302
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
302
O‘zlikni tanish va hayotda muvaffaqiyat qozonish siri
Avvalo muvaffaqiyat haqida o‘ylang, unga erishish mumkinligiga to‘liq ishoning.
Ha, siz muvaffaqiyatga Allohning izni ila qodirsiz!
Imkoniyatlaringizni oz sanamang, boshqalarni esa donolik bilan maqtashdan mubolag‘a qilib yubormang. O‘zingizga uqtiringki, siz aslida o‘ylaganingizdan aqlliroqsiz. O‘zingizga past baho bermang, siz tasavvuringizdagidan yaxshiroqsiz!
Hayotda oldingizga maqsad qo‘yib oling.
Masalan odamlarning ko‘ngliga quvonch ulashish. Bu – hayotingizda ro‘yobga chiqarishingiz mumkin bo‘lgan eng chiroyli ishlardan biri!
Aqlingizga muvaffaqiyatli kishilarning hayot tarzini o‘rnashtirib oling. Gapirganingizda maqsadli, samarali, chiroyli so‘zlardan foydalaning. Har qanday holatda ham salbiy so‘zlarni ishlatishdan yiroq bo‘ling!
Har qanday ish sodir bo‘lishi mumkinligini tasdiq eting, lug‘atingizdan “ilojsiz”, “imkonsiz”, “befoyda” so‘zlarini chiqarib tashlang!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Ayol kishi vaziyatni teran anglaydigan, zukko bo‘lishi kerak.
Ba’zida er tarafdagilar kelinlari xuddi kuyovni yulib olayotgandek qarashadi.
Kamiga, namoyish etilayotgan kinolar, seriallar ham erning onasi va opa-singillariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Go‘yo kelin eriga ega chiqib ulardan jigarporalarini tortib olayotgandek, erning ruhi, aqli, fikri va his-tuyg‘ularini qo‘lga olgandek.
Bunday qiyin vaziyatda ayol keskinlik qilmay, aksincha juda oqilona harakat qilishi kerak.
Qaynona-kelin orasida mojaro chiqsa, bu janjal kelinning onasiga yetib bormasligi lozim. Kelin muammolarni tor doirada qoldirishi kerak. Kelishmovchiliklar boshqalardan, xususan, bolalardan uzoqda bo‘lsin.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
Mehnatga yarasha mukofot
Maktab davrlaridagi imtihon paytlarimiz onam olib beradigan sovg‘alar bilan esda qolgan.
Har yili imtihon topshirib bo‘lganimizdan keyin onam bizlarni bozorga olib borib ko‘nglimizga yoqqan narsani olib berar edilar.
Birimizga ko‘ylak, birimizga poyabzal, yana birimizga anchadan beri orzu qilib yurgan velosiped... hammamiz o‘zimizda yo‘q sevinardik.
Bozordan kelganimizdan keyin onam:
“Bu sovg‘alarni sizlarga o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganingiz, a’lo baholarga o‘qiganingiz uchun olib berdim”, der edilar.
Bundan rag‘batlangan biz bolalar kelasi o‘quv yilini ham muvaffaqiyatli yakunlashga o‘z-o‘zimizga so‘z berar edik.
© Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
TARBIYA QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Hikoya qilinishicha, bir kishi ulamolardan birining huzuriga tarbiya qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘rashga boribdi.
Olim undan: "Ayni damda o‘g‘lingiz necha yoshda?", deb so‘radi.
U: "To‘rt oylik", dedi.
Olim unga: "Tarbiyani boy beribsiz!", dedi.
Albatta, bu odamlarni pastga urish emas. Biroq olim bu yerda unga tarbiya turmush o‘rtoq tanlashdan boshlanishi kerakligini ta’lim bermoqchi edi. Chunki, ona homiladorlik va farzand dunyoga kelgan vaqtda bola uchun birinchi madrasa hisoblanadi. Ona otadan oldin turadigan murabbiydir.
