fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi

رفتن به کانال در Telegram

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги 🏢 Тошкент ш., Қамарнисо, 1 📞1282, 71 202 33 55 🌐www.gov.uz/ru/migration 📥 info@migration.uz 📲 www.instagram.com/migratsiya_agentligi 📲 www.youtube.com/@agentligimigratsiya 📲 @migratsiyaagentligi

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Migratsiya agentligi

کانال Migratsiya agentligi (@uzmigration) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 87 828 مشترک است و جایگاه 1 713 را در دسته آموزش و رتبه 741 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 87 828 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 08 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -302 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -16 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 33.18% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 19.72% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 29 155 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 17 331 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 59 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги 🏢 Тошкент ш., Қамарнисо, 1 📞1282, 71 202 33 55 🌐www.gov.uz/ru/migration 📥 info@migration.uz 📲 www.instagram.com/migratsiya_agentligi 📲 www.youtube.com/@agentligimigratsiya 📲 @migratsiyaagentli...”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 09 نوامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

87 828
مشترکین
-1624 ساعت
-1817 روز
-30230 روز
آرشیو پست ها
❗️“Хориждаги иш стажи Ўзбекистонда пенсия тайинлашда ҳисобга олиниши керак” — Президент Давлат раҳбари хорижда қонуний меҳнат қилаётган фуқаролар солиқ билан бирга пенсия бадалларини ҳам тўлаётгани, аммо уларнинг иш стажини ватанга қайтгач ҳисобга олиш масаласи тўлиқ ҳал этилмаганига эътибор қаратди. Бу йил Қирғизистон, Озарбайжон ва Туркия билан иш стажи ва пенсия ҳуқуқини ўзаро тан олиш бўйича битимлар имзоланган. Энди Германия, Россия, Япония, Корея, Болтиқбўйи ва Болқон давлатлари билан ҳам шундай келишувларга эришиш вазифаси қўйилди.
“Уларнинг хориждаги иш стажи ватанга қайтгандан кейин ҳисобга ўтиши, айниқса, пенсия тайинлашда, албатта, инобатга олиниши зарур”, — деди Шавкат Мирзиёев.
Мутасаддиларга ушбу давлатлар билан музокараларни жадаллаштириб, йил якунига қадар аниқ натижага эришиш топширилди. @pressuzb

Чет элда меҳнат қилаётган юртдошларимиз – ҳақиқий мард инсонлар! – Президент Бу ҳақда Президент Шавкат Мирзиёев меҳнат миграцияси соҳасидаги устувор вазифалар юзасидан ўтказилаётган йиғилишда сўз очди. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar ko‘paydi. U
Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar ko‘paydi. Ushbu agentliklar orqali xorijda ishga joylashganlar esa besh karra ortdi. Prezidentimiz sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari ham bo‘lganini aytdi. Muammolarni bartaraf etish uchun alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asos yaratildi. Kelasi yildan fuqarolarni chet elga ishga yuborish vazifasi xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkaziladi. Yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir kishi uchun agentlikka 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, o‘quv jarayoni uchun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi. Shu bilan birga, xususiy bandlik agentliklari to‘liq shaffof tizimda ishlaydi, ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq ishga joylashishi, huquqlari ta’minlanishi, yuqori daromad olishi va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lishi asosiy mezon bo‘ladi. Prezidentimiz bir oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qaror loyihasini kiritish, ushbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida ko‘rib, soliqqa tortishni shunga mos ravishda soddalashtirishga topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X

Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga “Intil” xalqaro o‘quv markazi tajribasini o‘rganib, kelasi yili har bir hudud
Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga “Intil” xalqaro o‘quv markazi tajribasini o‘rganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini ochish topshirildi. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard so‘mdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kishini kasb va nemis tiliga o‘rgatib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi.
– Yoshlarga ingliz tilini qanday o‘rgatayotgan bo‘lsak, nemis tili bo‘yicha ham shunday yondashuv kerak,
– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini kelasi o‘quv yilidan ikki karra oshirish topshirildi. Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari o‘zlariga zarur mutaxassislarni O‘zbekiston texnikumlarida tayyorlashga qiziqish bildirmoqda. Ular o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarini jihozlashga sarmoya kiritishga ham tayyor. Prezidentimiz bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik ish beruvchilar talabi asosida kadr tayyorlashga moslashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X

