fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 53 564 مشترک است و جایگاه 2 480 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 370 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 53 564 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 955 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -312 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.94% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.01% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 372 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 654 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 132 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

53 564
مشترکین
-31224 ساعت
+2 0507 روز
+95530 روز
آرشیو پست ها
💇‍♂️ Kibersartaroshlar davri kelyapti: xitoyliklar shaharlarda robot-sartaroshlar o‘rnatilgan kiosklarni ishga tushirmoqda. Robot 3D-skaner yordamida yuz shakli va soch sifatini tahlil qilib, mijozga mos keladigan uslubni tanlaydi. Sochni millimetrigacha aniqlikda oladi, bir seans narxi esa atigi 4500 so’m! 📟 DigiTech

⚡️GitHub buzib kirildi — kompaniya bu ma’lumotni tasdiqladi. Xakerlar kamida 3800 ta repozitoriyga kirishga muvaffaq bo‘lgan
⚡️GitHub buzib kirildi — kompaniya bu ma’lumotni tasdiqladi. Xakerlar kamida 3800 ta repozitoriyga kirishga muvaffaq bo‘lgan — hozirda yetkazilgan zararning ko‘lami aniqlanmoqda. Bu GitHub xodimlaridan birining qurilmasini zararlagan VS Code kengaytmasi tufayli sodir bo‘lgan. Vaybkoding oqibatlari :) 📟 DigiTech

⚡️Qozog‘istonda 2029-yilda ishga tushiriladigan uchar taksining ilk sinovlari o‘tkazildi. Xitoyning AutoFlight droni soatiga 200 km tezlikka erishadi, besh nafargacha yo‘lovchini sig‘diradi va bir quvvatlanishda ~200 km ucha oladi. Uning yordamida, masalan, Olmaota aeroportidan tog‘-chang‘i kurortigacha bo‘lgan yo‘lni 60 daqiqadan 10 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. 📟 DigiTech

+2
⚡️Google o‘z qidiruv tizimini neyron tarmoqlar yordamida takomillashtirdi. Aytishlaricha, bu so‘nggi 25 yildagi eng yirik yangilanish ekan. Endi qidiruv tizimi Gemini 3.5 Flash asosida ishlaydi, video va fayllarni yuklash imkonini beradi. Shuningdek, u sizning o‘rningizga qidiruv so‘rovlarini yakunlab, murakkab mavzularni tushuntirish uchun interaktiv vidjetlar yarata oladi. Bundan tashqari, voqealarni kuzatib borish uchun sun’iy intellekt agentlari ham qo‘shiladi: masalan, yangi o‘yinlar chiqishini kuzatib borishni va bu haqda bildirishnomalar yuborishni so‘rash mumkin bo‘ladi. 📟 DigiTech

📲 iOS 27 8-iyun kuni namoyish etiladi — Tim Kuk'ning so‘nggi WWDC taqdimoti Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Taqdim
📲 iOS 27 8-iyun kuni namoyish etiladi — Tim Kuk'ning so‘nggi WWDC taqdimoti Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Taqdimotda iOS, iPadOS, WatchOS, MacOS va ehtimol, yangi qurilmalar ko‘rsatilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Ma’lumotlar markazlari shaharlarni 2,2°C ga qizdirmoqda — olimlarning aniqlashicha, 1 ta yirik inshoot 40 000 ta uy kabi is
⚡️Ma’lumotlar markazlari shaharlarni 2,2°C ga qizdirmoqda — olimlarning aniqlashicha, 1 ta yirik inshoot 40 000 ta uy kabi issiqlik chiqaradi. Tadqiqot Finiks shahrida o‘tkazilgan: ma’lumotlar markazlari atrofida bir necha oy davomida maxsus sensorli mashinalar yurgan. Serverlar yaqinidagi hududlarda harorat 2,2°C ga yuqoriroq bo’lgan, bu ta’sir esa hatto 5 mavze naridan ham sezilgan. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar robo-o‘rgimchakni yig’ishdi — bu temir mehnatkash vertikal yuzalar bo‘ylab bemalol harakatlanadi va har qanday ishni bajara oladi. Hozircha bu maxluqni operator masofadan turib boshqarib: zangni tozalaydi, payvandlash ishlarini bajaradi va boshqa foydali yumushlarni amalga oshiradi. Xitoylik muhandislar kelajakda robotni haftasiga yetti kun, kuniga 24 soat davomida to‘liq mustaqil ishlashga o‘rgatishni va’da qilishmoqda. 📟 DigiTech

📺 LG televizorlari kontent ustiga reklama qo‘yishni boshladi. Foydalanuvchi PS5'ni ishga tushirganida, ekranining pastki qis
📺 LG televizorlari kontent ustiga reklama qo‘yishni boshladi. Foydalanuvchi PS5'ni ishga tushirganida, ekranining pastki qismida, konsol interfeysining o‘zida pitsa buyurtma qilish taklifi chiqqan. Eng qizig’i, bu arzon qurilma ham emas, reddit foydalanuvchisi ushbu televizorni 1400 dollarga sotib olgan. 📟 DigiTech

🤖 Amerikaning Figure kompaniyasi jonli efirda odam va robot o‘rtasida bellashuv uyushtirdi. 10 soat davomida jo‘natmalar bilan ishlagan yigit 12 924 ta qutini, robot esa 12 734 tasini saraladi. Eng qizig’i, bu vaziyatda temir «mutaxassis» uzluksiz ishlagan, uning inson raqibi esa tushlik qilishga va tanaffuslarga chiqqan. 📟 DigiTech

📚 Kitob o‘qish va muzeylarga borish qarishni sekinlashtiradi — University College London olimlari shunday xulosaga kelishdi.
📚 Kitob o‘qish va muzeylarga borish qarishni sekinlashtiradi — University College London olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqotchilar 3500 kishining ma’lumotlarini tahlil qilib, muntazam kitob o‘qiydigan, musiqa tinglaydigan, ko‘rgazma yoki muzeylarga boradigan odamlar biologik jihatdan sekinroq qarishini aniqlashdi. Ta’siri bo’yicha bu jismoniy mashg‘ulotlar bilan qiyoslanadigan darajada bo‘lib chiqdi. Haftada kamida bir marta «madaniy hordiq» chiqarganlarning qarish tezligi taxminan 4 foizga pastroq bo‘lgan. Olimlar buni san’atning bir vaqtning o‘zida miyaga va hissiyotlarga ta'sir ko’rsatishi bilan izohlashdi. 📟 DigiTech

⚡️Smartfonlardan avtosanoatgacha: BlackBerry inqirozdan qanday qutulib qoldi? BlackBerry 10 yildan beri smartfon chiqarmayotg
⚡️Smartfonlardan avtosanoatgacha: BlackBerry inqirozdan qanday qutulib qoldi? BlackBerry 10 yildan beri smartfon chiqarmayotgan bo‘lsa-da, haligacha pul ishlamoqda. Kompaniya avtomobillar uchun dasturiy ta’minot chiqarishga o’tgan. Ularning QNX operatsion tizimi taxminan 275 million avtomobilga o’rnatilgan. U kruiz-kontrol, ko‘rinmas hududlar nazorati, bildirishnomalar va haydovchiga yordam beruvchi boshqa tizimlarga javobgardir. QNX'dan dunyoning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari foydalanadi. Hozirda bu dasturiy ta’minot BlackBerry umumiy daromadining deyarli yarmini tashkil etadi. 📟 DigiTech

⚡️Qozog‘istonda neyron tarmoqlar maktab o‘quvchilarini davlat darajasida o‘qitishga yordam beradi — respublika prezidenti sun
⚡️Qozog‘istonda neyron tarmoqlar maktab o‘quvchilarini davlat darajasida o‘qitishga yordam beradi — respublika prezidenti sun’iy intellektni o‘rta ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Sun’iy intellekt shahar va qishloq maktablari o‘rtasidagi ta’lim sifati bo‘yicha farqni qisqartirishi lozim. Buning uchun mamlakatda infratuzilma, ta’lim platformalari, individuallashtirilgan ta’lim, ma’lumotlar himoyasi va o‘qituvchilarni tayyorlashni keng ko‘lamda rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Tajriba loyihasining muddatlari va shartlari allaqachon aniq belgilab olingan: 500 ta qishloq maktabi texnika, tezkor internet va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hech kim o‘qituvchilarni almashtirmaydi, algoritmlar shunchaki kundalik yumushlarni o‘z zimmasiga olib, ularning ishini bir necha baravarga yengillashtiradi. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft nihoyat Windows 11 da vazifalar panelining joylashuvi va kengligini o‘zgartirishga ruxsat berdi. Bundan tashqari,
+2
⚡️Microsoft nihoyat Windows 11 da vazifalar panelining joylashuvi va kengligini o‘zgartirishga ruxsat berdi. Bundan tashqari, endi «Пуск» menyusining o‘lchamini sozlash va undan barcha ortiqcha narsalarni olib tashlash mumkin: keraksiz bo‘limlarni o‘chirish ancha soddalashtirilgan. Yangilanish dastlabki sinov versiyasi foydalanuvchilariga yetib kelgan, barcha uchun esa biroz keyinroq chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Android tez orada iPhone’dan ham qimmatlashishi mumkin — yangi Snapdragon chiplari narxi 80 foizga oshiriladi. Apple esa ch
⚡️Android tez orada iPhone’dan ham qimmatlashishi mumkin — yangi Snapdragon chiplari narxi 80 foizga oshiriladi. Apple esa chiplarni o‘zi ishlab chiqaradi. Agar 2023-yilda eng top Snapdragon chipi 170–200 dollar turgan bo‘lsa, yangi avlod chiplari narxi 300 dollardan oshib ketishi mumkin. Bu esa Samsung, Xiaomi, OnePlus narxlarini keskin ko’tarilishiga sabab bo’ladi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi yangi «Ultra» osma tizimiga ega gibrid yo‘ltanlamaslarini namoyish etdi. Uning yordamida istalgan g‘ildirakni 30 smgacha ko‘tarib, mashinani uch g‘ildirakda ham haydash mumkin. Bu xususiyat shina teshilganda yoki katta chuqurlikdan o‘tish kerak bo‘lganda juda qo‘l keladi. Denza B5 kapoti ostida 687 ot kuchiga ega motor bo‘lsa, B8 modelida bu ko‘rsatkich 748 ot kuchini tashkil etadi. Xitoyda narxi 45 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Claude Mythos xakerlar uchun eng murakkab operatsion tizimlardan biri bo‘lgan macOS’ni buzib kirishga muvaffaq bo‘ldi. Topi
⚡️Claude Mythos xakerlar uchun eng murakkab operatsion tizimlardan biri bo‘lgan macOS’ni buzib kirishga muvaffaq bo‘ldi. Topilgan xatolik tizimni butunlay egallab olish imkonini beradi. Model shunchaki avval noma’lum bo‘lgan ikkita xatolikni o‘zaro bog‘ladi. Ularning yordamida MacBook xotirasini «buzib», macOS’ning yopiq qismlariga to‘liq kirish huquqini qo‘lga kiritdi. Zaiflikni aniqlagan tadqiqotchilar shunchalik hayron qolishganidan, topilmani ko‘rsatish uchun shaxsan Apple ofisiga borishdi. Kompaniya allaqachon xavfsizlikdagi bu bo‘shliqni o‘rganmoqda, ammo hali to’g’irlashgani yo’q. Ko‘rinishidan, Mythos'ni reliz uchun xavfli deb hisoblashlari bejizga emas. 📟 DigiTech

📱Sony o‘zining yangi Xperia smartfonlaridagi suratga olish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt yordamchisini reklama qilmoq
+2
📱Sony o‘zining yangi Xperia smartfonlaridagi suratga olish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt yordamchisini reklama qilmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘xshamadi) Neyron tarmoqda «yaxshilangan» barcha kadrlar sufatsiz bo‘lib chiqdi. Sun’iy intellekt kontrast, ekspozitsiya va detallarni buzib yuborgan. Sony esa shunday usulda «hayratlanarli suratlar» yaratishni taklif qilmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Amerikaning Figure kompaniyasi o‘z gumanoidlari jo‘natmalarni to‘xtovsiz saralayotgan strimni ishga tushirdi. Qariyb 16 soat ichida ular quvvatlanish uchun vaqti-vaqti bilan bir-birini almashtirib, 20 000 dan ortiq jo‘natmani saralashdi. Kompaniya robotlar mustaqil harakatlanayotganini ta'kidlayotgan bo’lsa-da, tomoshabinlar ularning xatti-harakatlarida g‘alati jihatlarni payqashdi: ular gohida qo‘llarini cho‘zgancha qotib qolib, xuddi ularni odamlar boshqarayotgandek harakatlanishmoqda. 📟 DigiTech

🛰️ Yaponiyalik yigit XKS bilan suhbatni ratsiya va... bir stakan suv yordamida tutib olishga muvaffaq bo’ldi. Suyuqliklar radioto‘lqinlarni metalldan ko‘ra yaxshiroq yutishi mumkin. Tajribani o‘tkazish uchun yigitga oddiy jo‘mrak suvi kifoya qildi. Zerikib qolganingizda shu layfxakni sinab ko’rishingiz mumkin) 📟 DigiTech

📲 Android Gemini Intelligence’ga asoslangan sun’iy intellekt tizimiga aylanmoqda. Android 17’da sun’iy intellekt deyarli ham
+2
📲 Android Gemini Intelligence’ga asoslangan sun’iy intellekt tizimiga aylanmoqda. Android 17’da sun’iy intellekt deyarli hamma joyda paydo bo‘ladi va masalan, quyidagilarga qodir bo‘ladi: ilovalarni boshqarish, ishlarni avtomatizatsiyalash va noyob vidjetlar yaratish. Shuningdek, Android’ga asoslangan yana bir aqlli tizim — noutbuklar uchun mo‘ljallangan Googlebook ham namoyish etildi. Unda ham asosiy e’tibor Gemini va bulutli texnologiyalarga qaratilgan. 📟 DigiTech