fa
Feedback
Suhrob academy | Beginner Elementary

Suhrob academy | Beginner Elementary

رفتن به کانال در Telegram

Suhrobjon Abdivaliyev 3-yillik tajribaga IELTS INSTRUCTOR ,,Suhrob Academy" (online school) asoschisi 2000 dan ziyod shogirdlar chiqargan @WRITING_T (main channel) @suhrobacademy

نمایش بیشتر
1 084
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-2330 روز
آرشیو پست ها
📓DAILY ARTICLES 📝 We tend to use money for external validation or instant gratification, not for growth and prosperity. But, it is time to turn things around and take control of our wallets. @WRITING_T

Bitta mukammal kun tartibi tuzib beraymi guys? Albatta hamma o'zini ishi, o'qishi, oilasidan kelib chiqib yashaydi, lekin har kuni aniq qilishingiz kerak bo'lgan narsalar va qimasligingiz kerak bo'lgan narsalarni kiritib hammamiz uchun bitta chotki kun tartibini ko'rsataymi? @WRITING_T

📓DAILY ARTICLES 📝Play @WRITING_T

Nima deysizlar bunga guys😁? @WRITING_T
Nima deysizlar bunga guys😁? @WRITING_T

Meni eng zo'r o'quvchim. Hozirgacha eng yaxshi natija qilgan o'quvchim. @WRITING_T

Assalomu alaykum guys. Meni adminlarim @IELTS_ADMINE va @WRITING_ADMINN, ko'p xaromilar biroz harfini o'zgartirvolib Suhrob domlani adminiman deb bollarni pulini shilib yuribdi. Men bironta kurs boshlasam faqatgina mana shu kanalda e'lon qilib, qaysi adminga yozishni aytaman. Xuddi men aytgan admingagina yozingizlar, kimdir bizda kurs bor deb yozsa xaribga o'xshab aldanib qomangizlar. ‼️Meni hech qaysi kursimga qo'shilishni iloji yo'q kurs boshlanib bugandan keyin. Shu uchun faqatgina kanalda e'lon berilganda adminlarga yozingizlar, boshqa vaqti xabaringiz o'qilmaydi ham. @WRITING_T

Ertaga 9:00 dan kechgacha jonli darschaaaaa. ‼️IELTS Reading, Listening, Speaking bilan ishlaymiz. @WRITING_T

Yakshanba 10 soatlik IELTS jonli darsga duxi yetadiganlar bormi😁? @WRITING_T

📓DAILY ARTICLES Are you able to confront uncomfortable conversations? @WRITING_T

Meni eng katta orzularimdan bittasi bolalikdan birga katta bo'lgan jo'ralarimni, ularni ota-onasini yaxshi hayotda yashayotganini ko'rish. Men biladigan har bir do'stim mendan ko'ra ko'proq qiynalib katta bo'lgan, ularni ota-onasi meni ota-onamdek harakat qilgan shu bollarini bahti uchun. Lekin afsuski biz tomonlarda qanchalik harakat qilgani bilan, qiynalgani bilan umrini oxirigacha shu qiyinchiliklardan chiqolmaydi odamlar. Misol uchun meni Furqat degan eng yaqin jo'ram bor, birga katta bo'gan, birga orzu qigan, birga kulib, birga yig'lagan jo'ram. Hech kimga yomonlik tilamiydigan, ko'ngli juda ochiq, chotki bola. Oilaviy sharoyiti biznikidan og'irroq bugani uchun yoshligidan o'qishga vaqti bo'masdi, faqat mol qarash, agaratda ishlash bilan bo'lib kitobga vaqti bo'masdida. Ota-onasi ham juda zor odamlar, mehnatkash odamlar, biron marta ham ularni ham dam olganini ko'rmaganman. Meni dadam ko'pincha Rassiyada ishda bo'lardi, akam tugaraklarda tayyorlanardi, men bilan ayam uyda mollar bilan agaratga qarardik. Ba'zida shu Furqat juramdi dadasi uyiga ichib kelsa juram bilan ayasi biznikiga keb turardi. Shu Furqat jo'ram maktabni bitirmasdan Rassiyaga ketgandi ishlagani, 5 yillar bo'lyapdi hozir ham Rassiyada. Endi ular ham Furqatni akasiga uy qilish kerak, keyin to'y moshin degan narsalar bilan, keyin bola chaqa bilan endi juram umrini Rassiyada o'tkizishi mumkinda. Yana ayasini mazzasi yo'q, dadasini, akasini mazzasi yo'q. Shu jo'ram mendan ko'ra yaxshiroq hayotga munosibda aslida, ayasi dadasi hajlarga borishga, hech bo'lmasa endi dam ob mazza qilib yashashga munosib. Men ham hozir ancha bandman, yana odamlar bilan gaplashish yoke telfonda yozishishni yoqtirmiyman, shu uchun shu eng yaqin do'stim bilan ham umuman aloqa qimaymiz deyarli. Lekin meni har bir maqsadimda, har bir orzuyimda shu jo'ramni ham o'z joyi bor. Meni yana bir yaqin do'stim bu Umarali, birinchi marta birga erta bahorda mol boqayotganda qorda nomoz o'qigan jo'ram shu. Umaralini ham ota-onasi juda juda zor odamlar. Davlatni ishida ishlamasa ham, hech kim puldan yordam qilib turmasa ham o'zlarini mehnati bilan shu bog'dorchilik qib, mol boqib 4 ta bolani hech kimdan kam qimay katta qilgan, 2 ta qizni chiqargan. Ularni ham biron martayam bir o'tirib dam oganini ko'rmaganman men. Qizig'i meni ota-onam ham, Furqat jo'ramni ham Umarali jo'ramni ham ota-onasi o'zlarini mehnat qilyapmiz deb ham bilmaydida. Ular uchun farzandlarini bahtini ko'rish uchun qiynalish bir bahtda. Meni birinchi marta maktabga qo'limdan yetalab oborgan odam Furqat jo'ramni ayasi bo'ladi, ba'zida ko'p futbolga berilib qob Umaralini chaqirgani borsam sen yaxshi o'qiysanku, endi o'qishingdi tashlab qo'ymada deb tergab qo'ygan shu Umarali jo'ramdi dadasi bo'ladi. Ota-onamni men uchun qilgan ishlarini ham, menga begona bo'gan odamlarni men uchun qilgan ishlarini ham haqqini bu dunyoda ado qilolmasam kerak. To'xtashga haqqim yo'q, to'xtashga haqqim yo'q. Siz ham ota-onangizni bahtli qimoqchi bo'lsangiz ular uchun jaa bir ikkita mashina oberishingiz, baland uylar qurib berishingiz shartmas. Alloh kimgadir boylik, obru beradi, kimgadir esa sinov beradi. Lekin muhimi ota-onangiz siz uchun harakat qilgani kabi siz ham ular uchun harakat qilyotganingizni ko'rsin, shuni o'zi yetadi. @WRITING_T

