ru
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Открыть в Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
591
Подписчики
+3324 часа
+2947 дней
+30530 дней
Архив постов
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTUni_tanla
56,7 balldan yuqori natija bilan universitetga kirib, 2 ta diplom olish mumkin desa, ishonasizmi?
📌Abituriyentlar universitet tanlashda, asosan, ikki jihatga e’tibor qaratadi: 🔹Ta’lim sifati; 🔹Kirish imkoniyati Aynan shu ikki muhim ustunlik Farg‘ona davlat texnika universitetida mujassam. Farg‘ona davlat texnika universiteti — sifatli ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va kelajak sari ishonchli qadam!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTUni_tanla #Mexanika_mashinasozlik_fakulteti Zamonaviy mexanik jihozlar, mashinasozlik hamda texnik xavfsizlik yo‘nalishla
#FDTUni_tanla #Mexanika_mashinasozlik_fakulteti
Zamonaviy mexanik jihozlar, mashinasozlik hamda texnik xavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha sifatli ta’lim olishni istaysizmi?
🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Mexanika-mashinasozlik fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
+3
🇺🇿🇰🇿Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” xalqaro musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etdi “Baris Arena” muz saroyida oʻtkazilgan tadbirda 🇰🇿Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, 🇰🇬Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, 🇹🇯Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi. Davlatimiz rahbari xalqaro turnir ishtirokchilarini qutladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, bu yil uchinchi bor o’tkazilayotgan musobaqalarda 🇺🇿Oʻzbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yoʻnalishlari boʻyicha bellashadi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 Farg‘ona davlat texnika universitetida qabul davom etmoqda. Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar, ilmiy izlanish va professional rivojlanish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 🔹Universitetda mavjud 7 ta zamonaviy fakultetning 50 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari sizni kutmoqda! Nega aynan Farg‘ona davlat texnika universiteti
— Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim — Kirish ballari 56,7 balldan boshlanadi — Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus va Turkiya universitetlari bilan hamkorlik — "2+2" va "1+1" xalqaro ta'lim dasturlari — Dual ta'lim va yirik korxonalarda amaliyot — Startaplar, ilmiy loyihalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyati
Qabul bo‘yicha murojaat qiling: 95-400-00-82 95-400-00-85 95-400-00-86 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#Xalqaro_hamkorlik Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi bo’lib o’tmoqda
🔹 Nufuzli xalqaro forumda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etmoqda. 🖇️ Forum doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti, To‘xtomamatov nomidagi Xalqaro universitet hamda O‘sh texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum oliy ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik tajriba almashish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Xalqaro_hamkorlik Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari re
+4
#Xalqaro_hamkorlik
Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi o‘z ishini boshladi.
🔹Nufuzli xalqaro muloqot maydonida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda. 🖇️Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qirg‘iziston Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Ulan Mamatkanov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar xususida fikr bildirdilar. Mazkur nufuzli xalqaro forumda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Prezident topshirig‘i amalda: Forsayt ofisining birinchi mahsuloti Prezidentimiz topshirig‘i asosida Farg‘ona davlat texnika
Prezident topshirig‘i amalda: Forsayt ofisining birinchi mahsuloti Prezidentimiz topshirig‘i asosida Farg‘ona davlat texnika universiteti huzurida tashkil etilgan Qurilish materiallari va qurilish sohasi bo‘yicha Forsayt ofisining birinchi amaliy mahsuloti — Istiqbolli qurilish materiallari va texnologiyalar bo‘yicha trendlar to‘plami tayyorlandi. Mazkur tahliliy to‘plamda qurilish materiallari sanoatining kelajagini belgilaydigan 15 ta muhim trend jamlangan. Unda passiv sovitish va kam uglerodli qurilish materiallaridan boshlab, raqamli egizaklar, aqlli monitoring tizimlari, o‘z-o‘zini tuzatuvchi beton, regenerativ materiallar, energiya yaratuvchi sirtlar hamda 3D-print texnologiyalari asosida bino qurishgacha bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar sodda va ko‘rgazmali shaklda yoritilgan. To‘plam olimlar, tadqiqotchilar, talabalar, loyiha tashabbuskorlari va sanoat korxonalari uchun kelgusidagi ilmiy loyihalar, tajriba-sinov ishlari, mahalliylashtirish hamda tijoratlashtirish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Bu — Forsayt ofisining kelajak tendensiyalarini shunchaki o‘rganish emas, balki ularni bugundan boshlab amaliy loyiha, texnologiya va mahsulotlarga aylantirishga qaratilgan faoliyatining ilk natijasidir. To‘plam bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Hujjat 2026-yilgi 1-son tahliliy to‘plam sifatida rasmiylashtirilgan va unda qurilish materiallari sohasidagi 15 ta trend jamlangan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari: 📌 O‘n yillik islohotlar natijasida i
Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari: 📌 O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi; 📌 Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida; 📌Bir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab; 📌 Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi; 📌 Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda; 📌 Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda; 📌 Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur; 📌 Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust; 📌 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda; 📌 Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi; 📌 Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi; 📌 Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi; 📌 Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#FDTUni_tanla
ORZUINGIZDAGI KASBNI TANLANG — KELAJAGINGIZNI FARG‘ONA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI BILAN BOSHLANG!
✨Kelajak kasblari bugundan boshlanadi! Sizni zamonaviy ta'lim, kuchli professor-o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar kutmoqda. 7 ta zamonaviy fakultetning 50 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari: Nega aynan Farg‘ona davlat texnika universiteti?
— Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim — Kirish ballari 56,7 balldan boshlanadi — Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus va Turkiya universitetlari bilan hamkorlik — "2+2" va "1+1" xalqaro ta'lim dasturlari — Dual ta'lim va yirik korxonalarda amaliyot — Startaplar, ilmiy loyihalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyati
Qabul bo‘yicha murojaat qiling: 95-400-00-82 95-400-00-85 95-400-00-86 Kelajagingizni tasodifga qoldirmang! Bugunoq "Batafsil" tugmasini bosing va o‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda Unda: Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi. Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda.
“Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti,
– dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirildi. 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi. Yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTUni_tanla #Kimyo_texnologiya_fakulteti
Bojxona sohasida faoliyat yuritishni orzu qilasizmi? Unda to‘g‘ri tanlovni bugundan qiling!
🔹Yoki ilmiy laboratoriyalarda tajribalar o‘tkazib, oziq-ovqat xavfsizligi hamda kimyoviy texnologiyalarning sir-asrorlarini egallashni istaysizmi? ✨Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Kimyo-texnologiya fakulteti aynan siz uchun! Kelajagingizni Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan quring!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Diqqat_muhim Texnikum bitiruvchilari diqqatiga!
Respublika bo‘ylab bo‘lgani kabi, Farg‘ona davlat texnika universitetida ham texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.
📌 Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. Agar siz texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lsangiz, ushbu imkoniyatdan foydalaning va Farg‘ona davlat texnika universitetida ta’limingizni davom ettiring!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Tavsiya
Sifatli ta'lim, zamonaviy infratuzilma, xalqaro imkoniyatlar va istiqbolli kasb — bularning barchasi Farg‘ona davlat texnika universitetida mujassam.
Universitetda 71 ta bakalavriat va 44 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim yo‘lga qo‘yilgan. Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus, Turkiya va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma ta'lim dasturlari amalga oshirilmoqda. Talabalar xalqaro almashinuv dasturlari orqali xorijda tahsil olib, ikki diplomga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Universitet Times Higher Education, QS va milliy reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib, mamlakatimizning yetakchi texnika oliy ta'lim muassasalari qatoridan mustahkam o‘rin egallagan. Zamonaviy laboratoriyalar, dual ta'lim, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim dasturlari, startaplar, ilmiy loyihalar va jonli kampus hayoti talabalarga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkonini yaratadi. HD formatda ko'rish
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#Natija Evropa Komissiyasining Erasmus + dasturi doirasida ERASMUS-EDU-2026-CBHE tanlovining dastlabki milliy loyihalar natij
#Natija
Evropa Komissiyasining Erasmus + dasturi doirasida ERASMUS-EDU-2026-CBHE tanlovining dastlabki milliy loyihalar natijalari e’lon qilindi
Unga ko‘ra, Farg'ona davlat texnika universitet ishtirokidagi 2 ta loyiha g‘olib deb topildi va moliyalashtirishga tavsiya etildi. G'olib deb topilgan, universitetga tegishli loyihalar:
— universitetda 2024-yildan amalga oshirilayotgan GREENDT loyihasining keying bosqichi sifatida O‘zbekistonda Atrof-muhit muhofazasi muhandisligi bakalavriat ta’lim dasturini raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan UzEcoDigiT (Green Digital Transformation of the Undergraduate Educational Program in Ecology and Environmental Protection in Uzbekistan) loyihasi; — universitet talabalarida chiqindilarni aqlli boshqarish, qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan WASTE-UZ (Waste Awareness Skills Training & Education — Uzbekistan) loyihasi.