Germaniyadan joriy yilning o‘zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asos
Germaniyadan joriy yilning o‘zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asosiy sabab – nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi. Shu bois, kasbga o‘qitish bilan til tayyorgarligini birga olib borish zarur. Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik o‘qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda. Prezidentimiz xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan bog‘lash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy ko‘nikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini ta’kidladi. Andijonda tadbirkor bo‘sh turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan o‘qituvchi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezidentimiz bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘rgatish zarurligini ta’kidladi. Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshladi. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident
Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezidentimiz bu imkoniyatlardan foydalanishda elchi, hokim va texnikumlarning o‘rni sezilmayotganini qayd etdi. Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgacha ushbu mamlakatga asosan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida ish beruvchilar bilan aniq kelishuvlar yo‘qligi, “Yoshlar mobilligi” dasturida ishtirok etish masalasi hal etilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuv bor, lekin bu imkoniyat ishga solinmayapti. Prezidentimiz chet tillarini bilish xorijda yuqori daromadli ish topishning asosiy shartlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta o‘rganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yosh bor. Shu bilan birga, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Daniyada ularning ishlashi uchun yo‘l ochish bo‘yicha ishlar yetarli emas. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari jahon m
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari jahon mehnat bozori o‘zgarayotganiga e’tibor qaratdi. Bugun dunyoda 168 million kishi xorijiy migratsiyada. Mamlakatimizda ham chet elda ishlash istagidagi fuqarolar bor, boshqa davlatlarda esa ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori. Ushbu ikki imkoniyatni o‘zaro bog‘lash soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldida turgan asosiy vazifa ekani qayd etildi.
– Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin!
– dedi Prezidentimiz. So‘nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilgari bu yo‘nalishda 3 ta davlat bilan ish olib borilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik ish beruvchilar qariyb 400 taga ko‘paydi. Chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz soni o‘n yilda ikki baravar kamaygan bo‘lsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablag‘lari to‘rt karra oshdi. Bu, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqaro mehnat bozorida o‘zbek mutaxassislariga munosabat o‘zgarib, odamlarimiz chetga oddiy ishchi emas, malakali kadr sifatida borayotganini ko‘rsatadi. Facebook|Instagram|X

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga o‘qitish markazi faoliyat
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishadi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с деятельностью международного центра обучения языкам и профессиям «Intil» в Учтепинском районе столицы, а также проведет совещание по приоритетным задачам в сфере трудовой миграции. Facebook|Instagram|X

💰 Xorijda işlaş xarajatlari uçun 12,3 mlrd söm kompensatsiya ajratildi Xorijga taşkillaştirilgan tartibda işga ketayotgan fu
💰 Xorijda işlaş xarajatlari uçun 12,3 mlrd söm kompensatsiya ajratildi Xorijga taşkillaştirilgan tartibda işga ketayotgan fuqarolarning viza, yöl çiptasi, imtihon va suğurta xarajatlarining bir qismi Migratsiya jamğarmasi hisobidan qoplanmoqda.
📊 2026-yilning 9 oyida: 🔹 İşçi vizasi — 4 103 ta | 7 mlrd 715 mln söm; 🔹 Yöl çiptasi — 3 981 ta | 3 mlrd 264 mln söm; 🔹 Til yoki kasb imtihoni — 30 ta | 34,9 mln söm; 🔹 Hayot va soğliq suğurtasi — 4 523 nafar | 1 mlrd 244 mln söm.
📌 Siz ham xarajatlaringizning bir qismini kompensatsiya qildirmoqçimisiz? XORIJDA İŞ platformasida röyxatdan öting va tegişli hujjatlarni yuklang. 👉Kompensatsiya uçun ariza topshiriş👈 📹 Video yöriqnoma⬅️ 📘 Asos: Vazirlar Mahkamasining 252-son qarori. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

