«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
رفتن به کانال در Telegram
Sharq olamida sodir bo‘layotgan yangiliklar va voqealar siyosiy tahlili, tarixiy-falsafiy mushohadalar va ilmiy mulohazalarni biz bilan kuzatib boring! Murojaat va tijoriy hamkorliklar uchun: @tahlilchi_admin @TahlilchilargaMurojaat_bot
نمایش بیشتر7 304
مشترکین
-124 ساعت
-287 روز
-7630 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اوت '26
اوت '26
+59
در 0 کانالها
ژوئیه '26
+64
در 4 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+81
در 1 کانالها
Get PRO
مه '26
+142
در 8 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+137
در 11 کانالها
Get PRO
مارس '26
+335
در 16 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+194
در 20 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+173
در 22 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+238
در 16 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+198
در 15 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+263
در 26 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+193
در 5 کانالها
Get PRO
اوت '25
+67
در 2 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+43
در 5 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+109
در 7 کانالها
Get PRO
مه '25
+157
در 7 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+116
در 20 کانالها
Get PRO
مارس '25
+150
در 10 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+115
در 16 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+154
در 9 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+222
در 15 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+130
در 13 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+303
در 39 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+675
در 16 کانالها
Get PRO
اوت '24
+91
در 5 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+187
در 5 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+212
در 4 کانالها
Get PRO
مه '24
+271
در 6 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+404
در 24 کانالها
Get PRO
مارس '24
+466
در 8 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+365
در 7 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+352
در 16 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+317
در 21 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+231
در 19 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+684
در 31 کانالها
Get PRO
سپتامبر '23
+161
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '23
+144
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '23
+743
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '23
+197
در 0 کانالها
Get PRO
مه '23
+225
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '23
+256
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '23
+133
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '23
+387
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '23
+344
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '22
+309
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '22
+755
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '22
+214
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '22
+212
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '22
+270
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '22
+831
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '22
+138
در 0 کانالها
Get PRO
مه '22
+559
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '22
+325
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '22
+118
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '22
+468
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '22
+149
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '21
+1 172
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '21
+895
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '21
+1 078
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '21
+769
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '21
+1 251
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '21
+83
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '21
+37
در 0 کانالها
Get PRO
مه '21
+90
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '21
+59
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '21
+37
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '21
+277
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '21
+61
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '20
+868
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 26 اوت | +1 | |||
| 25 اوت | +3 | |||
| 24 اوت | +2 | |||
| 23 اوت | +2 | |||
| 22 اوت | +1 | |||
| 21 اوت | +1 | |||
| 20 اوت | +3 | |||
| 19 اوت | +2 | |||
| 18 اوت | +2 | |||
| 17 اوت | +1 | |||
| 16 اوت | +1 | |||
| 15 اوت | +5 | |||
| 14 اوت | +1 | |||
| 13 اوت | +2 | |||
| 12 اوت | +2 | |||
| 11 اوت | +2 | |||
| 10 اوت | 0 | |||
| 09 اوت | 0 | |||
| 08 اوت | 0 | |||
| 07 اوت | +3 | |||
| 06 اوت | +3 | |||
| 05 اوت | +8 | |||
| 04 اوت | 0 | |||
| 03 اوت | +1 | |||
| 02 اوت | +6 | |||
| 01 اوت | +7 |
پستهای کانال
| 2 | Dunyo chip sanoatida Tayvanning roli
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi chip raqobatida Tayvan muhim markaziy o‘rin tutadi. Tayvan nafaqat iqtisodiy, balki strategik va harbiy-siyosiy jihatdan ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tayvandagi yirik chip ishlab chiqaruvchi kompaniya TSMC (Taiwan Semiconductor Manufacturing Company) global chip ishlab chiqarish bozorida taxminan 70% dan ortiq ulushni saqlab kelmoqda. Eng muhimi shundaki, dunyodagi eng ilg‘or, besh nanometr va undan past texnologik darajadagi chiplarning taxminan 90% foizi hali ham Tayvanda ishlab chiqarilmoqda. Sun’iy intellekt sohasidagi barcha yirik kompaniyalarni ham TSMC ta'minlab kelmoqda. Bundan tashqari, sun’iy intellekt chiplarining to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng murakkab qadoqlash jarayoni ham asosan Tayvanda amalga oshiriladi. AQShdagi yangi fabrikalarda ishlab chiqarilgan chiplar ham ko‘pincha qadoqlash uchun yana Tayvanga yuborilmoqda va mutaxassislarning firkiga ko'ra bu holat kamida 2028–2029-yillarga qadar o‘zgarmasligi kutilmoqda.
AQSh bu bog‘liqlikni kamaytirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga qaramy, vaziyat o'zgarishsiz qolmoqda. Tayvandagi yirik kompaniya TSMC o‘zining Amerika hududidagi loyihalariga yuzlab milliard dollar sarmoya kiritishni e’lon qilishiga qaramay, eng ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqarish zanjirida hali ham Tayvan asosiy o'rinni egallab turibdi. Nvidia yirik texnologik kompaniyasi rahbari Jensen Huang ta'kidlaganidek: "Tayvan Amerika yarimo‘tkazgich sanoatini qutqardi, aksincha emas". Uning fikricha Amerika chiplarni loyihalashda yetakchi bo‘lishiga qaramasdan, ishlab chiqarishda Tayvan asosiy o'rin egallaydi.
Pekin esa bu borada boshqacha yo'l tutmoqda, jumladan chip ishlab chiqarishda mustaqillikka erishishni milliy xavfsizlik darajasiga ko‘tarib, o‘zining yirik chip ishlab chiqaruvchi korxonalariga ulkan mablag‘lar ajratmoqda. Xitoy kompaniyalari yetti nanometr darajasidagi texnologiya ishlab chiqarishda sezilarli yutuqlarga erishgan, lekin uch nanometr va undan past texnologiyada hali ham Tayvandan ancha orqada. AQShning eksport cheklovlari Xitoyning eng ilg‘or ishlab chiqarish uskunalarini olishiga to‘sqinlik qilmoqda. Natijada Xitoy o‘zining ichki sun’iy intellekt chiplarini rivojlantirayotgan bo‘lsa-da, eng yuqori samaradorlikdagi chiplar bo‘yicha hali ham Tayvan va G‘arb texnologiyalariga nisbatan bog‘liqligicha qolmoqda. Bu holat Tayvan uchun o‘ziga xos himoya mexanizmini yaratgan. Agar Tayvandagi chip ishlab chiqarish jiddiy izdan chiqsa yoki Xitoy nazoratiga o‘tsa, global iqtisodiyotga yetadigan zarar birinchi yildayoq 10% foizga yaqin baholanmoqda. Bu esa Xitoyning Tayvanga nisbatan har qanday ehtimoliy harbiy harakatning narxini keskin oshiradi.
Umuman olganda, AQSh-Xitoy chip raqobatida Tayvan hali ham eng muhim va almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchidir. AQSh o‘z ishlab chiqarishini kengaytirmoqda, Xitoy ichki imkoniyatlarini oshirmoqda, lekin eng yuqori darajadagi texnologiya, ishlab chiqarish hajmi hali ham Tayvandadir. Bu ustunlik yaqin yillarda sezilarli darajada kamayishi ehtimoli past. Shu bois Tayvan nafaqat iqtisodiy, balki global texnologik va siyosiy barqarorlikning eng muhim omillaridan biri sifatida ko'rilmoqda.
Yahyobek Erkinboyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 540 |
| 3 | 🇮🇷🇨🇳 Xalqaro sanksiyalar sharoitida Eron-Xitoy munosabatlari
Eron–Xitoy munosabatlari so‘nggi yillarda xalqaro sanksiyalar fonida iqtisodiy hamkorlikdan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, AQShning Eronga nisbatan sanksiyalar siyosati Eronni iqtisodiy va siyosiy jihatdan Sharqqa, birinchi navbatda Xitoyga yaqinlashishga undadi.
