cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Farrux Qo'chqorovich Omonov | Payariq tumani hokimi o'rinbosari

Ijtimoiy sohaga oid yangiliklar

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
359
مشترکین
-124 ساعت
-57 روز
+2930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

OQ YO‘L SIZGA, BITIRUVCHILAR! Bugun professional ta’lim muassasalarida “Oq yo‘l, bitiruvchilar” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda tuman hokimi I.Jabborov, boshqarma boshligʻi A.Nasimov, tuman prokurori F.Egamqulov va boshqa mutasaddilar hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olganlar bitiruvchilarning jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi uchun tizimli ravishda ishlar olib borilishi xususida oʻz fikrlarini bildirishdi. Asosiy e’tibor esa bitiruvchilarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun yetarli sharoit yaratib berishga qaratilmoqda. Jarayonlarda, tumandagi 1-2 va 3-son kasb-hunar maktablari bitiruvchilarga tantanali tarzda diplomlar topshirildi. O'tkazilgan tadbirlar davomida harbiylar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar yoshlarda vatanparvarlik, jasorat kabi tuygʻularni yanada oshirdi.
نمایش همه...
2👏 2👍 1
#ибрат Одамларни ўзини оқлаш учун топган сўзларига ишонманг. Агар хоҳиш бўлса ҳар қандай ҳолатда имкон топиб, бажаради.
نمایش همه...
🔥 5
Mamlakatimizda aholini qo'llab quvvatlash, bandligini ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ning tashkil etilishi va ularga kiritilganlarga ko'rsatilayotgan yordamlar fuqarolarning bugunidan rozi bo'lib yashashi va ertangi kunga umidini oshirishda muhim o'rin tutmoqda. Payariq tumanida ham bu borada manzilli rejalar asosida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, bugun hududdagi "Yoshlar daftarlari"ga ro'yxatga olingan o'g'il-qizlardan 45 nafarining bandligini ta'minlash va hayotda o'z yo'lini topishda ko'maklash maqsadida chopiq traktorlari, o't o'rish va elektro payvandlash uskunalari, tikuv mashinkasi kabi bir necha turdagi jihozlar tarqatildi. Jarayonda, tuman hokimi I.Jabborov so'z olib, bugun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotanligi, bundan to'gri va unumli foydalanish kerakligini ta'kidladi. Kanalga ulanish: 👇👇👇 📱Telegram   📱Instagram 📱Facebook 🌍Veb-Sayt
نمایش همه...
👍 3🔥 2
04:20
Video unavailableShow in Telegram
Haj amallarini ado qilgan payariqliklar tumanimizga qaytib kelishdi Bugun tunda samarqandlik hojilarning navbatdagi guruhlari Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib kelishdi. Muqaddas Makka va Madina zaminidan qaytayotgan payariqlik hojilar hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.
نمایش همه...
48.83 MB
👍 3 2😇 1
00:59
Video unavailableShow in Telegram
IT markaz ochilish.mp423.69 MB
👍 3🔥 1
04:07
Video unavailableShow in Telegram
#OAV Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida chekka hududlar aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oʻrganish, tibbiy-sanitariya yordami holati bilan yaqindan tanishish, sohadagi muammolarni hal etish, bu borada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Payariq va Oqdaryo tumanlarida boʻldi.
نمایش همه...
30.53 MB
👍 4
Algoritm IT akademiyasi ish boshladi Bugun Chelak shahrida tashkil etilga "Algaritm IT akademiyasi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tuman hokimligi vakillari, o'quv markazi jamoasi, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida o'tgan tadbirda so'z olganlar, kun sayin rivojlanib borayotgan internet texnologiyalari davrida IT sohasi mutaxassislariga bo'lgan talab ham ortganligini va bu kabi o'quv markazlar yoshlarning ayni yo'nalishdagi bilimini oshirishda mahim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi. Shundan so'ng ramziy lenta kesilib ishtirokchilar mazkazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. IT dasturchilarni yetishtirib chiqaruvchi ushbu o'quv markazida web dasturlash bilan bir qatorda ingliz tili, rus tili, matematika va fizika fanlari ham o'qitiladi. 300 ga yaqin o’quvchini qamrab olish imkoniyatiga ega bo'lga markazga 13 yoshdan yuqo'ri o'quvchilar qabul qilinadi. E'tiborlisi markazda faoliyat yuritayotgan barcha o'qituvchilar malakali mutaxassislardir.
نمایش همه...
👍 3
Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Payariq tumanida Bugun Tuman hokimligida Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalari mas'ul xodimlari hamda tuman tibbiyot tizimda faoliyat olib borayotgan shifokorlar bilan sohani tubdan isloh qilish, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda sog'liqni saqlash vazirligi mas'ullari, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddilari hamda shifokorlar ishtirok etdi. Unda asosiy e'tibor aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik kabi masalalarga qaratilib, yo'l qo'yilgan ayrim kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Shuningdek, ayrim tumanlardagi soha bilan bog'liq muammolarni o'rganish va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruhlari tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
نمایش همه...
👍 2
Repost from Zarnews.uz
Пайариқ туманидаги 84-умумий ўрта таълим мактабининг инглиз тили фани ўқитувчиси Аноров Боҳодир Қобилжон ўғли ҳамда Самарқанд шаҳридаги Регистон ансамблини таъмирлаш ва ундан фойдаланиш дирекцияси гид-экскурсоводи Шодиева Мадина Нуралиевна «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди. ✅ @Zarnews_uz
نمایش همه...
👍 8👏 2
Repost from Xushnudbek.uz
Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Jumladan, ulardan ayrimlari: Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li  - Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, “Zakovat” intellektual klubi bilimdoni; Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi - Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi; Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Urikguli» ekologik blogi asoschisi; Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi; Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - «Yuksalish» nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi; Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor 📋 To‘liq ro‘yxat bu yerda: https://uza.uz/posts/611357 Shuningdek, bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. To‘liq ro‘yxat bu yerda: https://uza.uz/posts/611361 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.