cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

OTFIV ǀ RASMIY

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, Tashkent, Uzbekistan Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot 📧 [email protected] 🌐 www.edu.uz 📲 instagram.com/edu.uz

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 921
مشترکین
-924 ساعت
-507 روز
-21130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_munosabat
“Xo‘jayinlari yangilangan oliy ta’lim xo‘jayinlarga yoqishga urinib ko‘radi(mi)?” sarlavhali postiga:
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025 yilgi oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida katta o‘zgarishlar bo‘lgani sababli, “avval test, keyin tanlov” tizimni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini jadallashtirish maqsadida “O‘zbekiston 24” telekanali bilan shartnoma tuzganini ma’lum qilamiz. Mazkur shartnoma vazirlik piari uchun materiallar tayyorlashga yo‘natirilmagan. Shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘lar abituriyentlar va ularning yaqinlariga qabulga doir ma’lumotlarni sifatli va tezkor yetkazishga qaratilgan materiallar tayyorlashda foydalaniladi. Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3🤔 1
Ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi O‘zbekiston milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi-olimlarning ilmiy, innovatsion hamda startap lohiyalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish hamda ularni amaliyotga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ilm-fan sohasini rivojlantirish, loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar tinglandi, bir qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Batafsil... 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 1
03:28
Video unavailableShow in Telegram
Zilzila vaqtida nima qilish kerak? Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatuvchi foydali havolalar. Aholini zilzilaga tayyorlash milliy platformasi Zilzila paytida aholini qanday harakat qilish bo‘yicha mobil ilova Favqulotda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatuvchi mobil ilova
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
IMG_9825.MP413.63 MB
👍 1
01:24
Video unavailableShow in Telegram
#final2024 #Munozara 🗣“Munozara” respublika turniri ilk kuni, ochilish marosimi, qur’a tashlash jarayoni va guruh bosqichi bellashuvlaridan videolavha.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
IMG_2259.MOV30.74 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan. Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ✅ bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi; ✅ diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi. ___ Дипломы об окончании бакалавриата, магистратуры, лицея, техникума, профессиональной школы и колледжей в электронном виде можно скачать через платформу diplom.edu.uz. На сегодняшний день информационная система, разработанная Центром развития технологий цифрового образования при Министерстве высшего образования, науки и инноваций, собрала информацию о дипломах около 2 миллионов выпускников. Система включает в себя следующие процессы: ✅вносятся и подтверждаются данные о дипломах выпускников; ✅при отсутствии сведений о дипломе выпускники регистрируются и вносят сведения через Единую систему идентификации – OneID. Университет подтверждает достоверность сведений о дипломе. Платформа интегрирована с информационными системами других государственных органов. При этом информация формируется автоматически и вводить данные о дипломе не требуется.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3
01:24
Video unavailableShow in Telegram
#final2024 #Samarqand #Talabalar_teatr_studiyasi 🎭 “Talabalar teatr studiyalari” finalining ilk kuniga belgilangan spektakllar yakunlandi!
Umumiy hisobda bugun quyidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi talabalar teatr studiyasi jamoalari o‘z spektakllarini ijro etishdi:
↪️Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasining “Qish” nomli spektakli; ↪️Toshkent davlat texnika universiteti “Retro” talabalar teatr jamoasining “Bir sevgi tarixi” spektakli; ↪️Andijon davlat pedagogika instituti teatr jamoasining “Anda-jon sog‘inchi” spektakli; ↪️Toshkent tibbiyot akademiyasi “Darmon” talabalar teatr studiyasining “Jannatga yo‘l” spektakli; ↪️Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti “CAMU” teatr jamoasining “Kunduzsiz kechalar” spektakli. ✔️Hakamlar hay’ati a’zolari har bir spektaklni diqqat bilan kuzatib, yutuq va kamchiliklarini o‘zlari uchun belgilab qo‘yishdi. Qolgan 6 ta jamoalar ham o‘z ishtirokini to‘liq yakunlagandan so‘ng, barcha spektakllar birma-bir ekspertlar tomonidan tahlil qilib beriladi va tanlov g‘oliblari aniqlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
IMG_3662.MOV30.88 MB
👍 2
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 6-iyun kuni o‘tkaziladi 📆 2024-yil 6-iyun kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-06-04 ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
نمایش همه...
06.06.2024_test_candidates.pdf3.43 KB
👍 1
#xalqaro_hamkorlik Termiz davlat pedagogika institutida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilarning xorijda malakasini oshirishga doir bir qancha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, shu kunlarda institutning 11 nafar professor-o‘qituvchisi Maksim Tanka nomidagi Belorus davlat pedagogika universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. Maʼlumot o‘rnida, bugungacha institutning 27 nafar professor-o'qituvchisi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirib kelishgan.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27- dekabrdagi «Professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining 2024-yil reja koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi» 539-son buyrugʻi sunʼiy ravishda qoʻshib koʻpaytirib koʻrsatilganligi boʻyicha xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: 2024-yil malaka oshirish rejasida yanvar may oylarida jami 2913 nafar rahbar va pedagog xodimlar malaka oshirishi belgilangan boʻlib, amalda 2763 nafar (94,8%)ga bajarildi. 2024-yil yakuniga qadar 7002 nafar tinglovchining malaka oshirishi nazarda tutilgan. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan yuborilgan roʻyxat tahlil qilinganda murojaatchi yozganidek 1204 nafar emas, balki 245 nafar rahbar va pedagog xodimlarning familiyalarida takrorlanishlar mavjudligi aniqlandi. Tinglovchilar lavozimi boʻyicha malaka oshirishlari bilan bir qatorda zaxira kadr, oʻqituvchii va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham malaka oshirish kurslariga yozilgani sababli familiyalari bir necha marta takrorlangan. Bugungi kunda malaka oshirish jarayoni raqamlashtirilgan boʻlib, malaka oshirishga jalb etilgan tinglovchini platforma aynan bir yoʻnalishda parallel malaka oshirishga yoʻl qoʻymaydi. Ammo boshqa yoʻnalish boʻyicha malaka oshirishi mumkin. Toʻlovlar oliy taʼlim muassasalari huzuridagi malaka oshirish markazlarida oʻqigan tinglovchilar soniga nisbatan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yaʼni yil yakuniga qadar malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan tinglovchilarning aniq soniga muvofiq kerakli mablagʻ tegishli malaka oshirish markaziga toʻlab beriladi. Reja bajarilmagan taqdirda qolgan mablagʻ belgilangan talablarga muvofiq davlat byudjetiga qaytariladi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3
03:09
Video unavailableShow in Telegram
#munosabat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi yuzasidan Buxoro muhandislik-texnologiyalar instituti rekori Sadoqat Siddiqova fikr bildirdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
44.mp424.57 MB
👍 5