"Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi
Открыть в Telegram
O'zbekiston Ekologik partiyasi “Ekologiya va salomatlik" ayollar klubining rasmiy sahifasi.
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
1 220
Подписчики
+2324 часа
+237 дней
+1630 дней
Архив постов
🟢 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — YANGI G‘OYALAR VA DOLZARB TASHABBUSLAR MAYDONI!
⚡️Yoshlar, sizni ekologiya, yoshlar siyosati va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan ochiq, samimiy va mazmunli muloqotga taklif etamiz.
Spikerlar:
⏺Abdushukur Hamzayev Xudoyqulovich-O'zbekiston Ekologik partiyasi raisi.
⏺Sattorov Hayrulla Fayzullayevich-O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi.
🗓 Sana: 10-sentabr
🕚 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi
📝 Ishtirok etish uchun quyidagi LINK orqali ro‘yxatdan o‘ting
Fikringiz — muhim. Tashabbusingiz — kelajak uchun qadam!
Sizni ochiq va samimiy muloqotda kutib qolamiz!
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Repost from Nilufar Matkarimova | Rasmiy
🟢AYOLLAR SALOMATLIGI — USTUVOR YO‘NALISH!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda “Respublika Imkoniyat” jamoat birlashmasi o‘rtasida ayollar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va xotin-qizlarning tibbiy hamda ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan yirik hamkorlik loyihasi tez kunda amalga oshiriladi.
👩🏻💼Hamkorlik doirasida xotin-qizlar uchun sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiluvchi uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari, ekspertlar ishtirokidagi suhbatlar va amaliy loyihalar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
🌱 Sog‘lom ayol — sog‘lom oila, sog‘lom oila esa sog‘lom jamiyat demakdir.
Mazkur hamkorlik orqali ayollar salomatligini asrash, profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish va sog‘lom avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shish maqsad qilingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook

#Bir_kun_bir_ekologik_maʼlumot
🗓14-sentabr — Xalqaro turnalar kuni.
🌿Turnalar ekologik muvozanatning ajralmas qismi bo‘lib, ularning tabiiy yashash hududlarini asrab-avaylash atrof-muhit barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
🌱Suv-botqoq hududlari, daryo va ko‘l bo‘ylari kabi tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish turnalar uchun qulay yashash sharoitlarini saqlab qolishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ham qushlarning tabiiy yashash joylarini asrash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni yuksaltirish muhim vazifalardan biridir.
⚡️Turnalarni asrash — tabiatdagi uyg‘unlikni asrashdir. Tabiatni asraylik va kelajak avlod uchun musaffo, yashil hamda barqaror muhitni birgalikda yaratamiz!Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 📷Instagram |🔵Facebook
#Bir_kun_bir_ekologik_maʼlumot
🗓7 sentyabr — Moviy osmon uchun xalqaro toza havo kuni
⚡️2020-yildan boshlab BMT tomonidan ushbu sana havo ifloslanishining oldini olish va toza havoni ta’minlash masalalariga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb etish maqsadida nishonlab kelinmoqda.
🌿 Kunning asosiy maqsadi — havo ifloslanishi muammosiga e’tiborni kuchaytirish hamda toza havoni ta’minlash yo‘lida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
✔️Toza havo — faqat ekologik masala emas, balki inson salomatligi va hayot sifati masalasidir.💙 Musaffo osmon va toza havo — barchamizning umumiy boyligimizdir! Manba Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 📱Instagram |📱Facebook
Repost from Xorazm viloyati Kengashi
#Xorazm
#TV_Radio
”YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
YASHIL KELAJAK SARI AYOLLAR VA YOSHLAR BILAN BIRGA
Ekopartiya Xorazm viloyat Kengashi matbuot xizmati
👉 https://t.me/ecopartiyaxorazm
#deputat_ayol_rubrikasi
🇺🇿 Deputat ayol-Kamalova Dildora Gʻayratovna
Adolat, qonun ustuvorligi va ochiq boshqaruv tamoyillarini mustahkamlash yoʻlida faoliyat olib borayotgan parlament vakili.
🔹 Lavozimi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
Ma'lumotlar:
-1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
-Oliy maʼlumotli.
-Toshkent davlat yuridik institutida bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.
-Yuridik fanlar doktori (DSc),Professor.
🌿 Parlamentdagi faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibida samarali faoliyat yuritib, qonunchilikni takomillashtirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda."Deputat ayol" rubrikasi mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat farovonligi va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat olib borayotgan deputatlar faoliyatini yoritishga bag‘ishlanadi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook

-Yuridik fanlar doktori (DsC),Professor.

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
Bugun — xalqimizning ozodligi, milliy g‘ururi, tinch va farovon hayoti timsoli bo‘lgan eng ulug‘ ayyomlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini yuksak faxr va iftixor bilan nishonlamoqdamiz.
Mustaqillik bizga nafaqat erkin va obod Vatanda yashash, balki uning kelajagi uchun mas’uliyat bilan harakat qilish imkonini berdi. Zero, yurt ravnaqi — sog‘lom avlod, faol xotin-qizlar, musaffo tabiat va ekologik farovonlik bilan chambarchas bog‘liq.
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, tabiatimiz obod, xalqimiz farovon bo‘lsin. Har bir xonadonda baxt, salomatlik va fayz-baraka hukm sursin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
#Mustaqillik35 #O‘zbekiston #MustaqillikKuni #EkologiyaVaSalomatlik #AyollarKlubi
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,– dedi davlatimiz rahbari. Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.
To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi.
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X