cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

EXPERTS ACADEMY | o'quv markazi

SHOʻRCHI tumanining EXPERT( oʻz kasbining eng mohirlari) USTOZLARI birlashib "EXPERTS ACADEMY" taʼlim markazini tashkil qilishdi. Muhokama guruhimiz: https://t.me/ExpertsAcademyCenter @ExpertsAcademyAdmin Bot: https://t.me/Expert_academy_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
825
مشترکین
-324 ساعت
-147 روز
-13430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

⚡️Abituriyentlar diqqatiga! ❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. 📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. ✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. ⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. ❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!! ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
🔥 5👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
56,7 ball "отмен" bo'lgan, bilasiz-a? 📈 Joriy yilda barcha yo‘nalishlar uchun minimal o‘tish balli oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o‘qishga kirish imkoni bo‘lmaydi. Keyin yilda esa, o‘tish bali yanada oshiriladi. Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:
👉 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; 👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.
Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:
👉 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; 👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
❗️Bu nima degani ? Hullas, bu yil 66,5 balldan past ball toʻplasangiz, kvota ichida turgan boʻlsangiz ham ( Universitetda joy boʻlgan taqdirda ham) talabalikka qabul qilinmaysiz🙅🏻‍♂
#Qabul2024   #Abituriyent2024
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
نمایش همه...
👍 7😱 1👌 1👨‍💻 1
Lirik chekinish: Ispaniya : Fransiya kim yutadi va finalga yo'l oladi🤔🤔🤔🤩🤩🤩Anonymous voting
  • Ispaniya 💥💥💥
  • Fransiya 🔥🔥🔥
0 votes
9🏆 1
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👍 9
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️⚡️⚡️ NATIJA ⚡️⚡️⚡️ Eng mehnatkash 10-sinf oʻquvchilarimdan biri Abdumoʻminov Yunusbek kecha Newton oʻquv markazida boʻlib oʻtgan 5 blokli testda qatnashib Kimyo fanidan 30/30 ishlabdi. Bu oʻquvchimiz oʻtgan oy ham boshqa oʻquv markazlarda 3 karra Kimyodan 30/30 ta ishlagan edi hamda ustozi MUZAFFAR XOLMATOV ni va tahsil olayotgan EXPERTS ACADEMY oʻquv markazini yuzini yorugʻ qilib kelmoqda. Nasib boʻlsa bu oʻquvchimizdan navbatdagi Milliy sertifikat imtihonida 🔠 daraja kutib qolamiz. Ota-onanga rahmat Yunusbek! Kimyo ustozi: Muzaffar Xolmatov. Tel: +998900222927 Tahsil olayotgan oʻquv markazi: Experts Academy oʻquv markazi. @ShurchiExpertsAcademy
نمایش همه...
👍 17🏆 3🔥 2🫡 2 1👏 1
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik 🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar). 👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi. ✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan. 🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi. 🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi. 🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. ☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda. ✅ Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👍 3
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️⚡️⚡️Natija⚡️⚡️⚡️ 🔠➕ Xolmatov Dilshodbek. 9-sinf oʻquvchim, ukam. A+. 9-sinfdayoq kimyo fanini yopdi. Kimyo ustozi: MUZAFFAR XOLMATOV Tel: +998900222927 Tg: @Muzaffar_Kholmatov https://t.me/KIMYO_SHURCHIDA
نمایش همه...
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika ⚡️20242025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi 🖥 20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. 📎Shundan: 🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti: 👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 45 655 nafar 👉 Andijon viloyati  -- 67 688 nafar 👉 Buxoro viloyati -- 45 583 nafar 👉 Farg‘ona viloyati -- 83 837 nafar 👉 So‘x tumani -- 1 962 nafar 👉 Jizzax viloyati -- 48 276 nafar 👉 Namangan viloyati -- 58 268 nafar 👉 Navoiy viloyati -- 48 437 nafar 👉 Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar 👉 Samarqand viloyati -- 93 092 nafar 👉 Sirdaryo viloyati -- 30 074 nafar 👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 39 498 nafar 👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 22 756 nafar 👉 Toshkent shahri --161 369 nafar 👉 Xorazm viloyati -- 58 596 nafar 🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:              👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar       💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar 👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:      🤵‍♂️ erkaklar -- 431 806 nafar      👩🏻‍🔧 ayollar -- 462 473 nafar 📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🇺🇿 o‘zbek tili --784 458 nafar 🇷🇺 rus tili -- 84 774 nafar 🔘  qoraqalpoq tili -- 22 534 nafar 🔘  boshqa tillar -- 2 513 nafar Izoh: Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lov amalga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👍 4 1
This month’s another heroine is Qorjovova Goʻzal, she studied in my CEFR group 👍👍. She is also a 11th grader and next time we are aiming at C1☺️ InshaAllah Quality comes first at EXPERTS ACADEMY 🎯 Siz ham albatta o’quvchilarimiz singari natijalarga erisha olasiz. Bunda sizga yordam berishga tayyormiz! https://t.me/SadikTrainerresults @ShurchiExpertsAcademy
نمایش همه...
👍 10 2🔥 2😍 2
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika ⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot ✅ 2024-yil 25-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 850 124 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: 📍 Abituriyentlarning test topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti: 👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 43 312 nafar 👉 Andijon viloyati  — 64 697 nafar 👉 Buxoro viloyati — 43 863 nafar 👉 Farg‘ona viloyati — 80 159 nafar 👉 So‘x tumani — 1 865 nafar 👉 Jizzax viloyati — 45 453 nafar 👉 Namangan viloyati — 55 648 nafar 👉 Navoiy viloyati — 45 631 nafar 👉 Qashqadaryo viloyati — 85 007 nafar 👉 Samarqand viloyati — 88 574 nafar 👉 Sirdaryo viloyati — 28 402 nafar 👉 Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 37 666 nafar 👉 Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 21 553 nafar 👉 Toshkent shahri — 152 216 nafar 👉 Xorazm viloyati — 56 078 nafar 🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:              👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari — 403 751 nafar      💁‍♂️ avvalgi yillar bitiruvchilari — 446 373 nafar 👬 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:      🤵‍♂️ erkaklar — 407 948 nafar      👩🏻‍🔧 ayollar — 442 176 nafar 📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🇺🇿 o‘zbek tili — 745 168 nafar 🇷🇺 rus tili — 81 122 nafar 🔘 qoraqalpoq tili — 21 380 nafar 🔘 boshqa tillar — 2 454 nafar ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👍 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.