AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 588 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 568,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 438 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 588 名订阅者。
根据 04 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 687,过去 24 小时变化为 -198,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.98%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.54% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 886 次浏览,首日通常累积 9 562 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 05 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 588
订阅者
-19824 小时
-1 4717 天
-2 68730 天
帖子存档
51 477
🏞️ Xitoyning Chongqing shahrida yashovchi yigit ishga ketayotganda va qaytayotganda qancha zinalarni bosib o’tishi kerakligini ko’rsatdi.
Bunday ko’p bosqichli qurilishlar shaharning tog’ tizmalari orasida joylashganligi bilan bog’liq.
Zinalardan tushish-ku mayli, lekin ulardan qaytib chiqishchi 😅
📟 DigiTech
51 477
🏃♂️Tadqiqot: Kuniga atigi 5 daqiqa aktivlik sog'lom bo’lishingizni ta’minlaydi. Hatto zinadan ko’tarilish yoki avtobusga yetib olish uchun qisqa yugurish ham shunday aktivlikga kiradi.
Qisqa, ammo intensiv mashqlar yarim soatlik muntazam mashg’ulotlarni o’rnini bosa oladi. Ma’lum bo’lishicha, bunday aktivlik yurakni mustahkamlaydi va qon bosimini stabillashtiradi.
📟 DigiTech
51 477
🤖 Unitree robotlarini yana xafa qilishmoqda.
Xitoyning Unitree kompaniyasi o’z robot-itiga sirk ijrochisi kabi muvozanatni saqlashni o’rgatishdi — endi u bir panjasida sakrab, ikki oyoqda yura oladi, hatto tayoq bilan kuchli urilsa ham muvozanatini saqlaydi.
Robot bu qiynoqlarni eslab qolmaydi degan umiddamiz :(
Aytgancha, uning narxi 1600 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
51 477
🖼️ Rasmlarni tiniqlashtirib beruvchi InstantIR neyrotarmog’i chiqdi. Shunchaki sifatsiz rasmni yuklab, «InstantIR magic!» tugmasini bosish kifoya — bir necha soniya ichida piksellar yuqori sifatli fotosuratga aylanadi.
Neyrotarmoq juda yaxshi ishlaydi, faqat juda past sifatdagi fotosuratni hayotga qaytarishga uringanda natija kutilgandek bo’lmasligi mumkin. Eng muhimi bepul va hechqanday cheklovlarsiz.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 477
🛫 19 yoshli uchuvchi saraton kasalligini davolash yo’llarini o’rganish uchun 1 million dollar yig’ish maqsadida dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi.
Amerikalik Itan Guo 18 yoshida barcha qit’alarni aylanib chiqish uchun samolyotga o’tirdi. U 71 kundan beri yo’lda. Itan butun dunyoni yolg’iz uchib aylanib chiqqan birinchi uchuvchi bo’lishi mumkin.
U allaqachon Kanada, Grenlandiya, Islandiya, Buyuk Britaniya va bir qator Yevropa mamlakatlariga borishga ulgurgan. Itan so’nggi videosini Misrdan to’rt kun oldin joylashtirgan.
Maqsadiga yetishini tilab qolamiz, uni ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin.
📟 DigiTech
51 477
📱Ilon Mask: Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkin, lekin hozircha bunday rejalar yo’q.
Ilon Mask Jo Roganga bergan intervyusida, agar «Apple va Google ilovalarni cheklash yoki senzuralash kabi juda yomon ishlarni qilishni boshlashsa», ana shunda Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkinligini aytdi.
Maskning so’zlariga ko’ra, Tesla butunlay yangi texnologik smartfonni bozorga chiqarishni boshqalarga qaraganda yaxshiroq qila oladigan kompaniyadir, chunki dasturiy ta’minot yaratishda katta tajribaga ega.
📟 DigiTech
51 477
⚡️Microsoft PC Manager dasturini yangiladi, endi u kompyuter ishlashini optimallashtirish uchun qurilma holatini doimiy ravishda kuzatib boradi.
Qulayliklari: — Internet tezligini bevosita Windows vazifalar panelida kuzatib turishingiz mumkin; — Dasturning o’zi eski, keraksiz fayllarni topadi va ularni o’chiradi; — PC Manager'ni bir tugmani bosish orqali tezda ochish mumkin, buning uchun uni Windows 11 vidjetlariga qo’shish kifoya.Bundan tashqari, uning yordamida operativ xotirani tezda tozalab turishingiz mumkin, ilova bepul. Yuklab olish uchun havola. 📟 DigiTech
51 477
⚡️Xitoyda haydovchisiz mashinalar endi asfalt yotqizishmoqda: sinovlar doirasida 10 ta mashinadan iborat «to’da» Pekin-Gonkong-Makao avtomobil yo’lining 158 kilometrlik qismini quyishdi.
Ishlab chiquvchilarning aytishicha, bu dunyodagi birinchi bunday loyihadir. Unda 1+3+3+3 sxemasi bo’yicha mashinalar sinxron ishlab, ishni odatdagidan bir necha barobar tezroq bitirishdi. Hozirgi bosqichda hali ham to’liq odamlarsiz qilishni iloji yo’q, lekin yaqin kelajakda ular jarayonni to’liq avtomatlashtirishmoqchi.
📟 DigiTech
51 477
🖼️ Robot-rassom chizgan surat Sotheby's auksionida sotilmoqda. Hozir auksiondagi narx — 140 000 dollar.
Ai-Da roboti o’zining yangi ishini «AI God: Portrait of Alan Turing» deb atadi, unda matematik va sun’iy intellektlar «otasi» Alan Tyuring abstrakt uslubida tasvirlangan. Bu odamsimon robotning kim oshdi savdosiga qo’yilgan birinchi suratidir. Auksion 8-noyabrgacha davom etadi.
Rassomlar kasbi ham xavf ostida.
📟 DigiTech
51 477
📲 Matnli so’rovdan butun boshli ilovalarni bir daqiqada yaratib beradigan neyrotarmoq chiqdi! Bolt neyrotarmog’ida umuman dasturlashni bilmasdan veb-sayt yoki ilova yaratishingiz mumkin.
Shunchaki kerakli narsani yozing, masalan, «Discord'ga o’xshagan ilova yarat» bir daqiqada ilova tayyor bo’ladi! Dasturni darhol sinab ko’rishingiz, biror narsa qo’shishingiz va kodini tahrirlashingiz mumkin. Eng muhimi, undan BEPUL foydalanish mumkin.
«Deploy» tugmasini bossangiz, tayyor ilova bulutga yuklanadi va undan hamma foydalana oladi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 477
🖼️ Sun’iy intellekt nihoyat barmoqlar sonini to’g’ri generatsiya qilishni o’rgandi.
Lekin faqat barmoqlar sonini, qo’lni o’zini emas 😁
📟 DigiTech
51 477
👓 Haqiqiy hayotdagi chiterlik.
AR ko’zoynaklar uchun mo’ljallangan Spectacles ilovasi bilyardda to’plarni to’g’ri tushirish uchun qanday urish kerakligini, xuddi kompyuter o’yinidagi kabi ko’rsatib turadi. Foydalanuvchidan talab qilinadigan narsa — zarba kuchini hisoblash va to’g’ri nuqtaga urish, bu ham albatta oson emas.
Ko’zoynaklar hali prototip bosqichida va faqat dasturchilar ularni bir yilga 1188 dollarga ijaraga olishlari mumkin.
📟 DigiTech
51 477
🏞️ Taumatawhakatangihangakoauauotamateaturipukakapikimaungahoronukupokaiwhenuakitanatahu!
Yo’q, klaviaturada harflar adashib bosilib ketmadi, bu Yangi Zelandiyadagi dunyodagi eng uzun bir so’zli geografik nomga ega tepalik nomidir.
Bu nom taxminan «Dumalab, ko’tarilib, tog’larni yutib yuborgan, yer yeyuvchi nomi bilan mashhur bo’lgan katta tizzali Tamatea o’z sevgilisi uchun nay chalgan tepalik» deb tarjima qilinadi, ammo mahalliy aholi tepalikni oddiygina «Taumata» deb atashadi.
Nomi uzunligidan Google Xaritada ekranga sig’mayapti :)
📟 DigiTech
51 477
+2
🧺 Xiaomi ikkita barabanli kir yuvish mashinasini chiqardi — 12 kg'gacha kiyimlar uchun standart «katta» va unga qo’shimcha ravishda, paypoq va kichik kiyimlar uchun mo’ljallangan 0,5 kg'lik kichik baraban ham mavjud.
Bundan tashqari, Mijia Dual-Drum Dual Washer Dryer kiyimdagi bakteriyalarni 99,9 foizini yo’q qiladi va ularni atigi 15 daqiqada to’liq quritib beradi.
Xitoydagi narxi — 700 dollar.
📟 DigiTech
51 477
⚡️Olimlar hayvon hujayralarini yorug’likdan energiya olishga «o’rgatishdi». Ilgari bu mumkin emas deb hisoblangan.
Yaponiyalik olimlar sichqon hujayralarini suv o’tlari bilan birlashtirishdi, natijada yangi hujayralar 2 kun davomida o’simliklar kabi — «oziq-ovqatsiz» shunchaki quyoshda yashadi.
Tokio universiteti professori Sachihiro Matsunaga'ning ta’kidlashicha — «Bu kashfiyot texnologiyalarni o’zgartiradi va jamiyatning ekologik transformatsiyasiga yordam beradi».📟 DigiTech
51 477
51 477
📺 O’tmishdagi qiziqarli texnologiya — 1956 yilda Amerikaning Zenith kompaniyasi tomonidan chiqarilgan televizor uchun dunyodagi birinchi simsiz boshqaruv pulti.
Qurilma butunlay mexanik bo’lgan — tugmalari bosilganda televizor tomonidan qabul qilinadigan maxsus ultratovush signallari asosida ishlagan. Shu sababli, ma’lum bir chastotali tashqi shovqinlar sabab ba’zan tasodifiy ishlab ketgan, lekin umuman elektronika bo’lmagani sabab batareyalar kerak bo’lmagan.
Ko'proq funksiyali bizga tanish bo’lgan masofadan boshqarish pultlari 80-yillarda chiqqan.
📟 DigiTech
51 477
+2
🏎️ Warner Bros Kaliforniyadagi Action Vehicle ustaxonasi bilan hamkorlikda Kristofer Nolan trilogiyasidagi Betmobilning nusxasini chiqardi.
Korpusi metall, uglerod tolasi va kevlardan yasalgan, motor esa reaktiv dvigatelga taqlid qilingan 525 ot kuchiga ega V8 o’rnatilgan. Unda yo’llarda harakatlanish mumkin emas, shuning uchun maxsus trassada yoki saroy atrofida haydashga to’g’ri keladi.
Jami 10 nusxada chiqariladi. Narxi — 3 million dollar.
📟 DigiTech
51 477
🚘 Volkswagen avtomobillaridagi foydali texnologiya.
Agar ruldagi haydovchi hushidan ketib yoki uxlab qolsa, mashina bir nechta ovozli signallar chiqaradi va uch marta keskin tormozlash orqali odamni uyg’otishga harakat qiladi.
Agar haydovchi uyg’onmasa, avariya chiroqlari yonadi, mashina asta-sekin yo’l chetiga o’tadi, eshiklar qulfini ochadi va yon-atrofdagi odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun signal chala boshlaydi.
📟 DigiTech
51 477
⚡️Ilon Maskning superkompyuterini ichidan ko’rsatishdi.
xAI Colossus 100 000 ta NVIDIA HGX H100 grafik protsessorlaridan tashkil topgan. Serverning o’tkazish qobiliyati — 3,6 Tbit/soniya.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, faqat video kartalarni o’zi 4.2 mlrd dollarga tushgan va bu sovutish tizimi bilan ma’lumotlarni saqlash uchun serverlarni hisobga olmaganda.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
