cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi facebook.com/ima.xorazm

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 394
مشترکین
+1624 ساعت
+287 روز
+5930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni #Qabul_2024 ⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi. ⏺ Ochiq eshiklar kunida: ➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi; ➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi; ➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi; ➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi; ➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi. 📆 23-may Soat 10:00 dan 15:00 gacha 📝 IJOD MAKTABLARI 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#Sport #musobaqa May oyi davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda tashkil qilingan sport musobaqalaridan lavhalar. ⏩ Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-11sinf o‘quvchilari ishtirokida katta harbiy musobaqalar o‘tkazildi. ⏩ Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf o‘quvchilari o'rtasida harbiy sport musoboqasi o‘tkazildi. ⏩ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida aql gimnastikasi - shaxmat bo'yicha musobaqa tashkil etildi. ⏩ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida kamondan o'q otish mashg'uloti hamda "Quvnoq startlar" sport o'yinlari bo'lib o'tdi. 🌐 Telegram | Facebook
نمایش همه...
👏 2
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 📣📣📣📣📣 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI! 🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi. 🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. #Prezident_maktablari #Ijod_maktablari #Ixtisoslashtirlgan_maktablar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz #hamkorlik "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" SHIORI OSTIDA TADBIRLAR TASHKIL QILINMOQDA 🚫 Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusidagi tadbirda Xorazm viloyati xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari Xudoyberganov Marat, boshqarma katta inspektori Rahimov Farhod va boshqarma inspektori Aminov Azamatlar ishtirok etdilar. 🚫 Yangiariq tuman IMda "Yoshlar giyohvandlikka qarshi!" shiori ostida tuman IIB bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi. Unda Yangiariq tuman IIB birinchi o'rinbosari, mayor B. Avazmetov, Yangiariq tuman IIB XPB boshlig'i, mayor X. Jumaniyozov, TIIB TQX JQG tezkor vakili kapitan N. Sh. Matyaqubovlar qatnashdi.
Davra suhbatlarida mas'ul xodimlar tomonidan giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning zarari, narkotik savdosiga qarshi kurash, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berildi, mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.
🌐 Telegram | Facebook
نمایش همه...
👍 1
#Yubiley "Tong yulduzi" 95 yoshda ✅ Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muassisligidagi “Tong yulduzi” gazetasining 95 yilligi hamda “Tong yulduzi” yoritgan olam” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✔️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi vakillari, jurnalistlar va ijodkorlar, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. ❗️Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ochib berdi hamda tahririyat jamoasini qutlab, o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi. ⚡️Shundan so‘ng, tahririyat jamoasiga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tabriknomasi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bundan tashqari, hamkor tashkilotlar vakillari ham so‘zga chiqib, gazetaning 95 yilligi bilan barchani muborakbod etishdi. Yubiley tadbiri doirasida uzoq yillar gazetada faoliyat yuritgan Ravil Albekovning suratlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
#Oʼqishga_marhamat #Yangiariq_IM #targʼibot ⏩ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari tomonidan mazkur maktabga qabul jarayonlari bo'yicha umumta'lim maktablarida targ'ibot ishlari olib borilmoqda. 🌐 Telegram | Facebook
نمایش همه...
#Dars_jarayoni #Xiva_shahar_2_son_IM 🏫 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida texnologiya fani har doimgiday qiziqarli va qo'l mehnati ishlariga boy bo'ldi. 🌹 O'quvchi qizlar tomonidan sun'iy gullar hamda turli bezakli buyumlar yasaldi. 🏠 O'g'il bolalar uy xonalari va ularning ichki jihozlanish maketini yasashdi. Bu borada Davronov Xurshidbekning ishi alohida e'tirof etildi. 𝙎𝙞𝙣𝙛: 𝟕-"𝘼" 𝙊'𝙦𝙞𝙩𝙪𝙫𝙘𝙝𝙞: 𝙎𝙖𝙗𝙤𝙝𝙖𝙩 𝙎𝙤𝙙𝙞𝙦𝙤𝙫𝙖 🌐 Telegram | Facebook
نمایش همه...
👍 1
#Psixolog_faoliyatidan #Xonqa_IM
Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Qurambayeva Surayyo 2021- yilda UrDUning Pedagogika psixologiya yo'nalashini bitirgan. Ish faoliyatini 2023-yildan boshlagan.
📍Joriy o'quv yili davomida S.Qurambayeva tomonidan quyidagi metodikalar o'tkazildi: - Temperamnet - Sotsiometriya - Kaktus - Shaxs xususiyatlarini o'rganish - Sehrli stul - Juftingni top - Yaqin va sevikli o'zimga maktub - Men tanlagan kasb Shuningdek, tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini oluvchi, diqqatni rivojlantiruvchi va kayfiyat ko'taradigan turli o'yinlar va treninglar tashkil qilindi. 🌐 Telegram | Facebook
نمایش همه...
👍 1
آرشیو پست ها