Writer_minds
رفتن به کانال در Telegram
Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
نمایش بیشتر3 358
مشترکین
+324 ساعت
+1217 روز
+1 36530 روز
آرشیو پست ها
3 358
Toni Morrisonning mashshur Belowed asarida juda kuchli travmaga oid sahnalar mavjud ulardan eng top nuqtadagisi Sethe o’z farzandini so’yib tashlaganda tasvirlangan. Qon shu darajada bo’larkanki “qonli ko’lmakka sirg’anib tushdi” deyiladi. Ushbu conferenceda travma qanday narrate( bayon qilinishi) va uni oqirman qanday qabul qilishi haqida neuroscience ga ulab tushuntirganman. Agar sizga qiziq bo’lsa “neurosciencea and narrating trauma” haqida o’qing, men Seeleyni nazariyasidan foydalanganman.
Asli bu juda qiziqarli, negaki ro’paramizda o’tirgan inson bazan travmasini aytsa tushunmaymiz, to’liq his qilmaymiz. Hattoki asarlardagi travmani bazi oquvchilar tushunmaydi. Misol uchun qora tanlilarni dardini tushinish menga qiyin bo’ldi ularni o’rniga o’zimni qo’ib ko’ra olmadim degan studentlar bo’ldi. Ular asarlarni to’gri o’qimagan. Chunki asarlarda shunday ranglar shunday fellar ishlatiladiki siz asarni ichiga tushib teppa teng ichida yurib o’sha qonli ko’lmakka teppa teng sirg’alishingiz kerak edi.
3 358
Okeeeeeeey! Kechagi gapim isboti bilan. Ichki fikrlar qanchalik kuchliga. Neuroscience allaqachon buni isbotlagan ekan, demak kechagi gaplar shunchaki idealogiya emas balki fakt! Miyani bunday ishlashini men 6 sinfda bilganman. Ertaga falonchini sochini yulaman deganman o’zimdan o’zim oynaga qarab, bir minut vizualizatziya qilganman (sabablari bor), nimadan janjal chiqqan esimda yo’q lekin ertasi kuni haqiqatdan sochini yulganman😂.
3 358
Ingliz tilida delusional degan so’z bor. O’zbek tiliga hayolparast deb o’girishadi aslida bu so’z cheklangan tarjima. Delusional inson asli haqiqat bo’lmagan narsalarga ishongan inson. Hozirgi “men”idan ko’ra kattatoq “men”ni ko’ra olish. Menakan deb “-qoch Men kelyapman” deb birovni turtib g’o’dayib o’tib ketish haqida gapirmayapman. Muvaffaqiyat uchun ozgina haqiqatdan oldinroqda yurish haqida gapiryapman. Bazan insonga muvaffaqiyatga erishish uchun biroz delusionallik yetishmaydi. Siz bostirilgan hohishlatingiz bilan bosiq ovozda eshikni gichillatib ochib bitta ishni ham eplolmay chiqqan kunlaringizni eslang. Harakter bu taqdir. Taqdiringizni ovozingiz, so’zlaringiz, o’zingizni tutishingiz, bukchayvolib, qisinib aytgan mayda fikrlaringiz o’zgaritirib yuboradi. Fake it till you make it konsepsiyasini tushuntirganimda bazi kishilar unga qarshi chiqqandi lekin u konseptiyani proporsianali full potensialni ishlatishdir. “Fake it till you make it” yolg’onchilik emas. Agar men instagramda yoki buyerda qaysidir g’oyani ko’tarib chiqsam ichimdan to’qib emas, balki qaysidir top thinker, yoki faylasufni gapini ko’tarib kelgan bo’laman. Hullas bu termin Amy Cuddy, tana tili bo’yicha dunyo tan olgan top thinkerlardan biri, ilgari surgan va insonlarni bundan foydalanishga va allaqachon foydalanayotganingizni isbotlovchi fikrlari bilan chiqqan. Agar Judith Butlerni Performativity nazariyasini oldingizga yoysam, eshikdan chiqishingiz bilan 99 foiz harakatlaringiz “fake” ligini tushinib yetasiz. Amyni aytishicha top univerdagi juda ko’p studentlar hattoki uyerga tegishli emasliklarini aytishadi, o’zlaridan shubhalanadi, men buyerga mos emasman va shunchaki o’zimni mosdek qilib tutyapman deydilar. Vaholanki aynan o’sha Oxfordga hayolparastlarcha ishonganidan, kambag’al bo’lsam ham, imkoniyatim bo’lmasa ham, oilamdan hechkim o’qimagan bo’lsa ham men qila olaman deya olganlari uchun, o’sha joyga yetib borganlar. Bizni osiyo bolalari delusional bo’lishga yo’l qo’yishmaydi, buni ko’pincha ota onalariyoq to’sadi. Menga misol onam Oxfordda o’qiysan hali degan “puch umid”lar bermaganlar. Vaholanki menga o’sha expectationlar qo’yilishi kerak edi.
Delusionallikga qaytsak. Sizda 24 soat energiya bo’lmaydi, va hechqachon siz tayyor bo’lmaysiz, o’zingiz tayyor qilib ko’rsatasiz, tayyorman deganingizda ham sahnada ham qaltirayotgan bo’lasiz. Agar siz qo’lingizdagi narsaga, qobiliyat, imkoniyatga delusionallarcha qaramasangiz , o’zingiz da jasorat, kuch topmasangiz yetib borgunch hamma narsani shijoatni ham fake qilolmasangiz bedapoyadan ham nariga o’ta olmaysiz.
3 358
Performativity nazariyasi haqida shu kunlarda ko’p o’ylayapman.
O’zimga sinchiklab nazar tashlasam, men ancha dangasa odamman, o’zimga qolsa och qolib ketsamgina ovqat qilish hayolimga keladi bo’lmasa kechgacha ham hechnarsa yemaslogim mumkin, bir narsa tayyorlashga eringanimdan bu. Jamiyatda ham shundayman. Agar meni Menstrual siklning 18-kunidan keyin (odatda 28–30 kunlik) luteal fazaga kirgan bo’laman. Estrogenim pasayib Progesteronim ko’tarilib energiyani tejash rejimiga o’tgan bo’laman. Miyam “ yot, issiq joy top, kam gapir” deydi. Balki bu garmonlarimga ham bog’liq emasdir ko’pincha o’zi qunduz rejimida yuradigan bo’lib qoldim. Qunduzni chalqancha yotib suvda dam olayotganini ko’rganmisiz? 🦦 Hmmm balki yoshim kattargani sababdir. Negaki 25 yoshgacha menda performativity kuchli bo’lgan. Masalan: Aqlli ko‘rinish uchun murakkab so‘z ishlatarfim bu intellektual performativity. Samimiy bo‘lish emas, samimiy ko‘rinish uchun emosional performativity bajarardim. Boshqalar o’zini qulay his qilishi uchun iloji boricha g’ijimlanib berardim. Fikr bildirish emas, fikr bildirayotgandek ko‘rinish uchun ijtimoiy performativity kuchli edi. Ohirigacha tortishardim, ohirigacha isbot olib kelardim, bekordan bekorga jazavaga tushib yoqasidan olgan kunlarim ham bo’lgan.
Hozir o’zimda shu narsa kamayganini sezyapman albatta performativity butunlay yo’q bo’lmaydi. Hozir tomosha qo’ymayman(tomosha qo’yish uchun miyamda oshiqcha energiya yoqishim va buu menga kun ohirida burden va stress berishi mumkin) davrada mikrafonni iloji boricha boshqalarga beraman, o’qigan kitoblarim haqida so’rashmasa gapirmayman, o’qigan o’rgangan morallarimni suhbatni ichiga tiqmayman agar 3 kishidan ortiq davra bo’lsa, ob havo haqida yoki bolaligim haqida gapirib berishim mumkin. Ichimdagi faylasuf ichimda qoladi. Rumiyni o’qiganmisiz?
Hullas shunday raqs tomosha qilgani ham pul to’laysiz, teatrga pul to’laysiz, kinoga pul to’laysiz, nimaga endi sizning ve mening performance- sahna ko’rinishimiz tekin bo’lishi kerak! Hammani oldida hohlagan odamga? No way!
3 358
Sizning hech bir fikringiz o’zingizniki emas!
Fransuz faylasufi Michel Foucault diskurs nazariyasi bo’yicha juda top fikrlar bildirgan. Facault uchun individ, fikrlovchi shaxs diskurs tomonidan yaratiladi. Misol uchun ruhiy salomatlik haqida qanday fikrlashingiz shaxsiy fikr emas balki tibbiy uoki psixiatriya diskursi tomonidan shakllantirilgan. Shunga ko’ra bular huquqiy diskurs, siyosiy diskurs va hakozolarga bo’linadi. Yana ham oddiy qilib tushuntirganda: kimni go’zal deb hisoblashingiz shaxsiy fikr emas. But fikr madaniy va tarixiy jihatdan o’zgarib keladi. Misol, 1920-yillarda Yevropada juda ozg’in bo’lish go’zallik hisoblansa, antik madaniyatlarda ozginlik kambag’allikni bildirgan va kiborlarda biroz to’lacharoq bo’lish va hatto ayollarning biroz qorni va boksasi bo’lishi go’zallik hisoblangan. Demak siz o’zingizni hunuk hisoblasangiz demak bu haqiqatdan hunuksiz emas balki siz go’zallik diskursidagi ichkiylashtirilgan belgilangan standart qurbonisiz.
Yoki ijtimoiy konstruksiyadagi pul, pul o’zi qog’oz yoki raqamlar bo’lishiga qaramay, biz unga katta qiymat beramiz. But qiymat haqidagi fikr esa shaxsiy tanlov emas. Agar biror kishi 10 ming dollar topayotgan bo’lsa uning boy yoki kambag’alligi, uni g intimoiy guruhi yoki atrofidagi odamlar qancha topishiga bog’liq bo’ladi. Agar uning do’stlari 50 ming dollar topsa u o’zini kambag’al deb o’ylaydi. Yoki siz Iphonega katta baho berasiz, but sizning sof shaxsiy didingiz emas!
Bular katta misoar edi mayda misol uchun. Misol sizga savol: sizningcha eng yaxshi ota-ona naminatsiyasiga qanday ota onani tanlasak bo’ladi? Faqat 3 ta sifat ayting……
Siz aytishingiz mumkin: menimcha moddiy va manaviy taminlaydigan va baqirmaydigan”
Men aytaman bu o’zingizning shaxsiy fikringiz emas moddiy taminot- kapitalizm diskursidan, manaviy taminot- psixologik diskursdan o’rgangansiz, baqirmaslik- inson huquqlari diskursidan shakllangan.
So what degan savol tug’uladi sizda. Hechqaysi fijrim o’zimniki emasmi? Aytaylik men uydan chiqmaganman tug’ulganimdan beri, demak fikrlarim ota onamniki bo’ladi. Tushunyapsizmi, jamiyatni qurishi qayerdan kelib chiqadi. Sizni kimni eshityapsiz qaysi diskurs sizni fikringizni shakllantiryapti? Tahlil bilan qarayapsizmi? Qush inida ko’rganini qiladi? To’g’rimi? Buni shunday qabul qilasimi? Yoki sinchiklaysizmi? Belgilangan normalarni tushunsangizgini undan chiqa olasiz. Yoki bu sizga boshqa bir insonni fikriga changal solishingizni oldini oladi. Bu ahmoq deyishni o’rniga siz “bu boshqa ijtimoiy tizimdan” deysiz. Kim haq kim nohaq deb tortishishdan ko’ra bu mana bu diskursdan men bu diskursdan qarayapman deysiz. Hmmm bachalarim shuyerda siz endi qora oq bo’lib, oq qora bo’lib chiqsachiiiiy degan joyti edi)
3 358
To'g'risini aytsam, agar asar boshidagi mahbus oyog'idan osib keyin Pipni bog'ibla o'ldirib qo'yganda men 500 betlik asarni o'zimni majburlab o'qimagan bo'lardim. Ha siz asar o'qishni romantik qilib ko'rsatishlariga ishongan edingizmi bu ketmon chopishdan ham qiyinroq mashg’ulot aslida. Har holda qo'shnimni(erim) qo'liga kitob bersam undan ko'ra o'zini loyga uradi. Lekin asar juda qiziq holat bilan boshlangan. Pip ,asl ismi Philip Prrip bo’lgan, ota onasini qabrtoshi orqali taniydi va qabristonda turarkan otasi va onasini yuzini tahmin qilib ko'radi "onam sepkil yuzli, kasalmansifat ozg'in bo'lgan bo'sa kerak" deb o'ylaydi. qabr toshidagi o'z familiyasini bola o'qishida katta ramz bor, bu bolaning tag tugi baquvvat emas balki allaqachon loyga botganini bildiradi. shu o'zlikni qidirib ichki bo'shlikni to'ldirish uchun Pip jentlmen bo’lishga mukkasidan ketadi lekin bu jentlmenlik o’z mehnati bilan emas balki nomalum homiyning moddiy taminoti orqali amalga oshadi. Bu shuni ko’rsatadiki 19 asr Britaniyada sinfiylik suniy va mo’rt bo’lgan.
Miserably I went to bed after all, and miserably thought of Estella, and miserably dreamed that my expectations were all cancelled, and that I had to give my hand in marriage to Herbert’s Clara, or play Hamlet to Miss Havisham’s Ghost, before twenty thousand people, without knowing twenty words of it.”
(Chapter 31)
O‘zbekchasida:
“Oxiri, baribir, o‘ta baxtsiz holda yotog‘imga yotdim; o‘ta baxtsiz holda Estella haqida o‘yladim; va tushimda ham o‘ta baxtsiz holda shuni ko‘rdimki, barcha buyuk umidlarim bekor bo’lgandi, go‘yoki men Herbertning Klarasiga uylanishim kerak yoki yigirma ming tomoshabin oldida, yigirmata ham so‘zini bilmagan holda, Miss Havishemning arvohiga Hamlet rolini ijro etishim shart edi.”
Hamletni o’qiganmisiz?
Bu yerda 3 martadan kelgan “miserably” so’zi Pipning baxtsizligi uzluksiz hatto tushiga ham ko’chganini ko’rasiz. Miss Havishamning arvohi ham muhim ramzdir. Hamletda otaning arvohi o‘g‘ilga moral buyruqlar beradi; Dickens esa bu hokimiyatni ayol figurasi bilan almashtiradi. Pip hayotida hukmron, jazolovchi va yo‘l ko‘rsatuvchi kuch erkak emas, ayol edi. Miss Havisham Pip uchun go‘yoki “peri xola”, lekin u hayot baxsh etuvchi emas, balki ruhiy falajlovchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Bolaligida ham kuchli ota obrazi orqali emas, yetim holatida bonus sifatida zo’ravon opa qo’lida o’sadi. Pip asar ohirigacha ham ruhiy baquvvat insonga aylana olmaydi. Men opamni qo’lida juda tasirchan bo’lib o’sdim deydi. Bolaga opaning maydagina adolatsizligi ham sudga oshirsa bo’ladigan katta hato gunohdek botadi. Albatta, bola o’zi kichik, dunyosi undan kichik va katta odamning katta dunyodagi kichik arzimas deb o’ylagan tanbehi bolaga katta adolatsizlik bo’lib tuyuladi. Hech ustingizga 2 metrlik kimdir bostirib kelib urganmi siz bir qarich bo’lganingizda? Bola ana shunday korrupt usulda katta bo’ladi va o’zi ham keyin korrupt odamga aylanadi. O’z qarindoshining yonida bosh egib kambagallarcha noqulaylanib dovdirab turishidan ichida rohatlanadi, o’zini “gentlemen” bo’ldim deb o’ylaydi lekin o’zi tushida ko’rganday Hamletni 20 ta so’zini ham bilmasdi!
3 358
To'g'risini aytsam, agar asar boshidagi mahbus oyog'idan osib keyin uni bog'ibla o'ldirib qo'yganda men 500 betlik asarni o'zimni majburlab o'qimagan bo'lardim. Ha siz asar o'qishni romantik qilib ko'rsatishlariga ishongan edingizmi bu yerda ketmon chopishdan ham qiyinroq mashgulot. har holda qo'shnimni(erim) qo'liga kitob bersam undan ko'ra o'zini loyga uradi.lekin asar juda qiziq holat bilan boshlangan. u ota onasini qabrtoshi orqali taniydi va qabristonda turarkan otasi va onasini yuzini tahmin qilib ko'radi "onam sepkil yuzli, kasalmansifat ozg'in bo'lhgan bo'sa kerak" deb o'ylaydi. qabr toshidagoi o'z familiyasini bola o'qishida katta ramz bor, bu bolaning tag tugi baquvvat emas balki balki allaqachon loyga botganini bildiradi. shu o'zlikni qidirib ichki bo'shlikni to'ldirish uchun
3 358
lekin asar juda qiziq holat bilan boshlangan. u ota onasini qabrtoshi orqali taniydi va qabristonda turarkan otasi va onasini yuzini tahmin qilib ko'radi "onam sepkil yuzli, kasalmansifat ozg'in bo'lhgan bo'sa kerak" deb o'ylaydi. qabr toshidagoi o'z familiyasini bola o'qishida katta ramz bor, bu bolaning tag tugi baquvvat emas balki balki allaqachon loyga botganini bildiradi. shu o'zlikni qidirib ichki bo'shlikni to'ldirish uchun
3 358
To'g'risini aytsam, agar asar boshidagi mahbus oyog'idan osib keyin uni bog'ibla o'ldirib qo'yganda men 500 betlik asarni o'zimni majburlab o'qimagan bo'lardim. Ha siz asar o'qishni romantik qilib ko'rsatishlariga ishongan edingizmi bu yerda ketmon chopishdan ham qiyinroq mashgulot. har holda qo'shnimni(erim) qo'liga kitob bersam undan ko'ra o'zini loyga uradi.
3 358
Ohirigacha o’qing, juda katta tarafga qarashlaringizni o’zgartiraman!
Bitta O’zbekistondagi professorimiz darsda farzandlariga qanday tarbiya berishi haqida bir shingil qistiraman deb shunday degan:
“Yo’lda mardikor bozorni ko’rgansizlara, shu joydan farzandlarim bilan moshinada o’tib ketayotgandim. Keyin ularga shunday ogit qilganman: “Bolalarim agar shularga o’xshab qolmaslikni istasang qattiq o’qishing kerak. Keyin dugonam: “Nafis qara domlani, tarbiyani zo’r berarkana farzandlariga” degan. Men keyin domlani tanqid qilib ketganman, bilmadim nega lekin o’quvchilarga “manqangni oqizib qo’yaman” degan domlani men allaqachon olim o’rnida ko’rmasdim.
Shunda “zo’r tarbiya berarkana” deganda kesatib aytganmi yo rostan zo’r tarbiya beradi deganmi bilmadimu. Menga shu gapini o’zi o’sha domlani mingta kitob o’qisayam uqmagan qilib ko’rsatgan. Nimaga?
Birinchidan u mardikorlarni odam o’rnida ko’rmadi. Ikkinchidan bolasigayam bu odammas degan narsani o’rgatdi.
Endi falsafiy tarafdan nazariy tarafdan yondoshsak. Bu joyda ijtimoiy sinf, til, axloq kabi ko’p mavzular bor aslida. Axloqiy intelektual sezgi bilan qarasak, bolalariga shularga o’xshab qolma deyish bular jamiyatning eng quyi odamlari deyish bilan bir. Farzandlarga “boshqalardan ustunlik”ni tabiiy narsa kabi ko‘rsatish, bu yerda inson qadriyati bilan emas sinfi bilan o’lchanyapti. Ijtimoiy masxara qilinyapti.
Agambenni Homo Sacer nazariyasida Bare life atamasi asoslab beriladi. Unga ko’ra bare life: mavjud, tirik, lekin siyosiy yoki axloqiy subject emas. Jamiyat ba’zi guruhlarni “chiqarib tashlaydi”, lekin ularni tartibning o‘zini mustahkamlash uchun ichki ramz sifatida ushlab turadi. Ularning mayda hatosi ham jinoyat sifatida qaraladi, lekin ularning dardiga motam tutilmaydi va hatto o’ldirsa bo’ladi. Achinadigan jon emas, salkam hayvon. Bu o’ldirmasdan o’ldirish siyosati.
Bilim va kitob insonni ko’tarishi kerak. Pastdagini hurmat qiladigan qilib ko’tarishi! Pedagog esa ierarxiya qurmasligi kerak. Aksincha uni buzishi va hamma tengligini ilgari surishi kerak.
Endi siz ham exclusion nazariyasi haqida oz bo’lsada bilasiz. Keyingi safar kimdir kimnidir exclude qilsa chetlatsa sizda tanqidiy fikr bilan chiqish bo’lsin. Aytaylik qaysidir sinfdoshingizni “qoloq o’quvchi” qilib ko’rsatishdi, yoki “falonchidek ochiq sochiq yurma”, “bu yomon qiz(odammasmi?), “ko’rmisan?” “G’ilaymisan” “bukrimisan? To’g’ri yur” (bukri odammasmi), “ertaga nima ketmon chopmoqchimasan” “mol boqar bo’lmoqchimisan”, “rassiyaga ketasanda, yaxshi o’qimasang” (Rossiyadagilar odammasmi? Yo pastmi?, ahmoqmi?) “qishloqimisan”, …… hullas chegarasiz mana shunday uslubda siz va men insonlarni dehumanization qilamiz. Avval odamlar “chegaraga”ajratilinadi (dehumanization). Keyin ularni ustida qonunsiz, chegarasiz hohlagan ishingizni qilsangiz bo’ladi. Yaqindagi O’zbekistonda yetimhonadagi zo’rlangan qizlar ham Bare Life, Frankenshteyndagi The Creature ham bare life……
Bunga eng katta misol Falastinliklar, ular aynan Agamben aytgan Bare Life, Homo Sacer!
3 358
Dostoyevskiyni asarlarini bazi o’qirmanlar “shuyam kitobmi” yoki “bunaqa chuqur ketadigan psixologik asarlar foydasiz” “odamni maydalashtiradi” kabi tahlillarni koryapman so’ngi paytda.
Juda kulguli, o’zingizni kulguga qo’yyapsiz. So’ngi payt hype bo’lgani uchun, “meni miyam boshqacharoq ishlaydi senikidan” “sen maydasan, men katta” deganday eshitilyapsiz. Agar chin olim bo’lganingizda o’zingizni kulguga qoyib bunday san’at asarini, dunyo tan oladigan asarlarni tanqid qilmagan bo’lardingiz.
Oscar Wildeni Prefeceda ajoyib gaplari bor edi: “Chiroyli narsalardan hunuk mano topadiganlar korruptdir. Chiroyli narsalardan chiroyli manolar topadiganlar ular chuqur ilm egalaridir(cultivated).
3 358
Repost from Jamshid Muslimov
Devid Hyumning “Mo‘jizalar haqida” essesining birinchi qismini o‘qish va sharhlashni boshladik.
- Maqolaning maqsadi nima?