📓DAILY ARTICLES
📝 What drives a person to be an attention-seeker? 📝 Why do people so much about likes, views, and subscribers on social media?
@WRITING_T

VAQT Men ingliz tilini urganishni boshlaganimdan 6 oy o'tib IELTS 6.0 ogandim, 5 yillar o'tib IELTS 9.0 oldim, shu davr ichida har oy kamida 4-5 ming dollar pul topdim. Shu vaqt ichida hatto 3 kun ham dars bermagan kunim bolmadi, hech bolmasa kasal bo'lib yotib qolgan kunim bo'lmadi. Lekin hali ham vaqtimni isrof qildim deb hisoblayman. Ko'proq ish qilishim mumkin edi, ko'proq natijaga ancha tezroq erishishim mumkin edi deb hisoblayman. Tezroq natija qilganimda edi hozirgacha boshqa narsalarga ham ko'proq vaqt sarflashga ulgurgan bo'lardim, qiziqishlarimga, odamlarga, sog'lig'imga, dinimga ko'proq vaqt sarflagan bo'lardim. Taqdir bu taqdir, lekin xatolardan o'rnak olish juda muhim. Hech kim kuchli bo'lib tug'ilmaydi, hech kim bilimli bo'lib tug'ilmaydi, hech kim bahtli bo'lib tug'ilmaydi, hech kim jannatiy bo'lib tug'ilmaydi. O'zimiz ich-ichimizdan notug'ri yoke foydasiz ekanligini bila turib qilayotgan ishlarimizdan voz kecha olish juda muhim, qilishimiz kerakligini bila turib qochayotgan ishlarimizni qila olish juda muhim. Unutmang, bir narsa qilish uchun sarflagan vaqtingiz boshqa bir narsadan tortib olgan vaqtingizdir. YouTube, Telegram, Instagram degan soxta dunyolarga sarflagan har bir daqiqamiz haqiqiy dunyoga sarflashimiz mumkin bo'lgan vaqtdir. Ikki yuzlamachi, soxta odamlarga sarflagan vaqtimiz haqiqiy insonlarga sarflashimiz mumkin bo'lgan vaqtdir. Bitta serialni ko'rib tugatishga sarflagan vaqtingiz uch to'rtta kitobni o'qib tugatishga sarflashingiz mumkin bo'lgan vaqtdir. O'tirib telfonga yopishib sarflagan vaqtingiz zalga borib, energiyangiz va sog'lig'ingizni yaxshilashga sarflashingiz mumkin bo'lgan vaqtdir. Hammamizga bizga haqiqatda xursandchilik, haqiqatda baht, haqiqatda sog'liq, haqiqatda ma'no olib keladigan narsalarga vaqt sarflash nasib qilsin. @WRITING_T

☑️ DAILY ARTICLES 📝 Bullying @WRITING_T

I really like going down the memory lane and reminiscing about the good old days, especially when life throws curveballs my w
I really like going down the memory lane and reminiscing about the good old days, especially when life throws curveballs my way😁. @WRITING_T

Life is short. Daniel Naroditsky, whose YouTube videos taught me so much about chess, has passed away at just 29. It feels strange and unsettling to see someone so young and so kind leave this world all of a sudden. Moments like this are reminders of how fragile and fleeting life truly is and how vital it is not to take it for granted. Since I was a young kid, I've grown up learning about the deaths of innocent people around the world, especially in the Middle East, South Africa, and Southern Asia. Although such stories weigh heavily on my mind, I feel as if it is incumbent upon me to stay informed about the tragedies of this lousy world and to become empathetic rather than turn a blind eye on others' struggles. Given the way I organize my personal affairs and set my priorities, I often think I won't live a long life either. Perhaps that's why I try to make the most of every single day - to live with purpose and meaning, not with greed or hatred. @WRITING_T

I have a question: If you knew that you only had 2 years left to live, would you live differently than how you live now? @WRITING_T