Akrom Malik
رفتن به کانال در Telegram
4 180
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-237 روز
-9230 روز
آرشیو پست ها
4 181
Repost from TAVFIQNASHR | Rasmiy kanal
#yangi_kitob_tanitimi
«Haqlar kitobi» — kitob javoningizga yana bir bebaho manba!
• Kitob nomi: «Haqlar kitobi» • Muallif: Hakim Termiziy • Hajmi: 264 bet • Muqovasi: Qattiq muqovaSotib olish uchun murojaat qiling. @tavfiqnashr
4 181
Repost from N/a
Shayx Sa'diy aytur:
“Bir solih erni ko‘rdim, dengiz yoqasida palang¹ zahmi bilan mubtalo bo'lib ko'p turli dorilar bilan davo qildi, foyda etmadi. Ancha vaqt bu aziyatni chekib dambadam: “Xudoga hamdlar bo‘lsin, dard bilan mubtaloman ma'siyat bilan emas”, – deb aytar edi.
She'r mazmuni:
Agar Alloh taolo meni mushtdek jonimni shu qiyinchilik bilan o‘ldiradigan bo‘lsa, sen meni jon uchun qayg‘usi chekayapti deb o‘ylamagin.
Chunki Alloh taolo bu jonni omonatga bergan. O‘zi xohlagan vaqtda, xohlaganday oladi. Meni qayg‘uyim shundaki, men Xudoyimning buyruqlarini U buyurganday bajara olmadim.
___
Palang¹ – o‘tin kabi yuklarni ko‘targanda yelkaga arqon botmasligi uchun qo‘yiladigan buyum.
Manba:
1553-raqamli qoʻlyozma elektron nusxasi 117- va 118-sahifalar, Leyden universiteti kutubxonasi.Ilmiy maslahatchi: Akrom MALIK, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Qo'lyozma matnini ovozlashtirish va videomontaj ustasi: Davlatbek Mashrab, “Mumtoz alifbo tahsili” onlayn o‘quv dasturi 3-sinf o‘quvchisi.
4 181
Repost from Zehniyat
Oila tutish qo‘llanmasi!
Hol ilmi haqida o‘qigan edim. Ayni damdagi zarur bo‘lgan, sening hozirgi holating uchun kerakli ilm – hol ilmi deyilarkan. Uylanishimdan avval oila, farzand tarbiyasi kabi mavzularda o‘ndan ziyod kitoblar mutolaa qilganman. Lekin oila qurgach, ulardagi ilmlarni yodda tutishga, amalda qo‘llashga qiynalyapman. Bugun ana shu muammoga yechim bo‘luvchi – teran va bir paytning o‘zida sodda yozilgan ajoyib bir kitob haqida yozmoqchiman. Ustoz Akrom Malik qalamlariga mansub – “Mumtoz oila” kitobi!
Ushbu kitobning ajoyibligi shundaki, siz oiladagi o‘zingiz bajarayotgan vazifaga doir bobni o‘qiysiz; u yerda keltirilgan xulqlarni shakllantirishga, yomonliklarni ketkazishga harakat qilasiz, tamom-vassalom. (Masalan, Qaynota bo‘lsangiz, Qaynota bobi siz uchun kifoya va hkz.) Mo‘tabar dinimiz, haqiqiy o‘zbekona asliyatimizga ko‘ra turmushdagi barcha hollarni o‘zida jamlagan ushbu risola har bir xonadonning kitobjavonida bo‘lishi va bot-bot o‘qilishi kerak. Hozircha ushbu kitob elektron formatda. Yaqin kunlarda kitob do‘konlarida sotuvda ko‘rishdan umidvormiz.
Maʼruf MAHMUD
@zehniyat
4 181
Assalomu alaykum!
Mumtoz alifbo tahsilining 5-mavsumi boşlanmoqda.
Tahsil doirasida 4 mavsum darslar böldi.
Bir neça yuz kişi bu kursda öqişsga harakat qildi.
Xudoga şukurlar bölsinki, taʼlim töxtamadi.
Bir neça yigit va qizlarimiz mumtoz alifbomizda ravon öqiş malakasiga ega böldilar.
Ulardan bir guruhi mumtoz matnlarni tahlil qila oladigan daraja kasb etdilar, alhamdulilloh.
Buni MUMTOZ SUHBATLAR nomli yangi loyihada kuzatib borişingiz mumkin.
5-mavsum darslarida qatnaşmoq uşun jami 53 nafar aka-ukalarimiz ariza berdilar.
Ularning 31 nafari bilan zoom orqali qabul suhbati bölib ötdi hamda 29 kişini 1-sinfga qabul qilişga qaror berildi.
Opa-singillarimizda jami 70 ta ariza kelib tuşgan edi. Olib borilgan telegram yozma-muloqotlari natijasida 40 nafar ilm şaydosi 1-sinfda öqişi uçun qabul qilindi.
5-mavsumning 1-darsi qizlar guruhida bugun — çorşsanba 28-oktabr soat 20.00da boşlanişi rejalaştirilgan.
Yigitlar guruhida esa 1-dars juma kuni — 30-oktabr kuni soat 20:00da boşlanişi kutilmoqda.
Darslar zoomda böladi.
Barça öquvçilarga xabarlar yozildi.
Qöşimça maʼlumot kerak bölsa, yozişingiz mumkin:
👉 @mumtozalifbo
Öquvçilarimizning tahsil bilan boğliq taqrizlari esa bu yerda:
👉 @mumtoz_alifbo
Xudo qalbimizni pok etsin, yölimizni oçsin!
Samimiy hurmat ila Akrom MALIK,
Mumtoz alifbo tahsili online öquv kursi muallimi,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)
4 181
Mumtoz suhbatlar | 2-son
“Mumtoz alifbo” tahsilining 3-bosqiç öquvçilari tomonidan Sayfi Saroyi hazratlari tarjima qilgan “Gulistoni turkiy” asarining muqaddima va 1-bobidagi hikoyalar mazmuni haqida fikrlar örtaga taşlanadi hamda tahlil qilinadi.
Suhbat taqdimoti — premyerasi quyidagi havola orqali 29-oktabr 2026-yil payşanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 19.30 dab boşlanadi, inşaaAlloh:
https://youtu.be/XDwMzTTUoNg
Belgilab qöyingizlar.
4 181
Repost from TAVFIQNASHR | Rasmiy kanal
#tavfiqnashr_kitoblari
Ey darvesh! Kimki payg‘ambari aytgan so‘zlarni qabul qilibdir, u shariat ahlidandir. Kimki payg‘ambari qilgan ishni qilibdir, u tariqat ahlidandir. Va kimki payg‘ambari ko‘rgan narsani ko‘ribdir, u haqiqat ahlidandir. Kimdaki bu uch fazilat bor, har uchala fazilat egasidir. Kimdakim ikkitasi bor, u ikki fazilat egasidir. Va kimdakim bittasi bor, bir fazilat egasidir. Kimdaki bulardan birortasi bo‘lmasa, hech narsasi yo‘qdir.
"Komil inson" kitobidan.
Sotib olish uchun murojaat qiling.
@tavfiqnashr
4 181
Yangi loyiha: "Mumtoz suhbatlar"
1-son.
Soat 19.30da, inshaAlloh.
Belgilab qo'yarsiz.
Hamma baqir-chaqir qilib yugurayotgan bir zamonda sokin va xotirjam suhbat.
Shovqinsiz.
Tinch.
Mulohazakor va bosiq suhbatdoshlar.
Allohim xayrlarga vasiyla etsin va davomli aylasin!
Menimcha, til bayrami uchun yaxshi tuhfa.
👉 https://youtu.be/vgY_EasLDQo