#XorijiyOAVBizHaqimizda 🇺🇿🇮🇹 Özimiznikilar Italiyada qishloq xöjaligı işlarıda. Navbatdagi imkoniyat siz uçun bölişi mumkin! Migratsiya agentligi va Italiyaning Fruitimprese uyuşmasi hamkorligidagi pilot loyiha doirasida Namangan viloyatidan yuborilgan 36 nafar yurtdoşimiz ikki oydan buyon Ferrara hududida qişloq xöjaligi sohasida mehnat qilmoqda. 📰 Italiyaning Il Resto del Carlino naşri ham özbekistonlik işçilarning faoliyati va ular uçun yaratilgan şaroitlar haqida maxsus maqola e’lon qildi. Kelgusida mavsumiy iş örinlari sonini bosqiçma-bosqiç oşiriş rejalashtirilmoqda. 🇮🇹 SIZ HAM ITALIYADA İŞLAŞNI XOHLAYSIZMI? Agar italyan tilini bilsangiz 1282 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, öz ma’lumotlaringizni qoldiring. Nomzodlar navbatdagi tanlovlarda iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi. 📰 Italiya naşridagi maqolani öqiş👈 |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

🇺🇿 22,4 MILLIARD SÖM — XORIJDA QIYIN VAZIYATGA TUŞGAN YURTDOŞLARIMIZGA AMALIY YORDAM ✈️ Vatanga qaytiş uçun mablağ yetişmas
🇺🇿 22,4 MILLIARD SÖM — XORIJDA QIYIN VAZIYATGA TUŞGAN YURTDOŞLARIMIZGA AMALIY YORDAM ✈️ Vatanga qaytiş uçun mablağ yetişmasligi, oğir ijtimoiy ahvol, salomatlik bilan boğliq muammolar — xorijda yurtdoşlarimiz turli murakkab vaziyatlarga duç kelişi mumkin. 📌Migratsiya agentligi tomonidan bunday holatlarda fuqarolarimizga amaliy kömak körsatilmoqda.
📊 2026-yilning 9 oyida xorijda oğir vaziyatga tuşgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş uçun 22,4 mlrd söm yönaltirildi. ✈️ 4 968 nafar yurtdoşimiz Vatanga qaytarildi — 20 mlrd 396 mln söm; 💰 1 171 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam körsatildi — 1 mlrd 563 mln söm; 🏥 38 nafar yurtdoşimizning tibbiy xizmat xarajatlari qoplandi — 228,6 mln söm; 🏠 167 nafar fuqaro vaqtinçalik yaşaş joyi bilan ta’minlandi — 249 mln söm.
📌 Xorijdamisiz? Qiyin vaziyatga tuşib qoldingizmi? Yordam söraşdan tortinmang! ☎️Qisqa raqam: 1282 📲 Telegram: @huquqiy_yordam_uzbot Yurtdoşlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş — doimiy e’tiborimizda! Instagram | LinkedIn | YouTube | Xorijda iş | Veb-sayt | Telegram

#vakolatxona_faoliyati 🇺🇿 Xorijda işlaş davrıda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoşlarimiz farzandlari bilan Vatanga qaytaril
+7
#vakolatxona_faoliyati 🇺🇿 Xorijda işlaş davrıda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoşlarimiz farzandlari bilan Vatanga qaytarildi Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyadagi vakolatxonasi kömagida Moskva, Vladivostok, Yekaterinburg, Perm, Nijniy Novgorod va Novosibirsk hududlarida qiyin vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarimiz va ularning farzandlariga aviaçiptalar xarid qilinib, Vatanga qaytişi taşkil etildi. 🤝 Xorijda qiyin vaziyatga tuşdingizmi? Yordam sörab murojaat qiling! Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan boğlaniş uçun: ☎️ Koll-markaz — 24/7: +7 (495) 803-40-00 📲 Işonç raqami: +7 (925) 045-47-44 Uşbu raqam orqali Telegram, WhatsApp va MAX messenjerlarida ham murojaat yuborişingiz mumkin. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

#Ekspert_fikri 🌍 «Aqllar oqimi» emas, «intellektual salohiyat aylanişi» Xorijda işlaş — faqat daromad topiş emas, balki bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar orttiriş demakdir. YeXHT Parlament assambleyasi vakili «INTIL» markaziga taşrifi davomida Özbekistonda fuqarolarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlaş tizimiga yuqori baho berdi.
💬 «Bu yerdagi professional yondaşuv, yaratilgan şaroitlar va insonlarning faol iştiröki menda katta taassurot qoldirdi».
Ekspert fikriça, xorijda orttirilgan bilim va tajribaning kelajakda öz mamlakati rivojiga xizmat qilişi muhim. 📌 Til + kasb + malaka = xalqaro mehnat bozorida köproq imkoniyat! |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