Chunki, ona ertayu kech bola bilan birga bo‘ladi. Kim hashamatdor uy qurmoqchi bo‘lsa, avvalo poydevorni mustahkam qilmog‘i kerak.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
O‘ziga ishongan odam o‘z yo‘lini juda yaxshi biladi, hayotini ishlariga muvofiq rejalaydi, maqsadlarini juda aniqlik bilan tuzadi, boshqalar u haqida o‘ylashini kutib o‘tirmaydi, har qanday vaziyatda ham qo‘l qovushtirib turmaydi. Chunki uning o‘zi vaziyatlarni yuzaga keltiradi, voqea-hodisalar uni o‘z ko‘yiga solishiga aslo qo‘yib bermaydi.
Alloh taolo bunday kishilarni Qur’oni karimda vasflab shunday degan:
“Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki to‘g‘ri yo‘ldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi?”
(Mulk surasi 22-oyat)
Shuni aniq bilingki, Allohning izni ila albatta yutuqqa erisha olasiz, erishasiz ham!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Gohida ketma-ket gunoh qilib qo‘yasiz, shunda shayton, xayr-baraka sendan uzoqda, sen baxtsizlikka mahkumsan, deb ichingizga g‘ulg‘ula soladi.
Siz bu shaytoniy vasvasalarga taslim bo‘lmang va har bir odam bolasi ham xatokor ekanini hamda xatokorlarning eng yaxshilari tavba qiluvchilar ekanini eslang.
Alloh taolo A’rof surasining 201-oyatida:
“Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar.
Bas, o‘shanda ular (haqni) ko‘ruvchidirlar”, deya marhamat qiladi.
Shu bilan noumidlik zulmatlari sizdan ariydi.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Savdoda halollik
Otamning kichik bir oziq-ovqat do‘konlari bor edi. Ular ko‘p yillardan beri mana shu do‘konda savdo-sotiq qilar edilar. Yozgi ta’tilda men akam bilan otamga qarashardik.
Otamning aytishlaricha katta bobom ham do‘kondor bo‘lgan ekanlar.
Shuning uchunmi, otam savdo-sotiqda juda ehtiyotkor, halol edilar. Ular doim bizlarga ham savdo-sotiqda halol bo‘lishni, omonatga, birovning haqqiga xiyonat qilmaslikni, xaridorlar bilan chiroyli muomalada bo‘lishni, ayniqsa, tarozuda ehtiyot bo‘lishni, buning gunohi juda og‘ir ekanini takror-takror uqtirar edilar.
Vaqt o‘tib otamning bu o‘gitlari bizning qon-qonimizga singib ketdi. Halollikda gap ko‘p ekan. Halol bo‘lsang ishlaring rivojlanar ekan, halol bo‘lsang duolaring qabul bo‘lar ekan, halol bo‘lsang Alloh umri-rizqingga baraka berar ekan.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga halol luqma, halollik haqida ko‘p gapiring. Shundagina farzandlaringiz oldidagi burchingizni ado etgan, avlodlaringiz pokligiga erishgan bo‘lasiz.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
Ayolingizni xo‘rlamang.
Uni tahqirlashingiz qalbi va aqlida chuqur iz qoldiradi. Ayolingiz tili bilan kechirsa ham qalbi bilan kechira olmaydigan eng xatarli haqorat – qalbi g‘alayonga to‘lganda unga ozor berishingiz, so‘kishingiz, ota-onasini pastga urishingiz yoki sha’nini yerga urishingizdir.
Ayolingizga yaxshi muomala qiling, undan ham yaxshi muomala ko‘rasiz.
Uni o‘zingizdan ham ustun ko‘rishingizni, uni baxtli qilishga urinishingizni unga bildiring. Uning sog‘lig‘iga e’tiborli ekaningizni ayting. Agar betob bo‘lib qolsa, imkoningiz yetkanicha boringizni qurbon qilishga tayyor ekaningizni bilsin.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
YAXSHILIK LAZZATI
Inson hayoti davomida biror lazzatni totar ekan unga kirlik aralashmay qolmaydi. Faqat yaxshilik lazzati unday emas! U dunyoda rohat va Oxiratda esa ulkan mukofotdir. Sadaqai joriya bu – hayotlik chog‘ingiz ado qilgan va uning foydasi vafot etganingizdan so‘ng ham uzoq muddat davom etadigan yaxshiligingizdir.
Quduqlarni qazish, masjidlarni bino qilish, yetimxonalar va Qur’on yodlatish madrasalarini ta’minlash, bularning barchasi sadaqai joriyalar jumlasidandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:
"Mo‘min kishiga vafot etganidan so‘ng yetadigan amallari va yaxshiliklaridan: yoygan ilmi, ortida qoldirgan solih farzandi, meros qoldirgan mus’hafi, bino qilgan masjidi, musofir uchun qurgan uyi, oqizgan arig‘i yoki o‘z molidan salomatligi va vafotidan so‘ng unga yetishi uchun chiqargan sadaqasidir".
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Mazasi ketadi-yu, gunohi qoladi...
Hakimlardan biri aytadi:
“Odam dard oldida yiqilishi ayb emas balki, lazzatlar jarligiga qulab ketishi haqiqiy aybdir”.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi:
“Gunohdan lazzatlansang, u lazzat ariydi, uning gunohi esa qoladi. Agar yaxshilik yo‘lida xorsang, charchoqlar tarqab ketadi, yaxshilik (foydaga) qoladi”, dedilar.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Allohga ishonish va kishining o‘ziga ishonchi bir-biriga to‘g‘ri keladimi?
Inson avval Allohga, so‘ng o‘ziga ishonishi – katta ishlarning boshlanish markazidir!
Axir siz o‘zingizga ishonmasangiz, kim ham sizga ishonardi?!
Boshqalardan ajralib turadigan alohida shaxs bo‘lib yetishishga urinishingiz – siz uchun hayotdagi eng katta bellashuv maydonini yaratadi, negaki dunyo sizni boshqa odamlarga o‘xshagan shaxs qilishga doim harakat qiladi.
Aslida sizni boshqalardan yaxshiroq va afzalroq bo‘lishingizdan to‘sib turadigan narsaning o‘zi yo‘q! Ichingizda katta kuch, imkoniyatlar yashirin, faqat uni qidirib topib, yuzaga chiqarishingiz kerak, xolos!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Shodlik konverti
Barcha bolalar saylgohlarga, o‘yingohlarga borishni xohlaydilar. Oilaviy sharoiti o‘rtacha bo‘lgan, ayniqsa, oylik maoshi hisobigagina kun kechiradigan biz kabi oilalar bunday saylgohlarga borishga har doim ham imkon topa olmaymiz.
Shuning uchun men bolalarimning xursandchiliklarini o‘ylab xonamdagi tortmamga bir konvert solib qo‘yganman. Qo‘limga pul tushganda bir-ikki junayhdan (Misr pul birligi) bo‘lsa ham o‘sha konvertga solib qo‘yaman. Bir ikki oyga bormasdan bolalarni bir marta aylantirib kelishga yetadigan mablag‘ yig‘ilib qoladi. Keyin esa dadasi bilan o‘sha pulga bolalarni o‘ynatib kelamiz. Arg‘imchoqlar uchiramiz, muzqaymoqlar, shirinliklar olib beramiz.
Dadasi ham xursand, bolalar ham, men ham. Shu sababdan bu konvertni “Shodlik konverti” deb nomlaganman.
Ba’zan ota-onalar “Bizda bunday narsalarga sharoit yo‘q”, “Bunday joylarga boylar boradi”, deb bahona qilishadi.
Agar oilada ayol tadbirli bo‘lsa, faqat bolalarini sayr qildirishga emas, boshqa xarajatlarga ham imkon topiladi.
Buning uchun “Shodlik konverti”mizga o‘xshash bir necha konvert tashkil qilish va unga muntazam ravishda oz-ozdan bo‘lsa-da, pul jamg‘arib borish kifoya.
© Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
O‘tgan ish haqida o‘ylab, uning atrofida aylanib yurmang, agar unda yaxshilik bor bo‘lganida edi unga hozir erishgan bo‘lardingiz!
Dunyo sizga qanchalik torlik qilsa ham, muammolaringiz qancha ko‘paysa ham, mashaqqatlar sizga ketma-ket to‘qnashsa ham, sizda o‘zingizni o‘nglashga, yangidan harakat qilib ko‘rishga imkon bo‘ladi. Albatta o‘zingizda azmu-qaror topa olasiz!
Qanday bo‘lishi haqida o‘ylab vaqtingizni zoye ketkazmang, darrov ishga kirishing!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarini doim yodingizda tuting:
“Senga biror musibat yetsa, “Shunday qilmaganimda bunday bo‘lardi, unday bo‘lardi”, dema.
🔹Balki: “Alloh shuni taqdir qildi, Alloh nimani xohlasa qiladi”, deb aytgil.
Chunki “Unday qilmaganimda edi, bunday qilmaganimda edi” kabi so‘zlar shaytonga ish ochib beradi”.
(Muslim rivoyati)
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
O‘zingiz uchun bir solih kishini do‘st tuting va uni ehtiyot qilib, asrang.
Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi o‘z qadrdon do‘stining dinida bo‘ladi, shunday ekan har biringiz kim bilan do‘st tutinganiga bir nazar tashlasin!”, deya marhamat qildilar.
Solih do‘stingizni mayda-chuyda narsalar uchun ham itob qilavermang, uning yanglishishlariga ahamiyat bermang, axir, tamomi kamolot sifatiga ega bo‘lish faqat Alloh azza va jallaning O‘zigagina xosdir.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Oqila, fozila singlimga nasihat!
Asabiy turmush o‘rtog‘ingizga qarshi siz ham aslo asabiy bo‘la ko‘rmang.
Yo‘qsa bu oilangizni parchalab yuborishi hech gap emas. Asabi qo‘zigan paytda unga gapirmang. Asab insoniy harakter bo‘lib, uni o‘zgartirish oson kechmaydi. Uning g‘azabini keltiradigan ishlarning kodini birin ketin ochib boring. Qo‘ldan kelguncha boshqa tomondan keling.
Shuni unutmangki, bunday erkak uchun eng afzal usul uning g‘azabini qo‘zg‘amaslik.
Bunda bolalarni ovutishda ishlatilganidek, eringizni ovutishda ham hiylalar qo‘llang.
Bola ozgina shirinlik yoki bir og‘iz shirin so‘zga ko‘nib ketganidek, erkaklarni ham shu bilan “aldasa” bo‘ladi.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
Sabrli bo‘ling, umidingizni uzmang!
Gohida o‘zingizni boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek his qilasiz, biroq ortga chekinmang. Eshik orqasidan ovozingiz bilan chaqirsangiz-u eshik ochilmasa, eshikni qo‘lingiz bilan taqillating, ehtimol ichkaridagi odam qulog‘i og‘ir bo‘lib sizni eshitmay qolgandir!
Yana bir bor taqillating, ehtimol kalit egasi ketib, hali qaytmagandir!
Uchinchi marta… o‘ninchi marta taqillating! Shunda ham eshik ochilmasa, qo‘lingiz bilan sekin itarib ko‘ring, keyin qattiqroq itarib ko‘ring.
Bilingki, har qanday qulf eshik albatta ochilishi kerak! Eshik bormi, demak uni ochish imkoniyati ham bor!
Sabr qiling, umidsizlikka tushmang!
Axir qanchalarimiz yuzlab qulf eshiklarga duch kelsakda, ortimizga chekinmaganmiz, umidsizlanmaganmiz.
Agar umidsizlikka tushganimizda edi o‘sha eshiklar oldida qolib ketgan bo‘lardik!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytganlar:
"Odamlar bilan shunday munosabatda bo‘lingki, agar vafot etsangiz sizlar uchun yig‘lasinlar va agar yashashda davom etsangiz, sizlar bilan shod bo‘lsinlar".
📖 © Hasson Shamsi Posho
"Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
Alloh ko‘rib turibdi!..
Ba’zan bolalar dangasa bo‘lib qolishadi. Ayniqsa, uy vazifalarini tayyorlashda o‘zlarini u yoqdan-bu yoqqa tashlab kunni kech qilishadi. Lekin otam bizni qattiq nazorat qilardilar. Ishdan qaytishlarida qo‘llari biz yoqtiradigan shirinliklar bilan to‘la bo‘lardi. Otam shirinliklarni uy vazifalarini tayyorlab bo‘lganlargagina berardilar. Agar kim uy vazifalarini oxirigacha bajarmagan yoki Qur’ondan darsini yod olmagan bo‘lsa, shirinlikdan quruq qolardi. Agarda kim uyqu vaqtigacha vazifalarini tayyorlab ulgursa, shirinliklardan olishga ruxsat berardilar.
Lekin dadam bizning daftar-kitob yoki kundaliklarimizni qo‘llariga olib tekshirmasdilar.
“Tayyorlab bo‘ldik!” degan gapimizga ishonardilar. Har safar shirinliklarni qo‘limizga tutqaza turib: “Bilaman, sizlar meni aldamaysizlar, meni aldasanglar, Alloh ko‘rib turibdi, rostdan ham darslaringiz tayyormi yoki yo‘qmi, Alloh biladi”, der edilar.
Men bir-ikki marta vazifamni chala tayyorlab, shirinliklardan olganman. Lekin ko‘nglim rosa xijil bo‘lgan. Yolg‘on kechirilmas gunoh ekanini tushunib yetganimdan keyin hecham darsimni to‘liq bajarmay turib dadamning oldilariga bormaganman.
Oddiy uy vazifalaridagi odatimiz keyinchalik boshqa ishlarimizga ham ta’sir qildi. Biror-bir vazifani aytilganidek qilib bajarishga ulgurmagan bo‘lsak, qilmadik, derdik, tamom. Har xil vaj-korsonlar ko‘rsatib vaziyatdan chiqishga urinish odati bizda yo‘q edi. Insonda bolalikdan “Alloh ko‘rib turibdi!”, “Alloh bilib turibdi!” degan tushuncha shakllansa, uni ko‘plab yomonliklardan, ayniqsa, nafsiga qul bo‘lishdan saqlab qolar ekan.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
TASLIM BO‘LMASLIGINGIZ KERAK
Gohida boshingizdan og‘ir damlar kechadi. Shu paytlarda siz, bo‘ldi, kuchim tugadi, deb o‘ylaysiz.
Kurashish, sabr qilish va doimiy mahkam turishga toqatingiz yetmaydiganday bo‘ladi.
Shu o‘ylarga taslim bo‘lmang! Chunki har jonning iqboliyu-inqirozi bo‘ladi. Bu inqiroz o‘z ortidan iqbolni ergashtirib kelsa, ajabmas...
Ba’zi paytlarda shu’uringizda qulash hissini tuyasiz, ishonchsizlik hamda kamchilikni his etasiz. Men hech ishga yaramay qoldim, deb o‘ylab qolasiz, shunda siz bu tuyg‘ularga taslim bo‘lmang!
Doimo yodingizda bo‘lsinki, ixlos ila tinimsiz harakatda bo‘lar ekansiz, yiqilish uyat hisoblanmaydi.
Kishi mag‘lubiyatni tan olmagunicha va qayta urinib ko‘rishdan voz kechmagunicha muvaffaqiyatsizlikka uchragan deb hisoblanmaydi, bu ham doimo yodinggizda bo‘lsin!
Qayta-qayta urinib ko‘ravering, hujumni, zarbani yana va yana amalga oshiring, Alloh nasib etsa, tez orada ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr