fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 588 مشترک است و جایگاه 2 568 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 438 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 588 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 04 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 687 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -198 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.98% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.54% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 886 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 562 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 116 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 588
مشترکین
-19824 ساعت
-1 4717 روز
-2 68730 روز
آرشیو پست ها
🏞️ Xitoyning Chongqing shahrida yashovchi yigit ishga ketayotganda va qaytayotganda qancha zinalarni bosib o’tishi kerakligini ko’rsatdi. Bunday ko’p bosqichli qurilishlar shaharning tog’ tizmalari orasida joylashganligi bilan bog’liq. Zinalardan tushish-ku mayli, lekin ulardan qaytib chiqishchi 😅 📟 DigiTech

🏃‍♂️Tadqiqot: Kuniga atigi 5 daqiqa aktivlik sog'lom bo’lishingizni ta’minlaydi. Hatto zinadan ko’tarilish yoki avtobusga ye
🏃‍♂️Tadqiqot: Kuniga atigi 5 daqiqa aktivlik sog'lom bo’lishingizni ta’minlaydi. Hatto zinadan ko’tarilish yoki avtobusga yetib olish uchun qisqa yugurish ham shunday aktivlikga kiradi. Qisqa, ammo intensiv mashqlar yarim soatlik muntazam mashg’ulotlarni o’rnini bosa oladi. Ma’lum bo’lishicha, bunday aktivlik yurakni mustahkamlaydi va qon bosimini stabillashtiradi. 📟 DigiTech

🤖 Unitree robotlarini yana xafa qilishmoqda. Xitoyning Unitree kompaniyasi o’z robot-itiga sirk ijrochisi kabi muvozanatni saqlashni o’rgatishdi — endi u bir panjasida sakrab, ikki oyoqda yura oladi, hatto tayoq bilan kuchli urilsa ham muvozanatini saqlaydi. Robot bu qiynoqlarni eslab qolmaydi degan umiddamiz :( Aytgancha, uning narxi 1600 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🖼️ Rasmlarni tiniqlashtirib beruvchi InstantIR neyrotarmog’i chiqdi. Shunchaki sifatsiz rasmni yuklab, «InstantIR magic!» tu
🖼️ Rasmlarni tiniqlashtirib beruvchi InstantIR neyrotarmog’i chiqdi. Shunchaki sifatsiz rasmni yuklab, «InstantIR magic!» tugmasini bosish kifoya — bir necha soniya ichida piksellar yuqori sifatli fotosuratga aylanadi. Neyrotarmoq juda yaxshi ishlaydi, faqat juda past sifatdagi fotosuratni hayotga qaytarishga uringanda natija kutilgandek bo’lmasligi mumkin. Eng muhimi bepul va hechqanday cheklovlarsiz. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🛫 19 yoshli uchuvchi saraton kasalligini davolash yo’llarini o’rganish uchun 1 million dollar yig’ish maqsadida dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi. Amerikalik Itan Guo 18 yoshida barcha qit’alarni aylanib chiqish uchun samolyotga o’tirdi. U 71 kundan beri yo’lda. Itan butun dunyoni yolg’iz uchib aylanib chiqqan birinchi uchuvchi bo’lishi mumkin. U allaqachon Kanada, Grenlandiya, Islandiya, Buyuk Britaniya va bir qator Yevropa mamlakatlariga borishga ulgurgan. Itan so’nggi videosini Misrdan to’rt kun oldin joylashtirgan. Maqsadiga yetishini tilab qolamiz, uni ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin. 📟 DigiTech

📱Ilon Mask: Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkin, lekin hozircha bunday rejalar yo’q. Ilon Mask Jo Roganga bergan intervy
📱Ilon Mask: Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkin, lekin hozircha bunday rejalar yo’q. Ilon Mask Jo Roganga bergan intervyusida, agar «Apple va Google ilovalarni cheklash yoki senzuralash kabi juda yomon ishlarni qilishni boshlashsa», ana shunda Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkinligini aytdi. Maskning so’zlariga ko’ra, Tesla butunlay yangi texnologik smartfonni bozorga chiqarishni boshqalarga qaraganda yaxshiroq qila oladigan kompaniyadir, chunki dasturiy ta’minot yaratishda katta tajribaga ega. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft PC Manager dasturini yangiladi, endi u kompyuter ishlashini optimallashtirish uchun qurilma holatini doimiy ravis
⚡️Microsoft PC Manager dasturini yangiladi, endi u kompyuter ishlashini optimallashtirish uchun qurilma holatini doimiy ravishda kuzatib boradi.
Qulayliklari: — Internet tezligini bevosita Windows vazifalar panelida kuzatib turishingiz mumkin; — Dasturning o’zi eski, keraksiz fayllarni topadi va ularni o’chiradi; — PC Manager'ni bir tugmani bosish orqali tezda ochish mumkin, buning uchun uni Windows 11 vidjetlariga qo’shish kifoya.
Bundan tashqari, uning yordamida operativ xotirani tezda tozalab turishingiz mumkin, ilova bepul. Yuklab olish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
⚡️Xitoyda haydovchisiz mashinalar endi asfalt yotqizishmoqda: sinovlar doirasida 10 ta mashinadan iborat «to’da» Pekin-Gonkong-Makao avtomobil yo’lining 158 kilometrlik qismini quyishdi. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, bu dunyodagi birinchi bunday loyihadir. Unda 1+3+3+3 sxemasi bo’yicha mashinalar sinxron ishlab, ishni odatdagidan bir necha barobar tezroq bitirishdi. Hozirgi bosqichda hali ham to’liq odamlarsiz qilishni iloji yo’q, lekin yaqin kelajakda ular jarayonni to’liq avtomatlashtirishmoqchi. 📟 DigiTech

🖼️ Robot-rassom chizgan surat Sotheby's auksionida sotilmoqda. Hozir auksiondagi narx — 140 000 dollar. Ai-Da roboti o’zinin
🖼️ Robot-rassom chizgan surat Sotheby's auksionida sotilmoqda. Hozir auksiondagi narx — 140 000 dollar. Ai-Da roboti o’zining yangi ishini «AI God: Portrait of Alan Turing» deb atadi, unda matematik va sun’iy intellektlar «otasi» Alan Tyuring abstrakt uslubida tasvirlangan. Bu odamsimon robotning kim oshdi savdosiga qo’yilgan birinchi suratidir. Auksion 8-noyabrgacha davom etadi. Rassomlar kasbi ham xavf ostida. 📟 DigiTech

📲 Matnli so’rovdan butun boshli ilovalarni bir daqiqada yaratib beradigan neyrotarmoq chiqdi! Bolt neyrotarmog’ida umuman dasturlashni bilmasdan veb-sayt yoki ilova yaratishingiz mumkin. Shunchaki kerakli narsani yozing, masalan, «Discord'ga o’xshagan ilova yarat» bir daqiqada ilova tayyor bo’ladi! Dasturni darhol sinab ko’rishingiz, biror narsa qo’shishingiz va kodini tahrirlashingiz mumkin. Eng muhimi, undan BEPUL foydalanish mumkin. «Deploy» tugmasini bossangiz, tayyor ilova bulutga yuklanadi va undan hamma foydalana oladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🖼️ Sun’iy intellekt nihoyat barmoqlar sonini to’g’ri generatsiya qilishni o’rgandi. Lekin faqat barmoqlar sonini, qo’lni o’z
🖼️ Sun’iy intellekt nihoyat barmoqlar sonini to’g’ri generatsiya qilishni o’rgandi. Lekin faqat barmoqlar sonini, qo’lni o’zini emas 😁 📟 DigiTech

👓 Haqiqiy hayotdagi chiterlik. AR ko’zoynaklar uchun mo’ljallangan Spectacles ilovasi bilyardda to’plarni to’g’ri tushirish uchun qanday urish kerakligini, xuddi kompyuter o’yinidagi kabi ko’rsatib turadi. Foydalanuvchidan talab qilinadigan narsa — zarba kuchini hisoblash va to’g’ri nuqtaga urish, bu ham albatta oson emas. Ko’zoynaklar hali prototip bosqichida va faqat dasturchilar ularni bir yilga 1188 dollarga ijaraga olishlari mumkin. 📟 DigiTech

🏞️ Taumata­whakatangihanga­koauau­o­tamatea­turi­pukaka­piki­maunga­horo­nuku­pokai­whenua­ki­tana­tahu! Yo’q, klaviaturada harflar adashib bosilib ketmadi, bu Yangi Zelandiyadagi dunyodagi eng uzun bir so’zli geografik nomga ega tepalik nomidir. Bu nom taxminan «Dumalab, ko’tarilib, tog’larni yutib yuborgan, yer yeyuvchi nomi bilan mashhur bo’lgan katta tizzali Tamatea o’z sevgilisi uchun nay chalgan tepalik» deb tarjima qilinadi, ammo mahalliy aholi tepalikni oddiygina «Taumata» deb atashadi. Nomi uzunligidan Google Xaritada ekranga sig’mayapti :) 📟 DigiTech

🧺 Xiaomi ikkita barabanli kir yuvish mashinasini chiqardi — 12 kg'gacha kiyimlar uchun standart «katta» va unga qo’shimcha r
+2
🧺 Xiaomi ikkita barabanli kir yuvish mashinasini chiqardi — 12 kg'gacha kiyimlar uchun standart «katta» va unga qo’shimcha ravishda, paypoq va kichik kiyimlar uchun mo’ljallangan 0,5 kg'lik kichik baraban ham mavjud. Bundan tashqari, Mijia Dual-Drum Dual Washer Dryer kiyimdagi bakteriyalarni 99,9 foizini yo’q qiladi va ularni atigi 15 daqiqada to’liq quritib beradi. Xitoydagi narxi — 700 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar hayvon hujayralarini yorug’likdan energiya olishga «o’rgatishdi». Ilgari bu mumkin emas deb hisoblangan. Yaponiyali
⚡️Olimlar hayvon hujayralarini yorug’likdan energiya olishga «o’rgatishdi». Ilgari bu mumkin emas deb hisoblangan. Yaponiyalik olimlar sichqon hujayralarini suv o’tlari bilan birlashtirishdi, natijada yangi hujayralar 2 kun davomida o’simliklar kabi — «oziq-ovqatsiz» shunchaki quyoshda yashadi.
Tokio universiteti professori Sachihiro Matsunaga'ning ta’kidlashicha — «Bu kashfiyot texnologiyalarni o’zgartiradi va jamiyatning ekologik transformatsiyasiga yordam beradi».
📟 DigiTech

📚Har qanday kitob yoki matnni audiokitobga aylantirib beradigan neyron tarmoq chiqdi. Diktor yoki o’zingizni ovozingizni yuklashingiz mumkin, 16 ta til mavjud, to’g’ridan-to’g’ri brauzerda, ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
📺 O’tmishdagi qiziqarli texnologiya — 1956 yilda Amerikaning Zenith kompaniyasi tomonidan chiqarilgan televizor uchun dunyodagi birinchi simsiz boshqaruv pulti. Qurilma butunlay mexanik bo’lgan — tugmalari bosilganda televizor tomonidan qabul qilinadigan maxsus ultratovush signallari asosida ishlagan. Shu sababli, ma’lum bir chastotali tashqi shovqinlar sabab ba’zan tasodifiy ishlab ketgan, lekin umuman elektronika bo’lmagani sabab batareyalar kerak bo’lmagan. Ko'proq funksiyali bizga tanish bo’lgan masofadan boshqarish pultlari 80-yillarda chiqqan. 📟 DigiTech

🏎️ Warner Bros Kaliforniyadagi Action Vehicle ustaxonasi bilan hamkorlikda Kristofer Nolan trilogiyasidagi Betmobilning nusx
+2
🏎️ Warner Bros Kaliforniyadagi Action Vehicle ustaxonasi bilan hamkorlikda Kristofer Nolan trilogiyasidagi Betmobilning nusxasini chiqardi. Korpusi metall, uglerod tolasi va kevlardan yasalgan, motor esa reaktiv dvigatelga taqlid qilingan 525 ot kuchiga ega V8 o’rnatilgan. Unda yo’llarda harakatlanish mumkin emas, shuning uchun maxsus trassada yoki saroy atrofida haydashga to’g’ri keladi. Jami 10 nusxada chiqariladi. Narxi — 3 million dollar. 📟 DigiTech

🚘 Volkswagen avtomobillaridagi foydali texnologiya. Agar ruldagi haydovchi hushidan ketib yoki uxlab qolsa, mashina bir nechta ovozli signallar chiqaradi va uch marta keskin tormozlash orqali odamni uyg’otishga harakat qiladi. Agar haydovchi uyg’onmasa, avariya chiroqlari yonadi, mashina asta-sekin yo’l chetiga o’tadi, eshiklar qulfini ochadi va yon-atrofdagi odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun signal chala boshlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Ilon Maskning superkompyuterini ichidan ko’rsatishdi. xAI Colossus 100 000 ta NVIDIA HGX H100 grafik protsessorlaridan tashkil topgan. Serverning o’tkazish qobiliyati — 3,6 Tbit/soniya. Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, faqat video kartalarni o’zi 4.2 mlrd dollarga tushgan va bu sovutish tizimi bilan ma’lumotlarni saqlash uchun serverlarni hisobga olmaganda. 📟 DigiTech