#vakolatxona_faoliyati 🇺🇿🇷🇺 Rossiyada hamyurtlarimizga qanday yordamlar körsatilmoqda? Xorijda işlaş davomida turli vaziyatlar yuzaga kelişi mumkin. Bunday paytda yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş muhim.
Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan sentabr oyida hamyurtlarimizga körsatilgan amaliy yordamlar raqamlarda: 📊 Bir oyda: 🔹 4 401 nafar yurtdoşimizning Vatanga qaytişiga kömaklaşildi; 🔹 983 nafar hamyurtimizga bir martalik moddiy yordam körsatildi; 🔹 5 715 ta holatda huquqiy maslahat va yordam berildi; 🔹 409 ta holatda vaqtinça yaşaş va işlaş joyi xarajatlari qoplandi; 🔹 171 ta holatda advokatlik va boşqa taşkilotlar xizmatlari uçun tölov amalga oşirildi; 🔹 19 ta holatda tibbiy xarajatlar qoplandi; 🔹 329 nafar yurtdoşimizga ijtimoiy yordam, jumladan, işga joylaşişda kömak körsatildi.
📌 Migratsiya agentligining Rossiyadag vakolatxonasi işonç raqami: 📞 +74958034000 |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

📞 TELEFONNING NARIGI TOMONIDA KIM BOR? İş beruvçimi? Vositaçimi? Yoki işonçingizdan foydalanmoqçi bölgan firibgarmi? ⚠️ Xorijda işlaş haqidagi şirin va’dalar ortida noqonuniy sxemalar yaşiringan bölişi mumkin. Bir qöngğiroqqa işonib, kelajagingizni xavf ostiga qoymang! 🎥 Videoni köring va ogoh böling. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|

Хотин-қизлар мурожаатлари: муаммоларга амалий ечимлар Оила ва хотин-қизлар қўмитаси, Миграция агентлиги, Ташқи ишлар вазирлиги, Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ҳамда ҳамкор ташкилотлар иштирокида хорижда ишлаётган ва юртимиздаги ишсиз хотин-қизлар билан очиқ мулоқот ўтказилди.
13 та ҳудудий ва хорижий студиялар орқали ўтган мулоқотда фарзандлари билан Ватанга қайтишга кўмаклашиш, хорижда ишлаш даврида касалликка чалинган аёлларнинг даволаниш харажатларини қоплаш, меҳнат муносабатларига оид масалаларда адвокат ёллаш ва моддий ёрдам ажратиш каби қатор мурожаатлар жойида ижобий ҳал этилди.
🔗 Хорижда қийин вазиятга тушиб қолган аёлларимизга Миграция агентлиги томонидан кўрсатиладиган ёрдам турлари билан қуйидаги ҳаволада танишинг👇 https://t.me/uzmigration/1503 🇬🇧EN 🇷🇺RU |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|

#Migration_Update 🇪🇺 ЕВРОПАДА ИШ ТАКЛИФИНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШДАН ОЛДИН МАНЗИЛ ВА РУХСАТНОМАНИ ТЕКШИРИНГ Европа Иттифоқининг бир да
#Migration_Update 🇪🇺 ЕВРОПАДА ИШ ТАКЛИФИНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШДАН ОЛДИН МАНЗИЛ ВА РУХСАТНОМАНИ ТЕКШИРИНГ Европа Иттифоқининг бир давлатида берилган ишлаш рухсатномаси бутун Европа бўйлаб автоматик ишлаш ҳуқуқини бермайди. Масалан, шартнома Хорватиядаги компания билан тузилиб, иш Германия, Австрия ёки бошқа давлатда бажарилиши айтилса, юборувчи иш берувчи барча қўшимча талабларни бажарган бўлиши шарт.
🔎 Йўлга чиқишдан олдин текширинг: ▪️ шартномада ҳақиқий иш берувчи, иш бажариладиган давлат ва манзил кўрсатилганми; ▪️ иккинчи давлатда ишлаш учун зарур рухсат ёки ходимни вақтинча юбориш ҳақидаги расмий хабарнома мавжудми; ▪️ иш ҳақи, иш вақти, турар жой ва ижтимоий суғурта шартлари ёзма равишда белгиланганми; ▪️ шартнома ва барча рухсат берувчи ҳужжатларнинг нусхаси сизга берилганми.
❗️«Бир давлатнинг рухсатномаси билан исталган ЕИ давлатида ишлайсиз» ёки «қолган ҳужжатларни борганингиздан кейин тайёрлаймиз» деган оғзаки ваъдаларга ишонманг. 📚 Расмий манба: Европа меҳнат органининг 27 та ЕИ давлати бўйича қўлланмаси ☎️ Шубҳали иш таклифлари бўйича: 1282 🤖 @huquqiy_yordam_uzbot |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|

