cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

AFG'ONISTON TAHLILI

AFG'ONISTON tarixi, siyosati, madaniyati hamda hozirgi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bo'yicha tahliliy ma'lumotlar berilib boruvchi kanal. Afg'onshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilamiz. 📩 Murojaat va takliflar uchun: @Afghan_analysis_bot

نمایش بیشتر
طاجيكستان3 066زبان مشخص نشده استسیاست22 400
پست‌های تبلیغاتی
843
مشترکین
+124 ساعت
+27 روز
-3330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

00:15
Video unavailableShow in Telegram
#Tarix #تاریخ_افغانستان 🇷🇺/🇦🇫 Sovet harbiy instruktorlar tomonidan afg‘on harbiy parashyutchi qizlarni harbiy tayyorlargarlikdan o'tkazish jarayonlari 🇦🇫 Afg'oniston Demokratik Respublikasi, 1980-yillar... 🇦🇫جمهوری دموکراتیک افغانستان، سالهای ۱۹۸۰... 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...
1.33 MB
👍 9👌 1👀 1
🇺🇿🏳️​​DOHADA BO'LIB TURGAN TOLIBON O'ZBEKISTON VAKILLARI BILAN UCHRASHDI 🇺🇿🇦🇫Tolibon delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tolibon Matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bilan uchrashib, muzokaralar o'tkazdi. 🇺🇳 Ayni damda 3-Doha konferensiyasi ochilishi oldidan Tolibon Hindiston, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Indoneziya, Niderlandiya va BMT diplomatlari bilan uchrashuvlar rejalashtirgan. 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👌 7👍 6🤔 1
​​🇶🇦 🇦🇫TOLIBON VAKILLARI DOHAGA YETIB KELDI 🇺🇳Toliblar BMTning 3-Doha konferensiyasida qatnashish uchun Qatar poytaxti Dohaga yetib kelishdi. Delegatsiya tarkibi Tolibon matbuot kotibi Zabihullo Mujohid boshchiligida 5 kishidan iborat. ⬇️Jumladan, Tolibonning Dohadagi siyosiy idorasi rahbari Muhammad Suhayl Shohin (Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan edi biroq BMT uni rad etgan) va Savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirliklaridan vakillar mavjud. 🗣Shohinning soʻzlariga koʻra, Dohaga kelgan Tolibonning asosiy maqsadi, ushbu konferensiyada moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga erishishdir. 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👌 6👍 2👀 2🤔 1
🇺🇳🇦🇫​​AFGʻONISTON — HUKUMATDA AYOLLAR BOʻLMAGAN DUNYODAGI 8 TA DAVLATDAN BIRIDIR 🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va Ayollar huquqlarini kengaytirish bo'yicha tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, xuddi shunday vaziyat hozirda Afg'onistondan tashqari: ➡️Vengriya; ➡️ Ozarbayjon; ➡️ Saudiya Arabistoni; ➡️ Yaman; ➡️Papua-Yangi Gvineya; ➡️ Tuvalu; ➡️Vanuatu, kabi davlatlar boshqaruvida ayollarning o'rni deyarli yo'q, aytarli 0% ko'rsatgichida. 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👍 6👌 2🤔 1👀 1
⚡️⚡️​​AFG'ONISTON MAVZUSI TRAMP VA BAYDEN BAHSIDA 🔤 🇺🇸Kuni kecha AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Jozef Bayden o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tdi. 💬Bahs davomida Afg'oniston mavzusida so'z ochilib, Tramp AQSh qo'shinlarining Afg'onistondan olib chiqilishini " bu AQSH tarixidagi eng sharmandali voqea " deb atadi. 🎤Tramp, shuningdek, Baydenning AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishga undaganini ham aytib o'tdi. J. Bayden bu ayblovlarni yolg'on deb rad etdi. 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👍 11🔥 2👀 1
👑TOJ BEG SAROYI YOXUD OXIRIGA YETMAGAN ORZU    📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏 💧Ushbu saroy 1920-yillarda Afg'oniston qiroli Omonullaxon tomonidan Kobulning janubi-g'arbida bo'lajak  Afg'onistonning modernistik kelajagi uchun qayta tiklanadigan poytaxti markazlaridan biri sifatida qurilgan edi. ❄️Biroq, "Yosh afg'on"larga xayrixoh bo'lgan Omonullaxonning orzulari ro'yobga chiqmadi. 1929-yilda Omonullaxon va qirolicha Surayyo Tarziy hukmronligi mamlakat sharqidagi konservatorlar tomonidan ag'darildi va Afg'onistondan tark etib umrini oxirigacha Shveysariyada yashaydi hamda 1960-yilda Syurix shahrida vafot etadi. ✨Aytish joizki ushbu saroy Yevropalashgan va modernizatsiya qilingan Afg‘oniston uchun eng yaxshi yodgorlikdir hisoblanar edi. 🕓Saroy qurilib, Omonullaxon humronligi ag'darilgandan so'ng bir necha yil o‘tib saroy bo‘m-bo‘sh qoldirildi. O'tgan yillar davomida u afg'on armiyasi, Sovet qo'shinlari va Tolibon va boshqalar tomonidan ishg'ol qilinib, vayronaga aylandi. 📍 Afg'oniston, KOBUL 👑 TOJBEG saroyi (قصر تاج بیگ) 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...
👍 12🔥 1👌 1
​​🇺🇳🇺🇸🇦🇫 TOLIBON G'ARBNI TANLADI(mi?)Yuqorida aytganimday, Tolibon hukumati vakillari iyun oxiri – iyul oyi boshida Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarning xalqaro yig‘ilishida ishtirok etadi. 🇺🇳 🇺🇸Doha formatidagi ushbu uchinchi konferensiya rasmiy ravishda BMT shafeligida o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, uning asosiy aktorlari AQSh va uning ittifoqchilari hisoblanadi. 🔴Shu bois bir tomondan, Doha formatidagi uchrashuvlar, ikkinchi tomondan esa mintaqa davlatlari oʻrtasida Afgʻoniston bilan bogʻliq tashabbus va loyihalar oʻrtasida "de-fakto" raqobat mavjud. G'arbdan farqli o'laroq Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston va Markaziy Osiyo respublikalari ishtirokidan iborat mintaqa davlatlari o'z manfaatlarini namoyish qilish uchun Moskva formatidagi platformalardan, shuningdek, boshqa turli maslahatlashuvlar, forumlar, konferensiyalar va hokazolardan foydalanadi. 🔴O'z navbatida, "Doha" formatidagi G'arbga Tolibonning Moskva, Pekin va Tehron bilan aloqalari unchalik yoqmaydi. Mintaqa davlatlaridan yuqoridagi uch davlat ham Tolibonning Amerika va Doha formatiga ucharashuvlariga "hasad" qilishadi. 🔴Tolibon imkon qadar bu qarama-qarshiliklar ustidan o'z manfaati uchun foydalanishga harakat qilib, "de-fakto" hukumatining siyosiy tan olinishi hamda moliyaviy yordamlar olmoqchi. 🔴So'nggi yillar ichida Doha va mintaqa davlatlari o'rtasida Tolibon uchun raqobat ayniqsa keskinlashib, "Yangi Katta o'yin" uchun o'z xissalarini qo'shmoqda. 🔴Xususan, Rossiya Tolibonni "terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan" chiqarishga urinib, bu bilan “qattiq mullalar” rejimining ehtimoliy ravishda siyosiy tan olinishiga oshkora ishora qildi. 🚫Biroq, Moskva Tolibon borasidagi "Katta o'yin"da muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Jumladan, Toliblar Tehronda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Afg'oniston bo'yicha mintaqaviy maxsus vakillari doirasidagi uchrashuvga kelishdan bosh tortdi. Bu o'z navbatida Moskva formatidagi loyiha edi. ❗️O'z navbatida mintaqa davlatlaridan Rossiya "Doha-3"ni omadsiz bo'lishiga, Tolibonning ushbu konferensiyaga e'tibor bermasliklariga umid qilishdi. ⚡️Biroq, mo'jiza sodir bo'lmadi: Tolibon Doha formatida ishtirok etishini tasdiqladi hamda buni sarmoya va gumanitar yordam olish manfaatlari bilan izohladi. 📃Albatta, Tolibon bir tomondan, AQSh va Doha, ikkinchi tomondan esa mintaqa davlatlari manfaatlari to‘qnashuvidan foydalanib, o‘zlarining "taktikasiga" amal qilishda davom etadi. 🚨Biroq fikrimcha, Tolibon, allaqachon o'zining haqiqiy tanlovini amalga oshirgan bo'lishi mumkin ya'ni Toliblar 2021- yilda hokimiyatga kelishiga birinchi yordam berganlar bilan qoladilar. Bu esa kunday ravshan AQSh va uning xalqaro hamkorlaridir. ☑️"Mintaqaviy formatning" "Doha formati" bilan raqobatdagi muvaffaqiyatsizligini oldindan aytish mumkin edi. Chunki mintaqa davlatlari Afgʻoniston boʻyicha uzviy va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqa olmadi. O'z navbatida "Moskva formati" esa anchadan beri oʻzining samarasini yo'qotib, Afgʻoniston boʻyicha AQSH loyihalariga haqiqiy raqobatchilikdan chetga surilmoqda. 🚫Bir so'z bilan aytganda, agar Rossiya "Yangi Katta o'yin"da mag'lub bo'lishni xohlamasa, Tolibonning siyosiy jihatdan "de-fakto" hukumatini nafaqat tan olishi, balki Tolibon bilan imkon qadar barcha "kanallar"ni ishga solib yaqinlashishi maqsadga muvofiqdir. Post tugadi. 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👍 6🔥 4👌 1
🇦🇫🇺🇳​​TOLIBON UCHINCHI DOHA UCHRASHUVIDA ISHTIROK ETADI 🚫Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning OAVga bergan intervyusiga ko'ra, Tolibon vakillari Dohadagi uchinchi uchrashuvda ishtirok etishini tasdiqladi. 🔴Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Tolibon nomidan Dohaga boradigan delegatsiya tarkibi tez orada e'lon qilinishini ma'lum qildi. O'z navbatida Tolibon BMT bilan uchrashuv kun tartibini muhokama qilgan va bu Afg'oniston manfaatiga mos ekanini tan olgan. 🔴Avvalroq, Tolibon uchinchi Doha uchrashuvida ishtirok etish shartlarini qo‘ygan edi. 🇺🇳🏳️Tolibon, shuningdek, BMTdan Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakil tayinlamaslikni so‘ragan edi. Hozircha BMT Tolibon shartlarini qay darajada qabul qilgani ma’lum emas. 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👍 10👏 1😱 1
AFG'ONISTONDAGI TURKLAR ترکی های در افغانستان     📏📏📏📏📏📏📏📏 ☺️Afg'oniston, 1967 yil
نمایش همه...
👍 9
😎​​AFG'ONISTON: tarix, kecha va bugun افغانستان: تاریخ، دیروز و امروز 📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏 📍KOBUL, AFG'ONISTON. 😎1970-yillardan......hozirgi davrgacha 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
نمایش همه...

👍 15😱 1👀 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.