fa
Feedback
NUN NASHR

NUN NASHR

رفتن به کانال در Telegram
302
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, qiyomat qachon, ey,
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, qiyomat qachon, ey, Allohning Rasuli, deb savol so‘radi. Rasululloh alayhissalom: “U kunga nima hozirlading”, dedilar. Boyagi sahobiy javob berib shunday dedi, men u kun uchun ko‘p namoz, ro‘za, sadaqotlar tayyorlagan emasman. Biroq men Alloh va u Zotning Rasuliga muhabbat qilganman, yaxshi ko‘raman. Rasululloh, sen o‘zing suyganlar bilan birga bo‘lasan, dedilar. Hadisning roviysi bo‘lmish Anas roziyallohu anhu: “Biz Rasulullohning “sen o‘zing suyganlar bilan birga bo‘lasan”, degan gaplaridan ko‘ra boshqa biror narsaga bunchalik xursand bo‘lmagan edik. Men ham Rasulullohni, Abu Bakr va Umarni yaxshi ko‘raman va men u zotlar kabi amal qilmayotgan bo‘lsam ham, ularga bo‘lgan muhabbatim sababidan u zotlar bilan birga bo‘lish umididaman”, deganlar”. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Boshqalar haqida yaxshi gumon qiling. Biror ish nojo‘yadek ko‘rinsa yaxshi ma’noga yo‘ying. Samimiy va xushmuomala bo‘ling! H
Boshqalar haqida yaxshi gumon qiling. Biror ish nojo‘yadek ko‘rinsa yaxshi ma’noga yo‘ying. Samimiy va xushmuomala bo‘ling! Hissiyotga berilmang, chunki bu aql chirog‘ini o‘chiradi. Biror muommoga duch kelsangiz bosiqlik bilan uni hal qilishga urining. Jahl bilan yondoshmang. Avvalo muammoni yaxshilab o‘rganing, nimadan kelib chiqqanini aniqlang. Nima ma’qul, nima noma’qul ekanini ajratib oling. Xatolarni e’tirof eting! Unutmang, odamlar gapingizga qarab emas, qilayotgan ishingizga qarab baho berishadi! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

QALBINGIZ SALOMATMI? Qalbi gina-kudurat va hasaddan xoli, salomat bo‘lgan kishidan ham baxtlisi bo‘lmasa kerak?! Bunday kishi
QALBINGIZ SALOMATMI? Qalbi gina-kudurat va hasaddan xoli, salomat bo‘lgan kishidan ham baxtlisi bo‘lmasa kerak?! Bunday kishi boshqalarni ne’mat uzra turganini ko‘rsa, ular uchun xursand bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlarini yod etadi: "Yo Alloh! Men va maxluqotlaringdan biri bir ne’mat ustida tong ottirar ekan, u faqat Sendandir! Sening sheriging yo‘qdir!" Biror kishini aziyat ustida ko‘rsa, unga rahmi keladi va Alloh taolodan uning mushkulini oson qilishini so‘raydi. Mana shunday kishi qalbi salomat kishidir: "U kunda na mol manfaat berar va na bolalar. Magar kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelar, (o‘sha manfaat topar)" (Shuaro surasi, 88-89-oyatlar). 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

#KÒP_BERILADIGAN_SAVOLLAR ⁉️Kitoblarni qayerdan olsak bo'ladi? "Oila - saodat maskani" kitobi sotuvda mavjud 👇 https://t.me/qamarbooks/13957 "Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobimiz yaqinda nashrdan chiqadi, Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" " Metin qoyalar" " Oqshom go‘zalliklari" kitoblari Diniy qo'mita tekshiruvidan o'tgan, hozirda bosmoxonada, Allohni izni bilan 1,2 oylarda nashrdan chiqib qoladi in sha Alloh. ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Qalbingiz eng avval Alloh taolo va Uning Rasuliga, keyin esa ota-onangiz va atrofingizdagilarga muhabbat birla to‘lib-toshsin
Qalbingiz eng avval Alloh taolo va Uning Rasuliga, keyin esa ota-onangiz va atrofingizdagilarga muhabbat birla to‘lib-toshsin. Zero, muhabbat kishini yoshartiradi, umrni uzaytiradi hamda xotirjamlik baxsh etadi. Nafrat esa qalbni baxtsizlikka ko‘madi. Muhabbat jarohatga malham bo‘lib xizmat qiladi va qalbga mehr va yaqinlik taftini soladi. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Quyidagi kitoblardan qay birining ma'lumotlari sizlarga ko'proq manzur bo'lmoqda?
Anonymous voting

Mehr-oqibat Marhum otam o‘zlari yaxshi ko‘rgan har bir narsani bizga ham bo‘lib berardilar. Albatta bu barcha otalar qiladiga
Mehr-oqibat Marhum otam o‘zlari yaxshi ko‘rgan har bir narsani bizga ham bo‘lib berardilar. Albatta bu barcha otalar qiladigan ish, lekin mening otam, hatto ichib turgan suvlarini ham bizga ilinardilar. Masalan, shirinlik tutqazib: “Qizim, shuni sen yeb qo‘ygin, men to‘yib qoldim”, deb menga berardilar. Vaholanki shirinlikka deyarli qo‘l urmaganlari bilinib turardi. O‘ylab qarasam Alloh insonlarnigina emas, barcha jonzotlarni shunday yaratgan ekan. U kichik bir jonzotdan tortib bahaybat hayvon bo‘ladimi, parranda bo‘ladimi bolasi uchun qayg‘urar ekan. Agar bunday bo‘lmasa hayot qonuniyati buziladi. Buning javobgarligi katta... Mehr ko‘rgan farzand, albatta, mehr beradi, qalbi yumshoq bo‘ladi, gunoh ishlarga qo‘l ura olmaydi. Mana, yoshim 35 dan oshgan bo‘lsa-da, haligacha otamning o‘sha odatlari ko‘z o‘ngimda turadi. Men ham yeb turgan narsamni bolalarimga otam kabi bo‘lib berishga harakat qilaman. Farzandlarimni ham o‘zaro bir-birlariga yaxshi ko‘rgan narsalarini ilinishlariga undayman, toki katta bo‘lganlarida ham bir-birlariga yeb turgan narsalarini ilinadigan, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, mehr-oqibatli og‘a-inilar, opa-singillar bo‘lishini xohlayman! ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

700 ga 1 qadam qoldi ...

Ayol eridan nima istaydi? Ayol eridan asosan uch narsa istaydi. Bularga erishsa, saodatni tuyadi, eridan rozi bo‘ladi: - Eri
Ayol eridan nima istaydi? Ayol eridan asosan uch narsa istaydi. Bularga erishsa, saodatni tuyadi, eridan rozi bo‘ladi: - Eri uni ayolligi uchun sevishini - Mehr berishini va bu mehrni farzandlari va oilaga ham ulashishini - Hurmat kutadi. Bu hurmat orqali xonadon malikasi va bekasi bo‘lishni xohlaydi. Er ayolini sevsa, uning erkakligini his etadi, ayol sifatida unga taslim bo‘ladi. Ayol ayol bo‘lishni istaydi, eri uni shu ayollik latofati bilan ko‘rishini xohlaydi. Er ayoliga mehr bersa, ayol erining go‘zal xulqini va hurmatli shaxsiyatini ko‘ra boshlaydi. Shundagina u eriga, farzandlariga va xonadoniga ehtirom ko‘rsatadi, ularning rioyasini qiladi. Jufti haloliga ehtirom ko‘rsatsa, u ham eriga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Uni uyda, oilasida podshohdek qaraydi. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh bandaga yaxshilikni ravo ko‘rsa unga amal qildiradi". Sahobalar: "Qan
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh bandaga yaxshilikni ravo ko‘rsa unga amal qildiradi". Sahobalar: "Qanaqa amal qildiradi?" deb so‘rashdi. U zot: "Unga o‘limi oldidan solih amal berib qo‘yadi (va shu amali ustida jonini oladi. Atrofidagi odamlar buni ko‘rib) undan rozi bo‘ladilar (Allohning huzurida unga guvohlik beradilar)". Har ishingizda sabablarni amalga oshirish bilan bir qatorda Allohga tavakkal qiling. "Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog‘liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman" (Hud surasi 88-oyat) Alloh bandaga tavfiq bersa uni tanlab oladi va unga yaxshilik eshiklarini muyassar etadi. Niyatingizni Alloh uchun xolis qiling, Odamlar sizni maqtashiga, ularni lol qoldirishga intilmang. Riyo, ujub va boshqa buzuq amallardan ehtiyot bo‘ling. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Alloh taologa taqvoni lozim tuting, shuning o‘zi xayrli ozuqa va a’lo nasihatdir. Zero, Alloh taolo “Taloq” surasining 2-3 oy
Alloh taologa taqvoni lozim tuting, shuning o‘zi xayrli ozuqa va a’lo nasihatdir. Zero, Alloh taolo “Taloq” surasining 2-3 oyatlarida: “Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘ylamagan tarafidan rizq berur” deya marhamat qiladi va yana xuddi shu sura 4-oyatining so‘nggida ham: “Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradur”, deya Allohga taqvo qilishga targ‘ib qilgan. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

