fa
Feedback
NUN NASHR

NUN NASHR

رفتن به کانال در Telegram
302
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
Amaliy tavsiya Bugungi kechki taomni oilangiz davrasida, barchani bir dasturxon atrofiga yig‘ib, birgalikda tanovul qiling. S
Amaliy tavsiya Bugungi kechki taomni oilangiz davrasida, barchani bir dasturxon atrofiga yig‘ib, birgalikda tanovul qiling. Shunday oilaning a’zosi ekaningizdan  o‘zingizni juda baxtli his qilayotganingizni ayting. Shuningdek, farzandlaringizga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlarini aytish yodingizdan chiqmasin: “Kim taom yesa-yu, keyin: “Shuni mening kuch-quvvatimsiz menga taom qilib, rizq qilib bergan Allohga hamd bo‘lsin!” desa, uning avvalgi gunohlari mag‘firat qilingay”.        📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy "Mehr oyi"  kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr

Ishonch Dadam juda tadbirkor inson edilar. “Dada, falon narsaga shuncha pul kerak” desam, “Ana hamyonimdan olaver”, der edila
Ishonch Dadam juda tadbirkor inson edilar. “Dada, falon narsaga shuncha pul kerak” desam, “Ana hamyonimdan olaver”, der edilar. Dadam menga ishonardilar. Lekin keyinchalik onamning aytishlaricha, pullarini har kuni sanab qo‘yar ekanlar. Men to‘g‘ri oldimmi, yo‘qmi vaqti-vaqti bilan tekshirib ham turarkanlar. Lekin o‘sha paytda buni menga bildirmagan ekanlar. Dadam maktabdan qaytganimdan so‘ng pulni nimaga ishlatganimni, albatta, so‘rar edilar. Agar kerakli narsaga sarf qilgan bo‘lsam “Barakalla” deya maqtab qo‘yardilar. Dadam doim: “O‘g‘lim, o‘zingning puling o‘zingniki. Uni qanday sarflash o‘z ixtiyoringda, lekin uni tejab, faqat kerakli o‘rinlarga sarf qilsang, ishlatishda me’yorga amal qilsang pul zarur bo‘lgan paytda  muhtoj bo‘lib qolmaysan, tamagirlikdan yiroq bo‘lasan”, deb nasihat qilardilar. Shu pandu nasihatlar sabab odamlardan biron nima kutish, tama qilish, ayniqsa, qarz so‘rash men uchun eng yomon narsalardan biriga aylandi. Birovning haqiga ko‘z olaytirmaslik, boshqalarning qo‘liga qarab qolmaslik uchun o‘z mablag‘imni isrof qilmay iqtisod qilishga odatlandim. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Nafsimga bir qator savollar bilan yuzlandim. O‘zi nima xohlaysan? Shu kungacha qo‘lga kirita olmagan narsang nima? Nafsim men
Nafsimga bir qator savollar bilan yuzlandim. O‘zi nima xohlaysan? Shu kungacha qo‘lga kirita olmagan narsang nima? Nafsim menga shu javobni berdi: “Men saodatning Egasiga yaqinlashishni xohlayman, zora u menga saoddatdan ulashsa! Sen Allohdan uzoq bo‘lganing uchun ham vahimadasan! Nimaga endi U Zotga yaqin bo‘lish orqali haqiqiy baxtning ta’mini totmaysan?”. Allohning rahmati nasib etib meni O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshladi, hammangizga ham sabot so‘rayman. Avvalari men qachon uyquga to‘yib uyg‘onsam keyin namoz o‘qirdim. Namozga alohida e’tibor bilan turish yo‘q edi. Namozlarimning ko‘pi ham xushu’siz bo‘lgan. Doimiy Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lmasdim ham. Namozlarimni go‘zal suratda xushu’ va xotirjamlik bilan o‘qishni yo‘lga qo‘ydim. Zikrlarga alohida e’tibor qarata boshladim. Va nihoyat hayotim butunlay o‘zgardi. Nafsimda xotirjamlik va ruhiyatimda sukunat his qila boshladim. Ey bechora ruhim, seni qancha vaqtdan beri haqiqiy ozuqangdan mahrum etib kelayotgan ekanman-a?! Men kiyim-kechaklar, yeguliklar, tillo-kumushlar bilan seni baxtiyor qildim deb yurgan ekanman..! Endi bilsam seni baxtiyor qiladigan, saodatingga sabab bo‘ladigan ish -  seni Yaratgan Zotga yaqinlashtirish, tezda Uning huzuriga qaytadiganing Alloh taologa yo‘naltirish ekan. “Ey xotirjam-sokin jon, Sen (Alloh ato etgan ne’matlardan) rozi bo‘lgan (va Alloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt!” “Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur” Ha.. Darhaqiqat sening zikring ila orom topdim, xotirjamlikka erishdim, Robbim... 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Imom Zahabiy rahmatullohi alayh aytadilar: «Ayol kishi quyidagilarga rioya qilishi lozim: • eridan doimo hayo qilish; • erini
Imom Zahabiy rahmatullohi alayh aytadilar: «Ayol kishi quyidagilarga rioya qilishi lozim: • eridan doimo hayo qilish; • erining oldida ko‘zini tiyish; • erining buyrug‘iga bo‘ysunish; • eri gapirganda sukut saqlash; • eri kelganda kutib olish; • erining jahli chiqadigan ishlarni qilmaslik; • eri ketayotganda kuzatib qo‘yish; • eri uxlashga yotganda o‘zini unga go‘zal suratda namoyish qilish; • eri yo‘qligida uning mol-mulkiga va nomusiga xiyonat qilmaslik; • eri uchun doim xushbo‘y bo‘lish; • eri uchun tishlarni doim toza tutish; • xushbo‘y iforlardan, atirlardan faqat eri uchun foydalanish; • erining oldida doim chiroyli, toza kiyinish; • erini g‘iybat qilmaslik; • erining oilasi va yaqinlarini hurmat qilish; • bergan kam narsasini ham ko‘p o‘rnida ko‘rish». 📖©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad «Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

Usmon ibn Zoida rohimahulloh Imom Ahmad rohimahullohga qarata shunday degan ekan: “Ofiyat o‘n qismdan iborat, shundan to‘qqiz
Usmon ibn Zoida rohimahulloh Imom Ahmad rohimahullohga qarata shunday degan ekan: “Ofiyat o‘n qismdan iborat, shundan to‘qqiztasi (sherigining yoxud odamlarning aybidan) ko‘z yumishdadir”. Shunda Imom Ahmad rohimahulloh javoban: “Ofiyat o‘n qismdir, o‘ntasi ham aybdan ko‘z yumishdadir”, debdilar. Suyganlarimizning muhabbatini qozonish uchun ularning aybidan o‘tib yuborsak, bu naqadar yaxshi! Oilaviy hayot kemasini xotirjamlik, eminlik bilan boshqarsak, kemamiz xatolar to‘lqiniga yengilmasa, ag‘darilib ketmasa, bu naqadar yaxshi! Mehr-muhabbat davomli bo‘lishi uchun boshqalarning aybini o‘tib yuborgan, kamchiliklarini yashirganlarga Alloh rahm aylasin! “Yusuf buni ko‘ngliga tugib qo‘ydi, ularga oshkor qilmadi”. (Yusuf surasi, 77-oyat) Qalb yumshoq bo‘lishi ayb sanalmaydi! Odamlarning aybidan o‘tib yuborish, ko‘z yumish ahmoqlik sanalmaydi! Kechiruvchanlik, odamlarning zulmiga javob qaytarmaslik zaiflik hisoblanmaydi! Indamaslik – taslim bo‘lish, bo‘yin egish degani emas! Aksincha bu xislatlarning bari nafs tarbiyasi va Allohga ibodatdir! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

QALBINGIZ SALOMATMI?! Qalbi gina-qudurat va hasaddan xoli, salomat bo‘lgan kishidan ham baxtlisi bo‘lmasa kerak?! Bunday kish
QALBINGIZ SALOMATMI?! Qalbi gina-qudurat va hasaddan xoli, salomat bo‘lgan kishidan ham baxtlisi bo‘lmasa kerak?! Bunday kishi boshqalarni ne’mat uzra turganini ko‘rsa, ular uchun xursand bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlarini yod etadi: "Yo Alloh! Men va maxluqotlaringdan biri bir ne’mat ustida tong ottirar ekan, u faqat Sendandir! Sening sheriging yo‘qdir!" Biror kishini aziyat ustida ko‘rsa, unga rahmi keladi va Alloh taolodan uning mushkulini oson qilishini so‘raydi. Mana shunday kishi qalbi salomat kishidir: "U kunda na mol manfaat berar va na bolalar. Magar kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelar, (o‘sha manfaat topar)" (Shuaro surasi, 88-89-oyatlar). 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bir kishi Abu Zarr roziyallohu anhuning uylariga kirib ko‘zlari o‘ynab turardi. Keyin: “Ey Abu Zarr! Buyumlaringiz qayerda?”,
