Manfaatli
رفتن به کانال در Telegram
Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot
نمایش بیشتر593
مشترکین
-324 ساعت
-77 روز
-4330 روز
آرشیو پست ها
593
6–TAVSIYA : 🌱
Ba’zi mashoyixlarga ko'ra, juma kechasining qoq yarmida turib “Quraysh” surasini ming marta o'qib, tahorat bilan uyquga ketsa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko'radi va Allohdan so'ragan boshqa hojatlari ham ravo bo'ladi.
@Manfaatli_sizga 🍁
593
Mobil aloqa vositalari bolaga qanday ta’sir qiladi.
• Bolaning tili chiqmaguniga qadar unga telyefon, kompyuter vositalarini berish mutlaqo mumkin emas.
• Kichikligidan ekranga qarashni odat qilgan bolaning tili kech chiqadi, gapirishda qiynaladi va atrofdagilar bilan muloqot qila olmaydi.
• Unda logopedik (nutqdagi) muammolar yuzaga keladi.
• Bola asabiylashib qiyinchilikni boshidan kechirayotgan payti unga onaning e’tibori talab etiladi, kompyuter yoki telyefon ekrani emas.
• O‘z vaqtini va sabrini qizg‘ongan ona bolasiga telyefon yoki kompyuter tutqazib qo‘yadi.
• Shu yo‘l bilan u bolaning hayotda kuchli bo‘la olish, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatiga qattiq zarba beradi.
• Ota-onalar bolani kichikligidan muloqot, suhbat, qo‘li bilan ushlash, his etish, eshitish, ko‘rish kabi tuyg‘ulari rivojlantirishga yordam berishi kerak.
• Ba’zi tadqiqotlar yaqin yillarda bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalayotgan semizlik sababini ham mobil va kompyuter vositalaridan ko‘rishmoqda.
Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik!
@Manfaatli_sizga
593
📌Uyquning "haylula", "qaylula" va "aylula" degan turlari borligini bilasizmi?
Haylula - bomdod namozidan keyingi uyqu bo'lib, u rizqingni to'sadi.
Qaylula - peshin namozidan oldin (ba'zan peshin namozidan keyin) qisqa uyqu bo'lib, foydali bo'ladi.
Aylula - asr nampzidan keyingi uyqu bo'lib, u turli kasalliklarga sabab bo'ladi.
@Manfaatli_sizga
593
Sen sababli biror kishi Dinga muhabbat qo‘ymadi. Еndi sen sababli birov dindan bezib ham qolmasin ❗️
Axloqni o‘rgan ❗️
@Manfaatli_sizga
593
5–TAVSIYA : 🌱
Ba’zi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jum’a kechasida ming marta o'qib ortidan Rasululloh(ﷺ) ga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko'radi.
@Manfaatli_sizga 🌴
593
Shifoxonaga og‘ir axvoldagi bemorni olib ketayotgan tez tibbiy yordam mashinasi avtohalokatga uchradi. Oqibatda uning ichidagi xaydovchi va tibbiy xodimlar vafot etdi. Faqat bemor tirik qoldi...
Shunday, odam o‘lishi uchun kasal bo‘lishi, yashashi uchun esa sog‘lom bo‘lishi shart emas...
«..Hech bir jon qaysi yerda o‘lishini ham bilmas».
(Luqmon 34)
@Manfaatli_sizga
593
Qur’ondagi go‘zal qissalardan namunalar
Hudhud bir ummatning musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Qur’oni Karimning Naml surasida Sulaymon alayhissalom bilan Hudhud nomli qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat keltirilgan. O‘sha suhbatda Hudhud Saba’ mamlakati, o‘sha mamlakatga bir ayol malikalik qilishi, malika o‘z qavmi bilan Quyoshga sig‘inayotgani haqida xabar keltiradi. Sulaymon alayhissalom Hudhud orqali o‘sha malikaga bir maktub yuboradilar. Maktubda Bismillahir rohmanir rohiym. Menga qarshi bosh ko‘tarmay, taslim bo‘lgan holingizda keling deb yozilgan edi. Maktubni o‘qigan malika o‘z ayonlari bilan maslahatlashadi. Ayonlar unga istagan ishini qilishini, nima deb buyruq bersa, ular shunga rozi bo‘lishlarini aytadilar. Malika Sulaymon alayhissalomga hadya yuborib, natijasi nima bo‘lishini kutadi. Elchi Sulaymon alayhissalomning huzurlariga kelganida, u zot: Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz. (Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, Biz ular bas kela olmaydigan qo‘shin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz deydilar. Keyin malika Sulaymon alayhissalomning oldilariga qo‘shini bilan kelishga qaror qiladi. Malika kelgunicha uning Saba’dagi taxti o‘zidan oldin olib kelib qo‘yiladi. U kelib taxtini ko‘radi-da Xuddi o‘shaning o‘zi deydi. Keyin unga saroyga kirishi aytilganda, u billurdan silliq qilib yasalgan saroyga kiradi va Ey Robbim, albatta, men o‘zimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi Allohga musulmon bo‘ldim! deb aytadi.
Shu tariqa Hudhud bir mamlakat aholisining musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
@Manfaatli_sizga
593
Bolalikdagi ruhiy holatimni ko'p qumsayman. U paytda g'am ham, tashvish ham yo'q edi.
@Manfaatli_sizga
593
4-TAVSIYA : 🌱
Jum’a kunida “Qadr” surasini ming marta o'qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko'rmaguncha bu dunyodan o'tmaydi.
@Manfaatli_sizga 🌸
593
⚡️Biz kattalardan o'rgangan hikmatu tajribalarni ular tekinga qo'lga kiritishmagan.
@Manfaatli_sizga
593
💫Qanoat qilsang, oz narsa ham ko'pdir.
Ta'magir bo'lsang, ko'p narsa ham ozdir.
Yaxshi ko'rsang, uzoq kishing ham yaqindir.
Yomon ko'rsang, yaqin kishing ham uzoqdir.
@Manfaatli_sizga
593
⚡️Vitamin "C" haqida eshitganmisiz?
"Sovm" - ro'za;
"Solat" - namoz;
"Sodaqa" - sadaqa-ehson;
"Silatu rohmin" - silai rahm;
"Sidq" - rostgo'ylik;
"Sobr" - sabrdir.
Mana shular bizga ruhiy quvvat baxsh etuvchi darmondorilardir.
@Manfaatli_sizga
