Suhrob academy | Beginner Elementary
رفتن به کانال در Telegram
Suhrobjon Abdivaliyev 3-yillik tajribaga IELTS INSTRUCTOR ,,Suhrob Academy" (online school) asoschisi 2000 dan ziyod shogirdlar chiqargan @WRITING_T (main channel) @suhrobacademy
نمایش بیشتر1 082
مشترکین
-124 ساعت
-57 روز
-2230 روز
آرشیو پست ها
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Men eng qo'rqadigan narsa.
Insonda ikkita kamchilik bor, birinchisi darhol ko'nglini qoniqtirishni xoxlash "instant gratification", ikkinchisi esa boshqalarni e'tiborini xoxlash "external validation". Men bolaligimdan o'yin-kulguga beriladigan odammasman, shunchaki kayf qilish uchun o'ylamasdan ish qilib ketavermayman, o'zimga yoke boshqalarga aniq manfaat olib keladigan ishlarni qilaman. Lekin men boshqalarni e'tibori, olqishlari uchun yashab qolishdan qo'rqaman. Chunki men boshqalar men haqimda yaxshi fikr bildirishi, menga havas qilishi, meni maqtashi uchun yashasam, demak o'zimni emas boshqalarni hayotini yashadim. Afsuski, hamma mehnatkash, katta maqsadli odamlarni asosiy kamchiligi shu obruga, mashhurlikka, olqishga o'chlik bo'ladi, shu narsa ularni yoke muvaffaqiyatdan yoke xotirjamlikdan mahrum qiladi. Yoshligida otasidan eshitmagan olqishni boshqalardan eshitish uchun Marsga borishga harakat qiladi bu odam, onasidan olmagan daldani boshqalardan olish uchun Bugatti olishga harakat qiladi bu odam, yoshligidan o'zidan olmagan rozilikni boshqalardan olish uchun itdiy mehnat qiladi bu odam. Hozirgi kunda Telegram, Instagramga o'xshagan social media platformalar ayniqsa boshqalarni e'tiboriga o'chlikni kuchaytirvoryapdi. Boshqalarni ikkita reaksiya bildirishi uchun, uchta like bosishi uchun, to'rtta komment yozishi uchun yashayapdi bollar. Aslida shu uchun ham men shunchaki kanal ochgan, guruh ochgan bollardan xavotirlanaman. O'zi bu inson zoti bir 300 ming yildan beri bor bo'lsa, internet borligiga 30 yil bo'ldi. Siz hali ko'rmagansiz yoshligidan boshqalarni nechta like bosganini, qanaqa komment yozganini sanab katta bo'lgan bola qanaqa odam bo'lishini, qanaqa ota bo'lishini, qanaqa ona bo'lishini. Boshqalarni e'tibori uchun yaxshilik qilgan odam yaxshilik qilishni urganmapdi, boshqalarni e'tibori uchun mehnat qilgan odam mehnat qilishni urganmapdi, boshqalarni e'tibori uchun yashagan odam hali yashamapdi.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
🔥WRITING 8.0🔥
IELTS Writing 8.0+ olish o'yin bo'p qoldimi deymanda sizlarga😁
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Sen haqingda qayg'uradigan odam, seni jahannamga olib boradigan yo'ldan qaytaradi. O'zini sendan yaxshiroq deb bilgani uchunmas, seni ahmoq deb bilgani uchunmas, yonishingni xoxlamagani uchun, azoblanishingni xoxlamagani uchun. Haqiqiy jahannam esa bu dunyoni tark etishingdan oldin boshlanadi degandi meni tutorlarimdan bittasi. Seni so'kmaydigan odamlardan qo'rq, seni urmaydigan odamlardan qo'rq degandi. Bu degani seni o'zini foydasi uchun xor qiladiganmas, seni foydang uchun ko'zinga yomon ko'rinishdan qo'rqmaydigan odamlarga muhtojsan degandi. Sendan faqat o'zi gullashi uchun e'tibor talab qiladigan atirgullargamas, nur taratadigan kaktuslarga muhtojsan degandi. Lekin kaktus bilan do'st bo'lishdan oldin, tikonlarni eplay oladigan bog'bon bo'lishing kerak degandi.
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Har safar kursga yozilgan o'quvchilarni yarimlariga javob berishga men ham, adminlar ham ulgurmaydi. Shu uchun kursga reklama tashlanganda bir marta yozib qo'ymasdan, adminlarga qayta-qayta yozingizlarda. Mana 1 oy oldin bollar Spartans kursga qatnashmoqchi bo'lib yozishgan, 100 dan ziyod bollarni xabarlari pastda qolib ketgan o'qilmasdan.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
🥇Writing kursga 250 kishi qabul qilindi. Bugun soat 20:30 da video darslar tashlanadi. Keyinchalik jonli darslar ham boladi.
🥈Vazifalarni bajarmasangiz kursdan itdiy chiqarib yuborilishga rozi bo'lsangiz, kechgacha 100 ming to'lov qilib adminga yozsangiz qo'shib qo'yadi @WRITING_ADMINN.
6262 5700 4307 3677
Ulugov Ali
To'lovni screenshotini tashlab qo'yib biroz sabr qiling.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Men 7-sinflarimda dadam bilan birga qo'shni qishloqda anduva qilib, qurulishda ishlagandik. Men shu vaqtlar ko'rgandimda dadamni qanchalik mehnat qilishini, beli og'rib qosa ham eng og'ir ishni o'zi qilardi men sal osonroq ish qilishim uchun. Shunda har kuni ishga ertalab borishda men yarim soat oldin chiqib ketardim piyoda borish uchun, dadam esa velosapetda borardi orqamdan. Men atayin har kuni piyoda borib piyoda kelardim shu yo'lda tarix haqida kitob o'qib ketish uchun. Keyin ishda ham abetda ikki soat tanaffus qilardik biroz ovqatlanib, uxlab olish uchun, shunda ham men tez ovqatlanib soyada kitob o'qib o'tirardim. Chunki biz tomonlarda hamma qo'l mehnati bilan non topadi, bir katta odamlar chiqmagan bizdan. Shunga men ham hech narsaga erishmasam ham ota-onam harakat qilayotganimni ko'rsin derdimda. Eng muhimi ich-ichimdan o'zim, kelajagim uchun ham harakat qilayotganimni bilishni xoxlagandim. Yutuq muhim emas, natija muhim emas, harakat muhim. Dangasalik qilib, boshqalardan gap eshitib, o'zini ich-ichidan yomon ko'radigan boy boladan, ozodlik uchun mehnat qilayotgan qulni bolasi kayf qilib yashaydi. Uch kun minilgan Ferrarini Matizdan farqi qomaydi, uch kun yeyilgan asalni piyozdan farqi qomaydi, uch kun keyilgan kastim burukchalarni yirtiq shortikdan farqi qomaydi siz uchun. Lekin ertangi kun uchun qilingan bugungi mehnat har doim shirin. Eng qizig'i esa, qo'ldan kelgancha mehnat qilinsa boshqa narsalar ham kelaveradi.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Ertaga kechga birinchi video darslar tashlanadi Writing kursga.
Ertaga ertalabga hamma to'lov qilganlar guruhga qo'shiladi.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Eyy sizlar buncha zo'rsizlar?
Kursga yozganlarni ayrimlari menga discussion essaylar ko'proq o'tilsa qo'shilaman deydi, ayrimlar meni essaylarim har kuni tekshirib feedback berilsa qo'shilaman deydi. Nima qilishni shuncha zo'r bilsang men seni kursinga qo'shilsam bumaydimi? Xarib, sen duxtirga borsang menga faqat manuv ukolni qisang seni oldinga kelaman demiysanku. Sen o'zi kasal bo"ganing uchun kelding, duxtirga nimaga aql urgatasan?
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
🔥WRITING 8.0🔥
Nimalar bo'lyapdi sizlargaye😁
Writing 6.0 dan 8.0 ga bunday sakrab chiqib ketuvirmaslik kerakda, odam munday bir qiynalib 6.5 7.0 lar ob yurish kerak bir ikki yil😁
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Mana nega meni kurslarimda har doim joy to'lib qolishini sababi.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Writing kurs mayli 100 mingga ochamiz. @WRITING_ADMINN ga to'lov qingizlar men aynib qomasimdan.
Buni sizlarni o'ylab qilganim yo'q. Ko'pchilikni Writingini oshirib bersam, hozirgacha o'zlari bir tiyinlik ham o'sishga erishmaganini tushunib yetadi, keyinchalik o'zimni boshqa kurslarimga ham qatnashadi, keyin men boyib ketaman, keyin moshin olaman, keyin odamlar menga havas qiladi, keyin kayf qilaman, keyin film tugaydi.@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Depression storyni yangi, mukammal varyantini ishlab chiqdim. @IELTS_Admine ga 200 ming to'lov qilsangiz video darslari bilan tashlab beradi shuni imtihoni yaqinlar uchun.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Writing kursda she'r yozishni ham urgataman😁
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
100 ming sumga boshlaymizmi Writing kursni?
Bitta she'r aytib bersangiz ochamiz mayli😁
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
As we approach a world of technological advancement and digital dependency, it has become increasingly common for young people to enroll in online courses for language learning. While distance learning promotes time efficiency and flexibility, I believe that it is better for students to study in traditional face-to-face classes.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Don't trust your brain blindly, keep it in check.
You brain just wants to survive, not to thrive. The brain seeks certainty and stability over growth and prosperity. It pushes you to settle for a minimum-wage job, where you have to put up with heavy workloads and lousy managers, rather than encouraging you to perfect your craft and find a rewarding one. It manipulates you to tolerate a minimum-commitment relationship, where you get constantly lied to, cheated on, and abused, rather than urging you to become a better person and find a better person. It creates an echo chamber where you think the best option is to accept the worst due to a fear of failure or judgement. Take slavery, for example. Close to 50 million people today live in slavery, where they have no freedom or comfort by any stretch of the imagination, enduring all sorts of unthinkable horrors in the form of physical, mental, or sexual exploitation. But, you know what is interesting? The vast majority of slaves don't even think about leaving or escaping, even if they are offered some type of outside help. They "want" to keep working as slaves not because they fear getting caught and punished, but because they prefer the certainty and stability of eating and sleeping every day over being free and facing uncertain situations. Your brain would prefer to drink poison and die easily over walking through dangerous forests and searching for rivers. Be careful: you might be a slave already.
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
🔥IELTS 8.5🔥
😁WRITING 8.5
@WRITING_T
Repost from IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
🔥IELTS 8.0🔥
Listening - 8.5 Reading - 9.0 Writing - 7.0 Speaking - 8.0☑️ SPARTAAAAAANSSSS😁 @WRITING_T
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