🇰🇷 КОРЕЯГА КЕТАЁТГАН ЮРТДОШЛАРИМИЗ ЎЗ МЕҲНАТ ҲУҚУҚЛАРИНИ БИЛАДИМИ? Жанубий Кореяда ишлаш учун йўлга чиққан навбатдаги 115 нафар юртдошимиз билан бу сафар одатдагидан бошқачароқ суҳбатлашдик. Иш ҳақи, меҳнат шартномаси, иш берувчи билан муносабатлар ва ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш масалаларида саволлар бердик. 🎥 Улар қандай жавоб беришди? Видеода кўринг!
📊 Кореядан яна янги меҳнат шартномалари! 19–23 октябрь кунлари Корея иш берувчилари томонидан SPAS электрон базасидаги номзодлар учун ўтказилган танловлар натижасида, 26 октябрь ҳолатига 253 та меҳнат шартномаси келиб тушди. ▪️ 245 та — ишлаб чиқариш; ▪️ 6 та — хизмат кўрсатиш; ▪️ 2 та — қишлоқ хўжалиги соҳаларида.
Хорижда ишлаш — имконият. Ўз ҳуқуқларини билиш эса унинг муҳим кафолатларидан бири! 🎥 Батафсил — видеода. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|

#ЭкспертФикри 🌍 «Миграция масаласи менинг мамлакатимда ҳам ўта долзарб». — Pere Joan Pons Sampyetro Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти Парламент ассамблеяси раиси Pere Joan Pons Sampyetro Ўзбекистондаги меҳнат миграцияси сиёсати ҳақида фикр билдириб, бу масала ўзи яшаётган мамлакат учун ҳам ўта нозик ва долзарб эканини таъкидлади.
💬 «Ўзбекистон расмийлари билан учрашувларда ижтимоий ҳимоя ва меҳнат ҳуқуқларини таъминлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилаётганини эшитиш мен учун жуда қувонарли бўлди». Унинг фикрича, бу соҳада ҳали қилиниши керак бўлган ишлар кўп ва бу нафақат Ўзбекистонга, балки бошқа давлатларга ҳам тегишли.
Эксперт хорижда меҳнат қилишни билим ва тажриба орттириш, кейинчалик эса уларни ўз юрти тараққиёти йўлида қўллаш имконияти сифатида баҳолади. 💬 «Миграция — ҳаётимизнинг бир қисми ва уни самарали бошқариш керак». 🎥 Батафсил — видеода. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|

📊 ИШ БЕРУВЧИЛАР, СИЗГА ҚАНДАЙ МУТАХАССИСЛАР КЕРАК? Бугун меҳнат бозорида қайси касб эгаларига талаб юқори? Келгуси йилларда
📊 ИШ БЕРУВЧИЛАР, СИЗГА ҚАНДАЙ МУТАХАССИСЛАР КЕРАК? Бугун меҳнат бозорида қайси касб эгаларига талаб юқори? Келгуси йилларда қандай мутахассисларга эҳтиёж ортади? Ушбу саволларга жавоб топиш ва меҳнат бозори эҳтиёжларини ўрганиш мақсадида Касбий таълим агентлиги томонидан электрон аноним сўровнома ташкил этилмоқда. Сўровнома иш берувчиларнинг малакали ўрта бўғин кадрларга бўлган бугунги ва келгуси уч йиллик эҳтиёжини ҳудудлар, соҳалар ва касблар кесимида аниқлашга қаратилган. 🏢 Корхона ва ташкилотлар, тадбиркорлик субектлари ҳамда хусусий бандлик агентликларини ўз таклиф ва эҳтиёжларини билдиришга чорлаймиз! 🔗 Сўровномада иштирок этиш: https://forms.gle/DQAb3Hs3YggySuhT8 Сизнинг фикрингиз — меҳнат бозори эҳтиёжларини аниқлашда муҳим! |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|