cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Urganch davlat pedagogika instituti | Rasmiy

UrDPI rasmiy sahifalari 🌐Veb-sayt: www.urspi.uz Facebook: www.facebook.com/profile.php?id=100086658245368 Instagram: www.instagram.com/urspi.uz/?next=%2F Youtube: www.youtube.com/@urganchdavlatpedagogikains1620/videos Telefon raqami: +998622291840

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 921
مشترکین
+224 ساعت
+27 روز
+1230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

📚 21-may — Kutubxonachilar kuni! Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova tomonidan 21-may — "Kutubxonachilar kuni" munosabati bilan institut Axborot-resurs markazining bir guruh xodimlari faoliyati eʼtirof qilinib, "Diplom" hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Insonlarni maʼnaviy yuksalikka koʻtaruvchi kitoblar olamining sohibalariga bayram muborak boʻlsin!
🌐 @UrDPI_UZ
نمایش همه...
👍 9 2
Repost from XORAZMIYLAR
Photo unavailableShow in Telegram
Urganch davlat pedagogika instituti 👉OVOZ BERING
نمایش همه...
Repost from OTFIV ǀ RASMIY
#uchrashuv Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i va “Consultinguz” tashkiloti direktori hamda yoshlar uchrashuvi tashkil etildi Urganch davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Oybek Otamurodov hamda “Consultinguz” tashkiloti direktori Orif Ahmadaliyevlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut magistrantlari va iqtidorli talabalari ishtirok etgan ushbu uchrashuvda bugungi kunda davlatimiz tomonidan kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish, “Consultinguz” tashkilotining faoliyati, bitiruvchi bosqich magistrantlarini chet davlatlarida qonuniy va davlat tomonidan himoyaga olingan ish bilan taʼminlash va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3
21-may — Kutubxonachilar kuni! 📚 Urganch davlat pedagogika institutida 21-may — "Kutubxonachilar kuni" munosabati bilan “Axborot-resurs markazlari: faoliyat, samaradorlik va kelgusidagi vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi Seminar doirasida ishtirokchilar ko‘rkam va sokin “Jadidlar bog‘i” va u yerda tashkil qilingan kichik kutubxonalar bilan yaqindan tanishdilar. Urganch davlat universiteti xodimlari ishtirok etdilar va seminar ikkala oliy ta'lim muassasi xodimlari uchun ham sohadagi yangiliklar, tizimda yangi axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturlarni qo‘llash amaliyoti kabi masalalar yuzasidan tajriba almashish imkonini berdi. Ilmiy-amaliy seminar yakunida kun tartibi doirasida soha xodimlarining jamoada ishlash, qiyin vaziyatlarda muammolarga to‘g‘ri yechim topish, sevimli kasbidan bahra olish, yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida Urganch davlat instituti psixologi tomonidan psixologik treninglar ham o‘tkazildi. 🌐 @UrDPI_UZ
نمایش همه...
Urganch davlat pedagogika institutida "Hisobot konserti" o'tkazildi Institutda "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida "Musiqa ta’limi" yo‘nalishi talabalari ishtirokida "Hisobot konserti" bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ayniqsa Xorazm maqomlari va "Kelin salom" chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi. Tadbirda 300 ga yaqin talaba va professor-o‘qituvchilar, tyutorlar ishtirok etdilar. 🌐 @UrDPI_UZ
نمایش همه...
2
🔷 UrDPIda “Milliy qadriyatlar festivali” tashkil etildi Urganch shahridagi Amir Temur nomidagi istirohat bog‘ida Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida “Milliy qadriyatlar festivali” tashkil etildi. Festivalning asosiy maqsadi yoshlarda milliy an’analarimiz, qadriyat va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat, Vatanga sadoqat kabi olijanob tuyg‘ularni shakllantirish, yoshlarning ma’naviy barkamol shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ko‘maklashishdir. Festival milliy liboslar ko’rgazmasi, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko’rinishlari, qo’l mehnatlari va ijodiy ishlar namoyishlari, sport o'yinlari kabi rang-barang chiqishlarni qamrab oldi. Festival doirasida Yoshlar markazi binosida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva bilan adabiy uchrashuv ham tashkil etildi. 🌐 @UrDPI_UZ
نمایش همه...
آرشیو پست ها