtisodiyoti yangi sur’at va yangi imkoniyatlar bosqichiga chiqayotganiga yorqin misoldir. Facebook|Instagram|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari forumda qatnashayotgan davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, jamg‘armalar, va yetakchi ishbilarmonlarni qutladi. Bu yilgi forumda dunyoning 100 ta davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy mehmonlar qatnashmoqda.
“Sizlarning ishtirokingiz xalqaro miqyosda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganining yana bir ifodasidir. Forum doirasida birgalikdagi harakatlarimiz katta marralarga erishish uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda yurtimizga 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yilga to‘g‘ri kelmoqda. Biz O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan, teng huquqli va o‘zaro foydali sheriklikka tayyor investorlar uchun doimo ochiqmiz”,– dedi Prezidentimiz. Fursatdan foydalanib, tadbirda ishtirok etayotgan Albaniya Prezidenti Bayram Begay, Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodaga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yangi taraqqiyot banki, shuningdek, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa investitsiya banki hamda xorijiy banklar, kompaniya va tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirildi. Facebook|Instagram|X
+5
#Jarayon
#Qabul_2026
Fargʻona davlat texnika universitetida 2026/2027 oʻquv yili qabul jarayonlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi🔹Fargʻona davlat texnika universitetida rektor Rustam Tojiyev rahbarligida 2026/2027 oʻquv yili qabul jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda universitetning qabul jarayonlariga masʼul rahbar va xodimlari, fakultet dekanlari hamda tegishli boʻlimlar vakillari ishtirok etdi. 🖇Yigʻilish davomida qabul jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish boʻyicha profilaktik choralarni kuchaytirish, universitet faoliyati va erishilayotgan yutuqlarni keng targʻib qilish, oliygohning ijobiy imijini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. ✨Mazkur yig'ilish davomida rektor Rustam Tojiyev abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish, murojaatlarga tezkor va sifatli javob berish, qabul jarayonlari boʻyicha "Ishonch telefoni" faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash vazifalari belgilandi. Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda universitet nufuzini yanada oshirish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+4
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.🔹Jumladan, oliygoh qoshida tashkil etilgan “Qurilish-sinov laboratoriyasi”, universitetning Sun’iy intellekt laboratoriyasida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari hamda Energetika fakultetida davom etayotgan qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. 🖇Shu bilan birgalikda, amalga oshirilayotgan ishlarning qurilish sifati, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda laboratoriya va o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur loyihalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay, innovatsion va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+4
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida boshqaruv samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi operativ yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🔹Yig'ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, soha prorektorlari, fakultet dekanlari va bo'lim boshliqlari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
— Ijro intizomi holati, topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarining samaradorligi, shuningdek, strukturaviy bo‘linmalar, fakultetlar va kafedralar faoliyatida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida. — Universitetda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklidagi bitiruvchi kurs talabalarining o‘quv fanlaridan qarzdorliklari, to‘lov-kontrakt hamda talabalar turar joyi uchun belgilangan to’lov shartlarini bajarilishi holati to‘g‘risida.Ushbu yig’ilish yakunida barcha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 2-akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.🔹Mazkur tadbirni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berib, yoshlarning kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilab, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi. 🖇Shuningdek, joriy yilda litseyni 213 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasida 4 nafar oltin medal, 7 nafar kumush medal sohiblari hamda 78 nafar qizil diplom bilan ta’limni yakunlagan o‘quvchilar borligi alohida e’tirof etildi. Barcha bitiruvchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi
Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
“Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+6
TESVOLT kompaniyasining dual taʼlim tajribasi oʻrganildi
Xizmat safari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Germaniyaning energiya saqlash tizimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TESVOLT kompaniyasining Vittenberg shahridagi ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi. Tashrifda kompaniyaning dual taʼlim sohasidagi muhim hamkori hisoblangan Anhalt University of Applied Sciences bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik modeli va kadrlar tayyorlash tajribasi oʻrganildi.
