5 086
مشترکین
-124 ساعت
-687 روز
-7830 روز
آرشیو پست ها
5 085
#tashabbuslar_marafoni
Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz!
“Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi.
Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi.
Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘i
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5 085
#tashabbuslar_marafoni #devon
Nega ayrim odamlar qiyinchilikda ham xotirjamligini yo‘qotmaydi? Nega ba'zi gaplar bizni kunlab bezovta qiladi? Inson o‘zini qanday boshqaradi?
Xullas, savollar ko‘p. Javoblarni esa birga izlaymiz.
Navbatdagi manzil – Andijon!
Bu safar “Devon” ma’rifiy muloqotida Rim imperatori, faylasuf Mark Avreliyning “O‘zimga o‘gitlar” asari haqida suhbatlashamiz.
Qariyb ikki ming yil avval yozilgan bu asar aslida kitobxonlar uchun emas, muallifning o‘zi uchun yozilgan kundalik qaydlardir. Shunga qaramay, undagi fikrlar bugun ham millionlab odamlarni o‘ylantirib keladi.
Muloqotda adabiyotshunos olim, Andijon davlat universiteti kafedrasi mudiri, dotsent A’zamjon Hamroqulov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurmuhammad Aziz ishtirok etadi.
Manzil: Andijon shahri, Navoiy bog‘i
Boshlanish vaqti: 21-iyun soat 10:00
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5 085
Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, ya’ni ba’mani, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamog‘i lozim.Loyihamiz doirasida chop etilgan asarlarni respublika bo‘ylab 300 dan ortiq muassasadan, xususan, Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazidan ham topasiz. Viloyatdagi kutubxonalarga dastlab 27 nomdagi 3510 nusxa kitob taqdim etilgan bo‘lsa, yaqinda yana 20 nomdagi yangi asar yetkazildi. Biz tomondan kitoblarning zo‘rlari tanlangan. Sizdan esa zo‘r berib o‘qish qolgan. ⚠️ Eslatib o‘tamiz, “Tashabbuslar marafoni” doirasida viloyat axborot-kutubxona markazlariga taqdim etilgan kitoblar ro‘yxatdan o‘tkazilgach, 10 ish kuni ichida tuman kutubxonalariga yetkaziladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5 085
#tashabbuslar_marafoni #devon
Har yangi g‘oya taraqqiyotga olib keladimi? Nega ayrim qadriyatlar asrlar davomida yashab qoladi?
Navbatdagi manzil – Namangan!
Bu safar “Devon” ma’rifiy muloqotida amerikalik mutafakkir, zamonaviy konservatizmning eng taniqli namoyandalaridan biri Rassel Kirkning “Muhofazakorlik” asari haqida suhbatlashamiz.
1950-yillarda yozilgan bo‘lishiga qaramay, ushbu kitob hanuzgacha konservatizm haqidagi eng muhim asarlardan biri sifatida tilga olinadi. Muallif jamiyatni faqat siyosat yoki iqtisodiyot orqali emas, qadriyatlar, an’analar, erkinlik va mas’uliyat orqali tushinishga, tushintirishga harakat qiladi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi mas’ul xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Dilorom Ergasheva qatnashadi.
Manzil: Namangan shahri, Adiblar xiyoboni
Boshlanish vaqti: 20-iyun, soat 16:00
Bahsdan cho‘chimaydigan, fikrchan yoshlarni kutamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5 085
Repost from WikiIqtibos
— Kitob — insonning eng sodiq hamrohi. U jim turib ham minglab fikrlarni o‘rgatadi, yo‘l ko‘rsatadi va qalbni boyitadi. Bir kitob o‘qigan odam faqat bilim emas, balki yangi dunyo, yangi tafakkur va yangi hayotga qadam qo‘yadi.
✍️ Xolmuhammad Ne'matov ("1000KITOB" loyihasining moliyaviy masalalar bo‘yicha menejeri)
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
5 085
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿Bir bayroq ostida — yagona maqsad sari!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlarini yurtdoshlar bilan birgalikda tomosha qilish uchun respublika bo‘ylab keng ko‘lamli tomosha maydonlari tashkil etilmoqda.
📍Maxsus tomosha maydonlari:
🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🟢Andijon viloyati
🟢Buxoro viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Qashqadaryo viloyati
🟢Navoiy viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Samarqand viloyati
🟢Sirdaryo viloyati
🟢Surxondaryo viloyati
🟢Toshkent viloyati
🟢 Farg‘ona viloyati
🟢Xorazm viloyati
🟢Toshkent shahri
🏟Eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etilib, bu yerda 10 ming nafargacha futbol ixlosmandlari birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi uchrashuvlari (Toshkent vaqti bilan): 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⚽️ 18-iyun | 07:00 🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 23-iyun | 22:00 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 28-iyun | 04:30🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston
5 085
#tashabbuslar_marafoni #devon
📈Obunachilar soni, reytinglar, test natijalari, baholar, foizlar, so‘rovnomalar, statistika... Ular hayotimizga ta’sir qiladi. Lekin biz ularni qanchalik tushunamiz?
Navbatdagi manzil – Sirdaryo!
Ertaga “Devon” ma’rifiy muloqotida amerikalik iqtisodchi Charlz Uilanning “Yalang‘och statistika” asari haqida suhbatlashamiz.
Kitob millionlab o‘quvchilarga statistikani qo‘rqinchli formulalar emas, dunyoni tushunish vositasi sifatida ko‘rsatib beradi. Muallif murakkab tushunchalarni hayotiy voqealar, qiziqarli kuzatishlar va sodda misollar orqali izohlaydi.Bu safar raqamlarni yodlamaymiz. Ularning ortida nima yashiringanini anglashga harakat qilamiz. Tadbir 18-iyun soat 17:00 da boshlanadi. Manzil: Guliston shahri, Bilimdonlar maskani Qiziq savollar, yangi qarashlar va yaxshi suhbat izlayotgan yoshlarni kutamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
5 085
“Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi?”
Aslida, siz-u biz shu kitob ichida yashaymiz. Har kuni tirbandliklarga duch kelamiz, yangi qurilishlarni kuzatamiz, ayrim hududlar ko‘z o‘ngimizda o‘zgarayotganini ko‘ramiz. Lekin nega shunday bo‘layotgani haqida kam o‘ylaymiz.
Bu gal “Devon”dagi muloqotimiz ana shu asar yuzasidan bo‘ladi.
Dunyoning o‘nlab yirik shaharlarida ishlagan urbanist Alen Berto ushbu kitobda shaharlarni shunchaki binolar va ko‘chalar yig‘indisi emas, millionlab insonlarning kundalik qarorlari, iqtisodiy munosabatlari va harakatlaridan tashkil topgan murakkab tizim sifatida tahlil qiladi.
Muloqotda Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakulteti Transport vositalari muhandisligi kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Kamola Karimova ishtirok etadi.
📍 Jizzax shahri, Yoshlar sayilgohi
🕔 Boshlanish vaqti: 16-iyun soat 17:00
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