- Zaif dalil kuchlini yenga oladimi?
- Hind shahzodasi nega muzga ishonmagan?
- Mo‘jiza nima? G‘ayrioddiy hodisa bilan farqi
- "O‘lik tirildi" desa - qanday tekshirish kerak?
- Beruniy xabarlarga ishonish haqida nima degan
👇👇
https://youtu.be/N-8tfo8YR_M?si=lEkWK33Dv6yBjp8b
3 358
Men doim moral haqida o’ylayman. Bu moralga to’g’ri keladimi yo’qmi? Moral va men….. kechirim sorash kerakmas bo’lgan joyda kechirim so’rash, qattiq gapiradgan joyda yumshoq gapirish, kurashadigan joyda sen haqsan deyish, terisi qattiqlik qiladgan vaziyatda andisha qilish, yonimdagini ozimga juda yaqin olish va kunni ohirida o’zimni ustimdan o’zim kulyapman(for acting sheepishly) axloqiylikni deb 99.9% qo’ylarcha yuvosh reaksiya qaytarish har qanday agressiyaga qanchalik to’g’ri (exception holatlar bor portlagan paytlarim, honavayron qivorgan paytlarim u lekin 1%). Nima deb oylaysiz morality(axloqdan kengroq tushuncha bu) birinchi orinda bolishi kerakmi yo muvaffaqiyat?
3 358
Tonight
After Agha Shahid Ali
The Two-Horned King’s wall has fractured under the heavy weight of fright;
The mountain is broken, and the breach begins tonight.
The Wax-Faced Hunchbacks with reddish hair spill like venom, yellow and low in height;
A billion broad-faced monsters pour into the valleys tonight.
Their eyes are narrow slits of greed, small and cold as frost in flight;
The short, pale tribes are drinking the great oceans dry tonight.
They leave the riverbeds as cracked bone, an empty, thirsty sight;
And those who follow find the ground still wet enough to say,
“A river must have run through here, once, before the night.”
They look at the blue vault of heaven with an army's
“No human soul is left to fight, let us fight the heavens now!”
A spear is thrown into the clouds; it drops back red,
God’s mocking trick, a painted blood to keep their lies alive tonight
No sword can harm them, only a tiny worm from a horse’s nose
one bite and the billion hunchbacks drop into the earth tonight.
Long-necked birds descend like pillars to lift the rot from sight;
The stink is washed away by the heavy rain tonight.
O Nafis, the wolf ignores the sleeping lamb beneath a sacred light;
The children wear poisonless snakes as necklaces tonight.
Draft by Nafisa
3 358
Insomnia
Insomnia is for the smart people
owl’s night.
Counting sheep till ten?
No help.
They have learned the precise geometry
of the wallpaper’s obsessive pattern.
A voice drills backward
through the days,
the weeks,
the tight, brittle months:
“I could have done or said better.”
“How is it so easy for other people?
To sleep?”
It is for the alcoholic father,
annihilating the self
till no feeling.
For the smokers
unconsciously undoing,
burning the skin
and the blood thin.
For those strangled
when the light switch snaps,
darkness descending
like a deep-sea weight.
For the mannequin
who lose moon every months,
childless, polished gleam.
She would rather be dead
than called mannequin,
her beauty a chip
of fragile paint.
Insomnia stakes
its final, lethal claim
when the world
is at its deepest ebb.
The precise moment
when the mind
breaks its leash,
the body
a vertical wreck.
The risk
of
dysregulated behaviors
opens the cold window
2 to 3 A.M.
N.Abdusattarova3 358
Men: men ham jiji(chaqaloq) bo’lganman
Madina: sani abang bo’lganmi?
Men: Borku, Saidani abasi borku…
Madina: ha o’sha abangmi? Dadang yo’qmi?
Men: yo’q
Madina: nimaga?
Men: o’lib qolgan?
Madina: qanday?
Men: kasal bo’lib
Madina: hozir yerdami? Osmondami?
Men:…….