Ma’lumot o‘rnida, Evropa Komissiyasi tomonidan 2025-yil noyabr 2026-yil fevral oylari davomida Erasmus + dasturining 2026-yil uchun e’lon qilingan: — ERASMUS-EDU-2026-CBHE ochiq tanloviga universitetimiz jamoasi tomonidan geografik jihatdan 12 ta milliy, 6 ta mintaqaviy, 2 ta mintaqalararo, jami 20 ta loyiha; — Jean Monnet ochiq tanloviga professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan jami 34 ta loyiha muvaffaqiyatli topshirilgan. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, talabalari hamda barcha jamoamizni ushbu natija bilan tabriklaymiz. Natijalari hali e'lon qilinmagan loyihalarga ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
“Yangi Oʻzbekistonning asosiy ustuni nima deb mendan soʻrsangiz takror-takror qaytaraman: bilim, ta’lim va tarbiya boʻladi. Mana shuni hech qachon unutmasligimiz kerak.”
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#MillatOtasi ⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmida bu yil ham yurtimizning eng shijoatli va yorqin qahramonlari bilan yuzlashamiz! Filmda joriy yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan, katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, yurt ravnaqi yo‘lida izchil harakat qilayotgan iqtidorli yigit-qizlarning hayot yo‘li va erishgan natijalari yoritiladi. Premyerani bugun, 24-iyul kuni: 📹 9:20 da“O‘zbekiston 24”; 📹 10:50 da “Mening yurtim”; 📹 15:10 va 20:30 da“Yoshlar”; 📹 18:30 da “Toshkent”; 📹 18:00 da “Renessans” hamda hududiy telekanallarda tomosha qilishingiz mumkin! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz!
🔹Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavalludining 69 yilligi nishonlanmoqda. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qat’iyat va fidoyilik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuksak e’tirofga sazovordir. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlar doimo ulkan muvaffaqiyatlar bilan davom etsin. El-yurt ishonchi, xalqimizning mehr-muhabbati va duolari Sizga hamisha kuch-quvvat bag‘ishlasin. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz shijoat va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari #13-19.07.2026 Metallurgiya sohasi taraqqiyotida yuksalish davri” — Baxtiyor MARDONOV, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori;  Aql markazlari” orqali barqaror rivojlanish sariElmurod HOSHIMOV, Bank-moliya akademiyasi rektori; O‘zbekiston – Yevroosiyo makonidagi logistika chorrahasi Rustam TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor;    «Будущее за инвестициями в знания и человеческий капитал»Равшанбек ХУДОЙБЕРГАНОВ, директор Ташкентского филиала Университета бизнеса и науки, профессор; Yangilanishlar – ziyolilar taqdiridaNusratullo JUMAXO‘JA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori; Jamiyatni harakatga keltirayotgan kuch” — Tursunboy FAYZULLAYEV, Namangan davlat universiteti professori; Tarixiy meros va diniy-ma’rifiy diplomatiya” — Habibullo SADIBAQOSEV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi birinchi prorektori, professor; «Как спорт делает страну узнаваемой» — Сайёра САФАЕВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета; Po‘latdan qurilayotgan kelajak” — Sunnatilla G‘OYIBNAZAROV, Toshkent davlat texnika universiteti dekani; Islohotlarimiz samarasi: xalqaro reyting va indekslarda yuqori baholanmoqda” — Akmal ABDUVOHIDOV, Guliston davlat universiteti dotsenti; Mamajon MAMATOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti;   «Город искусных мастеров и древних традиций» — Чори ХУСАНОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного университета востоковедения;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTUni_tanla #Ishlab_chiqarishda_boshqaruv_fakulteti
Soliq idoralarida ishlashni xohlaysizmi? Unda bugundan o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying!
🔹Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va davlat byudjetini shakllantirishda malakali soliq mutaxassislariga talab tobora ortib bormoqda.Farg‘ona davlat texnika universitetining Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti sizni zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan kelajakdagi muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang! Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti bilan o‘z kasbiy faoliyatingizga mustahkam poydevor yarating.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt