fa
Feedback
Ozodbek Nugmanov | RedPill

Ozodbek Nugmanov | RedPill

کانال بسته

— Sog’lom hayot tarzida boʻlishingizga va shaxsiy rivojlanishingizda yordam beraman. • Doktorman va klinik rezidentman • @redpill_akademiya asoschisiman • 10,000+ inson men bilan rivojlandi Murojaat: @redpill_manager

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Ozodbek Nugmanov | RedPill

کانال Ozodbek Nugmanov | RedPill در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 090 مشترک است و جایگاه 1 696 را در دسته سبک زندگی سالم و رتبه 6 234 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 090 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 318 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -52 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 11.01% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 9.32% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 1 444 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 1 222 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 61 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
— Sog’lom hayot tarzida boʻlishingizga va shaxsiy rivojlanishingizda yordam beraman. • Doktorman va klinik rezidentman • @redpill_akademiya asoschisiman • 10,000+ inson men bilan rivojlandi Murojaat: @redpill_manager

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سبک زندگی سالم تبدیل کرده‌اند.

13 090
مشترکین
-5224 ساعت
-5067 روز
-2 31830 روز
آرشیو پست ها
Koʻzda yoshimni toʻxtatolmadim. Etlarim jimirlab yozyapman hozir ham. Juma namozidan avval koʻzim ilinib qoldi negadir… Odam juda koʻp. Hamma bir xil kiyimda. Har xil millat. Ka’bani tavof qilayotgan ekanmiz. Yakunlandi va hamma Zamzam suvi tomon ketyapti. Toʻxtab qoldim odamlar orasida. Yuzi juda tanish bir odam koʻringandek edi: Nega men bu yerdaman deb soʻrayapman... Xuddi tushdek bari. U odam: Uchrashamiz deb aytgandimku dedi va uyg’onib ketdim. Koʻzim toʻla yosh. Hayolimni esa esimdan ham chiqib ketgan bir voqea egallagandi: Tanishim bilan mashinada uyga qaytayotsak, qayerdandir ovoz eshitdim. Oyna ochiq edi. Masjidga kech qolyapman, yoʻlgacha chiqib olay… degan ovoz edi. Hech kim toʻxtamadi. Toʻxtating dedim tanishimga. U odam, xuddi bizni kutayotgandek yugurib keldi va chiqdi. Oʻtirdi va qulogʻim ostiga telefonidan Qur’on suralaridan birini baland qilib qoʻyib berdi… Soʻramagandim lekin. Biz boshqa tarafga ketayotgandik. U odam tushib qolaman dedi. Kechqurun edi. Piyoda yurmasin, kech boʻldi deb, sizni olib borib, keyin ketamiz dedim. Yetib keldik. U odam yelkamga qoʻlini qoʻyib: Yuzingiz juda nurli ekan, siz bilan Makkada uchrashaylik kelasi safar degancha masjidga kirib ketgandi… Shu voqeani eslayotgandim. Tabiatan, qachon koʻzim yoshga toʻlsa ham, chiqarmayman tashqariga. Bu tushdan keyin toʻxtata olmadim hecham. Toʻxtatishni ham xohlamay qoldim. Allohga rahmat aytdim… • Hikmati bormi, bilmadim hech. Esdalikka qayd qilishni xohladim. @ceotony

Iyun ham yakunlanmoqda. Samarali oʻtayotgan kunlar yakuni shunday manzara bilan tugashi bir baxt. Menda 13-kitob boshlandi… •
Iyun ham yakunlanmoqda. Samarali oʻtayotgan kunlar yakuni shunday manzara bilan tugashi bir baxt. Menda 13-kitob boshlandi… • Shu kitobni oʻqiganmisiz? • Oʻqiganman — ❤️‍🔥 | Endi — 🔥 @ceotony

Ko'chada ko'rib qolyapman... Ba'zi 25-35 orasidagilarni. Nafsiga qul bo'lib qolishgan. Qadri va hurmati past ko'chada. Hayoti bir burchakka kirib ketgan. Jabri esa o'ziga bo'lsa, mayli. Ota-ona, farzand, ayoli. O'zini endi tiklashga, qayta qurishga va o'z ustida ishlashga ham kuchi yetmay qolgan... Yengil hayotga shu qadar berilib ketishganki, o'ylab joning achiydi. Ularga emas, oilasiga. Noto'g'ri muhit va do'stlarni. O'yin-kulgi va nosog'lom, tartibsiz hayotni tanlayverishgan. E'tiborsiz qoldiraverishgan. Bir kun, ortidan yana bir kun, keyin bir oy, keyin esa bir yil... Natijada esa qat'iyat degan narsa zanglab qolgan. Qat'iyat tug'ma super kuch emas... Qiyin bo'lsa-da, qat'iyat har kun qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni qilsak, kuchayadi asta. Qat'iyat kuchaysa, nafsni boshqarish ham kuchayadi. O'zimizni boshqarish kuchayadi. Shunda, ko'plarni jimjilog'ida o'ynatayotgan shayton bizga yaqinlasha olmay ham qoladi. Chunki kuchi yetmaydi. Ishoning, intizom va rejimda bo'lsangiz, ortig'i bilan yutyapsiz... Bugun sezilmas. Vaqt o'tadi, nafaqat tashqi yutuqlar, sinmas xarakteringiz ham bo'ladi. • Qo'shilaman — 💊 • Kerakli eslatma bo'ldi — 💊 @ceotony

Hamma narsa boʻlishi mumkin… Bu — oʻyin. Kimdir yutadi. Kimdir yutqazadi. Muhimi — biz tarix yoza oldik allaqachon. Va hali umid ham yoʻq emas. Davom etamiz. Tarixga qarasak: Germaniya, Ispaniya, hatto Fransiya ham guruh bosqichida ketma-ket mag’lubiyatga uchragan holatlar boʻlgan… Hazillar oʻz yoʻliga. Shunday emotsiyalar taqdim etayotgan futbolchilarimizga rahmat. • Qoʻllashda davom etamiz — 🔥 @ceotony

Shuuu 😂 televizorlar qolmaydi
Shuuu 😂 televizorlar qolmaydi

— Portugaliyaga balet qilamiz endi ertadan boshlab. Chempion boʻlishsin. Shunda hech boʻlmasa, chempionga yutqazgan boʻlamiz:) @ceotony

Uzoq kutilgan kun keldi😅 — Ilk oʻyinda kuchli raqibga qarshi munosib oʻyin koʻrsatishdi. Mazza qildik koʻrib. Bugun yana shu
Uzoq kutilgan kun keldi😅 — Ilk oʻyinda kuchli raqibga qarshi munosib oʻyin koʻrsatishdi. Mazza qildik koʻrib. Bugun yana shunday raqibga qarshi oʻyinga tushadilar… Soʻnggi yillardagi oʻyinlaridan kelib chiqib, Portugaliya Kolumbiya bilan deyarli bir xil kuchga ega deyman. Yutishimiz imkonsiz emas ularni… • Yana ham koʻramiz:) • Yutamiz deganlar — 🏆 @ceotony

Bir noodatiy savolim bor😊 — Ertaga kunlarni eslamaymiz. Lahzalarni eslaymiz. Va uxlash oldidan pozitiv kayfiyat muhim. Xoʻsh… Bugun sizni eng baxtli qilgan narsa nima boʻldi? Izohda yoza olasizmi:) • Eslab, jilmaygan boʻlsangiz — 🔥 @ceotony

Natijalari boʻladi hali😊 Intizom va rejim oʻz soʻzini aytadi. RedPill oʻquvchisi — Yulduzxondan kichik bir natija. Sizga ham
+1
Natijalari boʻladi hali😊 Intizom va rejim oʻz soʻzini aytadi. RedPill oʻquvchisi — Yulduzxondan kichik bir natija. Sizga ham ulashay dedim. Tabriklab qoʻyamiz, elitalar. Meni eng koʻp xursand qilgani esa faqat C1 natija emas. Tana, ruhiyat, qobiliyatlar va fikrlash kuchaygani. Shaxsiyati endi yangi versiyadaligi. • Tabriklash uchun — ❤️‍🔥 • Sizda ham rejim joyidami? @ceotony

Koʻzlar sotib qoʻyadi. Doʻstim bilan uchrashuvim bor edi. Yangiliklar haqida soʻradim. Biznes va karyerasidagi yutuqlari haqi
Koʻzlar sotib qoʻyadi. Doʻstim bilan uchrashuvim bor edi. Yangiliklar haqida soʻradim. Biznes va karyerasidagi yutuqlari haqida aytib berdi. Xursand boʻldim juda. Mendan ham soʻradi. Aytib berdim. Lekin shu payt uning koʻzlarida bir narsani sezdim. G’oyo bir boʻshliq bordek. Soʻradim. Javob bermadi. Jim boʻlib qoldik. Ovqat ham sovib qoldi. Biroz vaqt oʻtdi. Bir gap aytdi — Esingdami, hech narsasiz ham baxtli edik 3 yil avvallari deb qoldi. Mavzuni burib, hazillar bilan uning kayfiyatini koʻtardim. Ketayotgan paytimiz aytdim: Koʻrinmaydigan yutuqlarni koʻpaytirishni unutma! Tashqi yutuqlarni quvib, ichkisini yutqazishyapti. Xotirjamlik, sogʻlik, ruhiyat, oila. Ammo ikkinchisi yoʻq boʻlsa, birinchisidan nima ma’no?! • Qoʻshilaman — 🔥 • Sizda qaysi biri koʻproq?! @ceotony

Vayb❤️‍🔥 Yoz. Tumanda uyimdaman. Bogʻimiz bor. Mutolaa uchun mos joy juda. Asosiy maqsadlardan ortib, mutolaa uchun vaqt top
+1
Vayb❤️‍🔥 Yoz. Tumanda uyimdaman. Bogʻimiz bor. Mutolaa uchun mos joy juda. Asosiy maqsadlardan ortib, mutolaa uchun vaqt topa olyapman muhimi. 12-kitobni yakunlayapman endi. 38 ta kitob oʻqishim kerak yana bu yil. Buyogʻiga tezlashish kerakligini his qilyapman. Yil yarmi tugayapti ekan. • Ulgura olamanmi, elitalar:) • Albatta — 🔥 | 2x Albatta — 🌚 • Sizda yana nechta kitob qoldi? @ceotony

Bir insonni tanishtiray sizga😊 Uzoqdan beri kanalimni kuzatib keladigan opam bor. Qo'llab-quvvatlab turadilar ko'p. Neyming bilan professional shug'ullanadilar. 5 daqiqada 200-300$ daromad qila oladilar. Sadoqat opa — juda kreativ inson. Biznes, kompaniya va brendlar bilan ishlab keladilar. Nom qo'yishda yordam beradilar. Bu sohada ijod, erkinlik, katta daromad bor degandilar. Meni ham yaxshigina qiziqtirib qo'ygandilar. Hobbi sifatida o'rganib qo'ysam, yaxshi-ku:) O'z bloglarida neyming sohasi bo'yicha qimmatli bilimlar ulashib kelyaptilar hozirda. • Qo'shilib oling. Mendan tavsiya🔥 • Keyin rahmat aytish esdan chiqmasin✊ https://t.me/+nNnc1M_5mFdlNTFi https://t.me/+nNnc1M_5mFdlNTFi https://t.me/+nNnc1M_5mFdlNTFi

Shunaqa yoshlar borki... Intizomi, rejimi nol. Ota-onam qo'llamayapti, tushunmayapti, nega kurashay deyishadi... Maqsadi katta. Ammo ota-onasiga achchiq qilib, emotsiyaga berilib, taslim bo'lishyapti. Menda ham bo'lgan meni tushunishmagan holatlari. To'xtash esa hayolimga kelmagan. 1. Chunki bu hammada bo'ladi. "Generation gap" sabab. Qarash, tajriba boshqa davrniki. O'rtada bo'shliq bor. Bo'shliq bormi, konflikt bo'lishi tabiiy. Ayniqsa, o'smirlik davrlarida... 2. Chunki ularni ayblashdan ko'ra, natijalarni tezroq ko'rsatishim kerakligini bilardim. Ha. Ular yomon ko'rganidan emas, natijalarimizni ko'rsata olmasak, tushunmasligi mumkin... 3. Chunki kelajagim uchun yagona javobgar odam o'zim deb bilardim. Boshqa hech kim! Kelajagimni kimdir o'rnimga qurib bermasdi. Oxirida baribir bu hayotni o'zim yashayman. Shularni anglasak, alam sabab to'xtashlar va ertaga afsuslanishlar kamayardi anchagina... • Menda ham bo'lgan — ❤️‍🔥 • Kerakli eslatma edi — ❤️‍🔥 @ceotony

Bir ustozim aytardi: Ertaga bugungi vaqt va imkoniyatlarni topa olmaysan deb. O'shanda shunchaki ha deb qo'yardim. Hozir ma'nosini anglayapman. Yaqin o'tmishda o'qishga kirishdan boshqa biror mas'uliyatim yo'q edi. Keyin o'qish va o'zimni tiklash. Endi esa karrasiga ortgan. Iyun uchun qo'ygan maqsadlarimni amalga oshirish bilan band edim. Hozir hayotimda kurashishim kerak bo'lgan frontlarim ko'p. Balki shu sabab ham yoza olmadim kanalga. Ming shukr. Ko'nglim to'q. Iyun zo'r o'tyapti. Maqsadlarimning yarmi amalga oshib bo'ldi. RedPill-33 ham yonyapti 200 ga yaqin inson bilan. Postlarga qaytamiz asta, elitalar. Zo'r mavzular tayyorlab qaytdim. Qo'llash sizdan. Aytgancha, ertaga tarixiy kun. Oilam bilan tomosha qilish uchun bir olam snack olib keldim hozirgina. Busiz bo'lmaydi-ku axir:) • Uzb ilk bor World Cup sahnasida. • Yutamizmi, elitalar? Albatta — 🔥 @ceotony

Xushxabarim bor, elitalar😊 — Sal avval RedPill-da jonli darsimni yakunlab, qarasam shu xabar kelgan ekan. Juda xursand boʻli
Xushxabarim bor, elitalar😊 — Sal avval RedPill-da jonli darsimni yakunlab, qarasam shu xabar kelgan ekan. Juda xursand boʻlib ketdim… Zarina — RedPill oʻquvchisi, yana bir singlim. Intizomi va rejimi juda kuchli qiz. Sizgayam ulashib qoʻygim keldi. • Tabriklab qoʻyamiz — ❤️‍🔥 @ceotony

Mart oyida ayni shunday 1.5 soatcha qolganda qilgan qarorimga shukrlar boʻlsin. Oʻshanda rosssa ikkilangandim. Keyin tavakkal qilib qoʻshilgandim. Lekin oʻsha qilingan investetsiya manga ancha manfaatli boʻldi, boʻlmoqda. Aslo afsuslanmayman bu loyihaga ishonib tavakkal qilganimdan. Aksincha bu loyihaga qoʻshilish qarorini avvalroq qilmaganimga afsuslanaman...

Eng soʻnggi e’lon! Yozning ilk oyida RedPill-da shiddatli oʻsamiz. Samarali oʻtadigan tonglar, gʻalaba bilan yakunlanadigan k
Eng soʻnggi e’lon! Yozning ilk oyida RedPill-da shiddatli oʻsamiz. Samarali oʻtadigan tonglar, gʻalaba bilan yakunlanadigan kunlar kutyapti qoʻshilgan barchani, elitalar. • 1.5 soat va qabul yopiladi. • Keyingi mavsum esa 8-iyulda. • Hozirmi yo bir oydan keyinmi? 🔒 LET’S GO: @redpill_manager

Alhamdulillah❤️‍🔥 — Joylarimiz deyarli toʻldi. Har safar qabul yakunida ham oʻnlab insonlar qoʻshilishga ulgurib qoladilar.
Alhamdulillah❤️‍🔥 — Joylarimiz deyarli toʻldi. Har safar qabul yakunida ham oʻnlab insonlar qoʻshilishga ulgurib qoladilar. Bir oy oʻtgach koʻp rahmat aytadilar. Havoga ketmagan va gʻalaba bilan yakunlangan oʻsha bir oyi uchun. Ulgurib qolishingiz mumkin bugun. 4 soatdan soʻng qoʻshila olmaysiz. Bu — soʻnggi eslatma va imkon. Keyin kanalni tartiblab va oʻzim ham RedPill-da boʻlaman. Siz qanaqangi muhitdan qolib ketyapsiz-a, elitalar) • Soʻnggi imkon: @redpill_manager

Ko'p so'rashadi: "Nega oy boshida boshlamaysiz RedPill-ni? Ertaroq boshlansa, yaxshi emasmi?" deb... Fresh start effekti sabab. Yil va oy boshida motivatsiya pikda bo'ladi. Zo'r boshlanadi. Lekin bu motivatsiya faqat boshlash uchun yordam beradi. 1 hafta o'tadi, kuchi tugaydi. So'ng harakatlaringiz sekinroq, qiyinroq va zerikarli tuyiladi. Shu joyda to'xtadi ko'plar. Chunki endi motiv emas, kuchli tizim kerak bo'ladi sizga. U kuchli muhitni talab qiladi. RedPill shunday muhit. Shu sabab oyning 2-haftalarida boshlaymiz. Ko'plar to'xtaganda. Yurib-yugurib manzilga yeta olasiz. RedPill esa transport. U bilan tez va osonroq bari. Majburiyat yuklaydi. Va yoningizda ustida yonib ishlayotganlarni ko'rib, to'xtolmaysiz. Sizni to'xtashga qo'ymaydi. Oldinga tortib ketaveradi har kuni. Xohlasangiz, albatta! Biz boshlayapmiz. Qabul tugashiga sanoqli soatlar qoldi. Ertaga esa qo'shila olmaysiz. • Qabul bugun yopiladi. • Bir oyni havoga uchirmang. 🔒 GO: @redpill_manager

Soʻnggi soatlar qolmoqda! — Bizga yana shunday xabarlar kela boshlaydi. Ha, ulgurib qolganlardan. Eslatma: Qabul yopilyapti.
Soʻnggi soatlar qolmoqda! — Bizga yana shunday xabarlar kela boshlaydi. Ha, ulgurib qolganlardan. Eslatma: Qabul yopilyapti. Sizda esa sanoqli soatlar qoldi. Ertaga start🔥 Startni kutayotganlar — 😎 • Shoshmay turing, Tony — 💊Yozamiz: @redpill_manager