Ikki davlat munosabatlarida 2016-yil muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Xitoy raisi Si Szinpinning Tehronga tashrifi davomida Eron va Xitoy keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga kelishib oldi. Bu jarayon 2021-yil 27-martda "25 yillik keng qamrovli hamkorlik dasturi"ning imzolanishi bilan yangi bosqichga chiqdi. Hujjat energetika, transport, infratuzilma, savdo va investitsiya kabi ko‘plab yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlik uchun siyosiy asos yaratdi.
2018-yilda AQShning Eron yadroviy kelishuvi — JCPOAdan chiqishi va sanksiyalarni qayta tiklashi Eronning G‘arb bozorlari hamda xalqaro moliya tizimiga kirishini keskin chekladi. Xitoy Eron uchun eng muhim iqtisodiy hamkorlardan biriga aylandi. Ayniqsa, neft savdosi ikki tomonlama aloqalarning tayanch yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda Xitoy Eronning dengiz orqali eksport qilinadigan neftining 80 foizdan ortig‘ini sotib olgan, bu esa Pekinning Tehron uchun sanksiyalar bosimini yumshatuvchi asosiy iqtisodiy vositaga aylanganini ko‘rsatadi.
Munosabatlarda muhim paradoks mavjud: siyosiy yaqinlik iqtisodiy investitsiyalarning mutanosib o‘sishiga olib kelmadi. 2021-yildagi uzoq muddatli hamkorlik dasturiga qaramay, Xitoyning Erondagi real investitsiyalari nisbatan cheklangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2007-yildan buyon Xitoyning Erondagi investitsiyalari 5 milliard dollarga ham yetmagan. Bu ko‘rsatkich Xitoyning Saudiya Arabistoni va BAA kabi boshqa Yaqin Sharq davlatlaridagi iqtisodiy faolligidan ancha past. Buning asosiy sababi — ikkilamchi sanksiyalar xavfi va Xitoy kompaniyalarining AQSh moliya tizimi hamda global bozorlardagi manfaatlarini xavf ostiga qo‘yishni istamasligidir.
Shunga qaramay, sanksiyalar Eron–Xitoy munosabatlarini geosiyosiy jihatdan yanada yaqinlashtirdi. Eronning 2023-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lishi va 2024-yildan BRICS tarkibiga kirishi Tehronning G‘arbga qaramlikni kamaytirish va Xitoy yetakchi rol o‘ynayotgan ko‘p qutbli institutlarga integratsiyalashish strategiyasini kuchaytirdi.
Eron uchun Xitoy — sanksiyalar sharoitida neft eksportini davom ettirish, tashqi savdo aloqalarini saqlash va xalqaro izolyatsiyani yumshatish imkonini beruvchi strategik hamkordir. Xitoy uchun esa Eron — energetik resurslar manbai, Markaziy Osiyo–Yaqin Sharq transport yo‘laklaridagi muhim geografik bo‘g‘in va AQSh ta’siri kuchli bo‘lgan mintaqadagi geosiyosiy sherikdir. Biroq Pekin Tehron bilan hamkorlikda ehtiyotkor siyosat yuritmoqda, jumladan, Xitoy Eron bilan aloqalarni rivojlantirish bilan birga, AQSh sanksiyalari xavfini hamda Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan ancha yirik iqtisodiy manfaatlarini hisobga olmoqda.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro sanksiyalar Eron–Xitoy aloqalarini zaiflashtirishdan ko‘ra, ularning strategik ahamiyatini oshirdi. E'tiborli jihati shundaki, bu munosabatlar teng darajadagi o‘zaro bog'liqlik emas, balki, sanksiyalar tufayli Eronning Xitoyga iqtisodiy ehtiyoji Xitoyning Eronga bo‘lgan ehtiyojidan ancha yuqori. Aynan shu nomutanosiblik kelajakdagi Eron–Xitoy munosabatlarining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib qoladi.
Asadbek Sultonboyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 3 554 |
| 4 | 🇨🇳🇺🇸 Xitoy va AQSh siyosatidagi farq
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 3 891 |
| 5 | Fransiyaning Afrikadagi neokolonial siyosatining yemirilishi (2-qism)
Sahelda Rossiyaning ta'siri so'nggi yillarda sezilarli darajada oshib bormoqda. 2021-yildan boshlab Mali hukumati Vagner guruhi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi, shuningdek, Fransiya qoʻshinlari chiqib ketganidan keyin esa Rossiya xavfsizlik sohasidagi asosiy tashqi hamkorlardan biriga aylandi. 2023-yilda Vagnerning "Moskvaga yurishi"dan soʻng Afrika Korpusi nomini oldi va Afrikada o'z faoliyati davom ettirdi. Bundan tashqari, Moskva Mali, Burkina-Faso va Nigerning harbiy hukumatlari bilan mudofaa hamkorligini rivojlantirib, harbiy tayyorgarlik, qurol-yarog' yetkazib berish va siyosiy-diplomatik qoʻllab-quvvatlashni taklif qildi. Shu bilan birga, Rossiyaga aloqador axborot tarmoqlari va kampaniyalar G'arb, xususan, Fransiyaga qarshi qarashlarni faol targ'ib qilib kelmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, Fransiyaning Saheldagi ta'siri Rossiya mintaqada faol rol oʻynashidan ancha oldin zaiflasha boshlaganini koʻrishimiz mumkin. Barxan operatsiyasi xavfsizlikni barqarorlashtirish borasida kutilgan natijalarni bermadi, qurolli to'qnashuvlar esa Mali hududidan Burkina-Faso va Nigerga yoyildi. Shu bilan birga, Fransiyaning harbiy mavjudligiga qarshi norozilik kuchayib, uning neokolonial siyosatiga qarshi anti-fransuz kayfiyati kengaya boshladi. 2020-yil avgust va 2021-yil may oylarida Malida sodir boʻlgan harbiy davlat toʻntarishlari mamlakatdagi chuqur siyosiy inqirozni yaqqol namoyon etdi. Aynan ushbu siyosiy va xavfsizlik inqirozi Rossiya uchun mintaqada oʻz ta'sirini kengaytirish imkoniyatini yaratdi. Bu Fransiyaning Saheldagi mavqeyi avvaldan zaiflashganini va Rossiya yuzaga kelgan boʻshliqni to'ldirishga harakat qilyotganini anglatadi.
Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy hukumatlari uchun Moskva Fransiya va Yevropaga muqobil xavfsizlik hamkoriga aylandi. Fransiya va Yevropadan farqli o'laroq Rossiya demokratik qadriyatlarni qabul qilish yoki qurolli guruhlarni qo'llab-quvvatlamaslik kabi shartlarsiz mintaqadagi davlatlarning yangi hukumatlariga harbiy va diplomatik yordam taklif etmoqda. Shu bilan birga, u anti-G'arb, xususan anti-fransuz qarashlarini kuchaytirib, mintaqadagi ta'sirini kengaytirib kelmoqda. Shu tufayli, Mali, Burkina-Faso va Nigerning yangi hukumatlari Rossiya bilan aloqalarni kengaytirmoqda va shu orqali xalqaro izolyatisyani chetlab o'tmoqda.
Sirasini aytganda, Fransiyaning strategik, siyosiy va xavfsizlik bilan bog'liq muammolari uning Saheldagi rolini allaqachon pasaytirgan, Moskva esa bu sharoitdan oqilona foydalanmoqda. Bu jarayonlar esa Fransiyaning Afrika bilan uzoq yillar davom etgan Françafrique tizimining bugungi holatini qayta baholash zaruratini yuzaga keltiradi.
