namunaviy esselar
رفتن به کانال در Telegram
Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!
نمایش بیشتر287
مشترکین
+124 ساعت
+37 روز
+730 روز
آرشیو پست ها
Esse yozishda yana bir e'tiborga loyiq jihat, shubhasiz, dalillar!
Nega dalillash muhim?Siz kuchli qarashlarni ilgari sursangiz-u ularni faktlar bilan dalillamasangiz, bu esseni ishonchsiz, "zaif" ko'rsatadi. Xuddiki, argumentlar bino bo'lsa, dalil uning poydevori. Bino qanchalik ko'rkam bo'lmasin, poydevorsiz uzoqqa bormaydi.
Qanday dalil turlaridan foydalanish kerak?Esse va yozma ishlarda quyidagi dalillar ko‘p ishlatiladi: ✔️Faktlar – statistik ma’lumotlar, tadqiqot natijalari Masalan: Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam kitob o‘qish lug‘at boyligini 30% ga oshiradi. ✔️Misollar – real hayotdan yoki ijtimoiy holatlardan Masalan: Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bepul ta’lim ijtimoiy tenglikni ta’minlashi kuzatiladi. ✔️Mutaxassis fikri – olimlar, ekspertlarning tadqiqotlari, taniqli shaxslarning bergan intervyulari Masalan: Psixologlarning ta’kidlashicha, stressni boshqarish akademik muvaffaqiyatga ta’sir qiladi. ❗️E'tibor bering, dalillar ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Qo'shningiz, qarindoshingiz yoki do'stingizning biror mavzuda aytgan subyektiv qarashlari sizga dalil bo'la olmaydi. @esse_u
Kurs nimalarni o‘z ichiga oladi? So'raganlar uchun batafsil tushuntiraman:
📌 Esse haqidagi dastlabki tushunchalar
-kirish, asosiy qism va xulosa qanday yoziladi
-baholashda nimalarga e'tibor qaratiladi
📌 Fikr kelmay qolishi muammosi
-mavzuni to'g'ri tahlil qilish
-qoralamadan foydalanish va vaqt taqsimoti haqida
📌 Dalillar bilan ishlash
-mavzuga mos va kuchli dalil tanlash -yolg'on dalillashni o'rganish
-turli mavzularga moslashtirsa bo'ladigan "universal" misollar
📌 Leksik birliklardan unumli foydalanish
-akademik va mos so‘z tanlash
-takrorlardan qochish
-parafraza va sinonimlardan foydalanish
📌 12 ta jonli dars
-har bir darsda tushuntirish + amaliyot
-namunaviy esselar bilan ishlash
📌 Kurs oxirigacha individual feedback
-yozilgan esselar tekshiriladi
-xatolar tahlil qilinadi va aniq tavsiyalar beriladi
murojaat uchun: @gayratovaas
Darvoqe, kursga qabul 28-dekabrga qadar davom etadi.
Har biringizga vaqt ajratish va darslar sifatli bo'lishi uchun ko'p o'quvchi olinmaydi, shoshiling❗️
Oxirgi vaqtlar yurtimizda milliy liboslar targ'iboti ommalashdi. Ammo ayrimlar bu holatga insonning shaxsiy chegarasiga bostirib kirish deb hisoblaydi.
Yuqoridagi esse mavzusiga siz qanday qaraysiz? Fikrlaringizni yozib qoldiring.
Yaqinroq keling, sizlar uchun intensiv esse kursi taklif qilmoqchiman.
Kurs kimlar uchun?✔️Yanvar/fevral oylarida imtihonga kiradiganlar ✔️Yozma ish balini 65+ ga ko'tarishni maqsad qilganlar ✔️Esseda fikr kelmay qolishi, dalil keltira olmaslik, leksik birliklarni qo'llay olmaslikdan charchaganlar ✔️"Feedback" olib, xatolarini tahlil qilishga tayyor bo‘lganlar Umuman, qisqa vaqt ichida samarali mehnat qilib kelasi imtihonga tayyorlanmoqchi bo'lgan talabgorlar uchun ajoyib taklif. Darslar 1-yanvardan 1-fevralgacha davom etadi. Kurs narxi: 50 ming so'm Qo'shilish uchun @gayratovaas ga yozing, savollaringiz bo'lsa bemalol.
yanvar oyida imtihon topshiruvchilar uchun tez orada yangilik e'lon qilaman, kanalni kuzatib boring.
Xulosa qanday yoziladi? Bugun shu haqida gaplashamiz!
Esening yana bir tarkibiy qismi bu xulosa. Bunda siz yuqorida keltirilgan fikrlarni 1-2 jumla orqali umumlashtirib qo'yasiz.
✔️Yangi fikr (argument) bermaysiz, dalil keltirmaysiz.
✔️Xulosada neytral qolmaysiz, aksincha, berilgan tomonlardan birini tanlash talab qilinadi.
✔️Esseyingiz yanada mukammalroq chiqishi uchun bu qismda yechim taklif qilish tavsiya etiladi.
Masalan:
Xulosa o'rnida, garchi jamoat transportidan foydalanish avtohalokatlar sonini qisman kamaytirsa-da, bu hodisalarni butunlay bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun hukumat vakillari qo‘shimcha yo‘l belgilarini o‘rnatish, mavjud yo‘llarni qayta ta’mirlash hamda haydovchi va yo‘lovchilarning malakasini oshirish kabi qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.Qisqa qilib aytganda, xulosada shaxsiy tanlovingizni aniq va bir nechta jumla bilan ko'rsatib berishingiz kerak. @esse_u
Asosiy qism 3 ta xatboshidan iborat bo'ladi:
✔️Birinchi xatboshida mavzu yuzasidan dastlabki tomonning qarashlari yoritiladi. Odatda, uni siz yoqlamaydigan tomon bilan boshlash maqsadga muvofiq. Asosiy qismni kirishdagi kabi umumiy jumlalar bilan emas, to'g'ridan-to'g'ri argument bilan boshlash lozim.
Namuna: "Chop etilgan kitoblarni yoqlovchilar fikriga ko'ra, ular kitobxonga bir qancha qulayliklar taqdim etadi. Avvalo .."❗️Argumentlarni sanashda "Birinchidan", "Ikkinchidan", "Shuningdek", "Bundan tashqari", "Qolaversa" kabi kirish so'zlardan foydalaning. ✔️Ikkinchi xatboshida siz yoqlaydigan tomonning argumentlarni keltiring. Bunda ham avval kirish jumla, so'ng fikr va uni mustahkamlovchi dalil (ilmiy tadqiqotlar, so'rovnomalar, statistik ma'lumotlar) ishlatasiz.
Namuna: "Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillari esa elektron kitoblarning ekologiyaga zarar yetkazmasligini ta'kidlashadi"❗️Yodda tuting Siz qo'llagan maqol, hikmatli so'z yoki iboralaringiz dalil hisoblanmaydi. Ular esseda leksik xilma-xillikni ta'minlaydi xolos. ✔️Shaxsiy fikr essening "mag'zi" sanaladi. Bunda siz tomonlardan birini tanlab, tanlovingiz sababini dalillar bilan yoritib berishingiz kerak.
Namuna: "O'ylashimcha, texnologiyalar asrida elektron kitoblarning foydalari ko'proq. Negaki ularni har kim, har qayerda yuklab olib, ishlatishi mumkin va bu kitobxonlarning ham vaqtni, ham naqdini tejaydi"❗️Ko'pincha o'quvchilar bu qismga e'tibor berishmaydi, argumentlarni qisqa va kuchsiz tanlashadi, dalillar berib mustahkamlashmaydi. Aslida, siz mavzuni qay darajada tushunganingiz va tahlil qila olishingiz, fikrlash qobiliyatingiz aynan mazkur qismda aks etadi. @esse_u
Kuchli kirish qanday yoziladi?
🆘 Ko‘pchilik esse kirishini umumiy gaplar bilan boshlaydi. Natija — past ball. Keling, sabablarni batafsil ko'rib chiqamiz.
Insoniyat yaralibdiki, turli tanlovlar qurshovida yashaydi. Yaratganning marhamati ila hatto kishilarning barmoq izlari bir-biriga o'xshamas ekan jamiyatdagi u yoki bu masala yuzasidan bahs-munozaralar yuzaga kelishi tabiiy. Ana shunday muhokamali mavzulardan biri ... ❌ Yuqoridagi kirish bir qarashda jimjimador, har qanday esse mavzusiga qo'llash mumkindek tuyiladi, biroq yuqori balli esse yozish uchun bunday "oldi-qochdi" jumlalardandan foydalanish yaramaydi. ✅ Aslida kirish qismi qisqa, bir nechta gaplardan iborat bo'lishi va berilgan mavzuni qayta ishlab, "paraphrase" qilish maqsadga muvofiq:
So‘nggi yillarda texnologiya va ilm-fan yutuqlari ta’lim jarayonini sezilarli darajada yengillashtirmoqda. Ba’zilar bunga tayanib murabbiylarsiz ham bilim olish mumkin deb hisoblasa, boshqalar o‘qituvchi rahbarligining ahamiyati hanuz yuqori ekanini ta’kidlaydi.♨️ So'ngra, asosiy qism va kirishni o'zaro bog'lash uchun tezis gap qo'yiladi:
- Xo'sh, mazkur vaziyatda qanday yo'l tutgan ma'qul? - Mavzu yuzasidan qay tomon fikrlari o'rinli? -Jamiyat rivoji uchun qay yo'ldan bormoq afzal? ❗️E'tiborli bo'ling, "Keling, mavzuni muhokama qilamiz.., sizning fikringiz qanday?" kabi tezislarni qo'llamang, umuman ikkinchi shaxsga murojaat qilmang! @esse_u
Esse nima?
Esse — bu biror mavzu yuzasidan shaxsiy fikr, dalil va xulosalarga tayangan holda yozilgan matn. Unda eng muhimi — aniq fikr va tartib.Esse 4 asosiy qismdan tashkil topadi: 🔹Kirish Mavzu qisqa va sodda qilib tushintiriladi. Kirish gap +"paraphrase"+ tezis ko'rinishida tuzilgan bir nechta gaplardan iborat bo'ladi. 🔹Asosiy qism Har ikki tomon vakillarining argumentlari beriladi va Fikr + izoh + misol ko'rinishida mustahkamlanadi. 🔹Shaxsiy fikr Mavzu yuzasidan o'z pozitsiyangizni bayon qilasiz va dalillar bilan mustahkamlaysiz. Shaxsiy fikr essening eng muhim tarkibiy qismi sanaladi. 🔹Xulosa Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirasiz va qisqa, 1–2 jumlada, xulosalaysiz. @esse_u
