Manfaatli
رفتن به کانال در Telegram
Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot
نمایش بیشتر593
مشترکین
-324 ساعت
-77 روز
-4330 روز
آرشیو پست ها
593
Ko‘p istig‘for aytsangiz:
1. g‘amingiz ketadi,
2. qarzingiz uzilishi oson bo‘ladi,
3. sahv-xatolaringiz kechiriladi,
4. barcha yaxshilikga muyassar bo‘lasiz,
5. samo eshiklari sizga ochilgay,
6. duolaringiz qaytarilmaydi – ijobat bo‘ladi insha Alloh.
Istig‘forni qanday aytasiz?
Istig‘for lafzlaridan ba’zilari:
1. "Astag‘firulloh" (Allohdan mag‘firat so‘rayman)
2. "Astag‘firulloha va atubu ilayhi" (Allohdan mag‘firat so‘rayman va Unga tavba qilaman)
3. "Allohummag‘firli va tub alayya innaka antat tavvabur rohiym" (Iloho, O‘zing meni mag‘firat qil, tavbalarimni qabul qil. Zero, Sen tavbalarni qabul qilguvchi va Rahimli Zotsan)
@Manfaatli_sizga
593
☝️BAXTLI YASHASHINGIZ UCHUN AYRIM TAVSIYALAR:✔️ Kuningizni Bomdod namozini ado etish bilan boshlang! ✔️ Istig‘for aytishda davomiy bo‘ling! ✔️ Duo qilishni bir kun ham uzib qo‘ymang. Chunki duo, najot arqonidir. ✔️ Hamisha, talaffuz qilayotgan so‘zlaringizni farishtalar yozib borayotganini eslang! ✔️ G‘am - tashvishlarga ro‘baro‘ bo‘lsangiz, «LAA ILAHA ILLALLOH» ni ayting! ✔️ Oz bo‘lsada, sadaqot беринг. Qurbingiz yetmasa, shirin so‘zingiz bilan, yoki, tabassumingiz bilan bo‘lsa ham! ✔️ Namozlarda sajdaga borganingizda, qalbingiz to biroz bo‘lsada xotirjamlikni his etmaguncha qaytmang. ✔️ Biror so‘z aytishdan oldin, uni mulohaza qilib ko‘ring. Ayrim parvo qilmay aytilgan gaplar bo‘ladiki, eshitgan kishini tirik o‘likka aylantiradi! ✔️ Biror mazlumning duoibatiga uchrab qolishdan ogoh bo‘ling! ✔️ Har qanday maqola, gazeta va jurnallar-u, kitoblardan oldin, bir bora bo‘lsa ham Qur’onga murojaat qiling! ✔️ Oilangizga kunda bir bora bo‘lsa ham Allohni eslating! ✔️ Nafs, hamisha yomonlikka buyuruvchidir. Siz, unga qarshi qattiq kurash e’lon qiling! ✔️ G‘azab qilmaslikka harakat qiling! ✔️ Eng kuchlilarning kuchligi, eng qudratlilarning Qudratligi siz bilan ekanini his etib yashang! ✔️ Gunohlarga tavba qilishni aslo kanda qilmang. ✔️ Sabrli bo‘ling! ✔️ Salbiy gumonlardan mutlaqo yiroq bo‘ling. Zero, insonni barbot qiluvchi illat, o‘zgalar haqidagi salbiy gumonlardir. ✔️ Allohdan yuz o‘girishga sabab bo‘luvchi omillardan yiroqlashing! ✔️ Mo‘minlarga ozor berib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling! ✔️ Bugungi axloqingiz, kechagidan go‘zalroq bo‘lsin. Hech bo‘lmaganda yomonlashmasin. ✔️ Haqqingizda xatolikka yo‘l qo‘ygan kishilarni gunohidan o‘ting. Xususan ular, ahli -oilangiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bo‘lsa! ✔️ Namoz, yuzingizga nur, ishlaringzda muvaffaqiyat, qalbingizga yorug‘lik bag‘ishlaydi. Uni doimo muhofaza eting! ✔️ Jahannam otashini tez - tez tasavuringizga solib turing. Chunki, ma’siyatlardan uzoqlashtiradi! ✔️ «Har bir qiyinchilik bilan bir yengilchilik bordir» oyatini tez - tez yodga olib turing! ✔️ Turli mish - mishlardan yiroq bo‘ling! ✔️ Amallaringiz o‘z hisobingizda qolishini ta'minlang. Buning uchun g‘iybatdan yiroq bo‘ling. ✔️ Oilangizni seving, ularga shirin so‘z bo‘ling, dardini tinglang! Zero, eng yaqin kishilaringiz, oila a’zolaringizdir! @Manfaatli_sizga ✅
593
#duo
Qarzdan qutilish duosi
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ
O‘qilishi: Allohumma! Inniy a’uuzu bika minal hammi val hazani val a’jzi val kasali val buxli val jubni va zola’id dayni va g‘olabatir-rijali.
Ma’nosi: Allohim! Men Sendan g‘am va mahzunlikdan, ojizlik va dangasalikdan, baxillikdan va qo‘rqoqlikdan, qarzga botib qolishdan va odamlarning menga g‘olib bo‘lishidan panoh so‘rayman.
(Imom Buxoriy, Muslim, Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).
@Manfaatli_sizga 🌱
593
12 – TAVSIYA : 🌱
“al-Mafoxir al-aliyya”da Abu Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhning quyidagi tavsiyasi keltirilgan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni tushda ko'rish uchun “Izash-shamsu kuvvirot”, “Izas-samaaun fatarot” va “Izas-samaaun shaqqot” suralarini o'qib yurishga odatlaning.
@Manfaatli_sizga 💫
593
#duo
Oynaga qaraganda aytiladigan zikr
الْحَمْدُ للهِ، اللهُمَّ كَمَا حَسَّنْتَ خَلْقِي فَحَسِّنْ خُلُقِي
«Alhamdu lillahi, Allohumma kama hassanta xolqiy fahassin xuluqiy»
Ma’nosi: «Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, yaratilishimni yaxshi qilganingdek, xulqimni ham yaxshi qilgin».
@Manfaatli_sizga ☺️
593
☝️Uxlashdan oldin qodir bo‘lganingizcha bu amallarni bajaring!
🚿 Tahorat oling, yuzingiz nurli bo‘ladi. Tonggacha Farishta haqqingizga duo qilib chiqadi.
🕌 Vitr o‘qing, Alloh shu kun besh vaqt namozni ado etishga muvaffaq qilganiga shukur qiling!
📖 Oyat al-kursiyni o‘qing, balo - ofatlardan omonda qolasiz!
♻️ Zikrlarni o‘qing, Allohni ko‘p zikr qiluvchilardan bo‘ling!
📖 Mulk surasini o‘qing, qabr azobidan to‘sadi.
🙋♂Ulug‘ kunlar xurmati insonlarni kechiring, shu sabab jannatga kirishingiz mumkin!
🙌Tavba qiling, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi.
⏰Bomdod namozi uchun budilnik qo‘ying!
Jamoat Bomdod namoziga chiqing! Bomdod namozida nima borligini bilganingizda edi, unga emaklab bo‘lsa ham borardingiz!
@Manfaatli_sizga ✨
593
#duo
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Tong otsa, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:
"Allohumma inni as'aluka 'ilman naafi'an, va rizqan tayyiban, va 'amalan mutaqabbalan"
(Allohim sendan foydali ilm, pokiza rizq va qabul bo'ladigan amal so'rayman) der edilar.
Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyati.
@Manfaatli_sizga ☺️
593
11 – TAVSIYA : 🌱
“al-Vasoilu-shafia” 467-betda keltiriladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan aytadilar:
- “Kimki menga shanba kunda ming marta salovat aysa, jannatdagi joyini ko'rmaguncha dunyodan o'tmaydi..”.
Men bu xabarni tajribamdan o'tkazganman.
©Hasan Muhammad Shaddod
@Manfaatli_sizga 🫧
593
Mo‘mina-muslima ayolning 8 xislati1. Chiroy va ziynati iffatidir😇 2. Yuksak axloqi bilan farzandlariga namuna bo‘ladi🤱🏻 3. Satri avratga e’tibor beradi🌺 4. Boyligi qanoatidir🍃 5. Boshida oyat (ya’ni hijob), oyoqlari ostida esa jannat bo‘ladi🧕🏻 6. Xayollari va maqsadlari bor✨ 7. Shafqatli va marhamatli🌚 8. Oilasini (er va farzandlarini) ibodatga tashviq qiladi 📿 Manfaatli bo'lgan bo'lsa yaqinlaringizga ham ulashing🥰 @Manfaatli_sizga
593
#manfaatli
SHAYTON UNUTGAN IKKI TARAF
Shaytonni jannatdan Alloh la'natlab quvgan vaqti shayton Allohga shunday degan ekan:
➖Men odamzotni 4 tomonidan xujum qilaman debdi.
1. Oldi tomonidan chiqib boylikka nafsbuzarlikka o‘rgataman ;
2. O‘ng tomonidan kelib zinoga nomahramga qarashga ;
3. Chap tomonidan kelib harom yeb, harom ichishga ;
4. Orqa tomonidan kelib do‘zaxga o‘zim bilan tortib ketaman debdi.
Shunda Alloh xa boraver shunday qilishga urunib ko‘rchi debdi.
Farishtalar Allohdan
so‘rashibdi:
➖Nimaga sen shaytonga odamga bunchalik xujum qilishiga ruxsat berding? Odamlar seni ko‘rmay turub senga ibodat qilishadi sen yana ularga 4 tomonidan shayton yuboryapsan debdi
Shunda Alloh:
➖ Shayton 4 tomonni aytdiyu 2 tamonni unutib qo‘ydi. Bandalarim pastga qarab namoz o‘qib menga ibodat qiladilar va men ularga yuqori tarafdan barakani yog‘diraman degan ekan...
@Manfaatli_sizga
593
11 – TAVSIYA : 🌱
“al-Vasoilu-shafia” 467-betda keltiriladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan aytadilar:
- “Kimki menga shanba kunda ming marta salovat aysa, jannatdagi joyini ko'rmaguncha dunyodan o'tmaydi..”.
Men bu xabarni tajribamdan o'tkazganman.
©Hasan Muhammad Shaddod
@Manfaatli_sizga 🫧
593
10–TAVSIYA : 🌱
“Majma’ul-hadis”da keltirilgan rivoyatga ko'ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam(ﷺ) aytgan ekanlar:
- “Kim meni tushda ko'rishni istasa, juma kechasida ikki salom bilan to'rt rakat namoz o'qisin. Har bir rakatida “Fotiha”, “Zuho”, “Sharh”, “Qadr”, “Zalzala” suralarini o'qisin. Keyin menga yetmish marta salovat va yetmish marta istig'for aysin, so'ngra uxlasa, meni tushida ko'radi”.
@Manfaatli_sizga 🪐
593
Oisha onamiz shunday deydilar: Allohning Rasulini bir kuni och holda ko‘rib yig‘ladim va :
- Ey Allohning Rasuli, Allohdan boylik so‘rasangiz va sizni boy qilsa bo‘lmaydimi? - deb so‘radim.
Shunda Rasululloh ﷺ :
- Ey Oisha, hayotim qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, agar Robbimdan tog‘larning oltin bo‘lib men bilan har yerga uchib borib kelishlarini istasam, Robbim buni bergan bo‘lar edi. Lekin men dunyoning to‘qligini ochligiga, mo‘lligini yo‘qsilligiga, rohatini qayg‘usiga almashdim...
- Ey Allohning Rasuli, nima uchun bunday duo qildingiz?
Rasuli Akram ﷺ :
- Chunki faqirlar boylardan qirq yil avval jannatga kiradilar, - deb aytdilar va quyidagi gapni ilova qildilar :
- Ey Oisha! Faqirlarni sev, ularga marhamat ko‘rsat. Shunday qilsang Alloh senga qiyomatda marhamat ko‘rsatadi!
📚"Oisha roziyallohu anho" kitobidan
@Manfaatli_sizga 🌷
