fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 50 942 مشترک است و جایگاه 2 607 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 461 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 50 942 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 07 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 585 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -172 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.05% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.55% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 775 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 461 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 113 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 08 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

50 942
مشترکین
-17224 ساعت
-1 4157 روز
-2 58530 روز
آرشیو پست ها
⚡️Adobe Premiere Pro video tahrirlash dasturiga sun’iy intellekt qo’shadi. Uning yordamida obyektlarni qo’shish va olib tashlash, ramkani kengaytirish va videolarning davomiyligini oshirish mumkin bo’ladi. Ular shuningdek, matnli so’rov asosida noldan video yaratish uchun alohida neyrotarmoqni qo’shishlari mumkin. Bu bo’yicha kompaniya allaqachon OpenAI va Runway bilan muzokaralar olib bormoqda. Premiere Pro'ga yangi funksiyalar shu yil oxirigacha qo’shiladi. Hozircha sun’iy intellekt yordamida tahrirlangan videolarni ko’rib baholashingiz mumkin. 📟 DigiTech

+1
🤖 Xitoy kasalxonalarida analizlar uchun qon oluvchi robotlar sinovdan o’tkazilmoqda: robotning o’zi tomirni topadi, qon olinganidan so’ng bintni yopishtiradi. Ularning ta’kidlashicha, robot ignani odamdan ko’ra og’riqliroq kiritmaydi va butun jarayon taxminan bir daqiqa davom etadi. 📟 DigiTech

📲 Telegram yana bir yangilanishni taqdim etdi. Nimalar qo’shildi: 1. Stikerlar uchun alohida muharrir paydo bo’ldi — endi ikki marta bosish orqali istalgan rasmni stikerga aylantirishingiz mumkin. 2. O’z profilingizni boshqalar nazarida ko’rish va baholashingiz mumkin. 3. Premium obunaga ega foydalanuvchilar reklamalarni yana yoqishlari mumkin bo’ladi (bu kimga kerak bo’ladi, bilmadik 🤷‍♂️). 4. Xabarlar ostidagi reaksiyalar sonini cheklash mumkin. Agar bitta reaksiya chegarasi qo’yilsa, unda qaysi biri birinchi bosilsa o’sha qoladi va undan boshqasini qo’yib bo’lmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Adobe kompaniyasi oddiy odamlarning videolarini sotib olmoqda — ular bir daqiqalik video uchun o’rtacha 3 dan 7 dollargacha
⚡️Adobe kompaniyasi oddiy odamlarning videolarini sotib olmoqda — ular bir daqiqalik video uchun o’rtacha 3 dan 7 dollargacha to’lashmoqda. Kompaniyaga Sora bilan raqobatlasha oladigan neyrotarmoqni o’rgatish uchun yuz minglab videolar kerak — shuning uchun odamlarning kundalik ishlarni qilayotgani yoki emotsiyalarni ifoda etayotgan videolarini sotib olishmoqda. 📟 DigiTech

+1
🛰️ Endi kosmosga ham reklama joylashtirish mumkin bo’ladi. Angara raketasi koinotga reklama joylashtirish uchun sun’iy yo’ldosh prototipini orbitaga chiqardi — unda logotipni joylashtirish 1 000 000 dollarga tushadi. Taxminlarga ko’ra, 500–600 km balandlikda bunday sun’iy yo’ldoshlar guruhlari osmondagi yulduz turkumlariga o’xshash logotip va reklama matnlarini ko’rsatadi. 📟 DigiTech

⚡️Western Digital kompaniyasi «portativ» SSD chamadonni taqdim etdi — 368 terabayt! Uning og’irligi 13 kg dan oshadi va «tonn
+3
⚡️Western Digital kompaniyasi «portativ» SSD chamadonni taqdim etdi — 368 terabayt! Uning og’irligi 13 kg dan oshadi va «tonnalab ma’lumotlarni ko’chirish» kerak bo’lganlar uchun mo’ljallangan: masalan, kino suratga oluvchilar uchun. Narxi sir saqlanmoqda. Buni faqat haqiqiy mijozlar bilan muhokama qilisharkan. 📟 DigiTech

🌇 Saudiya Arabistonidagi The Line osmono’par shahari qurilishi sezilarli darajada sekinlashdi. 2030 yilga kelib, loyihaning
🌇 Saudiya Arabistonidagi The Line osmono’par shahari qurilishi sezilarli darajada sekinlashdi. 2030 yilga kelib, loyihaning atigi 1,5 foizi tayyor bo’ladi. 170 kilometrlik bino olti yil ichida qurib bitkazilishi taxmin qilingan edi, biroq yangi hisob-kitoblarga ko’ra, bu vaqtga qadar bor-yo’g’i 2,5 kilometri qurib bitkaziladi. Bundan tashqari, qurilishni moliyalashtirish kamayganligi sababli quruvchilar guruhida qisqartirishlar boshlandi. G’oya bo’yicha The Linea loyihasi mamlakat iqtisodiyotini o’zgartirishi, vektorni neftdan texnologiyaga o’tkazishi kerak. Ammo bir muammo bor — loyiha qiymati 1,5 trillion dollardir. 📟 DigiTech

📱Xakerlar Apple ID'ni ommaviy ravishda 92 ta davlatda, shu jumladan O’zbekistonda ham masofaviy buzishga urinishmoqda. iPhon
+1
📱Xakerlar Apple ID'ni ommaviy ravishda 92 ta davlatda, shu jumladan O’zbekistonda ham masofaviy buzishga urinishmoqda. iPhone'larga parolni tasdiqlash haqida soxta bildirishnomalar kelmoqda. Agarda parolingizni kiritsangiz, barcha ma’lumotlaringiz to’g’ridan-to’g’ri xakerlarga o’tadi. Barcha foydalanuvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi: • barcha qurilmalarni eng so’nggi xavfsizlik sozlamalarini o’z ichiga olgan eng so’nggi dasturiy ta’minotga yangilash; • qurilmalarga parol va Face ID/Touch ID o’rnatish; • Apple ID uchun ikki faktorli autentifikatsiya va murakkab paroldan foydalanish; • saytlar, noma’lum yoki shubhali jo’natuvchilardan kelgan havolalarni bosmang. Hushyor bo’ling va parollarni faqat ishonchli joylarga kiriting. 📟 DigiTech

⚡️Windows 10 da reklamalar paydo bo’lishi mumkin. «Пуск» menyusidagi «Tavsiyalar» bo’limiga dasturlarni o’rnatish bo’yicha ta
+1
⚡️Windows 10 da reklamalar paydo bo’lishi mumkin. «Пуск» menyusidagi «Tavsiyalar» bo’limiga dasturlarni o’rnatish bo’yicha tavsiyalar joylashtiriladi. Bu Microsoft'ning millionlab odamlar tomonidan hanuzgacha foydalaniladigan Windows 10 dan pul ishlashga bo’lgan navbatdagi urinishidir. 📟 DigiTech

+2
👟 Italiyalik dizayner bolalar uchun oyoqlari o’sishi bilan u ham kattalashadigan krossovka ishlab chiqdi. U besh yil davomida 4Steps modeli ustida mashaqqatli mehnat qilib, birinchi prototipni taqdim etdi. Oyoq kiyim 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun mo’ljallangan — ha, bir juft sotib olib, o’lchami haqida o’ylanmay yaroqsiz holatga kleguncha kiyish mumkin. Zo’r g’oya, yaxshi chidamli bo’lsa albatta :) 📟 DigiTech

📱Xiaomi kompaniyasi Garri Potter muxlislari uchun smartfon va planshetni namoyish etdi — Redmi Turbo 3 va Redmi Pad Pro Harr
+4
📱Xiaomi kompaniyasi Garri Potter muxlislari uchun smartfon va planshetni namoyish etdi — Redmi Turbo 3 va Redmi Pad Pro Harry Potter Edition. Redmi Turbo 3 — 6,67 dyuymli 120 hz chastotali OLED ekran, Snapdragon 8s Gen 3 chipi va 5000 mA/soat akkumulyatorga ega arzon model. Maxsus versiyaning narxi 370 dollar turadi, 20$ ga esa kamarli sumka sotib olish mumkin. 12,1 dyuymli 120 hz chastotali IPS ekranli va Snapdragon 7s Gen 2 chipli planshetni 320 dollarga sotib olish mumkin. 📟 DigiTech

🌙 Ramazon Hayiti muborak bo’lsin! Bugun barchaga maksimal foydali bo’ladigan post chiqarishga qaror qildik, shuning uchun ba
🌙 Ramazon Hayiti muborak bo’lsin! Bugun barchaga maksimal foydali bo’ladigan post chiqarishga qaror qildik, shuning uchun barcha foydali neyrotarmoqlar yig’ilgan ro’yxatni taqdim etamiz. Bu yerda 2011-yildan hozirgacha bo’lgan sun’iy intellekt loyihalari yig’ilgan va qo’llanilish sohalariga bo’lingan. Alohida bo’limlarda kodlash, sotuv, kopirayting, tasvir, audio, animatsiya va boshqa sohalarda asqotadigan neyrotarmoqlar mavjud. Bu hozirda eng foydali sun’iy intellektlar yig’ilgan ro’yxat hisoblanadi. 👉 Original sifatdagi PDF faylni yuklab olish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
📷 Kecha bo’lib o’tgan quyoshning to’liq tutilishi NASA teleskoplari va odamlar nigohida. Agar sizda nimaga men ko’rmadim degan savol tug’ilayotgan bo’lsa, bu manzaraga faqat AQSh, Kanada va Meksikada yashovchilar guvoh bo’lishgan. 📟 DigiTech

Matnlar yozish orqali daromad qiling Siz oddiy xodim, talaba yoki ma’lum sohada frilanser bo‘lishingizdan qatʼi nazar, Sizda zamonaviy kasblardan biri boʻlgan kopirayting, yaʼni sotuvchi matnlar yozish orqali daromad qilish imkoni bor. Bunda Sizga shu sohada 2.5 yillik tajribaga ega professional kopirayter, @jaydari_kopirayter blogi asoschisi Doniyorbek Erkin o‘g‘li shaxsan yordam beradilar. Sizdan talab etiladigan harakat, ularning kanallariga obuna boʻlish va 1 hafta davomida joylanadigan postlarni kuzatish. Obuna boʻling: @jaydari_kopirayter Reklama

📲 Xiaomi 2024-yilda 30 dan ortiq smartfonlarni qo’llab-quvvatlashni to’xtatadi. Ya’ni ular uchun operatsion tizim yangilanis
📲 Xiaomi 2024-yilda 30 dan ortiq smartfonlarni qo’llab-quvvatlashni to’xtatadi. Ya’ni ular uchun operatsion tizim yangilanishi chiqmaydi. Bu qurilmalar ro’yxatida masalan, mashhur Redmi Note 10, Redmi 10 seriyalari, Poco X3 GT, Poco C31 va Poco C40 mavjud. Smartfonlarning to’liq ro’yxati skrinshotda ko’rsatilgan. Smartfonni yangilash vaqti keldi :) 📟 DigiTech

🖥️ Samsung iMac'ga juda o‘xshash All-In-One Pro monoblokni chiqarmoqchi. U aprel oyi oxirida Janubiy Koreyada sotuvga chiqar
+1
🖥️ Samsung iMac'ga juda o‘xshash All-In-One Pro monoblokni chiqarmoqchi. U aprel oyi oxirida Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi. Asosiy xususiyatlari: 4K displey, Intel Core Ultra protsessori, 27 dyuymli ekran va ultra yupqa korpus (6,55 mm). Monoblokning narxi 1469 dollar. Uning Janubiy Koreya bozoridan tashqarida sotuvga chiqarilishi noma’lum. 📟 DigiTech

⚡️Tibbiyotda inqilob yuz berdi — olimlar yangi jigarni bevosita inson tanasida o’stirishni o’rganishdi! Bemorga donor jigar h
⚡️Tibbiyotda inqilob yuz berdi — olimlar yangi jigarni bevosita inson tanasida o’stirishni o’rganishdi! Bemorga donor jigar hujayralari to’g’ridan-to’g’ri qorin limfa tuguniga yuborildi. Bir necha oy o’tgach, hujayralar ko’payadi va o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan kichik jigarga aylanadi. Bemor asta-sekin shifokorlar nazorati ostida tuzalib bormoqda. Agar hammasi muvaffaqiyatli yakunlansa, bu transplantatsiya uchun organlarning yetishmasligi muammosini deyarli butunlay hal qiladi. 📟 DigiTech

+1
🚀 Ilon Mask yaqin bir necha yil ichida Marsga bir millionga yaqin odam va shuncha tonna yuk jo’natmoqchi. Milliarder twitterda kosmik sayohat loyihasi haqidagi qiziqarli taqdimotni namoyish etdi. Rejalar: • Starship kemasi keyingi yil uchib, Yerga muvaffaqiyatli qo’nadi. • Space X doimiy ravishda parvoz sinovlarini o’tkazib, raketani takomillashtiradi — Starship Oyga uchadi. • Shuningdek, Ilon Mask Oy va Marsdagi koloniyalar konseptini ham ko’rsatdi. 📟 DigiTech

✍️ Ushbu neyron tarmoq sizga istalgan syujetdagi ajoyib komikslarni chizib beradi. AI Comic Factory'da har qanday tasavvuringizni komiksga aylantirishingiz mumkin! Shunchaki matnli tavsifni kiritish kifoya, bir nechta daqiqada tugallangan komiksni olasiz. Yakshanbani maroqli o’tkazish uchun ayni muddao, albatta sinab ko’ring. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Google rasmlar uchun JPEG'ning yangilangan versiyasi — Jpegli yangi formatini ishlab chiqdi. Bu «Internetni yanada chiroyli va tezroq qilishi» kerak. Bunday tasvirlarning hajmi 35% kamroq bo’ladi (shu sabab tezroq yuklanadi), sifati esa yaxshilanadi. Bu format qanchalik tez ommalashadi, buni vaqt ko’rsatadi. 📟 DigiTech