Uchrashuvda TESVOLT kompaniyasi rahbariyati tomonidan mahalliy kasb-hunar maktablari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dual taʼlim dasturlari haqida maʼlumot berildi. Xususan, taʼlim jarayonida nazariy bilimlarni ishlab chiqarishdagi amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtirish, talabalar uchun mentorlik tizimini yoʻlga qoʻyish, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va korxona ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlash mexanizmlari taqdim etildi.Muzokaralar chogʻida TESVOLT kompaniyasi va Anhalt University of Applied Sciences oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik tajribasiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, mazkur hamkorlik doirasida talabalar universitetda nazariy bilimlarni oʻzlashtirish bilan bir vaqtning oʻzida kompaniyada amaliy faoliyat olib boradi. Bu esa bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, talabalar va oʻquvchilarning ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishi, kompaniya mutaxassislari rahbarligida amaliy koʻnikmalarni egallashi, taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yondashuv yoshlarning bandligini taʼminlash va zamonaviy iqtisodiyot uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178224 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+6
Anhalt amaliy fanlar universitetida Germaniyaning dual taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribasi oʻrganildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida Anhalt amaliy fanlar universiteti (Anhalt University of Applied Sciences)da uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qayd etilganidek, universitetda bakalavriat va magistratura bosqichlarida dual taʼlim shaklidagi qator taʼlim dasturlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda universitet 200 dan ortiq hamkor korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, talabalarni ish joyida amaliy tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻygan. Taʼlim jarayonida nazariy mashgʻulotlar universitetda, amaliy bosqichlar esa ish beruvchi tashkilotlarda oʻtkazilib, har ikki yoʻnalish oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi. Tomonlar Germaniyaning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan dual taʼlim modeli iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim oʻrin tutishi, bunda taʼlim muassasalari, ish beruvchilar va davlat tashkilotlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.Shuningdek, delegatsiya aʼzolari uchun universitet infratuzilmasi boʻylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178096 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+6
Dunyoning yirik avtomobil konsernida kasbiy va dual ta’lim tajribasi o‘rganildi
Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekistonning muhandislik yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Germaniyaning yetakchi sanoat kompaniyalaridan biri – “MAN Truck & Bus SE” faoliyati bilan tanishdi.
“MAN Truck & Bus SE” Yevropaning yirik tijorat transporti ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, kompaniyada dunyo bo‘yicha qariyb 32 ming nafar xodim mehnat qiladi. Kompaniya yosh iste’dodlarga sarmoya kiritishga alohida e’tibor qaratib, 1 000 nafarga yaqin yoshlarni kasbiy ta’lim, dual ta’lim va stajirovka dasturlariga jalb etgan.
Tashrif va muzokaralar davomida quyidagi asosiy jihatlar hamda tajribalar o‘rganildi: ➖ MAN tajribasining eng asosiy jihati bo‘lgan — ta’lim, sanoat va bandlikning yagona tizim sifatida uzviy ishlash mexanizmi tahlil qilindi; ➖ Yoshlarni maktab davridan boshlab aniqlash, kasbiy va dual ta’lim orqali maqsadli tayyorlash hamda keyinchalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirish tizimi o‘rganildi; ➖ Delegatsiya a’zolari ishlab chiqarish sexlarida bo‘lib, kasbiy ta’lim jarayonlari bevosita sanoat muhitida, zamonaviy texnologiyalar ishtirokida qanday tashkil etilishini kuzatdilar.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/177543 #Xalqaro_hamkorlik #Germaniya 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Germaniya tajribasi o‘rganildi: O‘zbekiston delegatsiyasi Potsdam universitetida dual ta’lim va innovatsiyalar tizimi bilan tanishdi🔹Germaniyada xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston texnika oliy ta’lim muassasalari delegatsiyasi navbatdagi uchrashuvni Potsdam universitetida o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etdi. Tashrif doirasida universitet prezidenti professor Eva Shmidt-Rodermundt delegatsiya a’zolari hamda O‘zbekistonning faxriy rektorlarini qabul qilib, oliygohning faoliyati, strategik rivojlanish yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari va ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi. 🖇Uchrashuv davomida Potsdam universitetida dual ta’lim elementlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, sanoat korxonalari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda talabalarni amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda tayyorlash tajribasi taqdim etildi. Universitet prezidenti tomonidan nazariy bilimlarni ishlab chiqarish va biznes muhitidagi amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalar kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, shuningdek, universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Batafsil:
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Tashrif
#Xalqaro_hamkorlik
✨Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetiga Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri "SEOULTECH" milliy fan va texnologiya universiteti rektori Kim Dong Hwan boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.
Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Xalqaro_hamkorlik
Avval xabar berganimizdek, Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Germaniyaga amaliy tashrif buyurgan edi. Tashrifning ikkinchi kuni delegatsiya a'zolari Bavariya biznes universiteti va MAN yirik sanoat kompaniyasi faoliyatini o’rganishdi.🔹Germaniyaning Bavariya Biznes Universiteti (Bavarian University of Business) amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim va dual ta’lim tizimini muvaffaqiyatli joriy etayotgan xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 🖇️Ushbu tashrif davomida universitet prezidenti professor doktor Kerstin Fink delegatsiya a’zolariga universitet faoliyati, ta’lim dasturlari va dual ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazdi. Xususan, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni korxonalardagi amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish mexanizmlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik asosida o‘quv jarayonini tashkil etish tajribasi hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida tomonlar dual ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar hamda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Batafsil
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Tashrif
#Xalqaro_hamkorlik
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetiga Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri "SEOULTECH" milliy fan va texnologiya universiteti rektori Kim Dong Hwan boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.🔹Tashrif doirasida universitet majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli talabalar uchun grant imkoniyatlarini kengaytirish, xususan, 2 nafar talaba uchun 100 foizlik grant ajratish masalalari ko‘rib chiqildi. 🖇Shuningdek, zamonaviy Til markazi va Texnologiyalar markazini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni kelgusida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+9
#Tashrif
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) rahbariyati va delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi.🔹Tashrif davomida mehmonlar milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz asosida tantanali ravishda kutib olindi. Dastlab delegatsiya vakillariga universitet talabalari va yosh olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, ilmiy loyihalar hamda zamonaviy texnologik yechimlar namoyish etildi. Mehmonlar taqdim etilgan ishlanmalarning amaliy ahamiyati va innovatsion salohiyatiga yuqori baho berdilar. 🖇Shuningdek, SeoulTech delegatsiyasi a’zolari talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, Janubiy Koreya ta’lim tizimi, ilmiy izlanishlar va xalqaro hamkorlik borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv talabalar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. ✨Shundan so'ng, universitetning 1-galereyasida oliygohning navbatdagi ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kengash davomida SeoulTech universiteti rektori Kim Dongxvanga Farg‘ona davlat texnika universitetining Faxriy professori unvoni topshirildi. Mazkur yuksak e’tirof ikki universitet o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va istiqbolli hamkorlikning yorqin timsoli sifatida e’tirof etildi. Marosim davomida Kim Dongxvan samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, yoshlik davrining qadriga yetish, ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va doimiy izlanishda bo‘lish har bir talabaning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim omil ekanini alohida ta’kidladi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
+6
Oʻzbekiston oliygohlari delegatsiyasi Myunxen texnika universiteti tajribasini oʻrgandi
Muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif doirasida Myunxen texnika universiteti (TUM) faoliyati bilan tanishdi. TUM International xalqaro hamkorlik boʻlimi katta menejeri Fabian Jodeit universitetning xalqaro faoliyati boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.
Taqdimotda Myunxen texnika universitetining boshqaruv tizimi, taʼlim dasturlari, xalqaro hamkorlik siyosati, akademik mobillik imkoniyatlari, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish mexanizmlari hamda xorijiy hamkorlar bilan ishlash tajribasi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, universitetning sanoat korxonalari bilan yaqin hamkorlik asosida shakllangan taʼlim modeli va innovatsion ekotizimi haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari universitetning mashinasozlik fakulteti laboratoriyalarida boʻlib, zamonaviy tadqiqot uskunalari, talabalarning amaliy tayyorgarlik jarayonlari hamda laboratoriya faoliyatining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan tizimi bilan tanishdilar.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176086 #Xalqaro_hamkorlik #Germaniya 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Jahon_Chempionati
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!
Farg‘ona davlat texnika universiteti O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatida chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi hamda futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaydi✨Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz millionlab yurtdoshlarimiz qalbiga quvonch ulashadi. Maydonda Vatan sharafini munosib himoya qilib, yangi tarixiy natijalarga erishishingizga ishonamiz. Vatan sharafi uchun, g‘alaba uchun, olg‘a, O‘zbekiston
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
+6
#Xalqaro_hamkorlik
🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad dual ta’lim tizimi bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rganish va uni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida joriy etish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
🖇Tashrifning birinchi kunida delegatsiya Frankfurt shahrida joylashgan MHT Mold & Hotrunner Technology AG korxonasida bo‘ldi. Tashrif davomida korxona rahbari Christian Wagner bilan uchrashuv o‘tkazilib, korxonada oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✨Muloqot chog‘ida MHT Mold & Hotrunner Technology AG hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida dual ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, seminar va workshoplar o‘tkazish, shuningdek, dual ta’lim tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik universitetda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish, talabalar bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
#Xushxabar
Farg‘ona davlat texnika universitetining 4 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tdi
Farg‘ona davlat texnika universitetining 4 ta ta’lim dasturi Evropa Ittifoqining eng nufuzli xalqaro tashkilotlaridan biri ASIIN tashkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
🔹Universitetda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari xalqaro baholashdan muvaffaqiyatli o‘tdi: — 60730300 – Qurilish muhandisligi — 60721500 – Geodeziya va geoinformatika — 60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi — 60730100 – Arxitektura ✨Shu bilan birga, universitet Buyuk Britaniyaning nufuzli QAA tashkiloti tomonidan institutsional akkreditatsiyadan o‘tish jarayonini ham izchil davom ettirmoqda. Hozirga qadar ushbu jarayonning ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lib, ayni paytda uchinchi bosqich amalga oshirilmoqda.E'tiborli jihati shundaki, mazkur xalqaro akkreditatsiya jarayonlari to'liq Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
