fa
Feedback
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi

رفتن به کانال در Telegram

Samarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi rasmiy kanali. Aloqa uchun: +998939990040

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
7 904
مشترکین
-3524 ساعت
-2557 روز
-1 16830 روز
آرشیو پست ها
پیام ویدیو00:17

پیام ویدیو00:16

پیام ویدیو00:12

پیام ویدیو00:14

📈 Samarqand–Xitoy loyihasi: Ikkinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi! Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda X
+4
📈 Samarqand–Xitoy loyihasi: Ikkinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi! Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda Xitoyning “Sunmaker Training Institute” va “CIIC” tashkilotlari hamkorligidagi loyihaning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yo‘nalishlar: Qurilish infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligi. Natija: Viloyatimiz tehnikumlarining 34 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi xitoylik mutaxassislar ishtirokidagi o‘quv kursini tugatib, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz: Aprel oyida o‘tgan 1-bosqichda 25 nafar usta “Quyosh panellari” va “Elektromobillar” yo‘nalishi bo‘yicha Xitoyda malaka oshirib qaytgan edi. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

#Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim ❗️ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchu
#Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim ❗️ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. ‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin. ➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzating ✈️Telegram |📷Instagram

🔥 Kelajak qutqaruvchilari imtihon topshirdilar! Paxtachi tuman 2-son texnikumining “Oʻt oʻchiruvchi-qutqaruvchi” yoʻnalishi (10-24 guruh) 2 yillik nazariy va amaliy bilimlarini sarhisob qildi. 18-iyun kuni tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 20-harbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismida yakuniy amaliy imtihon yuqori saviyada oʻtkazildi. Boʻlgʻusi mutaxassislar oʻz tayyorgarliklarini 5 ta muhim shart boʻyicha namoyish etishdi: 🏃‍♂️ 1-shart: 100 metrga yugurish; 👩‍🚒 2-shart: Jangovar kiyimlarni vaqtga kiyish; 🚒 3-shart: Yongʻin oʻchirish yenglarini tezkor yoyish va taxlash; 🦺 4-shart: Gazniqob kiyish meʼyorlarini bajarish; 🪢 5-shart: Maxsus arqonlarda qutqaruv tugunlarini bogʻlash. Oʻquvchilar topshiriqlarni yuqori mahorat va masʼuliyat bilan bajarib, oʻzlarining kasbiy tayyorgarliklarini muvaffaqiyatli isbotladilar. 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

Hududlarda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichlari davom etmoqda Samarqand sh
+3
Hududlarda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichlari davom etmoqda Samarqand shahridagi 1-son texnikumda tuman bosqichlari g‘oliblari va texnikum o‘quvchilari elektromontaj, payvandlash, santexnika, oshpazlik hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Viloyat bosqichi g‘oliblari tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 📌 Ma'lumot uchun, Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining 3-bosqichi g‘oliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🏆 1-o‘rin (oltin medal) — ishtirokchiga 20 BHM, ustoziga 100 BHM; 🥈 2-o‘rin (kumush medal) — ishtirokchiga 15 BHM, ustoziga 80 BHM; 🥉 3-o‘rin (bronza medal) — ishtirokchiga 10 BHM, ustoziga 60 BHM. ✅ Shuningdek, 3-bosqich g‘oliblariga “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur musobaqada g‘olib bo‘lgan o‘quvchi 2500 BHM (1 mlrd 30 mln so‘m), uning ustozi esa 450 BHM (185 mln 400 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

⚡️ Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

+1
GOL! G‘alaba sari olg‘a, mard o‘g‘lonlar! ⚽️🇺🇿 Boshqarmamiz jamoasining hayajonli qo‘llab-quvvatlashi bekor ketmadi — milliy terma jamoamiz raqib darvozasini aniq nishonga oldi! Maydondagi har bir shiddatli daqiqa bizga unutilmas quvonch baxsh etmoqda. Matonatli yigitlarimizga zafyor yo‘l hamisha yor bo‘lsin! 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

G‘alaba sari olg‘a, jonajon O‘zbekistonimiz! Boshqarmamiz jamoasi ayni daqiqalarda milliy terma jamoamizning qizg‘in kechayot
+2
G‘alaba sari olg‘a, jonajon O‘zbekistonimiz! Boshqarmamiz jamoasi ayni daqiqalarda milliy terma jamoamizning qizg‘in kechayotgan o‘yinini katta hayajon va matonat bilan kuzatib, ularni qo‘llab-quvvatlamoqda. Maydonda har bir harakat qadrli, har bir daqiqa muhim. Biz sizga ishonamiz, yigitlar! Zafar sizniki bo‘lsin! 🏆🇺🇿 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sizga ishonamiz! Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi jamoasi milliy terma jamoamizning navba
+2
Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sizga ishonamiz! Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi jamoasi milliy terma jamoamizning navbatdagi uchrashuvini hayajon va cheksiz g‘urur bilan kuzatmoqda. Maydondagi har bir harakat, har bir daqiqa biz uchun qadrli. Biz sizning kuchingizga, salohiyatingizga va matonatingizga ishonamiz. Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, zafar quchishingizni tilab qolamiz. G‘alaba sari olg‘a, jonajon O‘zbekistonimiz! 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

Стадионда "Улуғимсан ВАТАНИМ! қўшиғи янграмоқда. 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

Uchrashuvga oz qoldi. Jamoamiz stadionga yetib keldi 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi oʻyin uchun boshlangʻich tarkibi 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Te
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi oʻyin uchun boshlangʻich tarkibi 📱Bizni kuzatishda davom eting!️Telegram |📷Instagram

Президентимиз 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланишини белгилаб бердилар.
✈️Бизни кузатинг
️Telegram |📷Instagram

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz! Ertaga milliy terma jamoamiz Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda barcha texnikumlar jamoalari yurtimiz futbolchilarini bir yoqadan bosh chiqarib qo‘llab-quvvatlaydi. ⚽️ Maydonda g‘alaba, qalblarda ishonch! 🇺🇿 Bayrog‘imiz baland, ruhimiz yanada balandroq! Biz — 12-o‘yinchi! Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alaba sari olg‘a! Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram

Urgut tuman 1-son texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkori” ko‘rik-tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 10 t
+7
Urgut tuman 1-son texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkori” ko‘rik-tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha jami 2144 nafar ishtirokchi qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 30 nafar ishtirokchi 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari deb topildi. G‘oliblar Urgut tuman hokimligi hamda Mahalla uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Endilikda mazkur 30 nafar g‘olib tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratini namoyon etadi. Tadbir davomida ishtirokchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram

#vakansiya Kasbiy ta’lim agentligi tizimi texnikumlarining vakant direktor va direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga ishga qab
#vakansiya Kasbiy ta’lim agentligi tizimi texnikumlarining vakant direktor va direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq agentlik tizimidagi texnikumlarning vakant direktor lavozimlariga tanlovlar e’lon qilindi. Talabgor fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasiga teng imkoniyatlarni yaratgan holda saralab olish uchun hujjatlar onlayn - platforma orqali qabul qilinadi. 📊 Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi: 1. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish; 2. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va saralash; 3. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish. 📌 Vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Oliy va professional ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish platformasi”vacancy.edu.uz orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin. Tanlovlarda tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

📝 Kasbiy ta'lim tizimida malaka oshirish jarayonlari muhokama qilindi. 2026-yil 15–16-iyun kunlari Kasbiy ta'limni rivojlant
+6
📝 Kasbiy ta'lim tizimida malaka oshirish jarayonlari muhokama qilindi. 2026-yil 15–16-iyun kunlari Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Respublika seminar-treningi bo'lib o'tdi. 🤔Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-maydagi "Kasbiy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-316-son qarori ijrosini samarali ta'minlashga bag'ishlandi. Seminarda Kasbiy ta'lim agentligi, institut rahbariyati, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta'lim boshqarmalarining malaka oshirish jarayonlariga mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Muhokama qilingan asosiy yo'nalishlar: ❗️ 2026-yilgi malaka oshirish rejasining fevral–may oylaridagi ijrosi tahlili; ❗️ my.moqt.uz platformasi imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish; ❗️ rahbar va pedagog kadrlar to'g'risidagi ma'lumotlarni muntazam yangilab borish; ❗️ malaka oshirishni aniq rejalashtirish va mas'uliyatni kuchaytirish.
✅ Tadbir yakunida joriy yilning sentabr oyidan boshlab kasbiy ta'lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook