fa
Feedback
O'zXIA INTELLECT

O'zXIA INTELLECT

رفتن به کانال در Telegram

Ushbu kanalda O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o'tkaziladigan intellektual o'yinlari (Zakovat, Shaxsiy o'yin, Breyn ring, Shaxmat, Shashka va boshqalar) haqida ma'lumot berib boriladi

نمایش بیشتر
357
مشترکین
+124 ساعت
+327 روز
+3030 روز
آرشیو پست ها
Repost from Zakovat +
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Ushbu nizom bilan musobaqaga quyidagi asosiy o‘zgartirishlar kiritilmoqda: 1️⃣ Oʻyin formatiga koʻra Shaxsiy oʻyin bilan oʻxshashligi sababli Erudit-kvartet oʻyini Intellektual olimpiada dasturidan chiqarib tashlanmoqda. Shuningdek, hozirgi zamonaviy dunyoda yoshlarning sun’iy intellekt yechimlaridan to‘g‘ri yo‘nalishda foydalanishlarini ta’minlash va yoshlarning g‘oyalarini jamiyatdagi turli muammolarni hal qilishda rag‘batlantirish yo‘li orqali yuzaga chiqarish maqsadida Intellektual olimpiada dasturiga yangi yoʻnalish - sun’iy intellekt bo‘yicha “Zakovat Xakaton” musobaqasi qo‘shilmoqda. 2️⃣ Yangi bilimdonlarni kashf qilish, oliy ta’lim tashkilotlarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish, talabalar orasida bilim boʻyicha seleksiya ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida musobaqada ishtirok etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha cheklovlar joriy etilmoqda: - Intellektual olimpiadada oliy ta’lim tashkilotining ayni paytdagi talabasi boʻlmagan, xususan, akademik taʻtilga chiqqan, belgilangan tartibda kursdan kursga oʻtkazilmagan (kursdan qoldirilgan) yoki ta’lim tashkilotidan chetlashtirilgan (oʻqishdan haydalgan) shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi; - magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar turli yillarda oʻtkaziladigan Intellektual olimpiada musobaqalarida magistrant sifatida faqat bir marotaba ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, ularning qayta ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi; - Bakalavriat bosqichi talabalari uchun ishtirok etish huquqi turli yillarda oʻtkaziladigan Intellektual olimpiada musobaqalarida har bir oʻquv kursi kesimida bir marotaba bilan cheklanadi. Bunda talaba keyingi kursga oʻtgan taqdirda, navbatdagi kurs doirasida yana bir bor ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi; Yuqorida nazarda tutilgan ishtirok etish cheklovlari avvalgi yillarda tashkil etilgan Intellektual olimpiadalar doirasida talabalarning ishtirok etganlik holatlari inobatga olingan holda qoʻllaniladi. Ishtirokchilar hisobini yuritish, ularning avvalgi yillardagi ishtirokini aniqlash hamda takroriy qatnashish holatlari oldini olish maqsadida Tashkiliy guruh tomonidan yagona maʻlumotlar reyestri shakllantiriladi. Mazkur reyestr hududiy saralash bosqichidan boshlab yuritiladi hamda keyingi bosqichda ishtirokchilarni tasdiqlashda asosiy axborot manbai sifatida foydalaniladi. 3️⃣ Yangi tartibda “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy oʻyin” turnirlarida ishtirok etuvchi oliy taʻlim tashkilotlari “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra aniqlansa, “Shaxmat”, “Shashka” va “Zakovat Xakaton” turnirlarida ishtirok etuvchi oliy taʻlim tashkilotlari har bir oʻyin turi boʻyicha alohida saralash bosqichi orqali aniqlanadi hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha respublika bosqichiga kvotalar kelib tushgan arizalar soniga qarab alohida belgilanadi. ℹ️ Musobaqani o‘tkazish tartibiga oid boshqa yangiliklar bilan nizomni to‘liq o‘qib chiqib tanishishingiz mumkin. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

🏆🏆🏆 “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Toshkent shahridagi Professional, Birinchi va Ikkinchi liga mavsumiy musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Ushbu Nizom bilan kuzgi mavsum yakunida Birinchi ligadan Professional ligaga yo‘llanma oladigan jamoalar soni 5 tadan 3 taga o‘zgartirilmoqda. Professional ligadan Birinchi ligaga tushadigan jamoalar soni esa o‘zgarishsiz (5 ta) qoladi. ➖ @Toshkent_ZakovatNNT

Repost from Anagramma
#transfer TGFU (Renessans universiteti) Muarrix jamoasidan Nurmuhammad Ummatovni tarkibga qoʻshib oldi. @zakovat_anagramma
#transfer TGFU (Renessans universiteti) Muarrix jamoasidan Nurmuhammad Ummatovni tarkibga qoʻshib oldi. @zakovat_anagramma

Hurmatli birinchi kurs talabalari! 🏆O'zingizni Zakovat intellektual bilimlar bahsida sinab ko'rish niyatidamisiz? 📌Zakovatd
Hurmatli birinchi kurs talabalari! 🏆O'zingizni Zakovat intellektual bilimlar bahsida sinab ko'rish niyatidamisiz? 📌Zakovatda bilim va tajribangizni oshirmoqchimisiz? ✅Unda sizlarni O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Zakovat intellektual klubiga taklif qilamiz. 😇O'zingizni ko'rsating, Akademiya terma jamoasi a'zosiga aylaning. ✅Toshkent shahar Zakovat klubida o'z bilimlaringizni sinash imkoniga ega bo'ling! ✅Sizni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limida (A bino, 113-xona) kutamiz. ❔Batafsil ma'lumot @muzaffar2606 profili orqali. 📖Intellektuallar kanali https://t.me/UZXIA_INTELLECT

🔜

📢📢📢📢📢 Hurmatli ustozlar, qadrli talabalar! ✅Sizlarni joriy yilning 7-sentabr kuni soat 7:30 da bo’lib o’tadigan “Yagona
📢📢📢📢📢 Hurmatli ustozlar, qadrli talabalar! ✅Sizlarni joriy yilning 7-sentabr kuni soat 7:30 da bo’lib o’tadigan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” nomli 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bag’ishlov” tadbirimizga taklif etamiz! 📱Tadbir Akademiyaning “A” binosi oldida tashkil etiladi. 💬Bayram tadbirida faol ishtirok eting! O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽 🌐iiau.uz|Facebook|🌐Instagram|Telegram|📹YouTube

O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASINI BIRGALIKDA QO‘LLAB-QUVVATLAYLIK! Hurmatli Professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talaba-y
O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASINI BIRGALIKDA QO‘LLAB-QUVVATLAYLIK! Hurmatli Professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar! ⚽️Sizni O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uchrashuvini birgalikda tomosha qilish va jamoamizni qo‘llab-quvvatlash tadbiriga taklif etamiz. ⚽️ MANZIL: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Kichik majlislar zali (Oq zal) ⚽️ 18.06.2026-yil, soat 07-00 da. ⚽️ O'zbekiston - Kolumbiya ⚽️ Keling, milliy jamoamizga birgalikda kuch va ruhiy madad beraylik! Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok eting. ⚽️ Bir bayroq ostida, bir maqsad yo‘lida!

🏆 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuni munosabati bilan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini
+6
🏆 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuni munosabati bilan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini fotosuratlari: O‘quvchilar Talabalar @zakovat_photo

Repost from Zakovat +
🏆 Birinchi liga bahorgi mavsumining 9-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi 9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini
🏆 Birinchi liga bahorgi mavsumining 9-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi 9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing. Apellyatsiya qarorlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. AHning 4-a’zosi (ChatGPT 5.2) va 5-a’zosi (Gemini Flash 3 Pro) qarorlari bilan mazkur havolalar orqali tanishishingiz mumkin. ➖ @Toshkent_ZakovatNNT

Repost from O'zXIA ma'naviyat
⛰️ "WikiSfera II" oromgohiga start berildi! 6 kunlik tog' bag'ridagi oromgoh, yangi do'stlar, viki-treninglar va unutilmas ta
⛰️ "WikiSfera II" oromgohiga start berildi! 6 kunlik tog' bag'ridagi oromgoh, yangi do'stlar, viki-treninglar va unutilmas taassurotlar sizni kutmoqda! 🔥 🎁 Ishtirokchilar uchun tayyorlangan: — sertifikat va sovg'alar — qimmatbaho mukofotlar — haqiqiy viki-muhit 📌 20-maydan 20-iyungacha ro'yxatdan o'ting. 🔗 Sizning taklif havolangiz: https://t.me/WikiTanlov_bot?start=ref_V0OZV

🏆 1-3-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Intellektual haftalik fotosuratlari: 1-kun 2-kun 3-kun Taqdirlash marosimi ➖ @zakovat_photo
+9
🏆 1-3-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Intellektual haftalik fotosuratlari: 1-kun 2-kun 3-kun Taqdirlash marosimi @zakovat_photo

📄 Intellektual haftalik doirasidagi Breyn-ring o‘yini guruh bosqichi guruhlari Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I T
📄 Intellektual haftalik doirasidagi Breyn-ring o‘yini guruh bosqichi guruhlari Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

📄 Intellektual haftalik doirasidagi Breyn-ring o‘yini saralash bosqichi J va K guruhlari natijalari Guruhlarda dastlabki ikk
📄 Intellektual haftalik doirasidagi Breyn-ring o‘yini saralash bosqichi J va K guruhlari natijalari Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oldi. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

📷 Intellektual haftalik doirasidagi “Zakovat” o‘yinidan lavhalar Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
📷 Intellektual haftalik doirasidagi “Zakovat” o‘yinidan lavhalar Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Repost from Zakovat +
Intellektual haftalik 1-kun (1-iyun) dasturi Ertadan OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual haftalik musobaqasining respubli
Intellektual haftalik 1-kun (1-iyun) dasturi Ertadan OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual haftalik musobaqasining respublika bosqichi boshlanadi. Manzil: Zakovat arena. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

#qandaytopildi “Metaverse” jamoasi navbatchiligida o‘tgan bahorgi mavsum 7-tur o‘yinining 1-savolini Birinchi liga jamoalari orasida faqat “Muarrix” jamoasi topdi. Savol matni quyidagicha:
Bir videoda keltirilishicha Qozonga yurish qilgan Ivan Grozniy koʻplab tatarlarni qilichdan oʻtkazgan. Videoda Tatarlardagi bu odat shu jarayondan qolgan deyiladi. Qaysi odat? Javob: esonmisiz deb koʻrishish Izoh: tatar tilidagi salomlashish maʼnosini ifodalovchi esonmisiz soʻzi aslida tirikmisiz maʼnosidagi soʻzdan kelib chiqqan boʻlib, Ivan Grozniy bosqiniga borib taqaladi ekan. Muallif: Sardor Abdusodiqov..
Muarrix” jamoasi ushbu savolni qanday topganini yuqoridagi videodan ko‘rishingiz mumkin. ➖ @Toshkent_ZakovatNNT

#Zakovat 🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 15- tur o'yini. 🗓21- may kuni soat 13:00da 📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘
#Zakovat 🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 15- tur o'yini. 🗓21- may kuni soat 13:00da 📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘tadi. O'tkazilish joyi o'zgarsa, kanalda e'lon beriladi

#Zakovat 🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 14- tur o'yini. 🗓19- may kuni soat 13:00da 📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘
#Zakovat 🏆Bahorgi-yozgi mavsum "Talabalar ligasi" 14- tur o'yini. 🗓19- may kuni soat 13:00da 📍 Imtihonlar zalida bo‘lib o‘tadi. O'tkazilish joyi o'zgarsa, kanalda e'lon beriladi

Bugungi Quiz natijalariga ko'ra: 🥇 1-o'rin: "Yutsak Oxunjonni uylantiramiz" jamoasiga; 🥈 2-o'rin: "101-reys" jamoasiga; 🥉3
+2
Bugungi Quiz natijalariga ko'ra: 🥇 1-o'rin: "Yutsak Oxunjonni uylantiramiz" jamoasiga; 🥈 2-o'rin: "101-reys" jamoasiga; 🥉3-o'rin: "Eyforiya" jamoasiga; nasib etdi. ⁉️P.s. Quiz haqidagi fikrlar va kamchiliklar borasidagi takliflar uchun kommentimiz ochiq.

🏆 Quiz natijalari bilan tanishing.
🏆 Quiz natijalari bilan tanishing.