ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Akrom Malik

Akrom Malik

前往频道在 Telegram

Bizga @Akrom_Malikka_maktubBot orqali xat yozishingiz mumkin.

显示更多
4 198
订阅者
+324 小时
-177 天
-8930 天
帖子存档
Boşimizga tuşgan eng oğir vaziyatlarda nima qiliş lozim? Maqbul axloq inkişofi 1. Eski döst bölib, endi duşmanga aylangan oda
Boşimizga tuşgan eng oğir vaziyatlarda nima qiliş lozim? Maqbul axloq inkişofi 1. Eski döst bölib, endi duşmanga aylangan odam haqida gapirmaslik. Çunki – ertaga qayta ora yaxşilanib ketar! senga qilgan yaxşiliklarining hurmati yöqmi? 2. Eski kelişuvlarda sir saqlaymiz deb aytilgan sirlarni aslo foş qilmaslik. Çunki – bu eng avval seni şarmanda qiladi, bu işni qilgan xor, qilmagan aziz böladi. raqib tomon seni tan olişga majbur böladi aynan şu omil sababli. 3. Qaror bermaslik. Çunki – musibat tanadagi savdo deb atalgan qora rangli suyuqlikni oşiradi. savdoyi odamdan ziyon zuhur qiladi. 4. Miya sovuşi uçun sukut qiliş hamda tinçlanib oliş uçun xilvatga boriş yoki muqobil biror töğri işni qiliş. Çunki– gapiriş seni ojiz körsatadi. axloqingdagi nuqson foş böladi. 5. Döstlarni sotmaslik, qörqmaslik, har qanday holda ham birovning şa’niga doğ böladigan xatoni ommaga zikr qilmaslik, imkon bölsa, heç kimga aytmaslik. Çunki – axloqsiz işlarni foş etiş odamlar qalbini qoraytiradi. işonçlarni söndiradi. sen gunohni körding, ammo tavbani körmading, balki tavba qilgandir?! Maqsad isloh ekan, hamişa tuzatiş yölini öylamoq kerak. Kasalni tuzatişga ham vaqt kerak. Odamlarga ham tuzalmoqlari uçun vaqt beriladi. Zotan, Alloh ne-ne ma’siyatlaringni hali foş etmadi, çunki u Zot tavba uçun senga vaqt beryapti. Tavfiq Allohdan. İldirma: Bu yodlangan gaplar emas, tajribaning, qonli közyoşlar va uyqusiz azobnok tunlar nasihatidir. Akrom MALİK

İman invest mojarosidan körilgan foydalar: 1. Musulmonlarning bahs madaniyati qançalik şaffof va xolisligi körindi: muxolif t
İman invest mojarosidan körilgan foydalar: 1. Musulmonlarning bahs madaniyati qançalik şaffof va xolisligi körindi: muxolif taraflar imkon qadar adab çegarasida tura oldilar. 2. Musulmonlar bir-birlarini tinçlantirib, radikalizmga yöl qöymasligi isbotlandi: hamma aql egalari darhol aql va hikmat, sabr va bosiqlik ila iş tutişga da’vat qildilar. Bu holat vaziyatni sokinlaştirdi. 3. Musulmonlar ilm egalariga ergaşişi yuzaga çiqdi: heç kim öz zaif aqliga tayanmadi va ilm ahlining söziga quloq tutdi. 4. Musulmon olimlarining mas’uliyat egasi ekani asoslandi: olimlar vaziyatga kerakli fursatda aralaşib xolislik ila masalani hal qilişga hissa qöşdilar. 5. İman invest Yangi Özbekiston mevasidir. Uning jamoasi ham yoşlardan iborat. Qança xatolari borligiga qaramay, ular halol va samimiy ekanliklari kunday ravşan böldi: ular muammoli şaroitda eng töğri axloqda – vazminlikda tura oldilar. 6. Musulmonlarning haq masalasida e’tiqodi tajalliy qildi: ular Allohning çegarasini buzmaslikni oliy qadriyat bilişlari, haromdan hazar qilişlari körindi. 7. Musulmonlarda halol moliyaga ehtiyoj borligi dalillandi. 8. Asosiysi, Yangi Özbekiston xalqi, ayniqsa, yoşlari şunday muammoli vaziyatlarga doş beradigan axloqiy immunitet va töğri tafakkurga erişib borayotganlariga şohid bölyapmiz. 9. Yana ham asosiysi, musulmonlar jamoasi fitna evaziga özlariga qimmatli bölgan tuzilmani yöq bölib ketişiga yöl qöymasliklarini körmoqdamiz. Ya’ni şu yurt farzandlari mehnat qilib tiklagan bir tuzilma şunçaki halok bölmasin deya Özbekiston musulmon olimlari yeng şimardilar, befarq bölmadilar, çet ta’limini olgan bir tajribasi odam xatosi oğir oqibatlarga olib kelmasin deya kuraşmoqdalar. Bularning hammasi faqatgina erkin şaroitda amalga oşadigan işlardir. Bu hodisalar jamiyatning organik hodisa ekanini, öz muammolarini intellektual qatlam istişori asosida tabiiy hal qila olişini ham isbotlaydi. Bu hodisalar Prezidentimizning bağrikang va hikmatli siyosati qançalik töğri ekanini isbotlaydi. Şu kunlarga yetkazgan Xudoyimga şukurlar! Parvardigorim, bu işlar oxirini yanada xayrli et va musulmonlar ahilligiga bir vasiyla ayla! Omin! Akrom MALİK

#yangi_kitob_tanitimi «Haqlar kitobi» — kitob javoningizga yana bir bebaho manba!
• Kitob nomi: «Haqlar kitobi» • Muallif: Hakim Termiziy • Hajmi: 264 bet • Muqovasi: Qattiq muqova
Sotib olish uchun murojaat qiling. @tavfiqnashr

Repost from N/a
Shayx Sa'diy aytur: “Bir solih erni ko‘rdim, dengiz yoqasida palang¹ zahmi bilan mubtalo bo'lib ko'p turli dorilar bilan davo qildi, foyda etmadi. Ancha vaqt bu aziyatni chekib dambadam: “Xudoga hamdlar bo‘lsin, dard bilan mubtaloman ma'siyat bilan emas”, – deb aytar edi. She'r mazmuni: Agar Alloh taolo meni mushtdek jonimni shu qiyinchilik bilan o‘ldiradigan bo‘lsa, sen meni jon uchun qayg‘usi chekayapti deb o‘ylamagin. Chunki Alloh taolo bu jonni omonatga bergan. O‘zi xohlagan vaqtda, xohlaganday oladi. Meni qayg‘uyim shundaki, men Xudoyimning buyruqlarini U buyurganday bajara olmadim. ___ Palang¹ – o‘tin kabi yuklarni ko‘targanda yelkaga arqon botmasligi uchun qo‘yiladigan buyum. Manba:
1553-raqamli qoʻlyozma elektron nusxasi 117- va 118-sahifalar, Leyden universiteti kutubxonasi.
Ilmiy maslahatchi: Akrom MALIK, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Qo'lyozma matnini ovozlashtirish va videomontaj ustasi: Davlatbek Mashrab, “Mumtoz alifbo tahsili” onlayn o‘quv dasturi 3-sinf o‘quvchisi.

Repost from Zehniyat
Oila tutish qo‘llanmasi! Hol ilmi haqida o‘qigan edim. Ayni damdagi zarur bo‘lgan, sening hozirgi holating uchun kerakli ilm
Oila tutish qo‘llanmasi! Hol ilmi haqida o‘qigan edim. Ayni damdagi zarur bo‘lgan, sening hozirgi holating uchun kerakli ilm – hol ilmi deyilarkan. Uylanishimdan avval oila, farzand tarbiyasi kabi mavzularda o‘ndan ziyod kitoblar mutolaa qilganman. Lekin oila qurgach, ulardagi ilmlarni yodda tutishga, amalda qo‘llashga qiynalyapman. Bugun ana shu muammoga yechim bo‘luvchi – teran va bir paytning o‘zida sodda yozilgan ajoyib bir kitob haqida yozmoqchiman. Ustoz Akrom Malik qalamlariga mansub – “Mumtoz oila” kitobi! Ushbu kitobning ajoyibligi shundaki, siz oiladagi o‘zingiz bajarayotgan vazifaga doir bobni o‘qiysiz; u yerda keltirilgan xulqlarni shakllantirishga, yomonliklarni ketkazishga harakat qilasiz, tamom-vassalom. (Masalan, Qaynota bo‘lsangiz, Qaynota bobi siz uchun kifoya va hkz.) Mo‘tabar dinimiz, haqiqiy o‘zbekona asliyatimizga ko‘ra turmushdagi barcha hollarni o‘zida jamlagan ushbu risola har bir xonadonning kitobjavonida bo‘lishi va bot-bot o‘qilishi kerak. Hozircha ushbu kitob elektron formatda. Yaqin kunlarda kitob do‘konlarida sotuvda ko‘rishdan umidvormiz. Maʼruf MAHMUD @zehniyat

视频消息00:18

Körasizlarmi?)

视频消息00:06

Yodingizdami?)

Assalomu alaykum! Mumtoz alifbo tahsilining 5-mavsumi boşlanmoqda. Tahsil doirasida 4 mavsum darslar böldi. Bir neça yuz kişi
Assalomu alaykum! Mumtoz alifbo tahsilining 5-mavsumi boşlanmoqda. Tahsil doirasida 4 mavsum darslar böldi. Bir neça yuz kişi bu kursda öqişsga harakat qildi. Xudoga şukurlar bölsinki, taʼlim töxtamadi. Bir neça yigit va qizlarimiz mumtoz alifbomizda ravon öqiş malakasiga ega böldilar. Ulardan bir guruhi mumtoz matnlarni tahlil qila oladigan daraja kasb etdilar, alhamdulilloh. Buni MUMTOZ SUHBATLAR nomli yangi loyihada kuzatib borişingiz mumkin. 5-mavsum darslarida qatnaşmoq uşun jami 53 nafar aka-ukalarimiz ariza berdilar. Ularning 31 nafari bilan zoom orqali qabul suhbati bölib ötdi hamda 29 kişini 1-sinfga qabul qilişga qaror berildi. Opa-singillarimizda jami 70 ta ariza kelib tuşgan edi. Olib borilgan telegram yozma-muloqotlari natijasida 40 nafar ilm şaydosi 1-sinfda öqişi uçun qabul qilindi. 5-mavsumning 1-darsi qizlar guruhida bugun — çorşsanba 28-oktabr soat 20.00da boşlanişi rejalaştirilgan. Yigitlar guruhida esa 1-dars juma kuni — 30-oktabr kuni soat 20:00da boşlanişi kutilmoqda. Darslar zoomda böladi. Barça öquvçilarga xabarlar yozildi. Qöşimça maʼlumot kerak bölsa, yozişingiz mumkin: 👉 @mumtozalifbo Öquvçilarimizning tahsil bilan boğliq taqrizlari esa bu yerda: 👉 @mumtoz_alifbo Xudo qalbimizni pok etsin, yölimizni oçsin! Samimiy hurmat ila Akrom MALIK, Mumtoz alifbo tahsili online öquv kursi muallimi, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)

Repost from Eryigit tarbiyasi
视频消息00:40

Kitobxonlar uçun qiziq suhbat. Mavzu: TÖRT ULUS TARİXİ https://t.me/eryigit_tarbiyasi/142

Mumtoz suhbatlar | 2-son “Mumtoz alifbo” tahsilining 3-bosqiç öquvçilari tomonidan Sayfi Saroyi hazratlari tarjima qilgan “Gu
Mumtoz suhbatlar | 2-son “Mumtoz alifbo” tahsilining 3-bosqiç öquvçilari tomonidan Sayfi Saroyi hazratlari tarjima qilgan “Gulistoni turkiy” asarining muqaddima va 1-bobidagi hikoyalar mazmuni haqida fikrlar örtaga taşlanadi hamda tahlil qilinadi. Suhbat taqdimoti — premyerasi quyidagi havola orqali 29-oktabr 2026-yil payşanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 19.30 dab boşlanadi, inşaaAlloh: https://youtu.be/XDwMzTTUoNg Belgilab qöyingizlar.

#tavfiqnashr_kitoblari Ey darvesh! Kimki payg‘ambari aytgan so‘zlarni qabul qilibdir, u shariat ahlidandir. Kimki payg‘ambari qilgan ishni qilibdir, u tariqat ahlidandir. Va kimki payg‘ambari ko‘rgan narsani ko‘ribdir, u haqiqat ahlidandir. Kimdaki bu uch fazilat bor, har uchala fazilat egasidir. Kimdakim ikkitasi bor, u ikki fazilat egasidir. Va kimdakim bittasi bor, bir fazilat egasidir. Kimdaki bulardan birortasi bo‘lmasa, hech narsasi yo‘qdir. "Komil inson" kitobidan. Sotib olish uchun murojaat qiling. @tavfiqnashr

Umarjon Zabihulloh ijrosi

Avvalg'i na't - Sardor Komil 2.mp39.77 MB

06. To'rtunchi munojot.mp39.66 MB

Yangi loyiha: "Mumtoz suhbatlar" 1-son. Soat 19.30da, inshaAlloh. Belgilab qo'yarsiz. Hamma baqir-chaqir qilib yugurayotgan b
Yangi loyiha: "Mumtoz suhbatlar" 1-son. Soat 19.30da, inshaAlloh. Belgilab qo'yarsiz. Hamma baqir-chaqir qilib yugurayotgan bir zamonda sokin va xotirjam suhbat. Shovqinsiz. Tinch. Mulohazakor va bosiq suhbatdoshlar. Allohim xayrlarga vasiyla etsin va davomli aylasin! Menimcha, til bayrami uchun yaxshi tuhfa. 👉 https://youtu.be/vgY_EasLDQo

05. Uchunchi munojot.mp312.28 MB