O'zXIA INTELLECT
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanalda O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o'tkaziladigan intellektual o'yinlari (Zakovat, Shaxsiy o'yin, Breyn ring, Shaxmat, Shashka va boshqalar) haqida ma'lumot berib boriladi
نمایش بیشتر338
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-1230 روز
آرشیو پست ها
🤷♂️ Hali ham ro'yxatdan o'tmadingizmi? Bo'ling xay tez-tez.
⁉️ Ro'yxatdan o'tish bugun soat 22:00 gacha davom etadi.
🎯 Havolani qidirib yurmang. Olib kelib qo'ydik.Mana.
+3
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari "Intellektual haftalik" ning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yini doirasida tashkil etilgan “Intellektual haftalik” musobaqalarining hududiy saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida akademiya talabalari o‘zlarining keng bilim doirasi, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Ta’kidlash joizki, “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlarning tafakkurini charxlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil fikrlash va bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Akademiya talabalari tomonidan qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq ham ta’lim maskanida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish natijasi hisoblanadi.
https://t.me/UZXIA_INTELLECT
Repost from Zakovat +
🎓 Intellektual haftalikning respublika bosqichi sanasi ma'lum bo‘ldi!
🗓 1-3-iyun kunlari Toshkent shahrida OTM talabalari o‘rtasida Intellektual haftalik musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.
💪 Unda talabalar “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy o‘yin” bo‘yicha o‘zaro bellashadi. Shuningdek, jamoalar orasida “Zakovat Quiz” o‘yini ham o‘tkaziladi.
ℹ️ Respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
🦉Zakovat +
Repost from HAMMASI YAXSHI
Ижтимоий тармоқдаги энг фаол интеллектуал каналлар рўйхати битта жойда!
Интеллектуаллар дунёсига қўшилинг!
#Zakovat
🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 14- tur o'yini.
🗓14- may kuni soat 13:00da
📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘tadi.
O'tkazilish joyi o'zgarsa, kanalda e'lon beriladi
Repost from Zakovat intellektual klubi
+1
📄 Intellektual haftalik respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar
Respublikamiz bo‘ylab saralangan mazkur jamoalar musobaqaning hal qiluvchi bosqichi doirasida “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” hamda “Zakovat Quiz” o‘yinlari bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
ℹ️ Respublika bosqichi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Repost from Zakovat: Toshkent shahri
+7
📷 Intellektual haftalik Toshkent shahridagi hududiy saralash bosqichidan lavhalar
➖ @Toshkent_ZakovatNNT ➖
🏆 O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ilk marta haqiqiy "Zakovat quiz " musobaqasi o'tkaziladi.
- 8 raundlik eng qiziq lahzalar;
- eng yaqin do'stlaringiz davrasi;
- g'oliblarga sovg'alar;
- eng muhimi, ajoyib muhit va professional savollar.
📅 16-may
⏰ 10:00
📍 B-212
📌 Ro'yxatdan quyidagi havola orqali o'tiladi.
👥 Jamoa tarkibi 6 kishidan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Repost from N/a
🔖 Tog‘ay Murod qalamiga mansub "Otamdan qolgan dalalar" asari asosida tashkil etilayotgan adabiy turnirimizga taklif etamiz.
🖥 Turnir tartibi va shartlari:
🔺 Ro‘yxatdan o‘tish yakka tartibda amalga oshiriladi;
🔵 Ishtirokchilar bellashuv jarayonida qur’a tashlash orqali guruhlarga taqsimlanadi;
🔵 Jamoalar asar mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi maxsus shartlar asosida o‘zaro bahslashadilar.
🗓 Sana: 16.05.2026
⏰ Vaqt: 13:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi
✉️ Joylar soni cheklangan, shoshiling!
😀 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
⬇️ Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/mutolaa_zone
Repost from N/a
📢 Bizda FINAL!
📌 Final bosqichining mavzusi:
"Dunyodagi barcha onalar yaxshi"
Ushbu bosqich 4 shartda bo'lib o'tadi:
📚1-shart. Qadriyatlar kutubxonasi
Bu shart O'tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari asari bo'yicha bo'lib, ushbu kitob yuzasidan 8 ta savol beriladi
💡2-shart. Asliyatni top!
Ushbu shartga ishtirokchilar taklifi bilan faqat final bosqichi uchun biroz o'zgartirish kiritdik.
Bunda jamoalar nutq uchun berilgan kitobdan chiqmagan holda ixtiyoriy tayyorgarlik ko'radilar (ko'rgazma, taqdimot va hkz) va uni jamoaviy ochib beradilar
🎬 3-shart. Yo'l-yo'lakay
Final bosqichimiz onalar mavzusida bo'lgani uchun kinofilmni ham shu mavzuda tanlandi.
Demak, bu shartning 8 ta savoli Ilhaq kinofilmi asosida bo'ladi.
❓4-shart. O'zbekcha savol
Bu bosqichda hech qanday manba yo'q. Guruhlar shunchaki qiziqarli 8 ta savollarga ziyraklik bilan javob beradilar. Savollar milliylikka xos bo'ladi.
Sana: 23.05.26 Soat: 13:00 Joy: B 212Qatnashuvchi jamoalar @asliyatila_admin ro'yxatdan o'tishlari kerak Asliyat ila
Repost from International Islamic Academy of Uzbekistan
+6
🌟🌟🌟🌟
💠 Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yoshlar kuni” munosabati hamda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
💠 Intellektual bahslar ruhida kechgan musobaqada Akademiyaning turli fakultet va yoʻnalishlaridan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi.
💠 Mazkur musobaqani Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimovlar kirish soʻzi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.
💠 Tadbir davomida yoshlarga ajdodlar jasorati, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, yurt ravnaqi yoʻlida faol va masʼuliyatli boʻlish zarurligi haqida alohida taʼkidlandi. Shuningdek, “Zakovat” oʻyini talaba-yoshlar oʻrtasida jamoaviy hamjihatlik, tezkor fikrlash va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
Repost from Zakovat: Toshkent shahri
+3
📄 Intellektual haftalik uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar
Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun 127 ta oliy ta’lim muassasasining terma jamoalari ro‘yxatdan o‘tdi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, 50 tadan oshiq OTM ishtirok etish istagini bildirsa, ular o‘rtasida hududiy saralash bosqichi o‘tkazilishi va mos nisbatda kvotalar tayinlanishi belgilangan. Shu sababli, ushbu jamoalar o‘rtasida hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
🗓 Hududiy saralash bosqichi o‘yini 13-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Zakovat
🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 13- tur o'yini.
9- may - "Xotira va qadrlash kuni" kuni doirasida maxsus tur bo'lib o'tadi.🗓06- may kuni soat 13:00da 📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘tadi. O'tkazilish joyi o'zgarsa, kanalda e'lon beriladi
Talabalar ligasi 11 va 12-tur natijalari tayyor bo'ldi, ushbu havola orqali kirib ko'rishingiz mumkin.
Tur yuzasidan mavjud appelyatsiyalarni ushbu havolaga yozishingiz mumkin
#Zakovat
🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 12- tur o'yini.
🗓30- aprel kuni soat 13:00da
📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘tadi.
O'tkazilish joyi o'zgarsa, kanalda e'lon beriladi
