ch
Feedback
"Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi

"Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi

前往频道在 Telegram

O'zbekiston Ekologik partiyasi “Ekologiya va salomatlik" ayollar klubining rasmiy sahifasi.

显示更多
未指定国家未指定类别
1 198
订阅者
无数据24 小时
+17 天
+830 天
帖子存档
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, e
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.   Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.  
– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,
– dedi davlatimiz rahbari.   Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi.   Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi. Facebook|Instagram|X

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi. To‘rtinchi mill
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi. To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi. Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X

Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi. Aholi salomatligi bil
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi. Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi. Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi. Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi. Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidl
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.   Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.   Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.   Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.  
Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.   Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.   Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.   Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.   Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.  
Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.   Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

#Mustaqillikka_35_yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi Mamlakatimiz bo‘y
+8
#Mustaqillikka_35_yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi Mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng ko‘lamda davom etmoqda. 📍Xuddi shunday O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida ham “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi Abdushukur Xamzayev tabrik avvalida davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizni yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat hamda farovon hayotni ta’minlash, eng muhimi, ekologik barqarorlik yo‘lida katta ko‘lamdagi ishlar olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Mustaqillik xalqimizning ko‘p asrlik orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘zimiz belgilash imkonini bergan buyuk tarixiy ne’mat, deya qo‘shimcha qildi partiya rahbari.
Tadbirda Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparatining bir guruh xodimlariga esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, partiya faoliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

E’tirof — sharaf va mas’uliyat timsoli 🇺🇿 Sharipova Shoira Usmonovna — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengas
E’tirof — sharaf va mas’uliyat timsoli 🇺🇿 Sharipova Shoira Usmonovna — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof — Shoira Sharipovaning mamlakatimiz taraqqiyoti, ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir. 🎖️ E’tirof egasini ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, yangi tashabbuslar va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarida omad tilaymiz.
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#deputat_ayol_rubrikasi 🇺🇿 Deputat ayol-Tajibayeva Gulchexra Sadriddinovna 🔹 Lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
#deputat_ayol_rubrikasi 🇺🇿 Deputat ayol-Tajibayeva Gulchexra Sadriddinovna 🔹 Lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi. Maʼlumotlar: -1981-yilda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan. -Oliy ma’lumotli. -2002-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. -Mutaxassisligi — huquq fani o‘qituvchisi.
🌿 Parlamentdagi faoliyati Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, milliy manfaatlarni himoya qilish hamda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faol ishtirok etmoqda.
"Deputat ayol" rubrikasi mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat farovonligi va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat olib borayotgan deputatlar faoliyatini yoritishga bag‘ishlanadi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook

🟢“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan partiyamiz vakillarini muborakbod etamiz! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
🟢“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan partiyamiz vakillarini muborakbod etamiz! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Jumladan, partiyamiz Markaziy Kengashi a’zosi, O‘zbekiston Milliy universiteti tuproqshunoslik kafedrasi professori Gafurova Lazizaxon Akramovna hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Utemuratova Sapargul Shamshetovna yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Ushbu e’tirof — yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalari, fidokorona mehnatlari va ko‘p yillik samarali faoliyatlarining yuksak e’tirofidir.
🤝O‘zbekiston Ekologik partiyasining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan Lazizaxon Akramovna va Sapargul Shamshetovnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! 🟢Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!

#Axborot24 | 22.08.2026 O'zbekiston ekologik partiyasi tomonidan respublika xotin-qizlar forumi o'tkazildi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)

🟢“Yashil texnikum” faoliyati bilan tanishildi   O‘EP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Matkarimova Urganch tumanidagi “Hojiboylar” mahallasida joylashgan “Yashil texnikum” faoliyati bilan tanishdi. 

🟢26-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI ✅Tadbir doirasida Urganch shahridagi 26-son maktabgacha ta’lim ta
+5
🟢26-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Tadbir doirasida Urganch shahridagi 26-son maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Mazkur tashkilotda imkoniyati cheklangan bolalar uchun bepul ta’lim va tarbiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning ta’lim olishi, rivojlanishi va kundalik hayotga moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Tashrif davomida bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan bolalarning ehtiyojlariga mos xizmatlarni yanada rivojlantirish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔵Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yanada qulay muhit yaratish va inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Telegram | Instagram | Facebook

🟢XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — E’TIBOR MARKAZIDA ✅Tadbir doirasida Urganch shahrining 20-sonli “Obi hayot” mahallasi,
+5
🟢XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
Tadbir doirasida Urganch shahrining 20-sonli “Obi hayot” mahallasi, “Jayhun” ko‘chasida joylashgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishildi. Tashrif davomida xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilishi va daromad topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida fikr yuritildi. Uchrashuv davomida partiya safiga qo‘shilish istagini bildirgan faol xotin-qizlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
🔵Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirish — barqaror taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Telegram | Instagram | Facebook

🟢“YASHIL TEXNIKUM” FAOLIYATI BILAN TANISHUV Tadbir doirasida Xorazm viloyati, Urganch tumanining “Hojiboylar” mahallasi hudu
+5
🟢“YASHIL TEXNIKUM” FAOLIYATI BILAN TANISHUV Tadbir doirasida Xorazm viloyati, Urganch tumanining “Hojiboylar” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Yashil texnikum” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida texnikumda yo‘lga qo‘yilgan faoliyat, yoshlarni ekologik yo‘nalishdagi kasb va ko‘nikmalarga jalb etish, ularning amaliy bilimlarini oshirish hamda zamonaviy yondashuvlar asosida ekologik madaniyatini shakllantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va bu boradagi faoliyatni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔵“Yashil texnikum” — ekologik bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish, yoshlarni yashil kelajak bunyodkorlari sifatida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biridir. Telegram | Instagram | Facebook

🟢Yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda 🔵Kelgusida ekologik yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish, mazmunli va samarali tadbirlarni tashkil etish hamda yoshlar va xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalar belgilab olindi.   Telegram | Instagram | Facebook

🟢“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” Ayollar klublari va Yosh ekologlar qanotining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi. Telegram | Instagram | Facebook