Startup Ambassadors | Samarkand
رفتن به کانال در Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
329
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-1630 روز
آرشیو پست ها
Startup Ambassadorsda navbatdagi mehmonimiz bilan jonli workshop!
🎙 Shohruxbek G'ulomov — "Taomchi" startap loyihasi asoschisi, INNOX inkubator dastur menejeri va 20+ startap loyihalari bilan ishlagan inkubatsiya eksperti va “Yoshlar Ventures” venchur jamgʻarmasi loyiha menejeri.
Mavzu: Startap g'oya formulasi va pitch deckdagi 5 ta xato!
📅 25-Aprel
⏰19:00
📍Onlayn
Ushbu sessiyada siz kuchli startap g'oyani qanday topishni (Muammo + Yechim + Bozor + Vaqt formulasi), investorlar uchun pitch deckdagi xatolar va amaliyotchi tajribasini bilib olasiz.
Onlayn uchrashuv ushbu telegram kanalimizda bo'ladi.
🌐Telegram 🖥 Linkedin 📱 Instagram 🖥 YouTube
Repost from Startup Ambassadors
Startup Ambassadorsda navbatdagi mehmonimiz bilan jonli workshop!
🎙 Shohruxbek G'ulomov — "Taomchi" startap loyihasi asoschisi, INNOX inkubator dastur menejeri va 20+ startap loyihalari bilan ishlagan inkubatsiya eksperti.
Mavzu: Startap g'oya formulasi va pitch deckdagi 5 ta xato!
📅 25-Aprel
⏰19:00
📍Onlayn
Ushbu sessiyada siz kuchli startap g'oyani qanday topishni (Muammo + Yechim + Bozor + Vaqt formulasi), investorlar uchun pitch deckdagi xatolar va $300 000+ jalb qilgan amaliyotchi tajribasini bilib olasiz.
Onlayn uchrashuv ushbu telegram kanalimizda bo'ladi.
☑Telegram ☑ Linkedin ☑ Instagram ☑ YouTube
🚀 Innovatsiya tasodif emas — bu to‘g‘ri shakllangan tafakkur natijasi.
📚 “Venchur zehniyati” kitobi aynan shu fikrni ilmiy asosda ochib beradi. Unda venchur tafakkurni belgilovchi 9 ta fundamental tamoyil va ular orqali tub innovatsiyalarga erishish mexanizmlari izchil yoritilgan.
✅ Asar startap boshlayotgan yoki sarmoya izlayotgan tadbirkorlar, innovatsion loyihalarni boshqarayotgan rahbarlar hamda zamonaviy fikrlashni egallamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun ayniqsa dolzarbdir. Kitob startaplar va yirik tashkilotlar o‘rtasidagi farqni ochib berib, innovatsiyani joriy etishdagi real muammolar va ularning amaliy yechimlarini ko‘rsatadi. Har bir tamoyil ilmiy tadqiqotlar va hayotiy misollar bilan mustahkamlangan.⚡️ Qisqacha aytganda, bu kitob innovatsiyani shunchaki tushuntirib bermaydi - uni qanday yaratishni o‘rgatadi. Mutolaada o'qing! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Yoshlar Ventures

📣 Ustoz AI Media Cup tugashiga atigi 10 kun qoldi!
🎯Nima qilish kerak?
— Ustoz AI Pro’ni Mediacup20 promokodi bilan oling
— Kurslarni o‘rganing
— Sertifikat oling
— Va avtomatik tarzda Media Cup’da qatnashing
🏆Sovrinlar:
🥇Oltin - 5 ta noutbuk
🥈Kumush - 5 ta smartfon
🥉Bronza - 5 ta smartwatch
Batafsil: https://ustozaimediacup.vercel.app/
🔥Shoshiling, vaqt va imkoniyat cheklangan!
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
💡Muvaffaqiyatsizlikdan tug‘ilgan imperiya
2005-yilda YouTube asoschilari — Chad Hurley, Steve Chen va Jawed Karim — dastlab video asosidagi tanishuv (dating) platforma yaratmoqchi bo‘lishgan, ammo foydalanuvchilar o‘zlari haqida video yuklashga qiziqish bildirmaganligi sabab loyiha deyarli rivojlanmaydi.
Shundan so‘ng ular oddiy, lekin kompaniyaning taqdirini hal qiluvchi qaror qabul qilishdi: platformani to‘liq o‘zgartirib, istalgan turdagi videoni yuklash va ko‘rish mumkin bo‘lgan saytga aylantirishdi, bu esa foydalanuvchilar uchun ancha qulay va qiziqarli format bo‘lib chiqadi.
Aynan shu o‘zgarish YouTube’ning tez ommalashishiga olib keldi va platforma qisqa vaqt ichida millionlab foydalanuvchilarni jalb qilishga erishdi.
2006-yilda Google YouTube’ni $1.65 milliardga sotib oldi va bu qaror keyinchalik internet tarixidagi eng muvaffaqiyatli xaridlardan biri sifatida baholandi.
🔹 Telegram 🔹 Linkedin 🔹 Instagram 🔹 YouTube
Kimning yonida utirgan bulardingiz?
Izohlarda fikringizni qoldiring.
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar bilan tanishing:
1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi;
4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi;
5. Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi;
7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;
8. “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi;
9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;
10. “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
12. “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha);
14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi;
18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi;
20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi;
23. Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi;
25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi;
30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi;
31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
@alisher_sadullaev
#startap_atama
👥Angel group nima?
Startaplarga sarmoya kiritish maqsadida o‘z shaxsiy mablag‘larini birlashtiradigan investorlar guruhi. Venchur fondlardan farqli ravishda, ular o‘z shaxsiy kapitalidan foydalanadi.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
#startap_atama
⁉️Accelerator nima?
Startaplar uchun 3–6 oy davomida intensiv mentorlik, qo‘llab-quvvatlash va tuzilma beruvchi dastur. Odatda mahsulotga ega bo‘lgan startaplar uchun mo‘ljallangan.
Yakunida “Demo Day” bo‘lib o‘tadi, unda startaplar bir vaqtning o‘zida bir nechta investorlar oldida taqdimot qilishadi. Ba’zi akseleratorlar startapdan ulush oladi, boshqalari esa xizmat haqi oladi, yana boshqalari bepul bo‘ladi (odatda davlat yoki korporativ mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlanadi).Mashhur akseleratorlar: Y Combinator, Techstars, 500 Global. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Janob Prezident, vazifa bajarildi.
24-fevral kuni Prezidentimiz yoshlarga mahalliy va global bozorlar uchun biznes hamda startap loyihalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini e’lon qilgan edilar.
Asosiy ustuvor vazifalardan biri yosh asoschilarni dunyoning yetakchi akseleratorlari va biznes maktablari bilan bog‘lashdan iborat edi.
Shu hafta biz ushbu missiyani Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirdik.
O‘tgan vaqt davomida Garvard biznes maktabi, Yel universiteti, Kornell universiteti, Uorton maktabi, Stenford universiteti, Massachusets texnologiya instituti, Founders Institute va Draper University kabi yetakchi muassasalar hamda boshqa qator nufuzli dasturlar bilan muzokaralar olib bordik.
Natijalar ijobiy bo‘ldi. Amaliy ko‘nikmalar, global tajriba va startaplar o‘sishiga qaratilgan O‘zbekiston uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqishga real qiziqish mavjud.
Bu hali hammasi emas.
Endilikda biz ushbu missiyani nafaqat AQSH, balki undan tashqarida ham kengaytirmoqdamiz. Navbatdagi qadamlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va butun Yevropaning eng nufuzli institutlari bilan hamkorlik o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Maqsadimiz — o‘zbek tadbirkorlariga dunyoning eng ilg‘or tajribasini taqdim etishdir.
Biz ijro bosqichiga o‘tmoqdamiz: yosh asoschilarimizni dunyoning yetakchi ekotizimlari bilan bog‘laydigan va ularga global miqyosda raqobatbardosh kompaniyalar qurishda yordam beradigan platformani ishga tushirmoqdamiz.
Barchani ushbu o‘zgarishlarda ishtirok etishga va o‘z hissasini qo‘shishga taklif etamiz.

Hey👋
Bizda workshop boshlandi tezda qushilib oling.
https://meet.google.com/zzd-bpcx-zkv
🤩Yoshlar Ventures asoschisi Abdulaziz Yakubovning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Harvard University rahbariyati bilan muhim muzokaralar o‘tkazildi.
Yaqin orada O‘zbekiston yoshlari uchun biznes va ta’lim sohasida katta yangiliklar kutilmoqda 🚀
Startup Ambassadors | Samarkand
Startup Ambassadorsda navbatdagi mehmonlari bilan jonli workshop!
🎙 Munira Begmuratova va Rano Sidikova— "AI incubator" loyihasi asoschilari.
Mavzu: AI yordamida 3 haftada MVP qurish
📅 19-aprel | Yakshanba
⏰ 20:00
📍 Onlayn
Ushbu sessiyada siz startup loyhasini tanlashda nimalarga e'tibor berishni va AI bilan 3 haftada MVP yasash bo‘yicha real tajriba va foydali tavsiyalarni bilib olasiz.
Onlayn uchrashuv ushbu telegram kanalimizda bo'ladi.
🔹 Telegram 🔹 Linkedin 🔹 Instagram 🔹 YouTube