Madina Mahmudova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 3 145 |
| 6 | #infografika
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 624 |
| 7 | Fransiyaning Afrikadagi neokolonial siyosatining yemirilishi (1-qism)
Soʻnggi oʻn yillik davomida Fransiya Sahel mintaqasida xavfsizlik va siyosiy ta’sir jihatidan eng muhim tashqi aktorlardan biri bo‘lib kelgan edi. Terrorizmga qarshi kurash, harbiy hamkorlik va tarixiy aloqalar Parijning mintaqadagi rolini mustahkamlab turgan, biroq bugunga kelib bu manzara keskin o‘zgardi: Fransiya qo‘shinlari Mali (2022), Burkina-Faso (2023) va Nigerdan (2023-yil dekabr) chiqarildi, uning siyosiy ta’siri esa sezilarli darajada kamaydi. Fransiyaning tarixan strategik ustunlikka ega bo‘lgan hududdagi bu chekinishi shunchaki siyosiy muvaffaqiyatsizlik boʻlibgina qolmay, uning Afrika geosiyosatidagi chuqurroq o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.
Sahel mintaqasi Fransiya uchun shunchaki sobiq mustamlakalar hududi emas, balki uning xavfsizlik va tashqi siyosat strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. 2012–2013-yillarda Malida qurolli guruhlar kuchayganidan so‘ng Fransiya Serval Operatsiyasi, keyinchalik esa Barxan Operatsiyasi orqali mintaqadagi terrorizmga qarshi kurashning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Barxan Fransiyaning ekspeditsion harbiy operatsiyasi bo‘lish bilan birga, Saheldagi kengroq xavfsizlik tizimining tayanchi ham edi. U nafaqat Fransiya kuchlari uchun, balki BMTning MINUSMA missiyasi, G5 Sahel davlatlari va Yevropa hamkorlari uchun razvedka, logistika va operatsion imkoniyatlarni ta’minlab kelgan. Shu sababli Fransiyaning Barxan operatsiyasi doirasidagi harbiy faoliyatini qayta tashkil etishi Parijning Saheldagi rolini o‘zgartirdi va mintaqadagi xavfsizlik tizimida yangi bosqichni boshlab berdi.
Fransiyaning Saheldagi nufuzi pasayishi asosan 3 ta sabab bilan izohlanadi. Birinchi sababi xavfsizlik masalasi va uning natijalari edi. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS)ning 2022-yildagi tahliliga koʻra, Barxan operatsiyasi ayrim taktik muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, mojaroning siyosiy va boshqaruv bilan bog‘liq ildiz sabablarini bartaraf eta olmadi. Natijada zo‘ravonlik Mali bilan cheklanib qolmay, Niger va Burkina-Fasoga ham yoyildi.
Karter Markazi esa 2022-yilda Mali tinchlik jarayoni "misli ko‘rilmagan boshi berk ko‘chaga" kirib qolganini qayd etgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, Saheldagi inqiroz faqat terroristik guruhlar faoliyatining natijasi emas, balki zaif davlat institutlari va hal etilmagan siyosiy muammolar bilan ham bog‘liq edi. Shu sababli Fransiyaning asosan harbiy vositalarga tayangan strategiyasi xavfsizlik tahdidlarini vaqtincha jilovlagan bo‘lsa-da, ularni yuzaga keltirayotgan omillarni bartaraf eta olmadi.
Ikkinchidan, mintaqada kuchaygan anti-fransuz kayfiyati boʻldi. Nigerlik siyosatshunos Rahmane Idrissa fikricha, bu kayfiyatni faqat tashqi propaganda bilan izohlab bo‘lmaydi, uning ildizlari Fransiyaning mintaqadagi tarixiy roli va suverenitet masalasiga borib taqaladi. Ya'ni Fransiya terrorizmga qarshi kurashni mintaqaviy xavfsizlik masalasi sifatida ko‘rgan bo‘lsa, mahalliy aholining bir qismi uning harbiy mavjudligini milliy mustaqillikka tashqi aralashuv sifatida qabul qila boshladi. Oqibatda, mustamlakachilik qoldiqlari va Fransafrika tizimi (Fransiya–Afrika munosabatlarining norasmiy tizimi) haqidagi tanqidlar kuchayib, Fransiya harbiy mavjudligiga qarshi namoyishlar va siyosiy kampaniyalar kengaydi.
Uchinchi omil esa Sahel davlatlaridagi turli siyosiy oʻzgarishlar boʻldi. Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy to'ntarish oqibatida hokimyatga kelgan siyosiy kuchlar oʻz legitimligini milliy suverenitet va Fransiyadan mustaqil siyosat g‘oyalari orqali mustahkamlashga harakat qila boshladilar. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahliliga ko‘ra, harbiy rejimlar xavfsizlikni tiklash uchun yangi qurolli kuchlarga, jumladan, Malida Rossiya bilan bog‘liq Vagner guruhi (keyinchalik Afrika Korpusi)ga tayanishni afzal ko‘ra boshladilar.
Umuman olganda, Fransiya harbiylarining mintaqadan chiqib ketishi birgina harbiy muvaffaqiyatsizlik bilan bog'liq emas, balki mintaqaviy xavfsizlikning o'zgarishi, anti-fransuz kayfiyatining kuchayishi va mintaqadagi siyosiy o'zgarishlar hisoblanadi. Shu tufayli Fransiyaning mintaqadagi neokolonial siyosati inqirozga uchradi. Endilikda Parij Afrikaga nisbatan tashqi siyosiy yondashuvini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lmoqda. | 2 530 |
| 8 | Ommaviy madaniyatda dronlar nazariyasi
Dron urushlari bugungi kunda faqat harbiy texnologiya emas, balki siyosiy va madaniy tasavvurlar orqali shakllangan murakkab jarayon sifatida qaraladi. Bu jarayonni bir qancha olimlar alohida ilmiy yoʻnalish sifatida tadqiq qilishgan. Xususan, fransuz siyosiy falsafashunos olimi Greguar Shamayu o‘zining “Dron nazariyasi” asarida bu masalani siyosiy va falsafiy jihatdan tushuntirib beradi.
Asarda muallif dronlarni masofa orqali zo‘ravonlikni amalga oshirishning yangi modeli sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, dron urushi klassik jang maydonini yo‘q qiladi, ya’ni jangchi va nishon o‘rtasidagi jismoniy yaqinlik o‘rnini texnologik vositalar orqali amalga oshiriladigan uzoq masofa urushlar egallaydi. Shuningdek, an’anaviy urushda qarama-qarshi tomonlar o‘zaro xavf ostida bo‘lgan bo‘lsa, dron urushida bu muvozanat buziladi. Operatorlar minglab kilometr uzoqda joylashgan holda qaror qabul qiladi, bu esa javobgarlik qaysi tomonda boʻlishini savol ostiga qoʻyadi.
Shuningdek, media va madaniyat tadqiqotchisi Markus Richardson esa dron urushining qanday qilib ommaviy madaniyat orqali talqin qilinishini tahlil qiladi. Filmlar, video o‘yinlar va yangiliklar dronlarni ko‘pincha aniq va kam talofatli qurol sifatida tasvirlaydi. Bu esa “kam talofatli urush” g‘oyasini shakllantiradi. Masalan, ekranda ko‘rinadigan infraqizil tasvirlar, yuqoridan olingan geometrik kadrlar va interfeysga o‘xshash nishonga olish tizimlari zo‘ravonlikni texnik jarayon sifatida ko‘rsatadi. Natijada insonning jismoniy holati va tasodifiy qurbonlar ko‘rinmay qoladi.
Dron urushining markaziy elementlaridan biri - masofa. Bu nafaqat fizik masofa, balki psixologik va axloqiy masofani ham anglatadi. Operator ekranda faqat piksel yoki issiqlik nuqtasini ko‘radi. Natijada nishon inson sifatida emas, balki “belgi” yoki “tahdid” sifatida qabul qilinadi. Bu jarayon mavhum tasvir orqali insoniylikni yo‘qotish(dehumanization) deb ataladi.