Bir kishi Abu Zarr roziyallohu anhuning uylariga kirib ko‘zlari o‘ynab turardi. Keyin: “Ey Abu Zarr! Buyumlaringiz qayerda?”, dedi. Abu Zarr: “Bizning uyimiz bor, eng yaxshi buyumlarimizni o‘sha uyga yuboryapmiz”, dedi. Ya’ni, bizning uyimiz jannatda bo‘ladi, uni solih amallar orqali barpo qilamiz, degani. Siz dunyoda bo‘lganingizdan keyin, narsalaringiz bo‘lishi kerak-ku! dedi. Abu Zarr: “Uyning egasi bizni bu yerda tashlab qo‘ymaydi. Uyning egasi axir Alloh emasmi! Alloh taolo aytadi-ku: “Bu hayoti dunyo faqat bir (arzimas) buyumdir. Albatta Oxiratgina (mangu) qarorgoh bo‘lgan diyordir”, dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ham: “Mening dunyo bilan nima ishim bor! Men bilan dunyoning misoli xuddi bir daraxt soyasida bir oz tin olib keyin yana yo‘lida davom etadigan kishiga o‘xshaymiz”, dedilar. (Termiziy va Ahmad rivoyati). 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Qo‘li shirin qizim Men maktabda o‘qib yurgan paytlarimdanoq har xil pishiriqlar pishirishga, turli xil ovqatlar tayyorlashga
Qo‘li shirin qizim Men maktabda o‘qib yurgan paytlarimdanoq har xil pishiriqlar pishirishga, turli xil ovqatlar tayyorlashga qiziqar edim. Ayniqsa barchaga tansiq bo‘lgan taomlarni tayyorlash jonu dilim. Tayyorlagan shirinliklarimni, taomlarimni likopchalarga bezatib solishni ham o‘rniga qo‘yaman. Dadamning kechki ovqatdan so‘ng “Mening pazanda qizim, qo‘li shirin qizim”, deya maqtashlaridan boshim osmonga yetadi. Lekin onam biroz kamchiligimni topib, kelasi safar bunday qilmasligimni tushuntirib turadilar. Mening qo‘li shirin pazanda bo‘lishimda ota-onamning hissalari katta. Men ulardan juda minnatdorman. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Quyidagi ishlar er-xotin orasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi: - Gunohlar - Taqvoning sustligi - Yotoqxonaga oid i
Quyidagi ishlar er-xotin orasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi: - Gunohlar - Taqvoning sustligi - Yotoqxonaga oid ishlarda kamchilikka yo‘l qo‘yish - O‘zini yaxshi ko‘rish va o‘zgaga haddan ziyod suyanib qolish - Keragidan ortiq rashk qilish - Erning va farzandlarning haqlari orasini noto‘g‘ri taqsimlash - Uzoq vaqt sukut saqlash va bekorchilik - Ta’minot borasidagi kelishmovchiliklar va kuchi yetmaydigan xarajatlarni bo‘yniga olish - Hadeb dakki beraverish - Ko‘p nolish va g‘azab qilish. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Darhaqiqat, kiyim eskirib borgani kabi qalbingizdagi iymon ham zaiflashib bo
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Darhaqiqat, kiyim eskirib borgani kabi qalbingizdagi iymon ham zaiflashib boradi. Shu tufayli Alloh taolodan qalbingizdagi iymonni yangilashini so‘ranglar”. Qalbdagi iymon vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi. U ziyoda bo‘lish va quvvatlanishi uchun yangilanishga muhtoj. Bu huddi kiyimning eskirishiga o‘xshaydi.  Yap-yangi kiyim vaqt o‘tgan sayin eskirib borib, uni yangilashga ehtiyoj paydo bo‘ladi-ku. Kiyimni yangilash igna-ip bilan, iymonni yangilash esa ibodatni ko‘paytirish, duo va tazarru qilish bilan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadisi shariflarida  Alloh yo‘lidagi muhabbat iymonning bir bo‘lagi ekanini aytganlar: “Iymonning eng mustahkam arqoni bu Alloh yo‘lidagi do‘stlik, Alloh yo‘lidagi dushmanchilik, Alloh yo‘lidagi muhabbat va Alloh yo‘lidagi nafratdir.” Bu muhabbat ham zamonlar o‘tishi bilan bo‘shashib, zaiflashib boradi. Iymon qayta quvvatga to‘lishi uchun ushbu muhabbat yangilanishga va mustahkamlanishga muhtojdir. Bundan kelib chiqadiki, biz va farzandlarimiz o‘rtasidagi muhabbat ham vaqt o‘tishi bilan, hayotiy qiyinchiliklar va mushkulliklar paydo bo‘lishi bilan zaiflashib borar va iymonimiz singari u ham yangilanishga va mustahkamlanishga muhtoj bo‘lar ekan. Ushbu muhabbatni yangilay olsak farzandlarimizni yanada yaxshiroq tarbiya qila olamiz. Ushbu yo‘lda yanada sabrli bo‘la olamiz. Islom dini shariatga zid bo‘lmagan istalgan uslub bilan o‘rtadagi muhabbatni yangilashga targ‘ib qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Qachon sizlardan biringiz birodariga muhabbat qo‘ygan bo‘lsa, unga muhabbat qo‘yganini bildirib qo‘ysin. Chunki bu do‘stlikni bardavom qiladi va muhabbatni mustahkamlaydi”.        📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy "Mehr oyi"  kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr

Orif zotlardan biri aytadi: "Odamlar azizlikni podshohlar eshigidan izlashadi. Lekin ular azizlikni faqat Alloh taoloning toa
Orif zotlardan biri aytadi: "Odamlar azizlikni podshohlar eshigidan izlashadi. Lekin ular azizlikni faqat Alloh taoloning toatida topishadi". Gunohlarning katta-yu kichigini taqvo bilan ariting. Bu tikonli yo‘llardan ehtiyot bo‘lib, himoyalangan holda yuring. Hech bir kichik narsani past sanamang. Tog‘lar ham changlardan iboratdir. Gunohlarni kichik deb beparvo bo‘lmang. Mas’iyatning kichikligiga emas, siz ma’siyat qilayotgan Zotning ulug‘ligiga qarang! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Nafsingizga qarshi doimo kurashing va sizning nafsingiz ham Allohning muhabbatiga to‘yingan mutmainna nafslardan bo‘lishini s
Nafsingizga qarshi doimo kurashing va sizning nafsingiz ham Allohning muhabbatiga to‘yingan mutmainna nafslardan bo‘lishini so‘rab duo qiling. Mut’mainna nafs taqvo ila orom topgan, hidoyat yo‘lida mahkam turgan bo‘ladi, u shahvatlarning ketidan ergashib ketmaydi, yalt-yultlar uni yo‘ldan urmaydi, internetdagi pastkashliklar uchun o‘zini xorlikka tashlamaydigan bo‘ladi. Alloh taolo Mut'mainna nafs borasida shunday degan: “Ey xotirjam-sokin jon, Sen (Alloh ato etgan ne’matlardan) rozi bo‘lgan (va Alloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt! Bas, (solih) bandalarim qatoriga kirgin, va Mening jannatimga kirgin!”. Fajr surasi, 27-30 - oyatlar 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Ehson bog‘i To‘rt gektarga yaqin katta bog‘imiz bor. Mevali daraxtlarimiz juda ko‘p. Har yili bir necha yuz kilogramm meva be
Ehson bog‘i To‘rt gektarga yaqin katta bog‘imiz bor. Mevali daraxtlarimiz juda ko‘p. Har yili bir necha yuz kilogramm meva beradi. Albatta bu miqdor oilamiz uchun yetib ortadi. Shu sababli har bir farzandimga vazifa yuklaganman. Ya’ni, yon atrofimizdagi qo‘shnilar, uzoqroq mahalladagi nochorroq, qo‘li yupunroq oilalarga pishiqchilik boshlanishi bilan yig‘ilgan hosildan olib borib berishadi. Ular har yili men aytmasam-da, bu vazifani chin dildan bajarishadi. Shunga odatlanishgan. Bu bilan mevalarning uvol bo‘lishini oldini olgan, qo‘shni haqqini ado etgan, qolaversa, farzandlarimni mehribon, qo‘li ochiq, xayr-ehsonli insonlar bo‘lib ulg‘ayishlarini ta’minlagan bo‘laman, inshаalloh. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadi: “Uchta narsa birodaring (suhbatdoshing) qalbida senga bo‘lgan muhabbatni qaror topti
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadi: “Uchta narsa birodaring (suhbatdoshing) qalbida senga bo‘lgan muhabbatni qaror toptiradi: O‘tirgan joyingda unga kengchilik qilishing, uni ismi bilan chaqirishing, suhbatni salom bilan boshlashing”. Suhbatdoshning so‘ziga ham quloq bilan, ham ko‘z bilan, ham qalb bilan, ham iqbolli yuz bilan quloq solish kerak. Uni eshitish asnosida javobni o‘ylash bilan mashg‘ul bo‘lmaslik kerak. Hakim zotlardan biri o‘g‘liga shunday degan ekan: “O‘g‘lim, chiroyli gapirishni o‘rganganingdek, chiroyli eshitishni ham o‘rgangin. Odamlar gapirishdan ko‘ra eshitishga ishtiyoqmandroq ekaningni bilishsin!” 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Ey fozila ayol! Uydagi sirlar omonatdir. Ularni yoymaslik sizning vazifangiz. Bu omonatga xiyonat qilsangiz, eringizning sizg
Ey fozila ayol! Uydagi sirlar omonatdir. Ularni yoymaslik sizning vazifangiz. Bu omonatga xiyonat qilsangiz, eringizning sizga bo‘lgan ishonchi o‘ladi. Muhtaram ayol! Birovlar bilan gaplashganda oilaviy sirlarni suhbat mavzusi qilib olmang. Sizning ichingizga sig‘magan gap dugonangizga sig‘adi deysizmi? Ey ayol! Oila sirlarini saqlashingiz shariat buyurgan amrdir. Bu ham ibodat sanaladi. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

FARZANDINGIZGA SHAXSIYATINI YUKSALTIRISHGA KO‘MAKLASHING Farzandingiz hali ishlov berilmagan qimmatbaho tosh kabidir. Yoshlig
FARZANDINGIZGA SHAXSIYATINI YUKSALTIRISHGA KO‘MAKLASHING Farzandingiz hali ishlov berilmagan qimmatbaho tosh kabidir. Yoshligida unga yaxshilikni o‘rgatsangiz, uning ustida voyaga yetadi. Dunyo va oxirat saodatiga erishadi. Uning qiladigan har bir amalida savobiga sherik bo‘lasiz. Agar uni e’tiborsiz tashlab qo‘ysangiz, yomon va fasod yo‘llarga kiradi va uning ustida voyaga yetadi. Dunyo va oxiratini boy beradi. Uning qilgan barcha yomonliklarining yuki sizning bo‘yningizda bo‘ladi. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Haqiqiy taqvo nima? Ibn Abbos roziyallohu anhudan “Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar”, oyatidagi “ro
Haqiqiy taqvo nima? Ibn Abbos roziyallohu anhudan “Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar”, oyatidagi “rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar”ning ma’nosi haqida so‘rashganida u kishi: “Bu itoat qilib, isyon qilmasligingiz, shukr qilib, nonko‘rlik qilmasligingiz, Allohni eslab, unutib yubormasligingiz”, deb javob bergan ekanlar. Taqvoga berilgan ta’riflar orasida eng go‘zali hazrati Ali roziyallohu anhuning mana bu so‘zlaridar: “Taqvo bu – Allohdan qo‘rqish, Qur’onga amal qilish, oziga qanoat qilish, qiyomat safariga tayyorlanish”. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Amaliy tavsiya Farzandlaringiz bilan xotirjam holda suhbatlashing. Har birlaridan birma-bir qaysi duoni yoqtirishlari, ular u
Amaliy tavsiya Farzandlaringiz bilan xotirjam holda suhbatlashing. Har birlaridan birma-bir qaysi duoni yoqtirishlari, ular uchun nima deb duo qilinishini xohlashlari haqida so‘rang. Aytgan duolarini yozib qo‘ying va farzandingizning ismini ham qayd qilishni unutmang. So‘ngra siz o‘zingiz qaysi duolarni yaxshi ko‘rishingizni, farzandlaringiz sizni hayotlik chog‘ingizda va vafotingizdan so‘ng qanday duo qilishlarini istashingizni ayting. Xullas, ushbu hadisi sharifda xabari berilgan duogo‘y farzandlardan bo‘lishlari harakatini qiling. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qachonki odam bolasi o‘lsa, amali kesiladi. Magar uch narsadan: joriy sadaqadan, manfaat oladigan ilmdan va uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi”, dedilar»  (Imom Muslim rivoyati).        📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy "Mehr oyi"  kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr

Xotin eri yo farzandiga qilgan biron xizmati uchun maqtov eshitishi, olqishlar olishi oila hayotiga ko‘rk bag‘ishlaydi, unga
Xotin eri yo farzandiga qilgan biron xizmati uchun maqtov eshitishi, olqishlar olishi oila hayotiga ko‘rk bag‘ishlaydi, unga mazali ta’m beradi. Maqtov ruhiy mukofotdir. Zero, oilaviy hayotga tahsin va olqishlar kirib turmasa, oila sustlashib qoladi. Qolaversa, inson biron ishni uddalasa, tabiatan maqtalishni sevadigan jonzot. “Maqtasam ayolim o‘zidan ketib qoladi” degan fikr gohida ayolni maqtashdan to‘sib turadi. Unutmang: shaxsiyatni maqtash boshqa, uning xislatini maqtash boshqa. Ayolingizning shaxsini olqishlasangiz o‘zidan ketib qolishi mumkin, ammo uning biron xislatini yo yoqimli jihatini maqtasangiz bunday bo‘lmaydi, aksincha, yanada harakat qiladi, intiladi.  Sababi maqtov katta ruhiy mukofotdir.   ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

Onam aytgan qissa Ko‘pchilik aka-ukalar bolalikda bir-birlari bilan janjallashadilar. Ba’zida uy ishlarining taqsimotida, bos
Onam aytgan qissa Ko‘pchilik aka-ukalar bolalikda bir-birlari bilan janjallashadilar. Ba’zida uy ishlarining taqsimotida, boshqa payt televizor ko‘rish navbatida, yo bo‘lmasa yana nimadir muammo chiqib aka-ukalar va opa-singillar orasida kelishmovchilikka sabab bo‘ladi. Barcha ota-onalar bunday vaziyatlarda bolalarni tinchlantirishga, kattaga sen kattasan, kichikka sen kichiksan, deb o‘zaro murosaga chaqirishga urinadilar. Bizlarda ham bunday holatlar bo‘lib turardi. Shunda onam bizlarni bir xonaga kiritib, bu ishimiz yaxshi emasligini tushuntirardilar. Ayniqsa “uyat bo‘ladi” so‘zini ko‘p takrorlardilar. Ko‘pincha ibrat namunasi sifatida Yusuf alayhissalom qissasini aytib berardilar. Qissada Yusuf alayhissalomning akalari tomonidan quduqqa tashlanganlari, chekkan zahmatlari, qiyinchiliklardan tortib Misrga podshoh bo‘lganlarini, shuncha qiyinchilik tortgan bo‘lsalar-da, ukalarini kechirganlarini eshitar ekanmiz, bir-birimizga zimdan qarab qo‘yar edik. Onam “Sizlar ham bir-biringizdan uzr so‘ranglar-da, boshqa bunday qilmanglar”, deya bizni yarashtirar edilar. Bu qissa keyinchalik bizlarga yod bo‘lib ketdi. Endi biz ham bu ibratli qissani farzandlarimizga aytib beryapmiz. Qur’oni karimda keltirilgan qissalarning barchasidan tarbiya manbai sifatida foydalanib, farzandlarimizni yoshlik chog‘laridanoq bu qissalarni o‘qishga, mushohada qilishga o‘rgatmog‘imiz lozim. Axir Qur’oni karim Allohning kalomi, uni farzandlarimizga o‘qib-o‘rgatish biz ota-onalarning burchimizdir. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr