MSR Aka - uka matematiklar
رفتن به کانال در Telegram
📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
نمایش بیشتر562
مشترکین
+224 ساعت
+57 روز
-1230 روز
آرشیو پست ها
Talaba boʼlganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli koʼrsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar boʼlsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yigʼma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert А5 formatida;
8. Talabalar turar joyiga (sharoiti ogʼir va kam taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak boʼlsa);
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar boʼlsa).
✅ @MatematikaMSR
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2025-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
2024-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/MatematikaMSR/845
❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,01 balldan 2 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,01 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,01 balldan 4 ballgacha — 3 barobari.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz (masalan, o‘tgan yili 2-sentyabrdan ariza berish boshlangan).
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 4 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❓Super-kontraktdagilar grant taqsimotida qatnasha oladimi?
Ha, ular ham 1-kursdan keyin o’zlashtirishi va faolligi yaxshi bo’lsa, grantga da’vogarlik qila oladi.
❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
✅ @MatematikaMSR
⚡️Super-kontrakt narxlari-2024
Mazkur faylda 2024/2025 oʻquv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan.Ushbu super-kontrakt narxlari 2024/2025 oʻquv yili uchun stipendiyasiz bazaviy kontrakt miqdori asosida hisoblandi. ✅ @MatematikaMSR
#Qabul2025 #Apellatsiya
⚡️Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha
✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.
✅ @MatematikaMSR
❗️Rasman: bugundan “super-kontrakt qancha?” savollari mavsumini ochiq deb e’lon qilamiz
✅ @MatematikaMSR
⚡️ O’qishga kirgan barchani tabalalik bilan tabriklaymiz
🙌🏻 Kira olmaganlar, hafa bo’lmang har bir ishda hikmat bor bundanda yaxshisi sizni kutib turgandir harakatdan to’xtamang keyingi yil albatta kirasiz.
✅ @MatematikaMSR
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.
Super-kontrakt miqdori quyidagicha:
➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;
👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.
📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi.
✅ @MatematikaMSR
Turli taqdirlar!
Qayerdadir katta bayram, qayerdadir xursandchilik, qayerdadir xafagarchilik, qayerdadir shukrona, qayerdadir nadomat…
O’qishga kirganlarga xayrli bo’lsin, yiqilganlarga esa tushkunlikka tushmaslikni maslahat beraman. Hayot to’xtagani yo’q, xayrlisini bergin, deb yo’lda davom etavering.
✅ @MatematikaMSR
+1
#Диққат
Талаба бўлган барчани табриклаймиз!
😁 «Срочно» главнийга расмлар
✅ @MatematikaMSR
‼️MANDAT CHIQDI
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
✅ @MatematikaMSR
📌 Mandatlar 1-2 kunda chiqishi kutilmoqda…
✅ Sabr qiling va talaba bo’ling
Mandat kutayotgan tanishlarizga yuborib qo’ying!
Repost from N/a
❗️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 gacha.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
✅ @talim_eduuz
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 ming 114 ta (shundan 66 ming 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 102 ming 194 ta (49 ming 234 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 2 ming 250 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 38 ming 670 ta (17 ming 250 ta davlat granti).
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 ming 114 ta (shundan 66 ming 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 102 ming 194 ta (49 ming 234 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 2 ming 250 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 38 ming 670 ta (17 ming 250 ta davlat granti).
👉 @xushnudbek 👈
Repost from N/a
❓ Mandat chiqquncha abituriyentlar nimalar qilishi kerak?
1️⃣ Hujjatlaringizni tayyor holga keltiring
Pasport, diplom/attestat, sertifikatlarni tayyorlab qo‘ying.
2️⃣ Turli variantlarga tayyor bo‘ling
➖ Asosiy tanlagan yo‘nalishingizdan tashqari, boshqa OTM yoki kasb-hunar imkoniyatlarini ham o‘rganing.
➖ Grant yoki kontrakt imkoniyatlarini oldindan solishtirib chiqing.
3️⃣ Moliyaviy reja
➖ Ijarada yashash, yotoqxona yoki o‘z shaharingizda o‘qish uchun xarajatlarni taxminan hisoblang.
➖ Transport, ovqatlanish va o‘quv materiallari uchun byudjet tuzishni boshlang.
4️⃣ Yangi joy haqida ma’lumot yig‘ing
➖ Tanlagan OTMingiz joylashgan hududni xaritada ko‘rib chiqing.
➖ Yaqinidagi yotoqxonalar, ijara uylar va transport yo‘nalishlarini o‘rganing.
5️⃣ O‘z ustingizda ishlashni davom ettiring
➖Asosiy fanlaringizdan bilimlaringizni mustahkamlang.
➖ Chet tillar, IT ko‘nikmalari yoki boshqa foydali kurslarga yoziling.
Mandat javobini kutayotgan abituriyent tanishlaringizga yuborib qo'ying.
✅ @talim_eduuz
Repost from N/a
#tezkor
OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadigan 19 ta yo‘nalish paydo bo‘ldi.
P/S. Hammaga yetkazing, bunday imkoniyatdan foydalanib qolish kerak!
✅ @talim_eduuz
Natijaga ko’ra:
39 ta “Ha”
14 ta “Yo’q”
14 ta “Yo’q” deganlar nimani kutib turibsizlar-a?
Bor yo’g’i 3 soatdan ko’pro vaqt qoldi….