Bunday vizual va texnologik yondashuv tanlab ko‘rsatish mexanizmini yaratadi. Dron kamerasi faqat ma’lum narsalarni ko‘rsatadi: harakat, issiqlik, koordinata. Uchuvchisiz uchoqlar haqiqiy holatni, insonlarning kundalik hayotini, ularning kimligini va siyosiy sabablarni hisobga olmaydi. Dronning optik tizimi dunyoni kuzatiladigan, o‘lchanadigan va zarba beriladigan obyektlar to‘plami sifatida ko‘rsatadi. Aynan shu jarayonda muhim narsalar - insoniylik va axloqiy masalalar inobatga olinmaydi.
Ommaviy madaniyat esa bu jarayonni yanada kuchaytiradi. Video o‘yinlarda dronlar ko‘pincha yuqori aniqlikdagi, xatosiz ishlaydigan vosita sifatida tasvirlanadi. Filmlarda esa ular strategik ustunlik va nazorat ramziga aylanadi. Amerikaliklar tomonidan ishlangan “Eye in the Sky” filmida tomoshabin voqealarni asosan dron kamerasi orqali kuzatadi. Shu bilan birga, film masofadan turib qaror qabul qilishning murakkabligini, tinch aholiga zarar yetkazish ehtimolini va operatorlar hamda siyosatchilarning axloqiy mas’uliyatini ham ochib beradi. Natijada tomoshabin onggida dron urushi oson, xavfsiz va zararsizroq urush sifatida shakllanadi. Bu esa zo‘ravonlikni normal holga aylantirishga olib keladi. Odamlar bunday urushni osonroq qabul qiladi. Negaki urush bevosita qon, vayronagarchilik yoki azobdan iborat boʻlmaydi degan tushuncha vujudga keladi.
Agar urush tobora yuqoridan ko‘riladigan hodisaga aylansa, bu siyosatni ham o‘zgartiradi. Natijada davlatlar xavfni oldindan aniqlash va yo‘q qilishga qaratilgan siyosat yuritadi, bu esa xavfsizlikni ta’minlash nomi ostida kengroq nazorat va kuch ishlatishni legitimlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, dron urushi faqat harbiy innovatsiya emas, balki kuzatuv va boshqaruvning yangi shaklidir. Shuningdek, u geosiyosiy kuch munosabatlarini oʻzgaritirib, urush etikasiga bogʻliq masalarni qiyinlashtirmoqda. Ommaviy madaniyat orqali esa zo‘ravonlikni oddiy va qabul qilinadigan holat sifatida taqdim etmoqda.
Nozima Ergasheva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 661 |
| 9 | Nekrokratiya - o'liklar hokimiyati
Siyosiy rejimlar odatda tirik shaxslarning, partiyalarning yoki harbiy elitalarning hokimiyatni boshqarish uslubiga qarab tasniflanadi. Biroq xalqaro munosabatlar va siyosiy falsafada shunday noyob va radikal tizim borki, unda davlatning qonuniy rahbari endi bu dunyoda jismonan mavjud bo'lmaydi. Nekrokratiya grekcha nekros – „oʻlik“ va kratos – „hokimiyat“ — soʻzma-soʻz aytganda, „oʻliklar boshqaruvi“ yoki marhum rahbarning qonuniy va ramziy hukmronligiga asoslangan tuzumdir. Nekrokratiya — hokimiyatning oliy manbayi, suverenitet asosi va davlatning g‘oyaviy rahbari sifatida vafot etgan yetakchi tan olinib, uning huquqiy maqomi qonun bilan abadiylashtirilgan boshqaruv shaklidir. Siyosiyatga ushbu atamani mashhur publitsist Kristofer Xitchens KXDRga qilgan sayohatidan soʻng olib kirgan. U Shimoliy Koreyani dunyodagi yagona „oʻlik prezidentga ega davlat“ deb atagan. Sababi shundaki, 1994-yilda davlat asoschisi Kim Ir Sen vafot etgach, mamlakatda uch yillik motam eʼlon qilindi. 1998-yilgi Shimoliy Koreya Konstitutsiyasiga kiritilgan radikal oʻzgartirishga koʻra, Kim Ir Sen rasman respublikaning „Abadiy Prezidenti“ deb eʼlon qilindi va Prezidentlik instituti tugatildi. Keyinchalik, uning oʻgʻli Kim Chen Ir 2011-yilda vafot etgach, u ham partiyaning „Abadiy Bosh Kotibi" maqomiga loyiq koʻrildi. Amaldagi rahbar Kim Chen In davlatni mutlaq hukmdor sifatida emas, balki ushbu ikki marhum ajdodining „vasiyatlari ijrochisi“ va Davlat ishlari raisi sifatida boshqaradi.
An’anaviy monarxiya "Qirol o‘ldi, yashasin qirol!" tamoyiliga amal qiladi, ya’ni jismoniy shaxs vafot etishi bilan hokimiyat darhol tirik vorisga o‘tadi. Siyosiy ratsionalizm esa hokimiyatni tirik elitalar o‘rtasidagi moddiy resurslar almashinuvi deb biladi.
Nekrokratiya ushbu qoidalarni butunlay rad etadi. Bu tizimda yetakchining jismoniy o‘limi uning siyosiy faoliyatini to‘xtatmaydi, aksincha, uni metafizik darajaga ko‘taradi va barcha xatolardan xoli bo‘lgan dohiyga aylantiradi. Tirik siyosatchilar esa bu tizimda mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxslar emas, balki "abadiy yetakchi"ning vasiyatlari va g‘oyalarini ijro etuvchi o‘rinbosarlar rolini o‘ynashadi xolos. Nekrokratiyaning ishlash mexanizmi uchta fundamental ustun tepasiga quriladi: huquqiy asoslash, sekulyar din va institutlar transformatsiyasi.
Fransuz faylasufi Jan Bodriyar o‘zining simulyakrlar nazariyasida zamonaviy tizimlar real borliqni emas, giperreallikni boshqarishini aytgan edi. Nekrokratiyada ham o‘lik rahbar tanasi va uning obrazi eng oliy siyosiy ramzga aylanadi. Moskvadagi Lenin mavzoleyi, Pxenyandagi Kumsusan Quyosh saroyi - Kim Ir Sen va Kim Chen Ir saqlanadigan joy shunchaki qabr emas, balki rejimning muqaddas markazlaridir. Siyosiy neyrosotsiologiya nuqtayi nazaridan, bunday monumental fazoviy arxitektura insonlar ongida barqarorlik, davomiylik va rejimning daxlsizligi hissini yaratadi. Tirik elitalar o‘zlarining har bir qarorini o‘tgan rahbardan iqtibos keltirish orqali oqlashadi. Bu tizimda yangi g‘oya yaratish taqiqlangan, faqatgina "abadiy g‘oya"ni sharhlash, ya'ni ekzegezagina mumkin.
Umuman olganda nekrokratiya bu shunchaki siyosiy tushuncha emas, balki elitalarning o‘z mavqeyini saqlab qolish va jamiyatni qat’iy safarbar etish uchun ishlatadigan buzg'unchi, ammo tizimli boshqaruv texnologiyasidir. U hokimiyat almashinuvi paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan klanlararo urushlarni to‘xtatib turish vazifasini o‘taydi. Chunki, tirik da’vogarlardan hech biri "abadiy o‘lik"ning ramziy maqomiga daxl qila olmaydi. Shunday qilib, nekrokratiya shaxsiy aloqalar va pul munosabatlaridan yuqoriroq turuvchi, inson psixologiyasining o‘limdan qo‘rquv, an’anaga sodiqlik va muqaddaslikka intilish instinktlarini jilovlaydigan g‘oyaviy nazorat vositalaridan biridir. Bugungi kunda nekrokratiyaga yaqqol misoli bu Shimoliy Koreya, ya'ni KXDRni keltirishimiz mumkin.
Mardonaxon Ahmadjonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 469 |
| 10 | #infografika
Tayyorladi: Shahzoda Ostonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 564 |
| 11 | Xitoy rivojlanishida huaqiaolar (xorijdagi xitoyliklar) omili
1980-yillarda Xitoyga kirib kelgan ilk kapital va biznes aloqalarning katta qismi 华侨 (Huáqiáo) — xorijdagi xitoyliklar orqali amalga oshgan. Ular hali chet ellik investorlar ishonmagan paytda Xitoy bozoriga investitsiya kiritgan va iqtisodiy o‘sishning boshlang‘ich bosqichida hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Bugun esa bu diaspora oddiy migratsiya emas, balki global miqyosdagi iqtisodiy va strategik tarmoq sifatida e'tirof etilmoqda.
1978-yildan keyin Den Syaoping boshlagan islohotlar va ochiqlik siyosati davrida Pekin xorijdagi xitoyliklarni oddiy diaspora emas, iqtisodiy resurs sifatida ko‘ra boshladi. Maxsus iqtisodiy zonalar aynan xorijdagi xitoyliklar ta'siri kuchli hududlarda ochildi. 1980–90-yillarda Xitoyga kirgan FDIning katta qismi aynan huaqiaolar kapitali orqali kelgan. FDI (Foreign Direct Investment) — bu xorijiy investorlarning boshqa davlat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib, biznes ochishi yoki mavjud kompaniyalarga sarmoya kiritishidir. Bu jarayonda kapital oddiy pul oqimi bo'libgina qolmay, balki investorning boshqa davlat iqtisodiyotida bevosita ishtirok etishini ham anglatadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, diaspora investitsiyasi umumiy xorijiy investitsiyaning 60–70% gacha qismini tashkil qilgan. Keyingi bosqichda esa Pekin faqat kapital emas, bilim va texnologiya transferiga ham e’tibor qaratdi. AQSh va G‘arbda o‘qigan xitoylik mutaxassislar qaytib kelib, Xitoyning texnologiya va biznes sektorini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Masalan, AQShda ta’lim olib, qidiruv algoritmlari ustida ishlagan mutaxassis Robin Li (xitoycha ismi Li Yanhong) keyinchalik Xitoyga qaytib, o'z kompaniyasiga asos soldi. Bu kompaniya hozirgi kunda Xitoyda Google o'rnini egallagan Baidu qidiruv platformasi hisoblanadi. Bu yerda muhim jihat — bilim va texnologiya transferi bo'lib, G‘arbda shakllangan texnologik tajriba Xitoy bozoriga moslashtirildi va natijada milliy texnologik gigant paydo bo‘ldi. AQSh va G‘arbda o‘qigan yoki ishlagan xitoyliklar qaytib kelib, Baidu, Huawei va boshqa texnologik gigantlarni yaratilishi huaoqiaolarning Xitoyning bugungi kundagi rivojlanishida haqiqiy rolini ko‘rsatib beradi.
1979-1991-yillarda huaqiaolar arzon ishchi kuchidan foydalanib, asosan mehnat talab qiluvchi eksport tovarlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishgan. Aynan shu davrda diaspora sarmoyasini qulay jalb qilish uchun ularning tarixiy vatanlari hisoblangan hududlarda Maxsus iqtisodiy zonalar (Shenzhen, Zhuhai, Xiamen kabi) tashkil etilgan. Keyingi davrda esa, 1992-2007-yillar, sarmoyalar va qo'shma korxonalar hajmi keskin oshdi. Dastlab faqat ishlab chiqarish sohasiga tikilgan sarmoyalar yillar o'tib, xizmat ko'rsatish sektoriga ham faol kirib bordi.
Xitoy hukumati huaqiaolarni vatanga qaytarish yoki sarmoya kiritishga undash uchun jim qarab turmadi, balki juda manfaatli iqtisodiy rag'batlar taklif qila boshladi. Maxsus iqtisodiy zonalarda xorijdagi xitoyliklar uchun daromad solig'i atigi 10-15% qilib belgilandi. Taqqoslash uchun o'sha paytda oddiy xorijiy kompaniyalar yoki mahalliy xususiy tadbirkorlar uchun bu soliq stavkasi 35-40% atrofida edi.
Sirasini aytganda, Xitoy rahbariyati xorijdagi diasporaning resurslaridan yetarli darajada pragmatik va oqilona foydalana oldi. Huaqiaolar vataniga nafaqat ulkan moliyaviy sarmoya, balki G'arbning zamonaviy boshqaruv tajribasi va yangi texnologiyalarni ham olib kirib, xalqaro bozorlarga chiqish eshiklarini ochdi. Bu rivovlanish esa hozirgi global Xitoy fenomenining asl poydevoriga aylandi.
Shamshod Unarov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 340 |
| 12 | Xitoy rivojlanishida huaqiaolar (xorijdagi xitoyliklar) omili
1980-yillarda Xitoyga kirib kelgan ilk kapital va biznes aloqalarning katta qismi 华侨 (Huáqiáo) — xorijdagi xitoyliklar orqali amalga oshgan. Ular hali chet ellik investorlar ishonmagan paytda Xitoy bozoriga investitsiya kiritgan va iqtisodiy o‘sishning boshlang‘ich bosqichida hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Bugun esa bu diaspora oddiy migratsiya emas, balki global miqyosdagi iqtisodiy va strategik tarmoq sifatida e'tirof etilmoqda.
1978-yildan keyin Den Syaoping boshlagan islohotlar va ochiqlik siyosati davrida Pekin xorijdagi xitoyliklarni oddiy diaspora emas, iqtisodiy resurs sifatida ko‘ra boshladi. Maxsus iqtisodiy zonalar aynan xorijdagi xitoyliklar ta'siri kuchli hududlarda ochildi. 1980–90-yillarda Xitoyga kirgan FDIning katta qismi aynan huaqiaolar kapitali orqali kelgan. FDI (Foreign Direct Investment) — bu xorijiy investorlarning boshqa davlat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib, biznes ochishi yoki mavjud kompaniyalarga sarmoya kiritishidir. Bu jarayonda kapital oddiy pul oqimi bo'libgina qolmay, balki investorning boshqa davlat iqtisodiyotida bevosita ishtirok etishini ham anglatadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, diaspora investitsiyasi umumiy xorijiy investitsiyaning 60–70% gacha qismini tashkil qilgan. Keyingi bosqichda esa Pekin faqat kapital emas, bilim va texnologiya transferiga ham e’tibor qaratdi. AQSh va G‘arbda o‘qigan xitoylik mutaxassislar qaytib kelib, Xitoyning texnologiya va biznes sektorini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Masalan, AQShda ta’lim olib, qidiruv algoritmlari ustida ishlagan mutaxassis Robin Li (xitoycha ismi Li Yanhong) keyinchalik Xitoyga qaytib, o'z kompaniyasiga asos soldi. Bu kompaniya hozirgi kunda Xitoyda Google o'rnini egallagan Baidu qidiruv platformasi hisoblanadi. Bu yerda muhim jihat — bilim va texnologiya transferi bo'lib, G‘arbda shakllangan texnologik tajriba Xitoy bozoriga moslashtirildi va natijada milliy texnologik gigant paydo bo‘ldi. AQSh va G‘arbda o‘qigan yoki ishlagan xitoyliklar qaytib kelib, Baidu, Huawei va boshqa texnologik gigantlarni yaratilishi huaoqiaolarning Xitoyning bugungi kundagi rivojlanishida haqiqiy rolini ko‘rsatib beradi.
1979-1991-yillarda huaqiaolar arzon ishchi kuchidan foydalanib, asosan mehnat talab qiluvchi eksport tovarlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishgan. Aynan shu davrda diaspora sarmoyasini qulay jalb qilish uchun ularning tarixiy vatanlari hisoblangan hududlarda Maxsus iqtisodiy zonalar (Shenzhen, Zhuhai, Xiamen kabi) tashkil etilgan. Keyingi davrda esa, 1992-2007-yillar, sarmoyalar va qo'shma korxonalar hajmi keskin oshdi. Dastlab faqat ishlab chiqarish sohasiga tikilgan sarmoyalar yillar o'tib, xizmat ko'rsatish sektoriga ham faol kirib bordi.
Xitoy hukumati huaqiaolarni vatanga qaytarish yoki sarmoya kiritishga undash uchun jim qarab turmadi, balki juda manfaatli iqtisodiy rag'batlar taklif qila boshladi. Maxsus iqtisodiy zonalarda xorijdagi xitoyliklar uchun daromad solig'i atigi 10-15% qilib belgilandi. Taqqoslash uchun o'sha paytda oddiy xorijiy kompaniyalar yoki mahalliy xususiy tadbirkorlar uchun bu soliq stavkasi 35-40% atrofida edi.
Sirasini aytganda, Xitoy rahbariyati xorijdagi diasporaning resurslaridan yetarli darajada pragmatik va oqilona foydalana oldi. Huaqiaolar vataniga nafaqat ulkan moliyaviy sarmoya, balki G'arbning zamonaviy boshqaruv tajribasi va yangi texnologiyalarni ham olib kirib, xalqaro bozorlarga chiqish eshiklarini ochdi. Bu rivovlanish esa hozirgi global Xitoy fenomenining asl poydevoriga aylandi.
Shamshod Unarov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 187 |
| 13 | Rossiya-Ukraina urushi yangi bosqich: o'zgarishlar va kutilmalar
Rossiya-Ukraina urushi tobora yangi bosqichga o'tmoqda. Ukraina endi Rossiyaning urushni moliyalashtiruvchi eng muhim tayanchlaridan biri - neftni qayta ishlash infratuzilmasini tizimli ravishda nishonga olmoqda. So'nggi haftalarda Krasnodar, Yaroslavl, Sankt-Peterburg va boshqa hududlardagi yirik neftni qayta ishlash obyektlariga uyushtirilgan dron zarbalari Rossiyaning ichki yoqilg'i bozorida jiddiy muammolarni yuzaga chiqardi.
Ukraina xom neft qazib olishni emas, balki uni benzin, dizel va aviatsiya yoqilg'isiga aylantiruvchi zavodlarni nishonga olmoqda. Natijada, uni ichki iste'mol uchun qayta ishlash imkoniyatlari sezilarli darajada qisqarmoqda. Bu esa mamlakat bo'ylab benzin taqchilligi, narxlarning oshishi va ayrim hududlarda yoqilg'i taqsimotiga cheklovlar joriy etilishiga olib kelmoqda.
Shuningdek, ayrim yoqilg'i quyish shoxobchalarida benzin narxi ilk bor 100 rubldan oshib ketdi, ayrim hududlarda esa 120–140 rublgacha ko'tarildi. Yirik kompaniyalar davlat bosimi ostida narxlarni sun'iy ushlab turgani sababli ularda yoqilg'i tez tugab qolmoqda, kichik operatorlar esa mahsulotni qimmat narxda sotishga majbur bo'lmoqda.
Tahlilchilar ushbu vaziyatni Rossiyaning urush olib borish salohiyatini iqtisodiy yo'l bilan zaiflashtirishga qaratilgan uzoq muddatli kompaniya sifatida baholamoqda. Jumladan, Ukraina zarbalari natijasida Rossiyaning neftni qayta ishlash hajmi ayrim davrlarda 13 foizgacha qisqargan va murakkab texnologik uskunalarga yetkazilgan zarar tufayli ularni tiklash avvalgidan ancha qiyinlashgan. G'arb sanksiyalari sabab ehtiyot qismlarni import qilish ham murakkablashmoqda.
Bu jarayon faqat Rossiyaning ichki bozori bilan cheklanmaydi. Rossiya neft mahsulotlariga tayanadigan yoki ularni tranzit va import qiladigan davlatlar ham logistika xarajatlarining oshishi, ta'minotdagi uzilishlar va narxlar o'zgarishi xavfi bilan yuzlashmoqda. Ayniqsa, Yevrosiyo iqtisodiy hududidagi ayrim davlatlar hamda Rossiya bilan energetik integratsiyasi yuqori bo'lgan mamlakatlar ushbu bosimni bilvosita his qilmoqdalar. Misol uchun Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligi yoqilgʻi boʻyicha yordam soʻrab qo‘shni Qozog‘iston, O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Turkmaniston, Belarus va Ozarbayjonning vakolatli organlariga rasmiy murojaat yuborgan. Rasmiylar yonilg‘i yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Garchi, Rossiya ulkan xom neft zaxiralari, davlat rezervlari va eksport yo'nalishlarini qayta taqsimlash imkoniyatiga ega bo'lsa-da, Ukraina tobora ko'proq front ortidagi iqtisodiy nishonlarga zarba berish orqali Rossiyaning urush xarajatlarini oshirishni ko’zlamoqda.
Umuman olganda, Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash infratuzilmasini nishonga olish orqali urushda keskin burilish yasashga harakat qilmoqda. Mazkur strategiya Rossiyaning ichki yoqilg‘i ta’minoti va urushni moliyalashtirish imkoniyatlariga bosimni kuchaytiradi, uning oqibatlari esa Rossiya bilan energetik jihatdan bog‘liq davlatlarga ham jiddiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.
Omadbek Xatamjonov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 199 |
| 14 | Markaziy Osiyoda suv omili: raqobat va hamkorlik [3-qism]
Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi ochiq davlatlararo mojarolar ehtimolini kamaytirdi va hamkorlik mexanizmlarini yaratdi, ammo ko‘plab institutsional va amalga oshirishriladigan ishlar saqlanib qolmoqda. Barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam huquqiy asoslar, shaffof ma’lumotlar almashinuvi va energiya-suv sohasidagi kelishuvlarni ishonchli kompensatsiya va nizolarni hal qilish bilan bog‘laydigan mexanizmlar talab etiladi. Markaziy Osiyoda suv siyosati — faqat texnik yoki ekologik masala emas, balki mintaqaviy xavfsizlikning ajralmas qismi, davlatlararo barqarorlikning asosi va iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili sifatida qaraladi. Davlatlar o‘rtasidagi suv bo‘yicha kelishuvlar esa ushbu jarayonning amaliy ko‘rinishi bo‘lib, mintaqadagi hamkorlikning poydevorini tashkil etadi. Xususan Markaziy Osiyo davlatlari orasida Amudaryodan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha “Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va oqilona foydalanish to‘g‘risida” shartnoma mavjud. Ammo ba’zi dastlabki shartnomalar (masalan, Olmaota 1992) davlat rahbarlari tomonidan emas, balki vazirlar tomonidan imzolangan, bu esa ularning huquqiy maqomi va ijro salohiyatini zaiflashtirgan. Bugungi kunda mintaqaviy mexanizmlarning asosini 1990-yillar boshida shakllangan huquqiy normalar va institutsional tuzilmalar tashkil etadi. 1992-yilda tashkil etilgan Davlatlararo Suvni Muvofiqlashtirish Komissiyasi (DSMK/ICWC) suv taqsimoti va monitoringi bo‘yicha mintaqaviy muvofiqlashtirishning asosiy institutsional mexanizmi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvida suv xavfsizligi masalasini strategik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 2026–2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish tashabbusini ilgari surdi. O‘zbekiston rahbari Afg‘onistonni ham Amudaryo havzasidan birgalikda foydalanish masalalarida faol muloqotga jalb etish muhimligini qayd etar ekan, suv taqsimoti hayotiy masala ekanini, uni faqat muloqot va hamjihatlik orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagandi.
Markaziy Osiyo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi 2025-2026-yillarning vegetatsiyadan tashqari davrida suv olish limitlari va suv omborlarining ish tartibini kelishib olishdi. Unga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston Amudaryodan 22 milliard kub metr, Sirdaryodan 3 347 milliard kub metr suv oladi. Komissiyani Amudaryo bo‘yicha ikkita — mamlakatlarga yetarli suv bormi va ko‘p dalalar hamda millionlab odamlar yashaydigan quyidagi oqim darajasini saqlab qolishning uddasidan chiqildimi kabi masalalar ko‘proq qiziqtirgan. Ta’kidlanishicha, umuman olganda, mavsum oson kechmagan. Kerki nazorat stvorida suvlilik me’yorga nisbatan 93% atrofida bo‘lib, bir yil oldingiga nisbatan biroz past bo‘lgan. Bahorda suv oqimi keskin o‘zgarib turgan, ammo avgust va sentyabr oylarida, tog‘larda muzliklarning erishi kuchayganida, suv odatdagidan ko‘payib, me’yorning 115 foizigacha yetgan. Bu mavsum oxiriga kelib suv omborlarida quyi oqim uchun zarur bo‘lgan hajmni to‘plashga yordam bergan.
Umuman olganda, Markaziy Osiyoda transchegaraviy daryolar mintaqaviy xavfsizlikning ikki tomonlama – xavf va imkoniyat – omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bir tomondan, resurslar taqchilligi va manfaatlar to‘qnashuvi siyosiy keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin; ikkinchi tomondan esa, suv diplomatiyasi orqali institutsional hamkorlikni chuqurlashtirish mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanishga xizmat qiladi. Shu bois suv resurslarini boshqarishda huquqiy majburiyatlarni mustahkamlash, ma’lumot almashinuvini kuchaytirish va qo‘shma boshqaruv institutlarini rivojlantirish Markaziy Osiyoda uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Asqar Odilbekov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
😎 X 😎 YouTube 😎 Facebook
😎 Instagram 😎 Telegram | 2 403 |
| 15 | #infografika
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 945 |
| 16 | Hokimiyatning siyosiy anatomiyasi: klassik patrimonializm va neopatrimonializm
Siyosiy munosabatlar va davlat boshqaruvi tizimlarini tubdan tahlil qilishda hokimiyat resurslarining qanday taqsimlanishi va qarorlar qabul qilish mexanizmlari eng asosiy masalalardan hisoblanadi. Siyosatshunoslik va siyosiy sotsiologiyada davlat arxitekturasining qonuniy va norasmiy jihatlarini tushuntirish uchun anʼanaviy Patrimonializm va uning zamonaviy ko'rinishi boʻlgan Neopatrimonializm tushunchalari keng qoʻllaniladi. Ushbu ikki konsepsiya zamonaviy jamiyatlarda nima uchun qogʻozdagi rasmiy qonunlar va gʻarbcha boshqaruv institutlari mavjud boʻlsa-da, amalda shaxsiy aloqalar, klanlararo kelishuvlar hamda sodiqlik zanjiri asosiy o'ringa chiqishini anglashda kalit vazifasini oʻtaydi. Tarixan anʼanaviy jamiyatlarga xos boʻlgan shaxsiy boshqaruv elementlarining globallashuv va huquqiy davlatchilik davrida qanday qilib yangicha shakllarda saqlanib qolayotganini tushunish, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tranzit jarayonlarini xolis baholash uchun oʻta muhimdir.
Klassik patrimonializm tushunchasi mashhur nemis sotsiologi Maks Veberning anʼanaviy hukmronlik tipologiyasiga borib taqaladi va u asosan pre-modern ya'ni zamonaviy davlat tizimlari shakllanguncha bo’lgan davrga xosdir. Bu tizimda barcha siyosiy, maʼmuriy va iqtisodiy hokimiyat yagona hukmdor monarx, sulton yoki qabila boshligʻi qoʻlida jamlanib, davlat apparati uning shaxsiy uy xoʻjaligi yoki mulki sifatida boshqariladi, yaʼni davlat g'aznasi bilan hukmdorning shaxsiy mablag'i, jamiyat ulushi bilan shaxsiy mulk oʻrtasida aniq huquqiy chegara mavjud boʻlmaydi. Biroq, vaqt oʻtishi bilan dunyodagi siyosiy rejimlar transformatsiyaga uchradi va qayd etilganidek, anʼanaviy tizimlar oʻz oʻrnini konstitutsiyalar, parlamentlar, sudlar va rasmiy saylovlar kabi ratsional-huquqiy demokratik tizimga boʻshatib berdi. Shu tariqa neopatrimonializm yuzaga keladi: bunda rasmiy maʼmuriy tuzilmalar mavjud boʻlsa-da, real hokimiyat va resurslar oqimi norasmiy, koʻpincha yopiq boʻlgan klanlar, patron-klient ya'ni homiy-mijoz tarmoqlari va shaxsiy aloqa zanjirlari orqali boshqariladi. Patrimonial munosabatlarning ushbu zamonaviy koʻrinishi meritokratiyani chetga surib, byurokratik lavozimlar va davlat buyurtmalarini shaxsiy aloqalar hamda qarindoshchilikga koʻra taqsimlashga olib keladi. Neopatrimonial munosabatlar rasmiy institutlarning mustaqilligini, xususan, sud va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarning ijro etuvchi kuch ustidan tiyib turish funksiyasini tubdan zaiflashtirishini isbotlaydi. Bu holat davlat resurslarining butun jamiyat manfaati uchun emas, balki hukmron elitani qoʻllab-quvvatlovchi tor guruhlarning xususiy manfaatlari yoʻlida oʻzlashtirilishiga va korrupsiyaning institutsionallashuviga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, patrimonializm va neopatrimonializm nazariyalari zamonaviy siyosiy tizimlarning ichki tuzilishini ochib beruvchi mukammal nazariyalardir. Agar klassik patrimonializm ochiqchasiga shaxsiy va anʼanaviy avtokratiyaga tayangan boʻlsa, zamonaviy neopatrimonializm gʻarbcha huquqiy institutlar niqobi ostida yashirinib, dualistik tartibni shakllantiradi. Davlat apparatining samaradorligini oshirish, barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish va haqiqiy demokratik institutlarni barpo etish uchun quruq qogʻozdagi islohotlar yetarli emas, buning uchun norasmiy klientalistik tarmoqlarni parchalash va shaxsiy munosabatlar ustidan qonun ustuvorligini amalda taʼminlash talab etiladi.
Mardonaxon Ahmadjonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 3 128 |
| 17 | Dokdo/Takeshima muammosi
Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi Takeshima mojarosi tashqi tomondan qaralganda juda kichik hudud muammosidek koʻrinadi. Bahs markazidagi qoyali orollar maydoni atigi 0.19 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. U yerda doimiy aholi deyarli yo‘q va hudud iqtisodiy jihatdan ham katta markaz hisoblanmaydi. Shunga qaramay, bu orollar Sharqiy Osiyodagi siyosiy mojarolardan biriga aylangan.
Janubiy Koreya orollarni “Dokdo”, Yaponiya esa “Takeshima” deb ataydi. Hozir hudud amalda Koreya nazorati ostida: koreys qirg‘oq qo‘riqlash kuchlari joylashtirilgan va Seul orollarni o‘zining ajralmas hududi deb hisoblaydi. Tokio esa bu hududni noqonuniy egallab turilgan yer sifatida talqin qiladi. Reuters’ning 2026-yildagi xabariga ko‘ra, Yaponiya “Takeshima Day” tadbirlarini davom ettirayotgani va har yili hududga da’volarni rasmiy hujjatlarda qayta takrorlayotgani Seulning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Aslida mojaro hududning o‘zidan ko‘ra tarixiy xotira va milliy o'zlik bilan bog‘liq. Janubiy Koreyada Dokdo masalasi yapon mustamlakachiligining ramzi sifatida ko‘riladi. "The Korea Times" nashrida chop etilgan tahlillarga ko‘ra, koreys ekspertlari 1905-yilda Yaponiya Dokdoni anneksiya qilganini Koreyani bosib olish jarayonining boshlanishi deb hisoblaydi. Nashrda tarixchi Hong Seong-keun “Dokdoni egallash Yaponiya imperiyasining Koreya yarimoroliga kirib kelishidagi ilk qadamlardan biri edi” deb ta’kidlaydi.
