cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TAQU BIQ (Texnologiya)

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Texnologiya fakulteti talabalari kanali

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
791
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-87 روز
-2530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
BEHBUDIYNING ARMONI Har qanday millatning buguni va istiqbolini uning oʻtmishidan, tarixidan ayri tasavvur etib boʻlmaydi. Shu bois oʻtgan asr avvalida millatning maʼrifatparvar siymolari, xususan, Turkiston jadidlarining rahnamosi Mahmudxoʻja Behbudiy tarixni oʻrganish, undan saboq olish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. “Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni qul – marquq derlar”, deb yozgan edi Behbudiy.
نمایش همه...
👍 1
ILMSIZLIK KULFATI Oʻng tarafdagi rasmda boshiga quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak taqib yurgan kishi 15 yildan ortiqroq vaqt oʻz mamlakatida boʻlmagandan soʻng uni sharaflash uchun Iroqqa chaqirilgan Britaniyaning London shahridagi yurak kasalliklari boʻyicha katta maslahatchi kardiolog doktor Ziyo Kamoluddin boʻladi. Doktor faxriy zalga kirmoqchi boʻlib turganida bir cholning yoʻlakka gazetalarni qoʻyib, gazeta sotayotgani uni toʻxtashga majbur qildi. Doktor gazeta sotuvchining yonida bir muddat turdi-da, soʻngra zalga kirdi. Doktor zalga oyoqlarini sudrab, zoʻrgʻa kirdi. U oʻtirdi, lekin uning fikri-hayoli gazeta sotuvchisida edi. "Ijodkorlik" nishonini taqish uchun shifokorning nomi chaqirilganda, u oʻrnidan turdi. Lekin u minbarga chiqmay, zaldan chiqib ketar ekan, hamma hayrat bilan doktorga qarab qoldi!!! Doktor oʻrnidan turib gazeta sotayotgan qariyaning oldiga bordi va uning qoʻlidan ushlagan edi, u qoʻlini tortib oldi. Gazeta sotuvchi qariya: - Meni qoʻyib yubor oʻgʻlim, men bu yerga boshqa gazeta yoymayman, dedi. Doktor boʻgʻiq ovoz bilan unga shunday dedi: Siz bundan keyin aslo gazeta yoymaysiz. Iltimos, men bilan birga yursangiz... Gazeta sotuvchi qarshilik koʻrsatar, doktor esa uning qoʻlidan ushlar edi. Qariya, doktorning koʻzlaridan yosh oqayotganini koʻrgandan keyin qarshilik qilmay qoʻydi. Shunda qariyani zalga olib kirdi. Gazeta sotuvchi: - Oʻgʻlim, senga nima boʻldi? Doktor gapirmasdan u bilan minbar sari yurishda davom etdi. U yerda toʻplanganlar hayron edi, lekin doktor yigʻlar, gazeta sotuvchisini quchoqlab, boshidan oʻpar ekan, shunday der edi: - Siz meni tanimadingiz-a, ustoz Halil??? Gazeta sotuvchi esa: - Yoʻq, Allohga qasamki, men seni tanimadim. Aybga buyurmaysan, bu yogʻi qarichilik, deya javob berdi. Shunda doktor: - Men markaziy oʻrta maktabdagi oʻquvchingiz Ziyo Kamoluddinman, men doim birinchi boʻlganman, siz esa meni ragʻbatlantirib, meni kuzatib turar edingiz. Ӯshanda 1966-yillar edi... Undan keyin sotuvchi shogirdini bagʻriga bosdi. Shunda doktor oʻziga berilgan nishonni olib, bir vaqtlar arab tilidan oʻqituvchi boʻlgan gazeta sotuvchisining koʻksiga taqib qoʻydi. Keyin doktor katnashchilar oldida oʻz nutqini soʻzladi: Mana shular hurmatga loyiq zotlardir. Allohga qasamki, bizning qoloqlik va jaholatga yuz tutishimiz qachon yuz berdi. Qachonki ustozlarni xorlab, huquqlarini poymol qilib, ularni oʻzlariga munosib mavqelarga qoʻymay va yuksak darajalariga mos ravishda hurmat-ehtirom koʻrsatmay, qadrlamay qoʻyganimizdan keyingina mana shunday qoloqlashib, ilmsiz va nodon kimsalarga aylandik... Крилдда бу ерда👇👇👇 https://telegra.ph/ILMSIZLIK-KULFATI-05-15-3
نمایش همه...
ИЛМСИЗЛИК КУЛФАТИ

Ўнг тарафдаги расмда бошига қуёшдан сақлайдиган кўзойнак тақиб юрган киши 15 йилдан ортиқроқ вақт ўз мамлакатида бўлмагандан сўнг уни шарафлаш учун Ироққа чақирилган Британиянинг Лондон шаҳридаги юрак касалликлари бўйича катта маслаҳатчи кардиолог доктор Зиё Камолуддин бўлади. Доктор фахрий залга кирмоқчи бўлиб турганида бир чолнинг йўлакка газеталарни қўйиб, газета сотаётгани уни тўхташга мажбур қилди. Доктор газета сотувчининг ёнида бир муддат турди-да, сўнгра залга кирди. Доктор залга оёқларини судраб,…

👏 4 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
OʻZBEKLAR HAQIDA KITOB YOZGAN KOREYALIK YOZUVCHI CHO CHOL CHYON SHUNDAY DEYDI: “...Toshkentda yashagan kezlarim tez-tez shahar avtobuslarida qatnadim. 40 yoshimda sochim oqargan. Shuning "sharofati" bilanmi, haqiqiy yoshimdan oʻn-oʻn ikki yoshga ulugʻroq koʻrinaman. Joy boʻshatib berishganda eʼtirozsiz qabul qilganim mening tomonimdan biroz andishasizlik, albatta. Ammo zavqi boshqacha edida. Qachonlardir yoʻqotib qoʻygan bir boʻlagim shu yerda edi. Buni bilgan odamgina tushunadi. Yoshlik yillarida sayrda tushgan suratingizga ancha vaqt oʻtgandan keyin qaraganingizda tuyadigan, qalbingizning ich-ichigacha yetib boradigan shodlikka oʻxshab ketadi. Kattalarga hurmat bu xalqning qon-qoniga singib ketgan. Bolajonligi ham shunday. Chaqalogʻini qoʻliga koʻtarib avtobusga chiqqan ayolga yoshi saksonga borib qolgan chol ham joy beradi. Qoʻlingizda xarid xaltalari boʻlsa, oʻtirgan odamlarning biri qoʻlingizdan oladi. Hatto oʻquvchi qizaloqlarning kichkina kitob sumkalari ham eʼtibordan chetda qolmaydi...”
نمایش همه...
👍 18👏 3
01:33
Video unavailableShow in Telegram
👍 13👏 4 1🔥 1🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🔺 "Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi 🫥 Joriy yilning 18-may kuni "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida bo'lib o'tadigan Innovatsion texnologiyalar ko'rgazmasiga barcha talabalarni ishlanmalari bilan taklif etamiz. 🔵 Agar Siz Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasasining talabasi bo'lsangiz, o'z innovatsion ishlanmalaringiz bilan ko'rgazmada ishtirok eting! Ma’lumot uchun: Tadbir yakunida “Eng yaxshi ishlanmalar” saralab olinib, diplomlar va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlanadilar Qo'simcha ma'lumot uchun: +99890-140-50-04 💥Barcha talabalarni ko'rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
نمایش همه...
👍 2
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik! Yaqinda o‘g‘limning bog‘chasida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan bir kun oldin bog‘cha ma’muriyati va ota-onalar o‘tiradigan Telegram guruhda “bolalarga Georgiy tasmasini taqmanglar, agar tasma kerak bo‘lsa faqat O‘zbekiston bayrog‘i shaklidagisini taqinglar” deb ogohlantirib yozdim. Xayriyatki, bog‘cha ma’muriyati ham urush va qonxo‘rlikni ifodalaydigan barcha ramzlardan mutlaqo foydalanmasligini aytdi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligidan ham bu borada bog‘chalarga alohida topshiriq tushgan ekan (bundan juda xursand bo‘ldim). Bugun 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi. Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan. Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan. “Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan. Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi. ❌ Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman. ✅ Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 2👎 1
01:59
Video unavailableShow in Telegram
📌 Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL
نمایش همه...
👍 9👎 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Агар бирор халқни йўқотмоқчи бўлсалар.... Биринчи навбатда унинг ТАРИХИЙ ХОТИРАСИНИ тортиб оладилар. Унинг ота-боболари кимлигини униттирадилар, унинг китобларини йўқ қиладилар, унинг маданиятини янчиб ташлайдилар, унинг тарихини ўчирадилар. Ва унинг фарзандлари эмас, балки бегона шахслар унинг китобларини ёзади, унга бошқа маданиятни сингдиради, у учун бошқа тарихни ёзиб беради. Шундан сўнг халқ ўзлигини унитиб боради ва секин-аста йўқ бўлиб кетади (манқурт,қулваччалар, онгсиз пасткашларга айланади). Унинг атрофидаги халқлар эса бу халқ хақида анча олдинроқ барчасини унутган бўлади." МИЛАН КУНДЕРА (1- апрель 1929-йил Кралово Поле, Чехословакияда туғилган — 11-июль 2023-йилда Париж, Францияда вафот этган)
نمایش همه...
👍 2
​​#ибрат Хитойда ўқувчиларга уларнинг таълим олиши учун ота-оналари қандай оғир ишлар қилиши кўрсатилар экан. Жуда самарали усул. Шунингдек, яҳудлар ҳам фарзандларига бутун умр қавмлари қандай хорликларга учраганини айтиб беришар экан. Биз ҳам ўтган тарих мобайнида жоҳиллигимиз, илмсизлигимиз, тарқоқлигимиз ва фитналарга учганимиз сабаб жуда кўплаб хорлик ва зулмга учрадик. Хусусан, мўғул ва рус босқинчиларининг биз туркийларга қилган адоқсиз зулмларини фарзандларимизга кўп-кўп эслатиб туришимиз керак. Токи улар билишсинки, илмсизликнинг бадали мана шундай азобли бўлади! Токи улар билишсинки, бундан буёғига хато қилишга ҳаққимиз йўқ! Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
نمایش همه...
🔥 1