Manfaatli
رفتن به کانال در Telegram
Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot
نمایش بیشتر593
مشترکین
-324 ساعت
-77 روز
-4330 روز
آرشیو پست ها
593
👉🏻Tug'ilgan kun nishonlash haqida
©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh 🌱
@Manfaatli_sizga
593
ALLOHNING ZIKRI ILA QALBINGIZ OROM OLSIN
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytgin. Albatta, u jannat xazinalaridan biridir", dedilar".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, to‘qson to‘qqiz dardga davo bo‘ladi. Eng yengili g‘amdir", dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim har kuni yuz marta “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, unga faqirlik yetmas", dedilar.
Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: “Kimning g‘am-tashvish va musibatlari ko‘payib ketsa: "Laa havla va laa quvvata illa billah" kalimasini ko‘p aytsin"
@Manfaatli_sizga
593
— Ey shayx! Farzandlarimni uyqusi qattiq. Fajr, ya’ni bomdod namoziga uyg‘ota olmay qiynalaman, bu muammoni qanday hal qilsam bo‘ladi?
— Mabodo farzandlaringiz uxlab yotgan xonada o‘t chiqib, yongin kuchayishni boshlasa, nima qilgan bo‘lar edingiz?
— Ularni darxol uyg‘otishga kirishaman.
— Lekin ularni uyqulari juda qattiq-ku?
— Allohga qasamki, bo‘yinlaridan tortqilab bo‘lsa ham uyg‘otaman!
— Mana bu ishingiz ularni dunyo o‘tidan qutqarib qolishingiz uchundir.
Endi aynan mana shu ishingizni do‘zax o‘tidan qutqarib qolish uchun qiling...
@Manfaatli_sizga
593
9–TAVSIYA : 🌱
“Mafotih al-mafotih”da “al-Azkor”dan naql qilinadi:
- “Kimki juma kechasi ikki rakat namoz o'qib, har rakatida bir martadan “Fotiha” surasini va besh martadan “Oyatul-kursi”ni o'qib, namozni tamomlagach, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga salovat aysa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko'radi.
@Manfaatli_sizga ☘
593
● Sizdan ham shuni istaymiz..
Yangi uylangan bir yigit yuzida tabassum bilan aytib berdi.
Tòyimizni ilk kunlari edi esimda. Ayolimga uy va boshqa yumushlarida qòlimdan kelganicha yordam berib uni ezozlab asrashga harakat qilganman. Hozir ham shunday. (Tabassum bilan😊). Hatto uyda sudrab yurgan poyafzalini ham toģirlab qòyar edim, hamma hayron.
Senga, U qiz turmushga chiqqan sen unga emas degan kinoya gaplar tabiyki òrtaga chiqa bòshladi.
Bir hafta davomida taabir joiz esa shunday ayolimga hizmatda bòldim. Bir kuni Ayolim oldimga kelib dadasi nega bunday qilyapsiz, bunday qilishingizni sababi nima deb sòrab qoldi.? Ha men kutgan savol berilgan edi. Unda tinglang honim afandi. Biz bir òrnak bòldik. Sizdan ham aynan shu xizmatu shu etiborni istaymiz. Endi sizni galiz, qani bir achchiqqina choy damlab kelingchi :)
@Manfaatli_sizga
593
✅DUO NIMA? DUO QANDAY QILINADI?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
@Manfaatli_sizga
593
Uyquga yotish oldidan o‘qiladigan eng zarur oyat va suralar:
📌 «Oyatul-kursiy»
📌 «Baqara» surasining oxirgi ikki oyati
📌 «Kaafiruun» surasi
📌 «Ixlos», «Falaq», «Naas» suralari
Tuningiz osuda o'tsin🫀
@Manfaatli_sizga
593
8–TAVSIYA : 🌱
Yana Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumadan “Vasoil”ning 471-sahifasida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- “Qaysi bir mo'minki, juma kechasida ikki rakat namoz o'qisa va har bir rakatida Fotiha surasidan keyin 25-martadan “Qul huvallohu ahad”ni o'qib, uning ortidan ming marta “Sollallohu ’ala Muhammadin an-Nabiyyil-ummiy”, deb salovat aysa, keyingi jumagacha albatta meni tushida ko'radi. Va kim meni ko'rsa, Alloh uning gunohlarini mag'firat qiladi” - dedilar.
@Manfaatli_sizga 🍂
593
🌙FARISHTAlarning ismlari va Allohning amri bilan ularga yuklatilgan vazifalar quyidagilardir:1. Jabroil alayhissalom – nabiy va rasullarga vahiy olib borishga muakkil qilingan, vazifa berilgan. 2. Isrofil alayhissalom – qiyomat kuni Surni puflash ishi topshirilgan. 3. Miykoil alayhissalom – yomg‘ir ishi topshirilgan. 4. Malakul mavt – Allohning amri bilan bandalarning ruhlarini qabz qilish ishi topshirilgan. 5. Kiroman kotibiyn – bandalarning yaxshi va yomon ishlarini yozib qayd qilib borish ishi topshirilgan. 6. Musabbihun – ertayu, kech tasbeh aytib, Qiyomat kunigacha bo‘shashmaslik topshirilgan. 7. Sayyohun – zikr, Qur’on tilovati va ilm majlislariga hozir bo‘lish topshirilgan. 8. Hamalatu Arshir Rohman – Rohmanning arshini ko‘tarish ishi yuklatilgan. Ularning soni sakkiztadir. 9. Rizvon – jannatning xazinabonligi topshirilgan. Ularning ham yordamchilari bor. 10. Molik – do‘zaxning xazinabonligi topshirilgan. Uning ham yordamchilari bor. Ularning boshliqlari 19 tadir. 11. Hafaza – bandalarni yomonlikdan muhofaza qilish topshirilgan. @Manfaatli_sizga 🌱
593
"للشيطانِ هجمةٌ شرسةٌ بعد كل توبةٍ ليردكَ إلى ما كنتَ عليه، فاتبع توبتكَ ثباتًا."
"Shayton har bir tavbadan keyin sizni o'z holingizga qaytarish uchun qattiq hujum qiladi. Bas, tavbangizga qat'iyat bilan ergashing".
593
⚡️Luqmoni hakim dedi:
"O'g'lim, odamlar chiroyli so'z bilan faxrlanishsa, sen go'zal sukut bilan faxrlangin".
@Manfaatli_sizga
593
7–TAVSIYA : 🌱
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuma aytadi: kimki bir kechada “qul huvallohu ahad”ni ming marta o'qisa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko'radi. Men Allohga hamdlar bo'lsinki, buni tajribadan o'tganini ishonch bilan ayta olaman.
Hasan Muhammad Shaddod
@Manfaatli_sizga 🕊
593
⚡️"Ayollarning aqli va dini noqisdir!"
Sharq erkaklari mana shu jumlani qalblariga muhrlab olishgan. Lekin buning ma'nosi ular o'ylagan ma'noning aksidir.
"Dini noqis" degani ba'zi diniy amallar gohida ulardan soqit bo'lib turishidir.
"Aqli noqis" degani shuki, ayollarda gohida hissiyot aqldan ustun kelib qoladi.
Zaiflarga muloyim bo'linglar, erkaklar!
@Manfaatli_sizga
593
Erinmay o‘qing, zero ketqazgan vaqtingizga arzuvchi qissa:
Dovud payg‘ambarning o‘ttizta o‘g‘li bo‘libdi. Bir kuni peshin namoziga odamlar kechika boshlabdi. Dovud payg‘ambar orqasiga qarasa, o‘ng tomonida o‘n beshta o‘g‘li, chap tomonida o‘n beshta o‘g‘li o‘tiribdi ekan.
Shunda sal maqtanchoqlikka bo‘y oldirib: - O‘zimiz ham bir jamoa ekanmizku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz. Xudo xohlasa o‘ttiz o‘g‘lim bor, haq dinni butun elga o‘zim yetkazaman, degan o‘y kelib, namozni boshlab ketibdi.
Xudoga Dovud payg‘ambarning bu ishi yoqmadi. Dovud payg‘ambar namoz vaqtida assalomu alaykum va Rahmatulloh, deb o‘ng tomonga salom berganda o‘n beshta o‘g‘li jon topshirdi. Chap tomonga salom berganda, qolgan o‘n beshta o‘g‘li bandalikni bajo keltirdi. Xatosini uqqan Dovud payg‘ambar ko‘z yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim so‘radi. Rahmi cheksiz Alloh o‘ttizta o‘g‘lingni qaytarib beraymi yo o‘ttizini o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il beraymi, deb so‘radi. Sening amring ikki bo‘lmaydi. O‘ttiz o‘g‘limning jonlari jannatda bo‘lsin. Menga ularning o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il bersang bas. Aytganing bo‘lsin. Lekin bolaning umri qisqa bo‘ladi. Men unga faqat to‘qqiz yil umr beraman. Mayli shunisigayam shukr, deb Dovud payg‘ambar kelasi yil o‘g‘il ko‘radi.
bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud payg‘ambar uning qo‘liga qumg‘on (obdasta), yelkasiga sochiq osib: - O‘g‘lim sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yoshmi, qarimi hammasining qo‘liga suv quyib turgin. Suvni uch marta uzib-uzib quyasan. To‘rtinchi marta agar mehmon so‘rasa quyasan. Ota nega uzib quyishim kerak? Sababi o‘likni yuvishganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da o‘g‘lim. Ikkisini farqi bor, - deydi.
Dovud payg‘ambarga kelgan yosh qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga yuzga kir bolam, qo‘ling dard ko‘rmasin, katta olim bo‘lgin, podsho bo‘lgin, umring uzoq rizqing butun bo‘lsin, deb rahmatlar aytardi. Bir kuni Sulaymon to‘qqiz yoshga to‘ldi. U paytlarda bolasi to‘qqizga to‘lgach uni bir qizga unashtirib qo‘yish lozim edi.
Lekin Allohning bolaga faqat to‘qqiz yil umr beraman, degani Dovudning esida edi. Bir kuni Dovud payg‘ambar saharda Allohni zikr qilib o‘tirib, Sulaymonning yoshi to‘qqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini so‘radi va agar jonini olmaydigan bo‘lsa bolani unashtirish lozimligini aytdi.
Shunda Xaq Taolo mening ismlarimdan biri Xalqdur. Minglab odamlar sening bolangga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman. Sulaymon uzoq umr ko‘radi, U barcha yerdagi mahluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi baliqlarning tilini biladigan bo‘ladi. Barcha odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, deb javob berdi.
Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin, deb Xudoyi marosimlarida, to‘ylarda ularga suv quydirib qo‘yadigan urf-odat paydo bo‘libdi.
Go‘zal urflarimiz uchun yaratganga shukrlar bo‘lsin.
O‘qib bo‘lgan bo‘lsangiz, albatta, ulashing!
@Manfaatli_sizga