Yaponiya esa o‘z pozitsiyasini xalqaro huquq va tarixiy hujjatlar orqali asoslashga urinadi. Tokio nuqtayi nazariga ko‘ra, hudud “egasiz yer” bo‘lgan va 1905-yilda qonuniy ravishda Yaponiya tarkibiga qo‘shilgan. Shu sababli Yaponiya masalani xalqaro sud orqali hal qilishni taklif qilib keladi, biroq Seul bunga rozi emas. Chunki Koreya uchun xalqaro sudga borishning o‘zi ham “bahsli hudud” mavjudligini tan olish bo‘ladi. "The Japan Times" nashri Dokdo-Takeshima mojarosini “ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy ishonchsizlikning eng yorqin belgisi” deb ataydi. Nashr tahliliga ko‘ra, mojaro oddiy hududiy masala emas, balki millatchilik siyosati bilan chambarchas bog‘langan. Ayniqsa, konservativ hukumatlar davrida mojaro kuchayishi kuzatiladi.
Ushbu orolning strategik muhim tomonlari ham mavjud bo'lib, hudud atrofidagi dengiz zonalari baliqchilik resurslariga boy. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, hudud ostida tabiiy gaz gidratlari bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. Bundan tashqari, orollar eksklyuziv iqtisodiy zona masalasiga ham ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Dokdo-Takeshima mojarosi AQSHning Osiyodagi strategiyasiga ham ta’sir qilmoqda. Vashington uchun Janubiy Koreya va Yaponiya Xitoy va Shimoliy Koreyaga qarshi eng muhim ittifoqchilardir. Lekin tarixiy mojarolar, ayniqsa Dokdo masalasi, Tokio va Seul o‘rtasidagi to‘liq strategik ishonch shakllanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Mojaroda bevosita qatnashmasa ham, Xitoy va Shimoliy Koreya ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Xitoy rasmiy ravishda Dokdo-Takeshima masalasida neytral pozitsiyani saqlashga harakat qiladi. Biroq Pekin uchun Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi tarixiy ishonchsizlik strategik jihatdan foydali hisoblanadi. Chunki Tokio va Seul o‘rtasidagi ziddiyat AQSHning Sharqiy Osiyodagi ittifoq tizimini zaiflashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bugungi kunda iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlik tahdidlari ikki davlatni yaqinlashtirishga urinmoqda. Biroq anʼanaviy hududiy mojarolar yana qarama-qarshi pozitsiyaga qaytarmoqda. Shu sababli Dokdo-Takeshima mojarosi Sharqiy Osiyoda tarix va geosiyosat qanday bir-biridan ajralmas holga kelganining eng muhim misollaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Omadbek Xatamjonov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 924 |
| 18 | Klientalizm - manfaatlashtirilgan ijtimoiy tizim.
Klientalizm - bu ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan teng boʻlmagan ikki tomon, yaʼni resurslarga ega boʻlgan qudratli "patron" - homiy va unga qaram boʻlgan "klient" - mijoz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli, ammo norasmiy shaxsiy aloqalar zanjiridir. Siyosiyatda bu munosabat koʻpincha nomzodlar yoki partiyalarning moddiy yordamlar, ish oʻrinlari yoki mahalliy infratuzilma obyektlarini vaʼda qilish evaziga saylovchilarning ovozini sotib olishi shaklida namoyon boʻladi. Klientalizm shunchaki bir martalik oldi-berdi emas, balki jamiyatning barcha boʻgʻinlarini qamrab oluvchi, chuqur ildiz otgan va anʼanaviy qadriyatlar niqobi ostidagi parallel hokimiyat tizimidir.
Ushbu hodisani chuqurroq tushunish uchun uni davlatning rasmiy ijtimoiy yordam dasturlaridan, yaʼni distributiv -taqsimlovchi siyosatdan farqlash lozim. Distributiv siyosat umumiy qoidalar va tenglik tamoyiliga asoslanib, aholining muayyan qatlamlariga masalan, ishsizlar, nafaqadagilar yoki talabalar hech qanday siyosiy shartlarsiz yordamlar beradi, unda davlat oʻz fuqarolarini siyosiy qarashlariga koʻra ajratmaydi.
Aksincha, klientalizm subʼyektiv va kamsituvchi xarakterga ega boʻlib, resurslar faqat patronni qoʻllab-quvvatlagan va unga sodiqlik koʻrsatgan tor guruhlargagina yetkaziladi. Bu tizim ommaviy yordam ulashish oʻrniga xususiy va tor doira manfaatlarini ustun qoʻyadi, bu esa jamiyatda adolat tuygʻusini yoʻqotib, chuqur ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Klientalizmning kelib chiqishiga jamiyatdagi iqtisodiy qashshoqlik, inson huquqlarining kafolatlanmaganligi va institutlarning zaifligi sabab boʻladi, chunki huquqiy himoyasiz qolgan kambagʻal qatlam uchun qonun ustuvorligidan koʻra mahalliy biror boy yer egasi yoki siyosatchining shaxsiy himoyasiga tayanish hayotiy zaruriyatga aylanadi. Bunday muhitda rentaga yoʻnaltirilgan iqtisodiyot gullab-yashnaydi - elita yangi moliyaviy manbaalar yaratish oʻrniga bor davlat resurslarini oʻzlashtirish va oʻz doirasi oʻrtasida boʻlishish bilan band boʻladi. Bu tizim jamiyatning rivojlanish koʻrsatkichlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadi, resurslar iqtisodiy samadorlik yoki ijtimoiy ehtiyojga qarab emas, balki kimning koʻproq ovoz bera olishiga qarab taqsimlangani sababli bozor qonuniyatlari buziladi, davlat xazinasi boʻshab qoladi va eng achinarli jihati, odamlar jamoaviy rivojlanish va ko'pchilik manfaatlarini unutib, faqat omon qolish yoʻllarini izlay boshlaydilar.
Xulosa qilib aytganda, klientalizm jamiyatning ijtimoiy birliklarini yemiruvchi, qonun ustuvorligini qadrsizlantiruvchi va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishni to’xtatuvchi eng katta toʻsiqlardan biridir. Koʻpincha uni boshqa bir siyosiy taʼsir oʻtkazish vositasi - lobbizm bilan adashtirishadi, biroq ular tubdan farq qiladi. Lobbizm - bu iqtisodiy va ijtimoiy guruhlarning maʼlum bir qonun loyihalarini oʻtkazish uchun rasmiy hamda institutsional darajada siyosatchilarga taʼsir oʻtkazish jarayonidir, unda munosabatlar qonuniy doirada, shaxs aralashuvisiz va ochiq tashkilotlar orqali kechadi. Klientalizm esa butunlay norasmiy, shaxsiy qaramlikka asoslangan va yopiq "oldi-berdi" zanjiri boʻlib, institutlarni ichidan yemiradi. Ushbu yopiq va zararli klientalistik zanjirni uzishning yagona yoʻli - davlatda haqiqiy demokratik institutlarni mustahkamlash, inson huquqlarini kafolatlash va eng muhimi, hokimiyatni markazlashtirishga yo'l qo'ymaslik, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlariga kuchliroq vakolatlar berishdir.
Mardonaxon Ahmadjonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 2 943 |
| 19 | Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlarning YaIM va demografik ko’rsatkichlari
Tayyorladi: Mardonaxon Axmadjonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi | 3 446 |
| 20 | #ingofrafika
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram | 315 |