ER KISHINING SHU’URI VA AYOL KISHINING IFFATI Er kishilarning obro‘-e’tiborlariga bo‘lgan g‘ayratlari qayerda qoldi?! Er kish
ER KISHINING SHU’URI VA AYOL KISHINING IFFATI Er kishilarning obro‘-e’tiborlariga bo‘lgan g‘ayratlari qayerda qoldi?! Er kishi o‘z ayolining yoki qizining yengil-yelpi yurishiga, ularni erkaklarning ko‘z oldilarida yem qilishga qanday toqati yetmoqda?! Xatib Bag‘dodiy Qozi Muso ibn Is’hoqning huzuriga arz qilib chiqqan ayolning hikoyasini keltiradi. Ushbu voqea Ray shahrida hij. 286-yil bo‘lib o‘tgan. Ayolning vakili erining zimmasida 500 dinorga yetadigan mahri bor ekanini da’vo qildi. Er buni inkor qildi. Qozi ayolning vakiliga guvohlarni keltirishini aytdi. Guvohlar turishdi va ulardan biri guvohlik berish asnosida ishora qilish uchun ayolga qarashi kerakligini aytdi. Ayoldan turishini so‘radi. Er: "Nima uchun turadi?", dedi. Vakil: "Ayolingga yuzi ochiq holatda qarashliklari va ishonch hosil qilib olishliklari uchun", dedi. Er: "Men zimmamda uning da’vo qilgan mahri bor ekaniga guvohlik beraman. U yuzini ochmaydi", dedi. Ayol erining gaplarini eshitgach: "Va men ham qoziga bu mahrni erimga hadiya qilganimga va dunyo va oxiratda zimmasidan xalos ekaniga guvohlik beraman", dedi. Ikki tomondan ham sodir bo‘lgan bu ko‘rinish naqadar go‘zal! Bu bir musulmon shaxsning shon-sharafini himoya qilish rashqi emasmi?! Bu ayol erining shafqatini taqdirlash va mukofotlash emasmi?! Ulug‘ va sharafli bosh uni chiroyli ko‘rsatadigan ziynatli tojga ehtiyoj sezmaydi. Fazilat bilan to‘la gavda taqdirlash uchun medal qadashga ehtiyoj sezmaydi. Kishi bor-budini berib, ayolining yuzini hech kim ko‘rmasligi uchun qilgan mudofaasini ko‘rdingizmi?! Shon-sharafni himoya qilish xislati boshqa xislatlardan ustun emasmi? Qani aytingchi, ayollariga boshqalar bilan raqsga tushishga yoki sohil bo‘yi va suv havzalarida yarim yalang‘och yurishga ruxsat berayotganlar nima deb o‘zlarini oqlashar ekan?! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Jasmin guli Hovlimiz uncha katta bo‘lmasa-da, gulzorimiz bor edi. Erta bahordan to kech kuzgacha ko‘zni quvontiradigan juda c
Jasmin guli Hovlimiz uncha katta bo‘lmasa-da, gulzorimiz bor edi. Erta bahordan to kech kuzgacha ko‘zni quvontiradigan juda chiroyli gullar o‘sardi. Bu gullar ichida eng yaxshi ko‘radiganim jasmin. Otam ko‘pincha bomdod namozidan qaytganlaridan so‘ng bir dasta jasmin gulini dars tayyorlaydigan stolim ustidagi guldonga solib qo‘yardilar. Erta tongdan jasmin ifori ila uyqudan uyg‘onish naqadar ajoyib. Go‘yo mana shu gullarda otamning menga bo‘lgan cheksiz mehrlari jam bo‘lgandek. Balki men  e’tibor nishonasi bo‘lgan mana shu gullar sabab ota-ona mehriga to‘yib, his qilib katta bo‘lgandirman. Gullar kabi yayrab-yashnab o‘sishimning sababi ham shudir. Axir ota-ona mehriga to‘ymay, his qilmay alamzada bo‘lib o‘sgan qizlar qancha... Otajon, gullar uchun sizga katta rahmat. Men sizdan butun umr minnatdorman. ©Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Allohning huzurida obro‘li edi… Ba’zi odamlar sizni taqvodor deb o‘ylashi mumkin… Yana ba’zilar notavon, yomon odam deb hisob
Allohning huzurida obro‘li edi… Ba’zi odamlar sizni taqvodor deb o‘ylashi mumkin… Yana ba’zilar notavon, yomon odam deb hisoblashi mumkin… Xullas, siz haqingizda hamma har xil gap gapiradi, lekin siz o‘zingiz qandayligingizni o‘zingiz bilasiz. Sizdan boshqa birov bilmaydigan yagona sir bu Robbingiz bilan aloqangiz siridir! Shunday ekan, maddohlarning maqtovi sizni aldab qo‘ymasin va ayblovchilarning ta’na-dashnomlari zarar bermasin! “Ha, inson o‘z nafsiga qarshi o‘zi shohiddir.  Garchi uzr-ma’zurlarini to‘kib soladir". (Qiyomat surasi 14-15 oyatlar) 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Urushga emas, muhabbatga qalblar “labbay” deydi. Qoya toshlar muhabbat bilan eriydi. “Erimni sevmayman. Uning xulqi va tabiat
Urushga emas, muhabbatga qalblar “labbay” deydi. Qoya toshlar muhabbat bilan eriydi. “Erimni sevmayman. Uning xulqi va tabiati yomon ko‘rishimga majbur etadi. Shuning uchun unga yomon muomala qilaman. U muhabbat qo‘yib, qayg‘urishimga arzimaydi” deysiz. Yodingizda tuting, eringizga muhabbat guldastasini tutqazishingiz uchun unda sizga yoqadigan xislatlar bo‘lishi shart emas. Baxtiyor oila bu mezon ustiga emas, aksincha, ayolning zakovati ustiga quriladi. Bunday ayol eri tarafdan hech bir evaz ko‘rmasa ham o‘zi muhabbat yasaydi. Bugundan siz ham eringiz bilan yangi muhabbat qissasini boshlashingiz lozim. Sevgini ishga solib eringizni muloyim, oshiq, sizni rozi qilishga harakat qiladigan turmush o‘rtoq qila olasiz. Boshida biroz qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo saodat solig‘i shu, buni to‘lashdan boshqa chora yo‘q. Bu dovondan o‘tib olsangiz doimiy huzurga erishasiz. Bugundan boshlab eringizga u eng sevimli odamingizdek munosabatda bo‘ling. Shubhasiz, bir kun kelib haqiqatda ham u eng suyukli odamingizga aylanadi. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Umar roziyallohu anhu: “Hisob qilinishingizdan oldin o‘zlaringizni hisob qilinglar. Chunki bu hisob berishdan ko‘ra yengilroq
Umar roziyallohu anhu: “Hisob qilinishingizdan oldin o‘zlaringizni hisob qilinglar. Chunki bu hisob berishdan ko‘ra yengilroqdir. Amallaringizni mezonga qo‘yilishidan oldin bir tortib qo‘ying. Sizlarga ro‘baro‘ qilinadigan, biror ishingiz yashirincha  qolib ketmaydigan kuningiz uchun tayyor turing”,  dedilar. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Hayotingizda muvaffaqiyatga qanday erishishingiz mumkin? Ko‘pchilik insonlar aslida dangasa bo‘lmaydi, shunchaki ularda biror
Hayotingizda muvaffaqiyatga qanday erishishingiz mumkin? Ko‘pchilik insonlar aslida dangasa bo‘lmaydi, shunchaki ularda biror ish qilishga turtki bo‘la oladigan arzirli maqsadlari bo‘lmaydi. Biror ish qilishni niyat qila olayapsizmi, oldingizga ma’lum bir maqsad qo‘ya olyapsizmi, demak, Allohning izni bilan uni amlaga oshirish imkoniyatiga ham egasiz! Sizni o‘zingizdan boshqa hech narsa cho‘qqini zabt etishdan to‘sib turolmaydi. Yo‘lingizni butunlay to‘sib qo‘yadigan narsaning o‘zi yo‘q, faqat o‘zingiz sustkashlik qilmasangiz bo‘lgani! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

❌🐤🤺❌😉😝😉👷‍♀️ Тез кунда… Ҳар бир шаҳарнинг ўз эгаси борлигига ишонаман. Фақат шаҳарнинг эгалари бу шаҳарда туғилган, бу з
+1
❌🐤🤺❌😉😝😉👷‍♀️ Тез кунда… Ҳар бир шаҳарнинг ўз эгаси борлигига ишонаман. Фақат шаҳарнинг эгалари бу шаҳарда туғилган, бу заминда юрган, унда қадам босганлар эмас, балки бу шаҳарни севган, унга кўнгил қўйганлардир унинг ҳақиқий эгалари. Вафот этган бўлсалар ҳам, ҳалигача инсонларнинг қалбида яшаб келишмоқда. Бу сафар Шамсиддин Сивасий учун кечаларни кундузларга уладим. Ойлар давомида у зот ҳақида ўқидим, у зотни тингладим, у зот ҳақида ўйлаб уйқуга ётдим, у зот ҳақидаги сўзлар билан уйғондим. Бир шаҳарни севиш нима эканлигини, бир шаҳарга қалбан боғланиш қандай бўлишини у зотдан ўргандим. Азиз ўқувчи, яна қалбимга бир дард тушди. Ичимда бир сир бор, лекин билмайман қаердан келди. Биргаликда қидириб кўрмаймизми, нима дейсиз? Келинг, бу дардни баҳам кўрамиз, бу сирни ўртоқлашамиз. Замоннинг алғов-далғовларидан бир четга ўтиб, эски замонда Сивасда учрашамиз ва Шамсиддин Сивасий ҳазратларининг даргоҳига борамиз. https://t.me/nasimkutub

FARZANDLARDAN OTALARGA TANBEH XATLARI Uyini tashlab qo’ygan otaga uning o‘g‘ildan xat: - Otajon, qayerdasiz? Siz barpo qilgan
FARZANDLARDAN OTALARGA TANBEH XATLARI Uyini tashlab qo’ygan otaga uning o‘g‘ildan xat: - Otajon, qayerdasiz? Siz barpo qilgan uy sizni chaqirmoqda… Siz unutib qo‘ygan o‘g‘lingiz siz bilan birga bo‘lish uchun sizni izlamoqda… Ishlaringiz, shirkatlaringiz, binolaringiz, hamkorlaringiz… ularning barchasi eng katta dushmanlarim. Chunki ular sizni mendan olib qo‘ydi va uzoqlashtirdi. Bilaman, siz men va aka-ukalarim uchun shu ishlar bilan bandsiz… Biroq, otajon! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlariga quloq tutmaganmisiz: "Sening zimmangda Robbingning haqqi bor. Sening zimmangda nafsingning haqqi bor. Sening zimmangda oilangning haqqi bor. Har bir haq sohibiga o‘z haqqini bergin!" (Imom Buxoriy rivoyati). Qo‘llaringiz va oyoqlaringizni o‘pishni xohlayman! Boshimni ko‘ksingiz ustiga qo‘yib, g‘am-tashvishlarimni sizga aytishni juda-juda istayman! Men bilan hazillashishingizni, ta’lim berishingizni va odob o’rgatishingizni xohlayman! Men bilan ekaningizni his qilishni istayman! Qayerdasiz, otajon?! Shoirlardan biri bunday demaganmi: “Yetim otasi dunyo tashvishlaridan qutilib, uni ortida chorasiz qoldirgan bola emas! Balki be’etibor ona yoki doim band ota bilan sinalgan bola yetimdir!” 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Otam – sirdoshim Men oilada to‘ng‘ich farzandman. Mendan keyin yana ikkita ukam bor. Dadam jarroh bo‘lib, oyim esa matbuot so
Otam – sirdoshim Men oilada to‘ng‘ich farzandman. Mendan keyin yana ikkita ukam bor. Dadam jarroh bo‘lib, oyim esa matbuot sohasida ishlaydilar. Dadam har doim orastalikni, ozodalikni talab qiladilar, tartib-intizomni birinchi o‘ringa qo‘yadilar. Ular kasblarining mas’uliyatliligi, charchashlariga qaramay, bo‘sh vaqtlarida, ko‘pincha ovqatdan keyin men va ukalarim bilan suhbatlashishga, albatta, vaqt ajratadilar. Ayniqsa men bilan uzoq suhbatlashadilar. Ular meni ham shifokor bo‘lishimni xohlaydilar. Aslida o‘zim ham shu kasbga qiziqaman. Tabiiy fanlarni yaxshi ko‘raman. Uy vazifalarimni tayyorlashda, ayniqsa, kimyo fanidan masalalarimni yechishda dadam doim yordamlashadilar. Ular ko‘pincha menga ish tajribalari, yutuqlari, kasblarining nozik tomoni haqida gapirib beradilar. Dadam bilan shunchalik yaqin bo‘lib ketganmanki, hatto, oyimga aytmagan gaplarimni ularga aytaman. Mana, vaqt o‘tib men ham dadam kabi shifokor bo‘ldim. Dadam menga hayot yo‘llarida qoqilmaslikni, mushkul vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatdilar. Ayniqsa mohir shifokor bo‘lishimda ustoz-murabbiy bo‘ldilar. Men ulardan juda minnatdorman. © Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr