Startup Ambassadors | Samarkand
رفتن به کانال در Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
329
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-1630 روز
آرشیو پست ها
Repost from Startup Ambassadors
🎙 Bahromjon Ro'zmatov Founder of InterAi
Startap olamiga qadam qo'ymoqchimisiz yoki o'z loyihangiz ustida ishlayapsizmi? Bu sessiya aynan siz uchun!
Ushbu sessiyada:
• Startapni noldan qurishdagi qiyinchiliklar
• Startap qurishdagi xatolar va yutuqlar
• Founder o'zini qanday rivojlantirishi kerak
🗓 Shanba
⏰ 16:00
👉 Batafsil ma'lumot uchun Debocha
#Yoshlar_ventures ⚡️
#Startup_ambassadors ⚡️
🌐Telegram 🖥Linkedin 📱Instagram 🖥YouTube
Repost from Debocha
🚀 G'oyangiz bor, lekin qanday boshlashni bilmayapsizmi?
Debocha.uz - yoshlar o'z g'oyalarini real biznesga aylantirishi uchun yaratilgan milliy startap ekotizimi. Biz loyihangizni 0 dan 1 gacha olib chiqishga yordam beramiz!
Tizim sizga nima beradi?
🔹 Bepul ta'lim: Y-Combinator standartlaridagi startap kurslari (sof o'zbek tilida).
🔹 Kuchli networking: Tajribali mentorlar va respublika bo'ylab siz kabi izlanuvchan yoshlar hamjamiyati.
🔹 Investitsiya: Darslarni yakunlang, "Founder" sertifikatini oling va "Yoshlar Ventures" fondi orqali loyihangiz uchun $350,000 gacha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ling.
Katta ishlarni ertaga emas, bugun boshlang.
👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting: Debocha
✈️ Startap yoki biznes qilmoqchi bo'lgan do'stlaringizga ushbu postni yuboring!
Paul Grahamning yana bir mashhur formulasi:
🔥 Live in the future and build what's missing.
(Odamlar hali ko'rmayotgan kelajakda yashang va u yerda yetishmayotgan narsani yarating.)
Eng katta startup'lar aynan shu tarzda tug'ilgan.
G'oya qidirmang.
Muammo qidiring.
Trend qidirmang.
Og'riq qidiring.
Startup'lar g'oyalardan emas, muammolardan tug'iladi.
#Startup #yoshlarventures #StartupIdeas@samarkandstartup
🚀 Paul Graham: Startup g'oya qidirmang.
Ha, noto'g'ri o'qimadingiz.
Y Combinator asoschisi Paul Grahamning aytishicha, startup boshlamoqchi bo'lgan odamlarning eng katta xatosi — startup g'oya o'ylab topishga urinish.
Ko'pchilik shunday qiladi:
❌ "Qanday startup qilsam ekan?"
❌ "Qaysi bozor trendda ekan?"
❌ "Qanday qilib million dollarlik g'oya topsam ekan?"
Natijada ular odamlarga kerak bo'lmagan mahsulot yaratishadi.
Startup tarixidagi eng yirik kompaniyalar boshqacha yo'l tutgan:
• Microsoft
• Apple
• Google
• Facebook
Ular g'oya qidirishmagan.
Ular muammo ko'rishgan.
Paul Graham shunday deydi:
👉 "Startup g'oya topishning eng yaxshi usuli — startup g'oya topishga urinmaslik. O'zingiz duch kelayotgan muammolarni izlash."
Nega?
Chunki siz boshdan kechirayotgan muammo haqiqatan ham mavjud bo'lish ehtimoli juda yuqori.
Aksincha, tasavvur qilingan muammolar ko'pincha mavjud bo'lmaydi.
Masalan, "Uy hayvonlari egalari uchun ijtimoiy tarmoq" g'oyasi qog'ozda juda zo'r eshitiladi.
Millionlab odamlarning uy hayvonlari bor.
Ular pul sarflashadi.
Ular bir-biri bilan muloqot qilishni xohlashlari mumkin.
Lekin bu faqat taxmin.
Haqiqiy ehtiyoj emas.
Shuning uchun ko'p startup'lar bir necha oy yoki yillar ishlagach bitta og'riqli haqiqatga duch kelishadi:
❗ Hech kim ularning mahsulotini xohlamaydi.
Yana bir muhim prinsip:
Startup boshida sizga millionlab foydalanuvchi kerak emas.
Sizga mahsulotingizni JUDAYAM xohlaydigan kichik guruh kerak.
Facebook avval faqat Harvard talabalariga xizmat qilgan.
Microsoft avval bir necha ming kompyuter egalariga xizmat qilgan.
Lekin bu foydalanuvchilar mahsulotni juda kuchli xohlashgan.
Shuning uchun startup g'oyani baholashda o'zingizga quyidagi savolni bering:
💡 "Kim buni hozir ishlatishga tayyor?"
Agar javob topa olmasangiz, ehtimol g'oyaning o'zi muammo.
Paul Grahamning yana bir mashhur formulasi:
🔥 Live in the future and build what's missing.
(Odamlar hali ko'rmayotgan kelajakda yashang va u yerda yetishmayotgan narsani yarating.)
Eng katta startup'lar aynan shu tarzda tug'ilgan.
G'oya qidirmang.
Muammo qidiring.
Trend qidirmang.
Og'riq qidiring.
Startup'lar g'oyalardan emas, muammolardan tug'iladi.
#Startup #YCombinator #PaulGraham🚀 Paul Graham: Startup g'oya qidirmang.
Ha, noto'g'ri o'qimadingiz.
Y Combinator asoschisi Paul Grahamning aytishicha, startup boshlamoqchi bo'lgan odamlarning eng katta xatosi — startup g'oya o'ylab topishga urinish.
Ko'pchilik shunday qiladi:
❌ "Qanday startup qilsam ekan?"
❌ "Qaysi bozor trendda ekan?"
❌ "Qanday qilib million dollarlik g'oya topsam ekan?"
Natijada ular odamlarga kerak bo'lmagan mahsulot yaratishadi.
Startup tarixidagi eng yirik kompaniyalar boshqacha yo'l tutgan:
• Microsoft
• Apple
• Google
• Facebook
Ular g'oya qidirishmagan.
Ular muammo ko'rishgan.
Paul Graham shunday deydi:
👉 "Startup g'oya topishning eng yaxshi usuli — startup g'oya topishga urinmaslik. O'zingiz duch kelayotgan muammolarni izlash."
Nega?
Chunki siz boshdan kechirayotgan muammo haqiqatan ham mavjud bo'lish ehtimoli juda yuqori.
Aksincha, tasavvur qilingan muammolar ko'pincha mavjud bo'lmaydi.
Masalan, "Uy hayvonlari egalari uchun ijtimoiy tarmoq" g'oyasi qog'ozda juda zo'r eshitiladi.
Millionlab odamlarning uy hayvonlari bor.
Ular pul sarflashadi.
Ular bir-biri bilan muloqot qilishni xohlashlari mumkin.
Lekin bu faqat taxmin.
Haqiqiy ehtiyoj emas.
Shuning uchun ko'p startup'lar bir necha oy yoki yillar ishlagach bitta og'riqli haqiqatga duch kelishadi:
❗ Hech kim ularning mahsulotini xohlamaydi.
Yana bir muhim prinsip:
Startup boshida sizga millionlab foydalanuvchi kerak emas.
Sizga mahsulotingizni JUDAYAM xohlaydigan kichik guruh kerak.
Facebook avval faqat Harvard talabalariga xizmat qilgan.
Microsoft avval bir necha ming kompyuter egalariga xizmat qilgan.
Lekin bu foydalanuvchilar mahsulotni juda kuchli xohlashgan.
Shuning uchun startup g'oyani baholashda o'zingizga quyidagi savolni bering:
💡 "Kim buni hozir ishlatishga tayyor?"
Agar javob topa olmasangiz, ehtimol g'oyaning o'zi muammo.
Repost from UzCombinator
🚀 Rasman: UzCombinator 2-mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq!
O‘z startapingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz?
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
✅ Hoziroq ariza topshiring:
https://uzcombinator.uz/apply
@uzcombinator
Repost from Alisher Sadullaev
Zo’r o‘yin. Bu futbol.
Har qanday natijadan qat’i nazar, erta tongdagi hissiyotlar uchun yigitlarga alohida rahmat.
O‘zbekiston kuchli jamoa sifatida shakllanib bormoqda. Albatta, hali ustida ishlashimiz va yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar yetarli.
Eng muhimi, oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz.
Endi esa hammamiz ishga)
Repost from Startup Ambassadors
🎙 Baxtiyor Ro'zmatov Founder of InterAi
Startap olamiga qadam qo'ymoqchimisiz yoki o'z loyihangiz ustida ishlayapsizmi? Bu sessiya aynan siz uchun!
Ushbu sessiyada:
• Startapni noldan qurishdagi qiyinchiliklar
• Startap qurishdagi xatolar va yutuqlar
• Founder o'zini qanday rivojlantirishi kerak
🗓 Shanba
⏰ 16:00
👉 Batafsil ma'lumot uchun Debocha
#Yoshlar_ventures ⚡️
#Startup_ambassadors ⚡️
🌐Telegram 🖥Linkedin 📱Instagram 🖥YouTube
Repost from Debocha
"Startap g'oyam bor, lekin jamoam yo'q" degan bahonalar ham tugadi!
Rasmda ko'rib turganingizdek Debocha platformasida mutloqo yangi "Jamoa qidirish" funksiyasi ishga tushdi.
Siz uchun imkoniyatlar:
Jamoa qidirish: Loyihangiz uchun Co-Founder, CTO yoki marketolog toping.
Jamoaga qo'shilish: Zo'r startaplarga talant sifatida qo'shiling.
Birinchi bo'lib e'lon qoldiring va eng kuchli mutaxassislarni o'z jamoangizga yig'ing! ⚡️
👉 Debocha
Repost from Startup Ambassadors
🚀 ANTHROPIC'DAN INQILOBIY YANGILIK: CLAUDE FABLE 5 TAQDIM ETILDI!
Global sun'iy intellekt poygasi mutloqo yangi bosqichga chiqdi. Dunyoning eng yetakchi SI kompaniyalaridan biri bo'lgan Anthropic o'zining eng maxfiy va eng kuchli texnologiyasini ommaga taqdim etdi.
Bu yangilik haqida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim 5 ta fakt:
1️⃣ Afsonaviy "Mythos" arxitekturasi: Claude Fable 5 — kompaniyaning eng yopiq va kuchli texnologiyasi asosida qurilgan ilk ommaviy model bo'ldi.
👉 Nega u yashirilgan edi? Ushbu tizim dasturlardagi xatolik va zaifliklarni (vulnerabilities) juda oson topgani sababli, kiber-xavfsizlik nuqtai nazaridan shu vaqtgacha ommaga berilmagan edi. Tizim endi qat'iy xavfsizlik filtrlari bilan chiqdi.
✅ Dasturlashda +10% o'sish: Yangi model amaldagi flagman — Claude Opus 4.8 versiyasidan dasturlash, ilmiy tadqiqot va murakkab intellektual vazifalarda 10% dan yuqori natija ko'rsatmoqda.
🔒 Intellektual xavfsizlik: Kiberxavfsizlik, biologiya va kimyo kabi xavfli sohalarga oid shubhali so'rovlar kelib tushganda, Fable 5 ularga javob berishni rad etadi va vazifani eski, xavfsiz modellarga topshiradi.
💰 Yuqori narx: Modelning narxi ancha qimmat: 1 million input token uchun $10, output uchun esa $50. Bu Opus 4.8 narxidan 2 baravar ko'p, lekin sinov versiyasidagi (Preview) narxdan 2 baravar arzon demakdir.
Oltin qoida: Global texnologiyalar asrida eng katta kuch — bu tezlik emas, balki uni to'g'ri boshqara olish va xavfsizlik balansidir. Silikon vodiysidagi ushbu keskin burilish yaqin orada bizning mahalliy startaplarimiz va dasturchilarimiz uchun ham murakkab tizimlarni avtomatlashtirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.Sizningcha, kiberxavfsizlik uchun sun'iy intellekt imkoniyatlarini bu tarzda cheklash to'g'rimi yoki unga to'liq erkinlik berilishi kerakmi? O'z fikringizni izohlarda qoldiring! 👇 #Yoshlar_ventures ⚡️ #Startup_ambassadors ⚡️ 🌐Telegram 🖥Linkedin 📱Instagram 🖥YouTube
Repost from Startup Ambassadors
Debocha'dan foydalanasizmi?
Undagi barcha imkoniyatlarni bilasizmi?
🎙 Asliddinbek Tursunniyazov
Project Manager of Startup Ambassadors and Debocha
Workshopda:
• Kurslar va sertifikatlar
• Community va networking
• Startup imkoniyatlari
• Debocha'dan maksimal foyda olish yo'llari
14 - Iyun
20:00
Online
#Yoshlar_ventures ⚡️
#Startup_ambassadors ⚡️
🌐Telegram 🖥Linkedin 📱Instagram 🖥YouTube
Repost from Yoshlar Ventures
Yoshlar ishlari agentligining “Tashabbuslar Marafoni” doirasida “Yoshlar Ventures” jamg'armasidan takliflar:
“Yoshlar Ventures” jamg'armasi direktori Abdulaziz Yakubov yoshlar.gov.uz portal orqali siz aziz startapchilar uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratish bo’yicha quyidagi takliflarni kiritdi:
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, “Yoshlar Ventures” venchur jamg‘armasi xorijdagi (asoschisi O‘zbekistonlik bo‘lgan) istiqbolli loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish vakolatiga ega emas.
Shundan kelib chiqib, quyidagilarni taklif etamiz:
- O‘zbekistonda investitsiya jalb qilgan startap kapitalini xorijiy bozorda erkin tasarruf eta olishi kerak.
- O‘zbekistondagi venchur fondlarga xorijiy bozorga chiqqan startaplarni investitsiya shartnomasi yoki SAFE (Simple Agreement for Future Equity)-kelishuvlari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish huquqini berish;
- SAFE (Simple Agreement for Future Equity) - instrumentining ishga tushirilishini kapitalning chegaralararo harakati mexanizmi bilan muvofiqlashtirish.
Siz ham hoziroq o'z tashabbuslaringizni bildiring: https://yoshlar.gov.uz/marathon
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
IELTS uchun AI platforma qurayotgan startupning vaqti va budjeti cheklangan. MVP maqsadi foydalanuvchilarda haqiqiy ehtiyoj bor-yo‘qligini tekshirish. Qaysi yondashuv MVP prinsiplariga eng mos keladi?
