2 203
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-257 روز
-16030 روز
آرشیو پست ها
2 203
Bir necha yil burun "Oʼz onging sehrini dunyoga koʻrsat" nomli kitob qoʻlimga tushib qoldi. U kitobni o'ttiz yil burun Al Koran ismli, "Ong magiyasi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi mutaxassis" boʻlgan odam yozgan ekan. "Boylik Siri" nomli bobda u mana nimalarni yozgan ekan:
"Pul toʻlaganingda unga oq fotiha berishnii unutma. Bu pulga qoʻli tegadigan odamlar uchun bu pullar foydali boʻlishini so'ragin, ularga butun dunyo boʻyicha tarqalib, beva-bechoralarni boqishni, yalangʼochlarni - kiyintirishni buyur va senga yuz barobar boʻlib qaytib kelishini soʻra. Bu narsaga yengiltaklik bilan qarama. Bu jiddiy narsa!"
"Oʻlsang kim yigʻlaydi" Robin Sharma
2 203
Talab taklifni keltirib chiqaradi deganlaridek, agar ayollarimiz hayo bilan iffatli kiyinishga oʻtishsa, butun dunyoni kiyintirayotgan Xitoy, Turkiya kabi mamlakatlarning chevarlari Gʻarb mo'dasidagi beoʻxshov koʻylaklar oʻrniga ayollarimizning didi va axloqiga mos kiyimlarni yogʻdirib tashlagan boʻlishardi....
2 203
Repost from N/a
Molini kòpaytirishni òzi katta shahvatdir. Shuning uchun ham moli kòplar boylik tòplashga molsizlardan kòra kòproq urinayotganlarini kòramiz#kitobdan_iqtiboslar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Isrof"
2 203
Bir kuni tramvayda ketayotsam, goʻzal bir qizni koʻrib qoldim. Shayton darhol hozir boʻldi. Vasvasa qila boshladi. Shu on hadisi sharif yodimga tushdi. "Nazarning birinchisi seniki. Ikkinchisi sening zararinggadir".
Kitobdan
2 203
Repost from .
📚 Катта янгилик!
“Шамс” китоб дўкони ёпилаяпти…
…ва шу муносабат билан фақат 5 кун давомида барча китоблар ва маҳсулотлар таннархида сотилади!
Китоблар 1000 дан бошланади.
Бу сизнинг севимли китобларингизни арзон нархда олиб қолишингиз учун охирги имконият!
✅ Барча китоблар
✅ Табиий маҳсулотлар
✅ Совғалар ва яна бошқалар — ҳаммаси таннархида!
⏳ Муддат: фақат 5 кун
📍 Манзил: “Новза” масжиди ёнида.
Келинг, китоблар кетмасидан олдин келиб, ўзингиз ва яқинларингиз учун маънавий ҳазина олиб кетинг!
Мурожаат учун: +998946063540
2 203
So’fiyon Savriy xazratlari:
“Kechaning avvalida bir nido qilivchi Arsh ostidan: “Obidlar tursinlar!” deb nido qiladi. Bas, obidlar turib, Alloh xohlaganicha namoz o’qiydilar.
So’ng kechaning yarmida nido qiluvchi: “Qonit (ibodatga berilgan)lar tursinlar!”deb nido qiladi. Bas, ular turib, saxarga qadar ibodat qiladilar.
Saxar vaqti kirgach esa bir nido qiluvchi: “ Istig’for aytuvchilar tursinlar!”deb nido qiladi. Bas, ular turib, istig’for aytadilar.
Tong otganda esa bir nido qiluvchi: “G’ofillar tursinlar!”deb nido qiladi. Bas, ular huddi qabrni yorib chiqayotgan o’liklar kabi o’rnilaridan turadilar “.
Bas, Robbim, bizni g’ofillardan qilma, Obid bandalaring safida qil 💜
@Najiyya_bilan
2 203
Bilasizmi?
Dinimizni, o‘zligimizni unutib, o‘zga millatlar madaniyatiga ergashish, taqlid qilish oqibatida, dinimizga yot bo‘lgan va urf-odatlarimiz inkor qiladigan noma’qul ishlar oddiy hol bo‘lib qoldi. Shulardan biri nomahram ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishishdir.
Bu noxush holat jamiyatda Allohning shariati o‘rniga ba’zi botil ijtimoiy urf-odat va an’analar ustun bo‘lishi oqibatidandir. Hatto odamlarga shariat hukmlaridan gapirib hujjat keltirsangiz, sizni g‘uluv-chuqur ketish, o‘ta murakkablashtirish, qarindoshlardan aloqani uzish va yaxshi maqsadlarga shubha qilishda ayblaydilar.
Natijada, amma, amaki, xola va tog‘alarning qizlari hamda kelin va kelinoyilar bilan qo‘l berib ko‘rishish bizning jamiyatimizda bir piyola suv ichishdan ham yengilroq bo‘lib qoldi. Bu holat faqat amaki xolaning qizi uchun emas, balki har qanday nomahram qiz-u erkak uchun taalluqlidir. Sizlarning qarindoshligingiz yoki yaqin doʻst ekanligingiz sizni qoʻl berib soʻrashishdek holatga yoʻl ochib beradigan mahramlikni bermaydi. Aslida bu ishning naqadar xatarli ekaniga ochiq ko‘z bilan nazar solishganda, bunday qilishmas edi.
Bu haqda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan sahih hadis vorid bo‘lgan:
"Sizlardan birortangiz o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni ushlagandan ko‘ra, boshiga igna bilan sanchilishi yaxshiroqdir” (Tabaroniy rivoyati) Manba: azon.uz
2 203
ШАВВОЛДАГИ ОЛТИ КУНЛИК РЎЗА РАМАЗОН ҚАЗОСИДАН ЎТАДИМИ?
#рўза
❓САВОЛ: Мен ҳам шаввол ойида олти кун рўза тутмоқчи эдим. Аммо Рамазон ойида ҳам олти кун сабабли тута олмаганман. Энди мен шаввол ойида 6 кун рўза тутсам Рамазоннинг қазосини тутиб берган ҳисобланаманми?
💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Шаввол ойидаги олти кунлик рўза қазо рўзалар ўрнига ўтмайди. Шунинг учун зиммасида Рамазон ойи рўзасидан қарзи бор бўлган киши аввало қазо рўзасини тутиши мақсадга мувофиқ. Чунки қазо рўзаларни нафллардан аввал тутилгани афзал саналади. Қазо рўзасини тутаётган киши бомдод намозининг вақти (субҳи содиқ) кирмасидан аввал "Рамазон ойидан тута олмаган қазо рўзани тутиш"ни ният қилиши керак бўлади. Агар ният қилолмай субҳи содиқдан кейин ният қилса, нияти эътиборли бўлмайди.
Шаввол ойидаги олти кунлик рўза нафл ибодат бўлиб, уни шаввол ойи давомида тутса ҳам бўлади. Шунинг учун Сиз аввал қазо рўзаларни мукаммал тутиб олиб, кейин шаввол ойи давомида олти кун рўза тутишингиз мақсадга мувофиқ. Валлоҳу аълам.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Фатво маркази.
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife
🔗 Улашинг: @diniysavollar
2 203
Ayol kishi ot minishi
Assalomu alaykum! Islom dinida ayol kishiga ot minish taqiqlangan emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taqiqlangan emas. Xalq orasidagi “egarga mingan ayollarga Allohning la’nati bo‘lsin” degan hadisni Mulla Aliy al-Qoriy “Mavzu ’ot” degan kitobida “to‘qima” deganlar. Inson tabiatida kim nima bilan ko‘proq shug‘ullansa o‘sha narsa uning tabiatiga urishi bor. Hozirgi kundagi ayollarni mashina xaydashida ham mashinaning ayol tabiatiga ta’siri katta. Mashina erkaklardek boshqarishni, odamlarga erkaklardek muomala qilishni ko‘chadagi muomalalarini erkakcha qilishni taqozo qiladi. Oqibatda eri va oila a’zolariga ham erkaklardek muomala qilishiga oli borib qo‘yadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa bir hadislarida: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tuya mingan ayollarning eng yaxshisi Qurayshning soliha ayollaridir. Bolaga kichikligida shafqatliroqdir. Erining qo‘lidagi narsaga muhofazakordir», dedilar». Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!
2 203
Boʻsh vaqt topilmaydi!
Har doim biror narsani boshlash, oʻrganish uchun vaqt izlaymiz. "Boʻsh vaqtim boʻlsa, darsimni qilaman", "Hozir ishlayabmam, oʻqiyabman, sal vaqt oʻtsin, yoshim kattaroq boʻlganida Qurʼon oʻqirman", "Hozir bu tilni oʻganyabman, oʻqish bitirsam bu ishni qilaman", "Hozir juda bandman, shu ishim oʻxshasin namoz oʻqishni oʻrganaman".... Bunday bahonalarimiz qancha?
Gapning qisqasi shuki bular shunchaki nafsimizning bahonalari. Biror yaxshi odatni shakllantirish uchun vaqt topish kerak emas, aksincha, hammamizga berilgan bir xil miqdordagi vaqtni toʻgʻri ajratish kerak. Masalan hafta davomida oʻzimizga-oʻzimiz: "Vaqtim boʻlganida shu ishni qilgan boʻlardim", deymiz. Hafta oxirida esa soatlab vaqtimiz telefonda isrof boʻladi. Qisqasi, vaqt topilmaydi, u ajratiladi. Vaqtga boʻysunib emas, vatqni oʼz rejalarimiz uchun boʻysundirib yashaylik!
Qurʼonni 40-50 yoshdan keyin emas hozir oʻqishni oʻrganaylik. 1 kunda 1 harf oʻrgansangiz, 1 oyda harflarini toʻliq tugatasiz Alloh izni bilan. Yana 1 oydan soʻng esa nima ham boʻlishi mumkin? Siz oʻqiysiz. Haqiqiy maʼnoda. His qilasiz, endi siz ham oʻqiy olasiz. Hayotingizga rang qoʻshilganini his qilasiz ✨🪐
2 203
Sog‘ingan sog‘iniladi
Ey oshiq! Sevgilingni sog‘inyapsan-ku. Bilki, sog‘inchingning asl sababi sevgilingning o‘zidir. Aslida udir seni sog‘ingan. Chunki u alanga bermaguncha, hech kimda olov paydo bo‘lmaydi. Va ishq olovi avval sevilganga tushadi, so‘ng sevuvchiga.
◾️Mavlono Jaloliddin Rumiy
Qara, Robbing qanchalar yaxshi koradi seni ! Ramazonning, hatmlarning, zikrlarning sog’inchi ham Robbing seni sog’inganidandir…
Ziynatul ma’va | Jannat ziynati 💌
2 203
Bu yoʻl qildan ingichka, qildan keskinroqdir. Kimdir toj-u taxtni tark etib yoʻlga otlanur. Kimdir esa toj-u taxtga ega chiqish uchun yoʻlga chiqur...
2 203
#qadr@qalbdagiilm
Oisha roziyallohu anho: «Ey Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), agar Laylatul qadr, ya'ni qadr kechasi ekanini bilsam, nima deb aytaman», deb so'radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
اللهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
«Allohumma innaka 'afuvvun, tuhibbul 'afva fa'fu 'anniy», deb ayt», dedilar.
(Ma'nosi: Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko'rasan. Meni afv et.) Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari.
2 203
🎊 "ҚАДР КЕЧАСИ УЧУН ЭНГ АФЗАЛ ЗИКРЛАР!"
Азизлар, сизлар учун "Энг Буюк Зикрлар"ни ҳар бирини 100 мартадан такрорланган ҳолда тақдим этамиз!
🤲 Ушбу ёқимли қироат ортидан такрорлаб, қалбларимиз роҳатланади ва жуда улкан савобга ҳам эга бўламиз, Аллоҳ изни билан!
▫️ 00:00 — Аллоҳумма, иннака ъафуввун, туҳиббул-ъафва фаъфу ъанна!
▫️ 09:42 — Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи, субҳаналлоҳил аъ3иим!
▫️ 18:33 — Субҳаналлоҳи валҳамдулиллаҳи ва лаа илааҳа иллаллоҳу валлоҳу акбар!
▫️ 22:12 — Астағфируллоҳа ва атубу илайҳ!
▫️ 28:27 — Аллоҳумма солли васаллим аъла набиййина Муҳаммад!
▫️ 37:09 — Лаа ҳавла ва лаа қуввата илла биллаҳи!
▫️ 44:00 — Лаа илааҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарика лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамд ва ҳува алаа кулли шайин қодийр!
🤲 Ушбу зикрларни ғанимат билинг ва яқинларингизга ҳам улашинг! #зикрлар_жамланмаси
2 203
Repost from Bintu Sodiq
💚 Қадр кечаси дуоси
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
«Аллоҳумма, иннака ъафуввун, кариймун, туҳиббул-ъафва,
фаъфу ъанний»
«Аллоҳим, Сен авф қилгувчисан, авф қилишни яхши кўрасан, мени авф қилгин»
📌 Эслатма: Бугунги тун Рамазон ойининг 27-кечасидир.
👉 Duoni tinglash: YouTube Shorts
@BintuSodiq
2 203
Repost from Kitob nuri
DUO
◾️Allohim, yostiğim joynamoz, uyqum namoz, har nafasim zikr bo‘lsin!
◾️Allohim, boshimdan oyoğimgacha, yoshligimdan bugungacha, hayotimdan mamotimgacha barcha gunohlarim uchun tavba qildim!
◾️Allohim, o‘lim haqdir, Azroil alayhissalomni menga tabassum ila yuzlantir!
◾️Ko‘zim nurini, aqlim shu’urini, qo‘l va oyoğim kuchini, butun vujudim quvvatini olib qo‘yma, Allohim!
◾️ Nazarim ibodat, sukutim tafakkur, so‘zlarim zikr bo‘lsin!
◾️ Ko‘z ochib yumgunga qadar bizni o‘z nafsimizga tashlab qo‘yma, Allohim!
◾️Har nafasda tilimni zikrdan, qalbimni shukrdan va aqlimni fikrdan ayirma, Allohim!
◾️ Oilamga yomonlik istaganlarga O‘zing kifoya qil!
◾️Pastkash nomardlardan bizni uzoq tut!
◾️ Gunohlari afv etilgan siddiqlarning qatoridan bo‘lishimizni nasib et!
◾️ Bizni ularning suhbatiga, zikr halqalariga vosil ayla!
◾️Allohim!
Onadan tuğilgandek pok holatda Senga yuzlanishimiz uchun O‘zingga iltijo qilamiz.
◾️Bizlarni solih qullaringdan ayla!
◾️ Amal daftarimizda savobi to‘xtamaydigan amallardan yozilishini nasib et!
◾️ Na’im jannating vorislaridan bo‘lishimizga O‘zing ko‘mak ber!
◾️Ota-onamni O‘zing afv et!
◾️Ustozlarimni rahmatingga noil ayla!
◾️ Qabrda yuzimizni qaro qilib qo‘yma, Allohim!
◾️ Bu dunyoda ichganimiz zam-zam, u dunyoda esa kavsar bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda yurgan yo‘limiz hidoyat, u dunyoda esa sirot bo‘lsin!
◾️ Bu dunyoda olganimiz go‘zal axloq, u dunyoda esa baroat bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda kirgan joyimiz Makkayu Madina, u dunyoda esa Jannatul A’lo bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda ziyoratlarimiz Baytulloh, Ravzai Mutohhara, Quddusu Sharif, Arofat, Mino va Muzdalifa, u dunyoda esa Payğambarlar majlisi bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda nazarimiz Kaloming, u dunyoda esa Jamoling bo‘lsin!
◾️ Ikki dunyoda taqvo, solih amal va go‘zal axloq hamrohamiz bo‘lsin!
◾️ Zurrriyotlarimizdan dunyoda ko‘z-quvonch, oxiratda esa izzat toji olaylik, Allohim!
◾️ Dasturxonimiz ilm, suhbatdoshimiz olimlar bo‘lsin!
◾️ Bu dunyoda do‘stlarimiz haq ahli va g‘arib-miskinlar, u dunyoda esa Payğambarlar jamoasi bo‘lsin!
◾️ Dunyoda izzat bilan yashashni, vafotda shahodat bilan ketishni, qayta tirilishda hisobsiz Jannatga kirishimizni nasib ayla, Allohim!
🤲 Allohim, bu kechada, bizlarni, ota-onalarimizni, biz yaxshi ko‘rgan kishilarni gunohlarini afv etilganlaringdan, ulardan rozi bo‘lganlaringdan, gunohlarini kechirganlaringdan, do‘zaxga harom qilganlaringdan, Jannatiy deb yozganlaringdan qilgin!
◾️O‘zing Qodiru Mutloqsan, Allohim!
Amiyn! Amiyn! Amiyn! 🤲
