namunaviy esselar
رفتن به کانال در Telegram
Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!
نمایش بیشتر287
مشترکین
+124 ساعت
+37 روز
+730 روز
آرشیو پست ها
Repost from O'zbek tili va adabiyot
🟦🟦🟦🟦🟦
📢 Azizlar, payshanba kuni(15-yanvar) soat 20:00 da kanalimizda maxsus esse darsi o’tiladi.
🎯 Unda siz quyidagilarni chuqur o'rganishingiz mumkin:
✅esse strukturasi;
✅mantiqiy izchillikni hosil qilish;
✅leksik birliklarni o'rinli qo'llash;
✅to'g'ri dalillash;
✅baholash me’zoni.
🙋🏼♂️Albatta, qantashing, yaqinlaringizga ushbu xabarni ulashing!!!
📍 Kanal manzili: @Milliy_til_1
⭕️⭕️⭕️⭕️
📐Matematikani onlayn o'rganmoqchimisiz? Unda bu kanal aynan siz uchun!
📍Bu yerda siz:
• Bepul jonli darslar
• Algebrik misollar
• Geometrik masala yechimlari
• Milliy sertifikat tipidagi testlarni topishingiz mumkin.
📌Fevral oyida imtihonga kiradigan lar uchun ajoyib imkoniyat!
Kanalni yo'qotib qo'ymaslik uchun ulanib oling: @matematiktaxlil
Imtihonda yozma savodxonlik uchun shunday varoq beriladi. Chiqarib olib tayyorgarlik jarayonida ham foydalaning.
Dars imkon qadar ko'proq insonlarga foydali bo'lishi uchun keyinroqqa qoldiramiz. Aniq vaqtini bir-necha kun avval e'lon qilib qo'yaman.
Bugun kechga jonli dars o'tib yuborsak nima deysiz? Butun boshli esse strukturasini noldan, oddiy qilib tushuntirib beraman.
Aksariyat oilalar bolaning puxta bilim egallashi va jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun uni xususiy maktablarda oqitish kerak deb hisoblashadi. Boshqalar esa umuta'lim maktablari ham bu borada yetarlicha salohiyatga ega ekanini takidlaydi. Xo'sh, ertamiz egalarini munosib tarbiyalashda qay birini tanlagan ma'qul?
Farzandini nodavlat talim muassasalarida o'qitishni afzal ko'ruvchi ota-onalarning fikriga ko'ra, bunday talim maskanlarida zamonaviy ta’lim metodlari, texnologiyalar va interaktiv darslar ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan tashqari, sinflar kichik bo‘lgani sababli har bir o‘quvchiga individual yondashuv ta’minlanadi. Xususan, O'zbekiston hududidagi 70 % nodavlat talim muassasalarida o'quvchilar soni 15 nafardan oshmaydi. Qolaversa, bunday o'quv maskanlarida o‘qituvchilarning malakasi nisbatan yuqori bo‘lib, chet tillari va qo‘shimcha fanlar chuqurroq o‘rgatiladi. Misol tariqasida, “Ibrat school”, “Adab school”, “Registon” kabilarda muallimlarga o'z mutaxassislik fanlariga qo'shimcha ravishda rus va ingliz tillarini B2 darajada bilish talabi qo'yiladi.
Masala yuzasidan ikkinchi tomon vakillari esa, umumtalim maktablarining ham o'ziga xos ustunliklari borligini ta'kidlashadi. Birinchidan, davlat maktablari ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi va bolani turli muhitga moslashishga o‘rgatadi. Ikkinchidan, mazkur muassasalarda aksariyat tajribali, yillar davomida faoliyat olib borayotgan ustozlar mavjud bo‘lib, ular o'z sohalarini mustahkam egallashgan. “Ta'lim fidoyisi” jurnalida chop etilgan ma'lumotlarga kora, hozirgi kunda maktablarimizda 2000 dan ziyod ko'p yillik tajriba ega o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Uchinchidan, bepul umumiy ta’lim ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari ham moddiy imkoniyatidan qat’i nazar sifatli bilim olish imkoniga ega bo‘ladilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bepul ta’lim tizimi mavjud mamlakatlarda bolalarning maktabga qatnash darajasi yuqori bo‘lib, erta mehnatga majbur bo‘lish holatlari kamayadi. Bu esa kelajakda malakali kadrlar yetishib chiqishiga va jamiyatning umumiy iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Fikrimcha, bolani umumtalim maktabida o'qitish uning kelajak hayoti uchun muhimroq hisoblanadi. Chunki davlat maktablarida o'quvchilar mustaqil fikrlash va muammolarni o'z kuchi bilan hal qilishga o'rganadi. Bunday talim muassasalarida sharoitlar har doim ham mukammal bo'lmasligi mumkin, lekin aynan shu holat bolani qiyinchiliklarga moslashtiradi. Shuningdek, o'quvchi raqobat muhitida ulgayadi. Sinfxonalarda o'rganuvchilar soni ko'pligi har bir bolani oz ustida tinimsiz ishlashga undaydi va bu oz navbatida uning kelgusi hayotida har qanday vaziyatda ham intilib yashashga tayyorlaydi.
Xulosa qilib aytganda, umumtalim maktablari bolani faqat bilim bilan emas, balki hayotiy tajriba, qat'iyat va mustaqillik bilan taminlaydi. Natijada, ertamiz egalari hisoblangan yosh avlod jamiyatning faol va ma'suliyatli a'zosi bo'lib voyaga yetadi.
@esse_u
6# Esse mavzusi:
Ba'zilar bolaga mukammal bilim berish uchun uni xususiy maktabda o'qitish kerak deb hisoblashsa, ayrimlar davlat maktabida ham mukammal bilim olish mumkin deb bilishadi
✔️ Asosiy qismning 1-xatboshisi uchun tavsiya etiladigan kiritmalar:
• Masalaning birinchi tomoniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ...
• Birinchi qarashni qo‘llab-quvvatlovchilar fikricha, ...
• Birinchi qarashni yoqlovchilarning ta’kidlashicha, ...
• Ushbu masalaning dastlab ko‘zga tashlanadigan jihati shundaki, ..
• Masalaga ilk yondashuv sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
✔️ Ikkinchi xatboshi uchun:
• Shu bilan birga, bunga zid qarashlar ham bor…
• Masalaning yana bir qirrasini ko‘radiganlarning fikricha…
• Ayrim mutaxassislar esa bu fikrga qo‘shilmaydi va ta’kidlaydi…
• Bundan tashqari, …
• Shu bilan birga, …
• Bundan farqli o‘laroq, boshqa bir qarash quyidagilarni ta’kidlaydi…
📍Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring
@esse_u
Yopiq guruhdagi darslardan "bir shingil".
Kursga hali ham qo'shilish imkoniyatingiz bor. Darslar hafta 3 kun jonli efirda o'tiladi.
kurs uchun qabul 31-dekabrgacha, to'lov qilish 1-yanvargacha davom etadi, shoshilamiz!
Esse yozishda yana bir e'tiborga loyiq jihat, shubhasiz, dalillar!
Nega dalillash muhim?Siz kuchli qarashlarni ilgari sursangiz-u ularni faktlar bilan dalillamasangiz, bu esseni ishonchsiz, "zaif" ko'rsatadi. Xuddiki, argumentlar bino bo'lsa, dalil uning poydevori. Bino qanchalik ko'rkam bo'lmasin, poydevorsiz uzoqqa bormaydi.
Qanday dalil turlaridan foydalanish kerak?Esse va yozma ishlarda quyidagi dalillar ko‘p ishlatiladi: ✔️Faktlar – statistik ma’lumotlar, tadqiqot natijalari Masalan: Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam kitob o‘qish lug‘at boyligini 30% ga oshiradi. ✔️Misollar – real hayotdan yoki ijtimoiy holatlardan Masalan: Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bepul ta’lim ijtimoiy tenglikni ta’minlashi kuzatiladi. ✔️Mutaxassis fikri – olimlar, ekspertlarning tadqiqotlari, taniqli shaxslarning bergan intervyulari Masalan: Psixologlarning ta’kidlashicha, stressni boshqarish akademik muvaffaqiyatga ta’sir qiladi. ❗️E'tibor bering, dalillar ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Qo'shningiz, qarindoshingiz yoki do'stingizning biror mavzuda aytgan subyektiv qarashlari sizga dalil bo'la olmaydi. @esse_u
