Writer_minds
رفتن به کانال در Telegram
Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
نمایش بیشتر3 286
مشترکین
+624 ساعت
+1387 روز
+1 39430 روز
آرشیو پست ها
3 286
Baht bu FAKE.
Kuni kecha “bahtli insonlar o’zlarini qanday aldayotganini kuzatish yoqadi” degan parchaga bir kishi izoh talab qildi.
Bu so’z 20 asrni uydirmasi. Ular bizni kecha tug’ulgan deb o’ylashadi biz bilamiz hammasini, ho’mmi? Hemingwayni bahtli bo’lgan deb o’ylaysanmi, azizim u o’zini otib tashlagan. Sylviychi, bizni o’sha sevimli Plath boshini pechkaga tiqib gazlab o’ldirgan o’zini. Sen insonlarni to’la qonli bahtli ekanligiga haliyam ishonasanmi? Qarshingdagi inson bir marta bo’lsayam o’zini o’ldirishni o’ylamagan deb o’ylaysanmi? Baht emas asli “dardning yo’qligi” deyish kerak dardsiz insonlarni esa men tasavvur qila olmayman.
“Baht” so’zi shubhali: u buyum emas,ontologik jihatdan mavjud emas. Bir stol emaski urilib ketib bahtli bo’lib ketsang. Tushunyapsizmi?. Demak, u ijtimoiy-ontologik konstruksiya. Ya’ni real ta’siri bor, lekin tabiiy obyekt emas. Sharqda bilmadim, lekin G’arbda 15 asrdan oldingi asarlarda baht degan so’zni o’qimadim. Menimcha Navoiy ham baht so’zini ishlatmagan, ular uchun “holat” bo’lgan yoki “qismat” bo’lgan, baht natija bo’lmagan. Hozir esa baht butun bir check-list: mundoq qaraymiz moshinasi bormi? Bor. Uyi bormi? Bor? Sayohat qiladimi? Ha. Bolasi yog’akanu?. Hmmm…
Oldingi jamiyatda yani Modernismdan oldin markazda Xudo turgan, inson esa markazdan tashqarida tartib ichida bo’lgan. Hozir Postmodernizmda inson “Qoch meni joyimdan” deb markazga o’tirib oldi. Bugun inson 24 soatni ichida Xudodan, do’stidan, onasidan ko’ra o’zini o’ylaydi. Endi qismatga ham toqat qilmaydi. Endi bahtli bo’lishi kerak, chunki reaksiyasiz yursang, kulmasang seni tuzatmoqchi bo’lishadi. Psixologlar chiqadi, Motivator, Podcast, Marafonlar chiqadi, va hammasi bitta gapni aytadi “Bahtli bo’lishing shart”
Muammoli joyi shundaki baht asli yana osha Performativityga ulanadi. Psixologiyada Performativity of Happiness (bahtni ro’l o’ynash) tushunchasi mavjud yani baht asli hotirasiz narsa bir muddatlik boladi va unitiladi lekin odamlar uni tashqi dekaratsiya qilib o’zlarini bahtli korsatishga harakat qiladi. Musobaqa o’ynaydi. Kim kuchli?
Biz shu qadar fikrlamay qo’ydikki, bizi hayotimizda nima ketayotganini yaqinlarimiz bilan bo’lishmaymiz. Do’stimizga salom demaymiz chunki bahtli bo’lish bilan bandmiz. Yoki shu qadar qo’rqamizki endi self help booklar, manipulyatsiya, silence, narsistlik, control qilish, power haqida o’rganimiz.
Instagram sahnaga aylandi, tanish bilishlar tomoshabin, layklar hakam, bahting laykimga arziydimi yo’qmi aytaman degandek.
Insonlarni esa hotirasi past. Ular seni eski brendni olganingni unutishgan sen ularga yangi so’ngi rusumdagi moshinang, so’ngi muvaffaqiyating, so’ngi omading bilan yana qayta qayta eslatib turishing kerak “qanchalik bahtliligingni”. AND IT MAKES YOU MISERABLE!
3 286
Bilasiz Aka Uka Karamazovlar asarini o’qiyapman. Endi 150 betcha tugatdim. Va Alyosha borku, shunga allaqachon empatiya bor menda. He is the gooooooaaaaat. Nima deyotganimni tushunyapsizmi. Gunohkor otani hammani oldida masxarabozlik qilishini ko’rib uyatdan qizarib , yer yorilsa yerga kirib ketsaki, lekin otaga haddi sig’ib bas qil deyolmaydi. Shu qadar insonni bag’ri keng bo’lishi mumkinmi? Tag’in Manastrdaya. Menimcha sevimli badiiy qahramonlarimni ichida yuqori o’rinlqrni egallaydigan obrazga aylanada Alyosha, tag’in ko’ramiz.
3 286
John Miltonning Yo’qotilgan Jannatida ikkita juda katta go’ya bor. Birinchisi Xudoni borligini isbotlash. Ikkinchisi doimiy beriladigan savolga javob berish; “Xudo xamma narsani biluvchi zot bo’lsa nega Odam (Adam) va Havvo (Eve) quvilishiga yo’l qo’yib berdi. Javob; insonda tanlov bor. Ingliz tilida bu free will deyiladi. Agar Paradise Lostni Xristian dini mavzusi o’laroq yozilgan desak, Xristianlarda shayton va Islomdagi shaytonni qiyoslamoqchiman(only based on till book2 )
Milton qalamiga mansub Iblis shunchaki yovuzlik timsoli bo’libgina qolmay, balki u mag’rurlik va isyonning lirik qahramonidir. Uning tabiati va Islomdagi Shayton o’rtasidagi farqlardan bittasi Iroda va Kibr.
Miltonning asarida Iblis Xudoga qarshi "tenglik" da’vosi bilan chiqadi. U osmondagi iyerarxiyani qabul qilolmaydi va "Jannatda qul bo’lgandan ko’ra, Jahannamda sulton bo’lish afzal" degan falsafani ilgari suradi. Bu siyosiy va intellektual isyon.
Islomiy talqinda esa Iblisning isyoni "Odam" fitratiga, ya’ni tuproqdan yaralgan mavjudotga sajda qilishdan bosh tortishidir. Miltonda Iblis bevosita Xudoning taxtiga ko’z tikkan bo’lsa, Islomda u insonning mukammalligini tan olmaydi. Har ikki holatda ham mushtarak nuqta kibr bo’lib, u ilohiy ne’matdan mahrumlikka sabab bo’ladi.
"Free Will" (Iroda Erkinligi) va Mas’uliyat masalasiga kelsak, insoniyat o’z taqdirining "muayyan" qismida tanlovga ega emas (muhit, irq, tug’ilish). Biroq Milton Iblisni ham, Odamni ham "erkin yaratilgan, ammo og’ishga moyil" (free to fall) deb tasvirlaydi. Miltonning Iblisi: O’z tanlovi bilan jahannamni tanlaydi. Uning fojiasi shundaki, u tavba qilish imkonini o’z kibri bilan bo’g’ib tashlaydi. Islomdagi iblis esa qiyomatga qadar muhlat so’raydi va bu muhlat ichida insonlarni yo’ldan urishni o’ziga maqsad qiladi. Ya’ni, islomiy talqinda Shayton inson irodasini sinovdan o’tkazuvchi bir "vosita"ga aylanadi.
Miltonning mahorati shundaki, u 1- va 2-kitoblarda Iblisni haybatli, notiq va matonatli qiyofada chizadi. U mag’lub bo’lsa-da, ruhini cho’ktirmaydi. Bu akademik nuqtayi nazardan qaraganda, antik grek tragediyalaridagi qahramonlarni eslatadi.
Islomiy manbalarda esa Shayton hech qachon "qahramon" sifatida namoyon bo’lmaydi. U makkor (vasvasachi) va tubanlik timsolidir. Miltonning asarida biz Iblisning ichki iztiroblarini, uning boy berilgan jannatga bo'lgan hasratini ko'ramiz, islomiy matnlarda esa asosiy urg'u uning dushmanligi va adashganligiga beriladi. Miltinning Iblisida Beelzebub
Ismli o‘ng qo‘li bo’ladi. U barcha avvalgi takliflarni rad etib(Pandemoniumda yig’ilgan iblislarni takliflari) eng makkorona yo‘lni taklif qiladi: Xudoning yangi maxluqi bo‘lmish Insonni yo‘ldan urish. U tushunib yetadiki, Xudo bilan bevosita urushib bo‘lmaydi, ammo Uning sevimli bandasi orqali Unga zarar yetkazish mumkin. Beelzebub makkorlik va strategik aqlning ko‘rinishi. Aynan shu nuqtada Islomiy va Xristianlikdagi "Insonning sinovdan o‘tishi" g‘oyasi birlashadi. Uning irodasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushmanlik emas, balki vasvasa orqali boshqarishga asoslangan. Bir narsani eslatib o’tishim kerak, Xristian dinida Satanga ancha obraz kiritilgan va u odatda “fallen angel” atamasi bilan ishlatiladi yani u farishtalardan bo’lgan. Islomda esa Satanga shavqat zarracha qaratilmaydi va lanatlanadi va u farishta emas jinlardan bo’ladi.
"Aql o'z o'rniga ega va u o'z ichida jahannamdan jannatni, jannatdan jahannamni yaratishi mumkin." — John Milton.
Miltonning geniyligi shundaki, Shaytonning oldidagi gumashtalari yani quvilgan shaytonlarning ismlari Jannatdan o’chirilgan deb beradi. Va aynan o’sha iblislar o’zlariga boshqa nomlar qo’yadi yani Zevs, Osirus, Isida, kabi yunon xudolari endi paydo bo’ladi. Va bularning maqsadi ham bitta insoniyatni haqiqatdan uzoqlashtirib fitna yasash.
Miltonni qaytib kelishini so’rab uozilgan romantisizmga tegishli she’r bor edi. Endi tushhndim nega Miltonni Britaniya dim qo’msaganini.
3 286
Faylasuf bilan oddiy insonni farqi, faylasuf haybarakallachilarga ishonmaydi, xalqga ham avomga ham auditoriyaga ham ishonmaydi. Misol uchun agar Gazzoliy hozirgi zamonda yashaganda Instagramda blog yuritmasdi(menga o’xshab).
3 286
Aka Uka Karamazovdan parcha:
“Oʻzingizdan uyalmang, zero hammasi faqat mana shundan boshlanadi”, degan soʻzlaringiz, tanbehingiz bilan goʻyo yuragimni ochdingiz va ichimdagini oʻqidingiz, men odamlarning ichiga kirayotganimda, menga baayni shunday boʻlib tuyuladi, men hammadan koʻra tubanroq koʻrinaman va odamlar meni masxaraboz deb bilishadi, ana shuning uchun “kel, mayli, chini bilan masxaraboz boʻlib koʻrina qolay, sizning nima deyishingizdan qoʻrqmayman deyman, chunki siz hammangiz bitta qolmay mendan koʻra yuz chandon tubanroqdirsiz!” Mana shuning uchun ham men masxarabozman, nomusimdan masxarabozman, tabarruk ota, nomusimdan. Ich-ichimdan zil ketib, gʻavgʻo-toʻpolon chiqaraman. Axir men kirib kelayotgan chogʻimda hamma meni – ana eng aziz va oqil inson kelayotir, – deb qabul qilsalar edi, o xudoyim! Men unda qandoq yaxshi inson boʻlurdim! Padar! – u birdan tiz choʻkdi, – mangu hayotga erishmoq uchun men nima qilay? – U hazillashyaptimi yoki chindan ham shunday yaltoqlanib suyulib ketdimi, buni shu tobda aniq bilib boʻlmasdi.
3 286
Ushbu satr asli jiddiy mano yashirgan, lekin meni miyamni kuldirdi!
Baayni shunday! Tasavvur qiling, Pyotr Aleksandrovich, axir men buni ham bilardim, bilasizmi, nima qilayotganimni oldindan bilardim, siz buni yuzimga solishingizni ham bilardim. Shu soniyalarda koʻrib turibman, hazilim yaxshi chiqmayapti, taqsiri hazratim, shuning uchun ikki lunjim pastki jagʻimga yopishib qolyapti, xuddi akashak tutganday; bolaligimdan shunday boʻlib qolganman, dvoryanlarning sigʻindisi boʻlib yurganman, sigʻindichilikda bir tishlam nonimni topganman. Men shunday masxaraboz boʻlib tugʻilganman, oliy hazratim, shu valakisalangman; balki mening ichimga shayton kirib olgandir, oʻlchami, balki, uncha katta emasdir, yaxshi boʻlardi-ku-ya oʻziga boshqa makon topsa, faqat sizning makoningizni emas, Pyotr Aleksandrovich, sizning oʻzingiz uncha durust makon emassiz. Ammo, baribir, men ishonaman, xudoga ishonaman. Men faqat keyingi vaqtlarda ishtibohga bordim, ammo mana endi bu yerda oʻtirib, ulugʻvor kalomlarni ilhaq kutyapman. Men, oliy hazratim, xuddi faylasuf Diderotga oʻxshayman43. Siz, muqaddas otamiz, faylasuf Diderot imperatrisa Yekaterina zamonida mitropolit Platon huzuriga borganini eshitganmisiz? Kirib boribdi-yu, gapni choʻrt kesibdi: “Xudo yoʻq”, – debdi. Bunga buyuk taqvodor qoʻlini yuqoriga koʻtarib, shunday debdi: “Telbaning koʻngli xudoni yoʻq deydur!” Shunda anov oʻzini tappa oyogʻi tagiga tashlabdi: ………………………. Bir umr oldindan bilardim yolgʻonligini! – joʻshib-toshib xitob qildi Fyodor Pavlovich. – Ayni chogʻda, janoblar, bor haqiqatni aytaman: fayziyob qariya! Maʼzur tuting, keyingi gapim Diderotni choʻqintirishni men hozir shu yerda toʻqidim, xuddi mana shu soniya hikoya qila turib oʻylab topdim, ilgari hech qachon kallamga kelmagan. Qiziq chiqsin deb, toʻqib yubordim. Qiyshanglayotgan boʻlsam, Pyotr Aleksandrovich, suyukliroq koʻrinay deyapman-da.
Book ||. Old Buffon ( Qari Masxaraboz.
3 286
2015 yol bir domlamiz aytgan “Nafisa ikkimizda bitta birxil hislat bor. Sen va menga o’xshaganlar sheriklarimiz bilimda bizdan o’tib ketishidan gashimiz keladi, doim number 1 bo’lishni hohlaysan” degan. O’shanda aytgandim “men musoboqa o’ynashni yomon ko’raman, musobaqa o’ynamayman, shunchaki boshqalarni oldida ahmoq ko’rinishdan nafratlanaman” desam. “Musoba o’yna” degan o’sha ustoz.
Yillar o’tib ham fikrim o’zgarmagan. Musobaqa o’ynaydigan insonlar yoqmaydi. Misol menda bunaqa desam menda sendanam zo’r er bor, farzand bor, uy bor, qabilida gap boshlasa uzoqlashaman o’sha kishidan. Lekin…..
Bitta sohada musobaqa o’ynasa yarasharkan. Ilmda! Agar ilmda hammadan zo’ri bo’laman deb ertalab kechgacha yugursangiz, sizni hechkim yenga olmaydigan darajadagi aqlli monsterga aylanasiz.
Yuqoridagi video Physical Asia tele shousidan parcha, tavsiya qilaman ko’rishni, faqat bular ilm bo’yicha sport bo’yicha monster. Kechasi bilan tongi 5 gacha ko’rib ham tugata olmadim. Enjoy the Show Monsters❤️🫶🫶🫶
3 286
16 chi yanvar kechki 19:00 (Uzb vaqti) bilan 23:00(Korea vaqti) bilan eng ko’p ovoz olgan Master va Margarita asarini tahlil qilamiz. Hammani kutaman. Bu asar menga kuchli tasir qilgan, bir oycha atmasferasidan chiqib keta olmaganman(yaxshi tanlov bo’ldi) garchi variantlarni hammasi eng top asarlar va yozuvchilar edi❤️
3 286
Xudojon, nimaga Anna Karenina desa hamma Anna obrazi haqida gapiradi, asar asli Kitty haqida. Tolstoy ayollarni ikki toifaga bo’ladi birinchi toifadagilar dunyodagi hamma ayollar ikkinchi toifada faqatgina Kitty 💌💌💌. Va sevimli Levin haqida, Konstantin Dmitriyevich Levin❤️
3 286
+3
147 kishi ovoz beribdi, qoyil qoldim. Umid qilamanki Instagramda ham postlarimni qollab quvatlaysiz. Ushbu jadval Sogang universitetinjng bitta classidan syllabus, jiddiy, yuqori didda, marakkab asarlar, sherlar, proze, tanqidiy maqolalar, artikl va nazariyalar bilan 14 haftalik jadvalimiz. Nimaga joylayapman? O’zbekiston 100 qadam orqadi talimda, masxarabozlik ko’p bizda. Shunday jiddiy jadvalli syllabuslarga o’tadi bur kun degan umiddaman. Uning uchun talaba ham Professor ham bu qadar murakkab asarlarni va nazariyalarni tushunar qadar ilm darajasini egallashi kerak. Bilmadim qachon lekin?
3 286
Asarlarni bir o’tirishda o’qib tugatish, faqat sujetga qiziqish, tahlil qilmaslik, close reading qilmay o’qish bu mastava yoki moshho’rda ichishdek gap. Asarlarni nazariyaga ulasangizgina, chuqur analiz qilsangizgina fine dining( yuqori darajadagi restaronda) ovqatlanib chiqasiz!
3 286
Assalomu alaykum. Ertaga uzb vaqti bilan 19:00, Korea vaqti bilan 23:00 da telegramda Dorian Greyning portreti haqida suhbat bo’ladi, hammani kutaman!
3 286
Toni Morrisonning mashshur Belowed asarida juda kuchli travmaga oid sahnalar mavjud ulardan eng top nuqtadagisi Sethe o’z farzandini so’yib tashlaganda tasvirlangan. Qon shu darajada bo’larkanki “qonli ko’lmakka sirg’anib tushdi” deyiladi. Ushbu conferenceda travma qanday narrate( bayon qilinishi) va uni oqirman qanday qabul qilishi haqida neuroscience ga ulab tushuntirganman. Agar sizga qiziq bo’lsa “neurosciencea and narrating trauma” haqida o’qing, men Seeleyni nazariyasidan foydalanganman.
Asli bu juda qiziqarli, negaki ro’paramizda o’tirgan inson bazan travmasini aytsa tushunmaymiz, to’liq his qilmaymiz. Hattoki asarlardagi travmani bazi oquvchilar tushunmaydi. Misol uchun qora tanlilarni dardini tushinish menga qiyin bo’ldi ularni o’rniga o’zimni qo’ib ko’ra olmadim degan studentlar bo’ldi. Ular asarlarni to’gri o’qimagan. Chunki asarlarda shunday ranglar shunday fellar ishlatiladiki siz asarni ichiga tushib teppa teng ichida yurib o’sha qonli ko’lmakka teppa teng sirg’alishingiz kerak edi.
