302
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
302
ROSTGO‘YLIK NAJOTKORINGIZDIR, AGARCHI UNDAN QO‘RQSANGIZ HAM
Xulq-atvorlar ichida rostgo‘ylikdanda chiroyli biror xulq yo‘q. Shu bilan birga buzg‘unchilik bobida insonning yolg‘onchiligiga yetadigani ham topilmaydi.
Payg‘ambar alayhissalom: “Rostgo‘ylikni lozim tutinglar! Chunki u yaxshilik bilan hamrohdir. Ikkisi ham jannatdadir. Yolg‘onchilikdan tiyilinglar! Chunki u yomonliklar bilan birgadir. Ularning ikkalovi ham do‘zahda”, dedilar.
O‘g‘lining yolg‘on gapirayotganini eshitgan a’robiy unga:
“Bolam, aldoqchi odam Robbining azobiga duchor bo‘ladi. Unday odam haqni aytsa ham odamlar unga ishonmay qo‘yishadi. Yaxshilik qilmoqchi bo‘lsa ham, omadi kelmaydi. Nimaiki rost gap aytilsa u aytmagandir deyishadi, qanday yolg‘on gap uchrasa, o‘sha odamga to‘nkashadi”, dedi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: “Meni rostgo‘ylik xor qilishi, agarchi kam uchrasa ham, men uchun yolg‘on meni ko‘klarga ko‘tarishidan yaxshiroqdir, bu ham kam uchraydi”.
🔹Shoir aytadi:
Dunyoda rost so‘zlamoq oni aytg‘on kishiga xo‘b yaxshidur,
Yolg‘on demoq Robbu-nosning nazdida xo‘b benaqshidur.
Rostgo‘ylik shundayin bir ulovki ozgina toyilsa ham, unga mingan kishi halokatga yuz tutmas!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
HIKMATLI BO‘LING!
Hikmat hatto kuppa-kunduzi ham yo‘lingizni yoritadigan chiroqdir. U mo‘min kishining qayerda topsa ham oladigan yo‘qotib qo‘ygan narsasidir. "Kimga hikmat berilsa, unga ko‘p yaxshilik berilgan bo‘ladi"
(Baqara surasi 269-oyat).
Aytishlaricha, hikmat xuddi sukut va taammul kabi o‘zi uchun bir bino barpo qilishni xohlagan, ammo unga yer topa olmagan narsadir.
Hikmatning birinchi martabasi: qanday sukut saqlashni bilishdir.
Ikkinchisi: qanday oz gapirishni va agar gapirsa, qanday moʻtadil bo‘lishni bilishdir.
Uchinchisi: agar so‘zingiz ko‘p bo‘lsa, qanday qilib chegaradan chiqmaslik va xatolikka yo‘l qo‘ymaslikni bilishdir.
Boshqalarning qoqilishlarini bilmaganga olish ham hikmatdandir.
Hakim kishi bilimsiz kishining yanglishini kechiradi. O‘zini nafrat va g‘azabdan tiyadi.
Hakim kishi dushmanlaridan bilimsiz kishi do‘stlaridan olgandan ko‘ra ko‘proq foyda oladi.
Hakimlardan biridan so‘rashdi: "Hikmat asoslarini kimdan olish lozim?".
Hakim javob berdi: "Ko‘rlardan. Chunki, ko‘r kishi yerga qadam tashlashidan oldin hassasi bilan bosadigan joyini aniqlashtirib oladi".
Narsalarning haqiqatiga yetishmasdan turib hukm chiqarishga shoshilmang.
Ko‘p holatlarda narsalarning haqiqatining aksini ko‘ramiz. Chunki, o‘zimiz mavzularni o‘qish bilangina kifoyalanamiz. Masalaning mohiyatiga ko‘p ham kirmaymiz.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Ekin ekayotganingizda yaxshi ko‘chat tanlaganingiz singari gapirayotganingizda ham eng yaxshi gaplarni saralab gapiring!
Eshituvchilarga ta’siri bo‘ladigan, sohibining sha’nini ko‘taradigan gaplarni tanlab gapiring. Zero, yaxshi gapning samarasi vaqt o‘tib qaytadi. Ko‘chat ekkaningizda hosili tezda unib chiqishini kutmaganingizdek, gapingizning samarasini ham darhol talab etmang, vaqti kelib o‘zi ko‘rinadi.
Yaxshi so‘zlarni ekishdan to‘xtamang, shunda birin-ketin hosilini ko‘rib boraverasiz.
Alloh taolo aytadi: “Alloh yaxshi so‘zga qanday misol keltirganini ko‘rmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga o‘xshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda”.
(Ibrohim surasi 24-oyat)
📖©️ Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Pul berishda to‘g‘ri tarbiya
Bolalik paytlarimdanoq dadam menga kattalardek munosabatda bo‘lardilar.
Atayin bozorlarga olib borib ro‘zg‘or qilishni, pulni to‘g‘ri sarflashni o‘rgatardilar. Menga ishonganlaridan bo‘lsa kerak, keragidan biroz ortiqroq pul berar edilar-da:
“Ortgan pulga singillaringga muzqaymoq olib ber”, der edilar. Gohida esa: “ Ortgan pulni yig‘ib qo‘y, zarur bo‘lib qolganda ishlatasan”, derdilar. Darhaqiqat, ko‘pincha ro‘zg‘orda biror narsa bo‘lmay qolsa, darrov do‘konga chiqib olib kelar edim.
Yig‘ilib qolgan pullarimdan ba’zida onam, opam, hatto do‘stlarimga ham zarurat bo‘lganida berib turardim.
Mana, oradan 20 yil o‘tibdi. Yoshlikdagi pul sarflashim odat bo‘lib qolgan. Hozir ham qo‘limga pul tushdimi, birinchi navbatda o‘zimning va oilamning ehtiyojlariga sarflayman. Ortiqcha yoki atayin ajratib qo‘ygan pulimni qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stlarimdan muhtojlar bo‘lsa beraman.
Xayrli ishlar qilishni yaxshi ko‘raman.
Otajon ko‘p narsalarni o‘rgatgan ekansiz.
Buning uchun sizdan bir umrga minnatdorman.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
Oilaviy hayotning ilk kunlaridanoq er-xotin bir-biriga to‘la mos kelishi shart emas. Boshida ozgina muvofiqlikka ko‘nib, sabr qilib tursak, keyinchalik bu doira kengayib boraveradi. Manfaatlar, fikrlar va tuyg‘ular mushtarakligi vaqt o‘tishi bilan shakllanadi. Eng muhimi har kuni juftlar bir-birlarini ko‘proq tushunishga, bir yoqadan bosh chiqarishga urinsalar, bas, tez orada maqsadga erishishadi.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
Repost from Gʼiyosiddin Habibulloh
Oila - saodat maskani kitobining ovozlashtirilgan variantini quyidagi linkdan eshitishingiz mumkin:
https://youtube.com/playlist?list=PLGpmEUREA89QTGTBQrqCmn0uzv7FLFMwG
https://t.me/GiyosiddinHabibulloh
302
KEKSA YOSHDAGI OTA-ONANGIZGA QANDAY MUOMALA QILASIZ?
Siz ham yoshlik paytlaringizda ota-onangizning g‘amxo‘rliklariga muhtoj bo‘lganingiz kabi bugungi kunda ular ham sizning mehr-muhabbatingizdan umidvor.
“Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — xokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!”.
Ular bilan birorta fikrda tortishmang, har bir ishning talaygina yechimi bo‘ladi.
Yoshi keksalarni jerkimang va qaysi ish bo‘lishidan qat’i nazar tezroq bo‘lishini talab qilmang!
Qariyalar uzoq o‘tmish, hayotiy tajribalar, moziyda bo‘lgan voqealar haqida gapirishdan rohatlanishadi.
Ularning bu gaplariga quloq soling va hayratingizni izhor qiling!
Yoshi keksayib, qulog‘i og‘irlashib qolgan kishi bilan suhbatlashayotganingizda, sizni yaxshiroq eshitishi uchun baland-baland gapiring.
Unaqa vaziyatda boshqalar bilan past ovozda gaplashmang. Chunki bu ko‘rinish yoshi keksa odamning dilini ranjitadi.
Yoshi katta odam birorta ishni imillab qilsa, bezovtalanmang. Unaqa yoshdagilarimiz voqelikka mos harakat qilishlari uchun ozgina ko‘proq vaqt talab qilinadi.
Unutmang, otaning o‘z bolasining haqqiga qilgan duosi rad etilmaydigan duolar sirasidandir.
Shunaqangi duolarning ko‘pini olishga ulgurib qoling!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Amaliy tavsiya
Qog‘oz va qalam olib farzandlaringizning har biriga alohida-alohida kichik bir maktub yo‘llang. Maktubda ularning hayotga bo‘lgan qiziqishlari va umidlarini qayta uyg‘otadigan, Allohning afv-mag‘firatiga chaqiradigan so‘zlarni biting. “Bolajonim, sendagi menga eng yoqadigan xislat bu...” deya sarlavha qo‘ying va farzandingizdagi o‘ziga xos qobiliyatni eslating. Bu uning qalbiga quvonch olib kiradi.
Bu eng yaxshi amallardan ekanini unutmang. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning nazdida amallarning eng suyuklisi musulmonning qalbiga kiritgan xursandchiligingdir yoki undan biror musibatni aritishingdir yoki uning qarzini uzishingdir yoki ochligini ketkazishingdir”, dedilar».
📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy
"Mehr oyi" kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
O‘tgan yil va kelgusi yil
Har yil tugaganda ichimizda o‘zimizga savol beraylik:
Mana bir yil o‘tib, keyingi yil keldi.
Xo‘sh biz qayerdamiz? Hayotimiz davomida to‘g‘ri yo‘lda bormoqdamizmi?
Olamlar Robbi bilan qanday muomaladamiz?
Aloqamiz qanday? Agar aloqamiz yaxshi bo‘lmasa bu yil yaxshilaylik. Agar odamlarga o‘z xulqimiz bilan namuna bo‘lmayotgan bo‘lsak, endi bo‘laylik! Agar har kuni o‘zimizdan qandaydir sadaqai joriya qoldirmayotgan bo‘lsak, endi har kuni shunday qilaylik. Ota-onamizni xursand qilmayotgan, ularga yaxshilik qilmayotgan bo‘lsak, endi qilaylik!
Agar o‘tgan yilimizda ummat g‘amida yashamagan bo‘lsak, bu yildan shunday yashaylik.
Doim yaxshi ishlarga qo‘l urish bilan band bo‘lmagan bo‘lsak, endi shunday bo‘lsin. Hayotda hali maqsadimizni topib ulgurmagan bo‘lsak, shu yili topaylik!
O‘tgan yili vaqtimizni g‘animat bilmagan bo‘lsak, endi g‘animat bilaylik!
Shular haqida o‘ylab, amalga oshirishga harakat qilib qolmasak, yillar tobaro o‘tib bormoqda. Bu ketishda imkoniyatni qo‘ldan boy berib qo‘yishimiz hech gap emas!
Har birmiz yangi yilimiz uchun maqsadlarimizni belgilab olaylik. Katta-katta rejalarni oldimizga qo‘yaveraylik.
Zero, inson zotida chegaralanmagan imkoniyat, katta iqtidor mavjud. Agar kuchli irodaga va oldinga qo‘yilgan aniq maqsadlarga ega bo‘lsak, hammamiz ham bu iqtidordan foydalanishga qodirmiz!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Erkak kishi ayolini ko‘p tanqid qilaverishi uning ruhiyatiga juda salbiy ta’sir qiladi. Natijada o‘ziga ishonmay qo‘yadi, erini rozi qilish uchun sarflagan mehnatiga achina boshlaydi, afsuslanadi.
Erim baribir harakatimni qadrlamadi, deb o‘kinadi.
Siqilib qoladi.
Oqil, muruvvatli er ayolini sal narsaga urishavermaydi, aksincha, unga uzr izlab, aybini to‘g‘ri tushunishga urinadi.
Tanbeh berishga arzigulik ish bo‘lgan taqdirda ham muloyimlik bilan tushuntirish lozim. Ayolining fazilatlarini unutib, hurmatini oyoqosti qilmasdan ham aybini to‘g‘rilasa bo‘ladi.
Er anglasinki, ayol kishi uning barcha istaklarini bajo keltira olmaydi.
Jumladan, ayol ham bilib qo‘ysin, eri unga hamma narsani muhayyo qilib berishga qodir emas.
Shuning uchun ham ular bir-birlaridan o‘tadigan kamchiliklarni kechirib yuborishlari matlubdir.
Oilaning mustahkam va osudaligiga shu orqali erishiladi.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
Yangilik tez kunda...🥳
Aziz kitobxon!
Ushbu "Mehr oyi" kitobida sizlarga farzand tarbiyasiga taalluqli nasihatlar, qo'llash yengil va oson bo'lgan amaliy tavsiyalar taqdim qilamiz.
Ularning vositasida farzandlaringiz bilan o'rtangizdagi mehr-muhabbatni yangidan hosil qilishingiz va oilangizni jannatmakon maskanga aylantirishingiz mumkin...
Kitobdagi amaliy tavsiyalarni o‘ttiz kun – bir oyga taqsimlangan shaklda taqdim etamiz. Oyning rejasiga o‘zingizga ma’qul kelgan shaklda o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin. Mazkur oy davomida Alloh taolodan farzandlaringiz bilan munosabatingiz yaxshilanishini, oilangiz qut-barakaga to‘lishini so‘rab qolamiz.
📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy
"Mehr oyi" kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
To‘yga to‘yona
Biz oilada besh o‘g‘ilmiz.
Hozirda hammamiz uyli-joyli, bola-chaqali bo‘lib ketganmiz. Dadam bolaligimizdan bizni hamjihat bo‘lishimizga katta e’tibor berganlar.
Biror ish bo‘ladigan bo‘lsa hammamizni baravar ishlashga, qolaversa, bir mayizni qirq bo‘lib yeyishga o‘rgatganlar.
Eng katta akamiz uylanish yoshiga yetganida dadam to‘y xarajatlariga barchamiz qo‘ldan kelgancha yordam berishimizni, yetmaganiga o‘zlari qo‘shishlarini aytdilar.
Dadamning bu gaplaridan keyin barchamiz imkon darajada to‘yga o‘z hissamizni qo‘shdik. Kichik ukamiz uylangunga qadar bu an’ana davom etdi.
Dadam o‘zlariga to‘q odam edilar. Hammamizni bir o‘zlari uylantirib qo‘yishga qurbilari yetardi. Lekin bizning bir-birimizga yaqin bo‘lishimizni, og‘iru yengil kunlarda bir-birimizga yelkadosh bo‘lishni o‘ylab shunday qilgan ekanlar.
Ayni paytda beshalamiz ham har qanday vaziyatda bir-birimizning yonimizda turamiz. Uylanganimizda bir-birimizga dadamning ko‘rsatmalari bilan ko‘mak bergan bo‘lsak, endi farzandlarimizning to‘ylarini qilishda ham bir-birimizga yordam qilish oilaviy an’anaga aylangan.
Alhamdulillah, dadam hayotlar. Har juma kuni aka-ukalar yig‘ilib turishni odat qilganmiz. Gohida dadam o‘z qo‘llari bilan o‘choqda osh qilib beradilar va bundan o‘zlari zavqlanadilar. Bizning birdamligimizni, ahilligimizni ko‘rib sevinadilar.
Dasturxon atrofida barchamiz jam bo‘lamiz, yoshlikni, dadamning bizga qo‘llagan tarbiyaviy usullarini eslaymiz.
Dadam endilikda bu usulni nabiralar orasida qo‘llayotganlaridan xursand bo‘lamiz.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Dushmanning ustidan g‘alaba qozongan paytingizda ham, uning omadsizligidan quvonmang!
Dushmanlaringizning boshiga bir musibat kelsa, hech bo‘lmasa duo bilan ularga hamdard bo‘ling. Axir Alloh taolo “Shuro” surasining 43-oyatida shunday marhamat qiladi: “Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir.” Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham shunday deb duo qilardilar: “...Alloh, hasadgo‘y dushmanni mening mag‘lubiyatim sabab quvontirma”.
Odamlar bilan xusumatlashmang. Chunki, behuda olishuvlar do‘stlik arqonini uzib yuboradi, ruhiyatlar orasida to‘siq paydo qiladi. Baxtiyor kishilarning ichi tor bo‘lmaydi, aksincha ular ko‘nglini keng qilishadi va boshqalarning ayblarini ko‘tarishadi. Odamlarning yomonliklarini xotirangizdan o‘chirib tashlang-da, ularning go‘zalliklarini doimo yodingizda tuting!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Hakimlardan biri aytadi:
Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, fazilatiga erishish uchun boshqa sakkiz narsani lozim tutsin:
Kim uxlagan holatida tungi namozning fazilatiga erishishni xohlasa, kunduzi osiylik qilmasin;
Kim nafl ro‘za fazilatiga erishishni xohlasa, tilini behuda narsalardan saqlasin;
Kim ulamolarning fazilatiga erishishni xohlasa, tafakkur qilsin;
Kim uyida o‘tirgan holda mujohidlarning fazilatiga erishishni xohlasa, nafsidagi shaytonga qarshi kurashsin;
Kim ojiz bo‘la turib, sadaqa qilish fazilatiga erishishni xohlasa, ilmdan eshitganlarini odamlarga ham o‘rgatsin;
Kim qodir bo‘lmay turib, hajning fazilatiga erishishni xohlasa, jamoatni lozim tutsin;
Kim obid zotlarning fazilatiga erishishni xohlasa, odamlarning orasini isloh qilsin, ularning orasiga adovat solmasin;
Kim zohid zotlarning fazilatiga erishishni xohlasa, o‘ziga rozi bo‘lgan narsani birodariga ham rozi bo‘lsin.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
O‘zaro mehr-oqibat
Otam biz aka-ukalarning o‘zaro munosabatimizga yoshligimizdan jiddiy e’tibor qaratib kelganlar. Bizlarni bir-birimizga oqibatli bo‘lib o‘sishimiz uchun turli xil usullar o‘ylab topar edilar.
Men oilada to‘ng‘ich farzandman, mendan keyin ikkita ukam va bir singlim bor. Otam ko‘pincha menga pul berib: “Ukalaringga ham bergin”, deya tayinlar edilar. Ukalarimga ham shu gapni aytar ekanlar. Biz bir-birimizdan hech qachon pulimizni qizg‘anmaganmiz.
Ovqatlanishga o‘tirganimizda ichimizdan kimdir navbatchi bo‘lardi. Navbatchining vazifasi ovqatni barchaga teng taqsimlab bo‘lganidan so‘ng, oxirida o‘ziga qo‘yish edi.
Otam o‘zlari bilan qaysi birimizni ko‘chaga olib chiqadigan bo‘lsalar hech qachon bir o‘zimizga narsa olib bermasdilar. “Bir-biringiz bilan bo‘lishib olasizlar”, deya nima olib bersalar ham ortig‘i bilan olib berardilar. O‘z o‘rnida onam ham bir-birimiz bilan ahil-inoq bo‘lishimizni, ayniqsa, singlimizni asrab-avaylashimizni, hamisha ko‘z-quloq bo‘lishimizni tayinlar edilar. Qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘ydagi ahil-inoq oila farzandlarini bizga o‘rnak qilib ko‘rsatardilar.
Ota-onamizning pandu nasihatlari bilan ulg‘aydik. Bir-birimizni uch kundan ortiq ko‘rmasak tura olmaymiz. Oilaviy yig‘ilishlarimiz juda fayzli o‘tadi. Hozir ham yeb turgan narsamizni bir-birimizga ilinamiz, bir-birimizga yordam beramiz, ayniqsa, singlimizni suyib-ardoqlaymiz. Vaqti-vaqti bilan xabar olib turamiz. Boshimizni bir qilib, to‘g‘ri tarbiya bergan ota-onamizdan juda minnatdormiz.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Oila, jamiyat, do‘st-ulfatlar, er-xotin va qarindoshlar orasidagi rishtalarni saqlab turadigan eng katta narsa bu kechirimdir. Bu orqali inson savobga ham ega bo‘ladi.
Alloh taolo aytadi:
“Avf qilishingiz taqvoga yaqinroqdir”, “Avf qilsinlar va kechirib yuborsinlar”...
Hayotda biron erkak ham, biron ayol ham mukammal emas. Shunday ekan oila hayotida saodatni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsak, ko‘ngilni keng qilish, past kelish, o‘zganing xatolaridan o‘tib yuborish degan xislatlarni o‘zlashtirishimiz lozim.
Ayolini rostan yaxshi ko‘radigan er unga zulm qilishi mumkin emas.
Muhtaram oila boshlig‘i va oqila singlim, har qanday holatda ham aybni tan olishga odatlanish kerak. Aybini e’tirof etish aslo zaiflik, mag‘lubiyat emas, balki u haqiqiy quvvatdir, kuchdir.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
ALLOHNING ZIKRI DUNYO VA UNDAGI NARSALARDAN YAXSHIROQDIR
Har yangi kunning tonggi o‘z jamolini ko‘rsatishi bilan ko‘zlaringiz va qalb to‘ringizni qiroat bilan to‘ldiring. Iymon zikrlariga quloq tut: koinot qalbi Borliqni yaratgan Zot sari talpinishini sezasan.
Alloh taolo marhamat qiladiki: “Mavjud bo‘lgan barcha narsa hamdu sano aytish bilan U zotni poklar”.
Tonggi tasbehlar aytib Alloh taoloni zikr qiling.
Siz bu paytda uyda bo‘larsiz, balki mashinangizda ishga otlanayotgandirsiz, nima bo‘lgan taqdirda ham qalbingizni Allohning zikri ila limmo-lim aylang. “Tonggi zikrlar” kabi dasturlar yoki disketlarni eshitib keting ayni shu ishingiz – Allohning muhabbatini ichingizga joylab qo‘yadi va Alloh taolo doimo siz bilan ekani va sizni kuzatib turganini o‘zingiz ham his qilasiz. Siz osmonlaru-yerning Xoliqi bo‘lgan Alloh taolodek buyuk Zot sizning suyanchig‘ingiz ekanini anglaysiz...
Mana bu she’r doim yodda tursin:
Gar ersa qalblar Xoliqin zikridin mosuvo,
Alar jasad ichidin joy olgan tosh kabi go‘yo.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Farzandlaringizga o‘zlarini qozi qiling
Ko‘pincha farzandlaringizga biror tansiqroq shirinlikmi, ichimlikmi olib kelsangiz, uni bo‘lib berasiz. Hammalariga teng bo‘lib bermasangiz bo‘lmaydi.
Darrov “Sen ko‘p olding, menga kam bo‘lib qoldi”, “Senga yaxshi joyi tushdi, menga oxiri – yomon joyi qolibdi” kabi xarxashalar boshlanadi.
Men mana shularning oldini olish maqsadida ular uchun nima olib kelsam-da, farzandlarimdan birini taqsimlovchi qilib qo‘ydim. Keyin kim taqsimlasa, o‘sha oxirida oladi deb tushuntirdim. Shunda taqsimlovchi o‘z-o‘zidan teppa-teng qilib bo‘lishga harakat qildi.
Chunki u o‘zining oxirida olishini, agar bo‘laklarni katta-kichik, har xil qilib qo‘ysa, o‘ziga kichik bo‘lak qolib ketishini biladi.
Bu tadbirimdan qulog‘im tinchidi.
To‘g‘ri taqsimlanganidan hech kim taqsimlovchiga e’tiroz bildirmadi.
Men bu usulni bolalarimga tatbiq qilganimda ular hali yosh edi. Hozir Allohga shukrki, ular kap-katta bo‘lib qolishdi. Taqsimot borasida hecham shikoyat qilishmaydi. Adolat bilan taqsimlashni juda yaxshi bilishadi.
O‘ylaymanki, ular bizdan keyin ham taqsimotda yanglishishmaydi.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
YEGANDEK BO‘LDIM!
"Yegandek bo‘ldim" degan g‘arib ism haqida biror kishi hech eshitganmi?
Bu Istanbuldagi kichik bir masjidning nomi.
Bu nom turkchasiga "Sanki yedim", ya’ni yegandek bo‘ldim ma’nosini ifoda etadi.
Bu ajoyib nomning ortida ajoyib hikoya bor. Istanbulda ismi Xayriddin Afandi bo‘lgan bir taqvodor kishi yashar edi.
Ushbu qahramonimiz bozorda yurganida nafsi biror bir meva, go‘sht yoki shirinlikni sotib olishga undasa, o‘ziga-o‘zi "Sanki yedim" (yegandek bo‘ldim), der edi. So‘ng o‘sha meva, go‘sht yoki shirinlikning pulini bir sandiqchaga solib qo‘yar edi.
Yillar o‘tdi. U hali-hanuz o‘zini lazzatli narsalardan tiyar va qomatini tik tutishga yetarlik narsalar bilan kifoyalanar edi.
Sandiqchadagi pullar ko‘paydi. Bu pullar bilan o‘z mahallasida bir kichik masjidni bino qilishga qurbi yetdi. Atrofidagi kishilar bu kambag‘al taqvodor kishining qissasini va bu masjidni qurishga qanday toqat hosil qilganini yaxshi bilishgani bois unga "Sanki yedim" masjidi ("Yegandek bo‘ldim" masjidi) deya nom berishdi.
Agar biz ushbu kambag‘al taqvodorning yo‘lidan yursak qanchadan-qancha faqir va muhtojlarga pul yig‘amiz. Qanchadan-qancha islomiy binolar barpo qilamiz. Qanchadan-qancha ochlarni to‘ydiramiz! Nafsimiz ehtiyojimizdan ortiq lazzatga chorlagan vaqtda unga "yegandek bo‘ldim", deb aytaylik…
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Sizga taalluqli ishlarda xato qilganlarga ham bag‘rikeng bo‘ling, ularni “bir uzri bordir”, deb oqlashni o‘rganing!
Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi gaplari ham odamlarning bir-birlariga aytgan ba’zi gaplari yoki xatolari borasida kengfe’lli bo‘lishga targ‘ibdir:
“Birortangiz Abu Zamzamday bo‘lishga kuchi yetmaydimi?!... U qachon uyidan chiqsa, men o‘z obro‘yimni odamlarga sadaqa qildim, der edi”.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr