es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 51 108 suscriptores, ocupando la posición 2 599 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 456 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 51 108 suscriptores.

Según los últimos datos del 06 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2 599, y en las últimas 24 horas de -207, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 24.95%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.67% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 12 766 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 556 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 117.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 07 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

51 108
Suscriptores
-20724 horas
-1 4957 días
-2 59930 días
Archivo de publicaciones
⚡️YouTube’ga video tezligini avtomatik sozlash funksiyasi qo‘shildi. Endi zerikarli podkastlarni ko‘rish osonlashadi. Sokin n
⚡️YouTube’ga video tezligini avtomatik sozlash funksiyasi qo‘shildi. Endi zerikarli podkastlarni ko‘rish osonlashadi. Sokin nutqli yoki ma’lumotga to‘la qismlar tezroq qo‘yiladi. Bu deyarli sezilmasligi aytilmoqda. Bu funksiya hozirdanoq ilovaning Android-versiyasida joriy etilmoqda. Keyingi navbat iOS'ga. 📟 DigiTech

🧹 AQSh'dagi yangi startap robotlarni o‘qitish uchun odamlarning uylarini bepul tozalamoqda. «Shift» xodimlari barcha harakatlarini — idishlarni yuvish, changyutkichda tozalash va hokazolarni — videoga oladigan kamerali qalpoqchalar kiyib yurishadi. So‘ngra to‘plangan barcha materiallar uy ishlari uchun mo‘ljallangan robot-xizmatkorlar ishlab chiqaruvchilariga ularning algoritmlarini takomillashtirishlari uchun sotiladi. Yaqin kelajakda yigitlar Germaniya va boshqa mamlakatlarda ham faoliyat boshlashni, shuningdek, bepul santexnik, quruvchi va oshpazlar xizmatini ham taklif qilishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

📲 iOS 27 shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Apple iPhone uchun eng yirik yangilanishlardan birini tayyorlayotganga o‘xshaydi. Mark
+3
📲 iOS 27 shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Apple iPhone uchun eng yirik yangilanishlardan birini tayyorlayotganga o‘xshaydi. Mark Gurman bir nechta tafsilotlarni aniqladi:
– Kamera ilovasi to‘liq moslashtiriladigan bo‘ladi: unga o‘zingizning tugma va vidjetlaringizni o‘rnatishga ruxsat beriladi; – Rasmlarni tezda qidirish uchun Siri yorlig‘i va suratlar uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalari paydo bo‘ladi; – Siri esa alohida ilovaga ega to‘laqonli chat-botga aylanadi. Unga ChatGPT, Claude yoki Gemini’ni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
Skrinshotlarda konseptlar tasvirlangan. Rasman esa 8-iyun kuni WWDC’da namoyish etiladi. 📟 DigiTech

⚡️Endi seriallar tarjimasini kutishga hojat yo‘q: ElevenLabs Dubbing v2 modelini chiqardi — u YouTube'dagi videoni yoki butun boshli filmni professional darajada dublyaj qila oladi. Oddiy transkripsiya o‘rniga, Dubbing v2 asl ovozni to‘liq tahliliga tayanadi. Shu tufayli aktyorlarning ohangi, hissiyotlari va nutq uslubi saqlanib qoladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🦖 Yaqinda haqiqiy tirannozavrni sotib olish mumkin bo’ladi — 14-iyul kuni Sotheby’s 67 million yoshli dinozavr skeleti auksi
🦖 Yaqinda haqiqiy tirannozavrni sotib olish mumkin bo’ladi — 14-iyul kuni Sotheby’s 67 million yoshli dinozavr skeleti auksionini o’tkazadi. U taxminan 20-30 million dollarga baholanmoqda. Skelet balandligi 3,8 metr, uzunligi esa 11,5 metrni tashkil etadi. Bu dunyoda topilgan eng to‘liq tirannozavr skeletlaridan biri bo‘lib: uning suyaklarining taxminan 63 foizi saqlanib qolgan. 📟 DigiTech

🎧 Windows 11 da bir vaqtning o‘zida ikkita Bluetooth-quloqchinni ulash imkoniyati paydo bo‘ladi — «Shared Audio» funksiyasi
🎧 Windows 11 da bir vaqtning o‘zida ikkita Bluetooth-quloqchinni ulash imkoniyati paydo bo‘ladi — «Shared Audio» funksiyasi hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu funksiya faqat kompyuteringiz Bluetooth LE Audio texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasagina ishlaydi. MediaTek, Qualcomm va Intel chiplariga ega ko‘plab zamonaviy noutbuklarda ushbu yangi texnologiya mavjud. 📟 DigiTech

🎮 Valve Steam Deck narxlarini rekord darajada — birdaniga 300 dollarga oshirdi. Bunga yana tezkor xotira narxlarining ko‘tar
🎮 Valve Steam Deck narxlarini rekord darajada — birdaniga 300 dollarga oshirdi. Bunga yana tezkor xotira narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘ldi. Endilikda 512 GB sig‘imli OLED-model 789 dollar, 1 TB sig‘imli versiyasi esa 949 dollar turadi. 📟 DigiTech

⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomati
⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomatik tarzda belgilashni boshlaydi. AI belgisi uzun videolar tavsifi ustida, Shorts'larda esa videoning o‘zida chap burchakda ko‘rinadi. Neyrokontentni aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan algoritm javobgar bo‘lib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda mualliflar ushbu qaror yuzasidan e’tiroz bildirishlari mumkin bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Foydalanuvchilar ommaviy ravishda Google’dan voz kechishmoqda: I/O 2026 konferensiyasidan so‘ng odamlar DuckDuckGo‘ga o‘tis
⚡️Foydalanuvchilar ommaviy ravishda Google’dan voz kechishmoqda: I/O 2026 konferensiyasidan so‘ng odamlar DuckDuckGo‘ga o‘tishni boshladilar. Google yangi sun’iy intellekt funksiyalarini joriy etishi bilanoq, DuckDuckGo‘ni yuklab olishlar soni bir hafta ichida 18 foizga oshdi. Birgina iOS'da esa o‘sish eng yuqori cho‘qqisida deyarli 70% ni tashkil etdi. DuckDuckGo‘da hatto sun’iy intellektli qidiruv natijalari o‘chirib qo‘yilgan sahifa ham bor: noai.duckduckgo.com 📟 DigiTech

Endi Yandex Uzbekistan'ning Toshkentda yangi ofisi bor. 23 may kuni bu yerda IT hamjamiyati uchun navbatdagi Dev Meetup bo‘li
Endi Yandex Uzbekistan'ning Toshkentda yangi ofisi bor. 23 may kuni bu yerda IT hamjamiyati uchun navbatdagi Dev Meetup bo‘lib o‘tdi. Tadbirga dasturchilar, ML-mutaxassislar va talabalar yig‘ilib, AI, muhandislik, live coding hamda big tech'da karyera qurish mavzularidagi ma’ruza va muhokamalarda ishtirok etdi. 🧑‍💻 Sessiyalardan biri internet sifati past sharoitda xizmatlar qanday ishlashi mavzusiga bag‘ishlandi. Yandex Pro jamoasi 2G/3G tarmoqlariga moslashuv va real muhandislik yechimlari haqida so‘zlab berdi. 💡Ko‘rinishidan, yangi ofis asta-sekin O‘zbekistondagi IT-komyuniti uchun yana bir muhim yig‘ilish nuqtasiga aylanmoqda — nafaqat ishlash, balki uchrashuvlar o‘tkazish, tajriba almashish va butun industriya rivojiga hissa qo‘shish uchun ham. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.

🎥 Apple butun bir futbol o‘yinini iPhone 17 Pro Max'da suratga olgani bilan maqtandi. Bu gap kadr ortidagi manzarani ko‘rmaguningizcha, juda zo‘r eshitiladi. iPhone’dan sifatli tasvirni olish uchun unga har birining narxi 265 000 dollargacha boradigan ulkan teleobyektivli butun boshli telestudiyani ulashga to‘g‘ri keldi. Aslini olganda, smartfonning o‘zidan faqat matritsa va protsessor qolgan. Eng qizig’i — shuncha qimmat texnika ham unchalik yordam bermadi. Yaqindan olingan tasvirlar yaxshi ko‘ringani bilan, umumiy kadrda, o‘yinchilar tez yugurganida katta televizorlarda piksellar buzilib ketdi :) 📟 DigiTech

👨‍💻 Sun’iy intellekt dunyoning 1 foizdan kamrog’ini «zabt etdi»: sayyoramizda vaybkoderlar soni shuncha ekan. Insoniyatning
👨‍💻 Sun’iy intellekt dunyoning 1 foizdan kamrog’ini «zabt etdi»: sayyoramizda vaybkoderlar soni shuncha ekan. Insoniyatning 80 foizi esa Anthropic yoki OpenAI modellari haqida eshitmagan ham. Chat-botlardan hozirda 1,8 milliard kishi foydalanadi, biroq ularning atigi 60 millioni obuna uchun pul to‘laydi. Faqat 0,12 foiz odamgina Cursor yoki Claude Code yordamida kod yozadi. 📟 DigiTech

⚡️Apple o‘zining yangi neyron tarmog‘ini tayyorlayotganga o‘xshaydi — kompaniya WWDC 2026 arafasida genai.apple.com domenini
⚡️Apple o‘zining yangi neyron tarmog‘ini tayyorlayotganga o‘xshaydi — kompaniya WWDC 2026 arafasida genai.apple.com domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Internetda ko‘pchilik Apple yangi Siri, ekranni tushunish va «jonli» muloqot funksiyalariga ega ChatGPT va Gemini'ga raqobatchini ko’rsatishini kutmoqda. Yaqinda bo’ladigan WWDC taqdimoti faqat sun’iy intellekt'ga bag’ishlangan bo’ladi shekilli) 📟 DigiTech

🛜 Odamlarni Wi-Fi orqali deyarli 100% aniqlik bilan topishni o‘rganishdi. Buning uchun qo‘shimcha qurilma shart emas — noutb
🛜 Odamlarni Wi-Fi orqali deyarli 100% aniqlik bilan topishni o‘rganishdi. Buning uchun qo‘shimcha qurilma shart emas — noutbukning o‘zi kifoya. BFId tizimi insonni uning jismoniy xususiyatlari va harakatlanishiga qarab taniydi. U routerga ulanmasdan yoki uni buzib kirmasdan, kirish nuqtalari odatdagi ish jarayonida uzatadigan signalga tayanadi. Bu signalni har qanday zamonaviy gadjet yordamida tutib olish mumkin. 📟 DigiTech

📲 iPhone 11 va SE 2020 qurilmalari iOS 27'ni qo‘llab-quvvatlamaydi — mish-mishlarga ko‘ra, yangilanish faqat iPhone 12 va un
📲 iPhone 11 va SE 2020 qurilmalari iOS 27'ni qo‘llab-quvvatlamaydi — mish-mishlarga ko‘ra, yangilanish faqat iPhone 12 va undan yangiroq modellarga keladi. Shu bilan birga, tizimning deyarli barcha sun’iy intellekt funksiyalari faqat iPhone 15 Pro va undan yuqori model egalari uchun mavjud bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft o‘z xodimlariga Anthropic sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlay boshladi. Insonlarni o‘rnini egallashi kera
⚡️Microsoft o‘z xodimlariga Anthropic sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlay boshladi. Insonlarni o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan modellar odamlar mehnatidan qimmatroqqa tushmoqda. Kompaniya Claude Code uchun korporativ litsenziyalarni qaytarib olyapti. Tushunarli bo‘lishi uchun: bu litsenziyalar atigi olti oy oldin ulangan va o‘shanda Microsoft minglab xodimlarini vaybkoding bilan shug‘ullanishga undagan edi. 📟 DigiTech

⚡️Corsair o‘zining tezkor xotiralariga Xitoy chiplarini o‘rnatishni boshladi — modullar ichidan Xitoyning CXMT kompaniyasi xo
⚡️Corsair o‘zining tezkor xotiralariga Xitoy chiplarini o‘rnatishni boshladi — modullar ichidan Xitoyning CXMT kompaniyasi xotirasi topildi. Yirik xotira ishlab chiqaruvchilar (Samsung, SK Hynix va Micron) hozirda, birinchi navbatda, neyron tarmoqlar va NVIDIA serverlari uchun qimmatbaho chiplar ishlab chiqarmoqda, oddiy kompyuterlar uchun esa xotira yetishmayapti. Xitoy bundan unumli foydalandi: CXMT ishlab chiqarishni tezda ishga tushirib, allaqachon Koreya gigantlari bilan deyarli bir darajadagi DDR5 xotiralarini yaratmoqda. Foydalanuvchi deyarli hech qanday farqni sezmaydi, biroq bunday chiplar ancha arzon turadi. 📟 DigiTech

⚡️Claude Mythos o‘nlab kompaniyalarda 10 mingdan ortiq jiddiy zaifliklarni aniqladi. Ayniqsa, Cloudflare va minglab muhim och
⚡️Claude Mythos o‘nlab kompaniyalarda 10 mingdan ortiq jiddiy zaifliklarni aniqladi. Ayniqsa, Cloudflare va minglab muhim ochiq kodli loyihalarda «bo‘shliqlar» juda ko‘p bo‘lib chiqdi. Tadqiqotchilar aniqlangan zaifliklarning 90% haqiqatda mavjudligini tasdiqladi. Dasturchilar Mythos sinovchilaridan ishlarni sekinlatishni so‘rashmoqda, chunki model yangi xatoliklarni topayotgan bir paytda, ular topilganlarini tuzatishga ulgurishmayapti. Anthropic esa Mythos'ni ommaga taqdim etish juda xavfli degan xulosaga kelmoqda. Undan qanday himoyalanishni hali hech kim o‘ylab topgani yo‘q. 📟 DigiTech

+3
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda yubiley iPhone 20'ning taxminiy renderlari ko’rsatildi. Smartfon to‘rt tomoni qayrilgan ekran, «yashirin» Face ID va ikkita kameraga ega bo‘ladi. Insayderlarning ta’kidlashicha, iPhone 20 butunlay yangi dizaynda ishlab chiqariladi va «premium taqinchoqqa» o‘xshash bo’ladi. 📟 DigiTech

📱 Samsung yonga chiqadigan ekranli smartfon tayyorlamoqda — kompaniya bu texnologiyani allaqachon patentlab bo‘lgan. Qurilma
📱 Samsung yonga chiqadigan ekranli smartfon tayyorlamoqda — kompaniya bu texnologiyani allaqachon patentlab bo‘lgan. Qurilmaning orqa panelida o‘yiq bo‘lib, tugma bosilishi bilan ekran yonga surilib chiqa boshlaydi va displeyni planshetga aylantiradi. Oddiy buklanadigan smartfonlardan farqli o'laroq, bunda ekranning o'rtasida buklanish izi umuman bo'lmaydi. 📟 DigiTech