Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Ir al canal en Telegram
Samarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi rasmiy kanali. Aloqa uchun: +998939990040
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 932
Suscriptores
-2824 horas
-1937 días
-87430 días
Archivo de publicaciones
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
📢 9–11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!
Texnikumlarda sizni 300 dan ortiq zamonaviy kasb va mutaxassisliklar kutmoqda.
📌 DIQQAT! 9-sinflar uchun bugun hujjatlar qabulining oxirgi kuni
Texnikumni tanlasangiz, sizni quyidagi imkoniyatlar kutadi:
💵 Har oy BHMning 1 barobari miqdorida stipendiya - grandga o'qishga kirib dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilarga.
🏆 BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya — a’lo o‘qigan (85%+) va tanlov g‘oliblari uchun.
💸 1 milliard so‘mdan ortiq Prezident sovrini — WorldSkills xalqaro chempionatida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun.
🔵 “Work and Travel” dasturi orqali xorijda ishlab, daromad topish imkoniyati. 🔵Xorijiy tillar bo‘yicha 600 soatgacha chuqurlashtirilgan ta’lim. 🔵Mahalliy va xalqaro dasturlar orqali sertifikat olish imkoniyati. 🔵Startup va innovatsion loyihalarda ishtirok etib, amaliy tajriba orttirish. 🔵Ishga joylashganda ijtimoiy soliq 1% etib belgilangan.🏛 11-sinfni tugatib texnikumda o'qiganlarga universitetda 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati. 📝 Qabul onlayn: my.edu.uz 📞 Murojaat uchun: 78 707-28-28 ⏰ Bugun hujjat topshiring — ertaga kasb egasi, malakali mutaxassis va muvaffaqiyatli inson bo‘ling!
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
#kiberogohlik
#Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt
⚠️Firibgarlar "samcyber102" nomi bilan zararli ilova tarqatishmoqda.
Mobil ilovalarni faqat rasmiy Google Play yoki App Store doʻkonlaridan yuklab oling. Oʻzingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan asrang.
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
+6
🏆 Mahorat maydonida munosib yakun sari...
Prezident sovrini uchun Samarqand viloyatida o'tkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi qizgʻin va yuksak ruhda davom etmoqda.
✨ Tanlov doirasidagi 4 ta yoʻnalish boʻyicha ishtirokchilar oʻz bilim va amaliy koʻnikmalarini namoyon etmoqda. "Moda texnologiyalari" yoʻnalishi bellashuvlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qolgan yoʻnalishlar boʻyicha ham ishtirokchilar soʻnggi sinovlarni munosib yakunlab, oʻz mahoratini namoyish etmoqda.
📸 Ushbu fotolavhalarda nafaqat tanlov lahzalari, balki mehnat, izlanish, fidoyilik va kasbga boʻlgan yuksak mehr ham oʻz aksini topgan.
🌟 Samarqand bugun nafaqat tarixiy obidalari, balki kasbiy mahorat, bunyodkorlik va isteʼdodlar maydoni sifatida ham yurtimizning eng iqtidorli yoshlarini birlashtirmoqda.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
Bugun, 20 - iyul kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☀️ +41°...+29°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +29°, ⬅️ 2.5 m/s
Tong: ☀️ +34°
Kun: ☀️ +40°
Oqshom: ☀️ +38°
Namlik: 14%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 9.7 m/s
Bosim: 752 mm sim. ust.
Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:20
Quyosh botishi: 19:56
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
📺📰 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi — OAV nigohida
🏷 “O‘zbekiston 24” telekanali:
🔵"Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026" kasbiy mahorat milliy tanlovining respublika bosqichi
🔵“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi
🔵“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi davom etmoqda
🔵Faol va tashabbuskor yoshlar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
🏷 "UZA" saytida :
🔵Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari mahorat sinovida
🔵“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkazilmoqda
🏷 "MY5" telekanalida :
🔵Yosh mutaxassislar Prezident sovrini uchun bellashmoqda
Bizni kuzating✈️Telegram |📷Instagram.
+3
O‘zbekiston kasbiy ta’lim islohotlari bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi
Shveysariyaning nufuzli ETH Zürich universiteti tomonidan e’lon qilingan “Islohotlar muvaffaqiyatiga nima turtki beradi?” nomli yakuniy xalqaro hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston kasbiy ta’limni isloh qilish bo‘yicha dunyodagi eng muvaffaqiyatli tajribalardan biri sifatida e’tirof etildi.
➡️Hisobot natijalariga koʻra:
O‘zbekiston maksimal 90 balldan 55 ball to‘plab, jahon miqyosidagi 12 ta yirik ta’lim islohotlari portfeli orasida AQShning Kolorado, Indiana va Kaliforniya shtatlari, Singapur, Chili hamda Serbiya tajribalarini ortda qoldirgan holda 1-o‘rinni egalladi.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi ta’lim islohotlarining quyidagi jihatlariga alohida yuqori baho berishdi:
➖ O‘quv dasturlarining xalqaro standartlar talablariga moslashtirilgani;
➖ Ta’lim jarayonlarining bevosita mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘langani;
➖ Kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish borasidagi izchil yondashuv.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Kelajagingiz bugundan boshlanadi
Texnikum tanlovi — bu shunchaki o‘qish emas, bu hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilashdir. Ushbu videoda siz oddiy qaror qanday qilib mustahkam kasb va yorqin kelajak sari eltishini ko‘rasiz.
✅Quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
⚙️Amaliy ko‘nikmalar 🤝 Ustoz-shogird an’analari 📈 Real kasb, real natija📌Bugun o‘z kasbi bilan faxrlanayotgan yoshlar kecha aynan shu tanlovni qilgan edi. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
+9
✨ Tanlovning unutilmas lahzalari
Prezident sovrini uchun Samarqand viloyatida oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi yuksak tashkiliy saviyada davom etmoqda.
📸 Eʼtiboringizga tanlov jarayonlaridan olingan navbatdagi fotolavhalarni havola etamiz.
🤝 Tanlov jarayonlarining har bir bosqichi puxta reja asosida tashkil etilgan. Ishtirokchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, sifatli xizmatlar va zarur tashkiliy taʼminot ularning bellashuvlarga toʻliq eʼtibor qaratishi hamda oʻz kasbiy mahoratini munosib namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
🎓 Kelajakni kutmang — uni bugun o‘zingiz yarating!
Bugungi kunda zamonaviy va serdaromad kasb egasi bo‘lish — muvaffaqiyatning eng asosiy kalitidir.
Texnikumlar — bu shunchaki o‘quv dargohi emas, balki sizni mustaqil hayotga va real ish muhitiga tayyorlovchi katta imkoniyatlar eshigidir. Bu yerda siz:
➖ Kuchli nazariy bilim bilan birga boy amaliy tajribaga ega bo‘lasiz;
➖ Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, barqaror daromad keltiruvchi kasbni egallaysiz.
📢 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul qizg‘in davom etmoqda!
📝 Hujjatlarni joriy yilning 20-iyuliga qadar my.edu.uz sayti orqali uydan chiqmagan holda, onlayn topshirishingiz mumkin.
💼 Bugun o‘zingizga sarmoya kiriting, ertaga esa buning samarasini ko‘ring. Texnikumni tanlang va yorqin kelajak sari ishonchli qadam tashlang!
Bizni kuzatingTelegram |📷Instagram
+5
🏆 Mahorat, matonat va gʻalaba sari: Respublika bosqichining uchinchi kuni ham qizgʻin bahslar ruhida davom etmoqda!
Samarqand viloyatida Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi uchinchi kunida ham ishtirokchilar oʻz kasbiy salohiyati, amaliy mahorati va professionalligini namoyon etmoqda.
📍 Bugungi bellashuvlarda Sirdaryo, Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlari vakillari payvandlash texnologiyasi, santexnika, elektromontaj hamda moda texnologiyalari yoʻnalishlarida yuksak tayyorgarlik va mahorat bilan oʻzaro kuch sinashmoqda.
⚡️ Har bir topshiriq, har bir harakat va har bir yechim ortida mehnat, izlanish hamda yuksak masʼuliyat mujassam. Bu yerda nafaqat gʻoliblar aniqlanmoqda, balki ertangi Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari kamol topmoqda.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi Samarqandda davom etmoqda!
📍 Samarqand viloyatidagi texnikumlarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda:
Elektromontaj – 16 soat
Payvandlash texnologiyasi – 9 soat
Santexnika – 12 soat
Moda texnologiyalari – 12 soat
👥 Jarayonlarda 270 nafar ishtirokchi, 198 nafar ustoz va 40 nafar mas’ul xodim ishtirok etmoqda.
📌Respublika bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari hamda “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Bizni kuzating✈️Telegram |📷Instagram.
+6
💻 Kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish: Samarqandda seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmoni va PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13-14-iyul kunlari Samarqand viloyatida kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi mas’ullari, texnikumlarning HR-mutaxassislari hamda raqamli platformalarni yuritishga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — viloyatdagi texnikumlarning kadrlar salohiyatini oshirish, HR-tizimni zamonaviylashtirish va boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirishdan iborat.
Shu bois, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mutaxassislari tomonidan prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz platformalaridan unumli foydalanish hamda sohadagi muammolarning amaliy yechimlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
📱 Bizni kuzatishda davom eting!
✈️ Telegram | 📷 Instagram
+9
📸 Jarayondan lavhalar
Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonini aks ettiruvchi fotolavhalar e'tiboringizga havola etiladi.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
🎓 Samarqand shahar 4-son texnikumi — kelajagingiz sari mustahkam qadam!
Kasb tanlash — bu muvaffaqiyatli kelajak sari qo‘yilgan eng muhim qadamlardan biridir. Samarqand shahar 4-son texnikumi sizni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga chorlaydi!
📚 11-sinf bitiruvchilari uchun dual ta'lim asosida quyidagi yo‘nalishlarda qabul davom etmoqda:
🔵 Payvandlash;
🔵 Mashinasozlik;
🔵 Raqamli axborotlarni qayta ishlash;
🔵 Kompyuter grafikasi va dizayn;
🔵 Zamonaviy avtomobillarning tuzilishi;
🔵 Avtoelektrika.
💼 Texnikumda sizni kutmoqda:
🔹 dual ta'lim tizimi orqali nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan ta'lim;
🔹 zamonaviy o‘quv xonalari, ustaxona va laboratoriyalar;
🔹 tajribali va malakali pedagoglar;
🔹 davlat namunasidagi diplom;
🔹 kasb egallash hamda bandlik imkoniyatlari.
📍 Manzil: Samarqand shahri, Spitamenshoh ko‘chasi, 264A-uy.
☎️ Murojaat uchun:
📞 (66) 221-73-62
📞 (66) 271-72-62
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
+9
🏆 Mahorat, shijoat va gʻalaba sari: Respublika bosqichining ikkinchi kuni qizgʻin bahslarda davom etmoqda!
Samarqand viloyatida Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi ikkinchi kuni qizgʻin va murosasiz bellashuvlar ruhida davom etmoqda.
📍 Ishtirokchilar payvandlash texnologiyasi, santexnika, elektromontaj hamda moda texnologiyalari yoʻnalishlarida oʻz kasbiy mahoratini namoyish etmoqda.
🌍 Musobaqalarni kuzatish va tajriba almashish maqsadida xorijdan tashrif buyurgan mehmon-kuzatuvchilar ham bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
🎥 Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan ota-onalar ham kameralar ortidan farzandlarini hayajon va faxr bilan qoʻllab-quvvatlab, ularga kuch va ishonch bagʻishlamoqda.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilarga omad va yuksak natijalar tilaymiz!
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
+9
🏆 Samarqandda mahorat va iqtidor bahsi: Ikkinchi kun taassurotlarga boy oʻtmoqda
Samarqand viloyatida Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi ikkinchi kuni qizgʻin va murosasiz bellashuvlar ruhida davom etmoqda.
📍 Ishtirokchilar payvandlash texnologiyasi, santexnika, elektromontaj hamda moda texnologiyalari yoʻnalishlarida oʻz kasbiy mahoratini namoyish etmoqda.
🌍 Musobaqalarni kuzatish va tajriba almashish maqsadida xorijdan tashrif buyurgan mehmon-kuzatuvchilar ham bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
🎥 Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan ota-onalar ham kameralar ortidan farzandlarini hayajon va faxr bilan qoʻllab-quvvatlab, ularga kuch va ishonch bagʻishlamoqda.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilarga omad va yuksak natijalar tilaymiz!
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!✈️Telegram |📷Instagram.
+8
🤝 Muhim hamkorlik – Dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida!
Kattaqo‘rg‘on shahar 3-son texnikumi hamda "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlikning eng asosiy maqsadi — texnikumda dual ta’lim shaklini samarali tashkil etish va rivojlantirishdir. Endilikda talabalar nazariy bilimlarni texnikumda egallash bilan bir qatorda, ishlab chiqarish korxonasida amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hamkorlik doirasida:
✅ dual ta’lim tizimini joriy etish va takomillashtirish;
✅ ishlab chiqarish amaliyotlarini korxona bazasida tashkil etish;
✅ korxona mutaxassislarini ta’lim jarayoniga jalb etish;
✅ pedagoglarning malakasini oshirish;
✅ bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni ishga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Ushbu memorandum ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda yoshlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on shahar 3-son texnikumi jamoasi mazkur hamkorlik kelgusida yurtimiz sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lishiga ishonadi.
#DualTaʼlim #Hamkorlik #Memorandum #KasbiyTaʼlim #OzbekistonTexnologikMetallarKombinati
#Kattaqorgon3sontexnikumi
Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
🎓 Samarqand shahar 6-son texnikumi — kelajak kasbingiz sari ishonchli qadam!
2026–2027-o‘quv yili uchun Samarqand viloyatida 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha 24 510 o‘rin ajratilgan. Bugungi kunga qadar qabul rejasining 89,8 foizi bajarilib, minglab yoshlar o‘z kelajagini kasbiy ta'lim bilan bog‘lashni tanladi.
📚 Siz ham ulardan biri bo‘ling!
Texnikumda sizni kutmoqda:
🔵zamonaviy ustaxona va laboratoriyalar; 🔵amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim; 🔵malakali ustozlar jamoasi; 🔵davlat namunasidagi diplom; 🔵kasb egallash va bandlik imkoniyatlari.🚀 Ertangi muvaffaqiyatingiz bugungi tanlovingizga bog‘liq. Vaqtni boy bermang, texnikumga hujjat topshiring! 📍 Manzil: Samarqand shahri, Spitamenshoh ko‘chasi, 270-uy. 📞 Murojaat uchun : +998 90 280 15 | 18 +998 90 281 37 47 📌 Kasb tanlang. Bilim oling. Kelajagingizni bugundan quring!
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
