Elga yor (Elyor)
رفتن به کانال در Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
نمایش بیشتر1 071
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+11630 روز
آرشیو پست ها
1 071
Din, millat va irqi uchun chet ellik talaba universitetda Professorlar tomonidan siquvga olinib kamsitilsa nima qilish kerak?
Javob: Voalaykum assalom. Bu holatni birinchi bor ko’rayotganimiz yo’q. Shunaqa rasist professorlar ham bor afsuski. Kamiga Professorlarga juda ko’p narsa bog’langan bo’lgani uchun “vlast” ularni qo’lida bo’ladi. Talabalar majburlikda bitirib olish uchun ham chidaydi.. Ammo, sizning do’stlaringizni vaziyati juda achinarli.
Ariza kiritish mumkin bo’lgan saytlar ro’yxati:
외국인들이 종교 차별을 당했을 때 교수나 다른 사람들에 대해 신고하거나 불만을 제기할 수 있는 몇 가지 기관과 웹사이트는 다음과 같습니다.
1. 국가인권위원회 (National Human Rights Commission of Korea, NHRCK)
• 웹사이트: www.humanrights.go.kr
• 한국의 국가 인권 보호 기관으로, 종교 차별을 포함한 인권 침해에 대한 불만을 접수할 수 있습니다. 이곳에서 온라인으로 신고서를 작성해 제출할 수 있습니다.
2. 이주민 인권센터 (Migrant Rights Center)
• 웹사이트: www.migrants.or.kr
• 이 센터는 한국 내 외국인 이주민들을 대상으로 인권 보호 및 법적 지원을 제공합니다. 종교적 차별에 대한 문제도 다룰 수 있습니다.
3. 외국인종합지원센터 (Korea Support Center for Foreigners)
• 웹사이트: www.liveinkorea.kr
• 한국에 거주하는 외국인들이 직면한 문제에 대해 도움을 주는 기관입니다. 종교적 차별이나 인권 침해와 관련된 지원을 받을 수 있습니다.
4. 법무부 출입국·외국인정책본부 (Korea Immigration Service)
• 웹사이트: www.immigration.go.kr
• 외국인 거주자들이 한국에서 경험하는 문제를 처리하는 곳으로, 종교적 차별 문제도 포함될 수 있습니다.
5. 국제앰네스티 한국지부 (Amnesty International Korea)
• 웹사이트: www.amnesty.or.kr
• 전 세계적으로 인권 보호를 위한 비정부기구로, 종교 차별과 같은 인권 침해 사례에 대한 도움을 받을 수 있습니다.
6. https://www.epeople.go.kr/index.jsp (Inglizchada yozsa ham bo’ladi.
이 기관들에 문의하거나 불만을 접수함으로써 종교적 차별 문제에 대해 적절한 조치를 받을 수 있을 것입니다.
💬Tip: Bir vaqtning o’zida hamma dalillarni yeg’ib hamma saytga, tegishli idoralarga ariza kiriting. Ingliz tilida ham ariza kiritish mumkin. Agar bu ham ish bermasa, Jurnalistlarni ma’lumotlarini ulashaman. Sayt, You Tube va TV larga olib chiqishga harakat qilib ko’rishadi.
1 071
Ba’zida bir kunda juda ko’p tadbir yoki programmalar chiqib qoladi. Afsuski birini tanlashga tog’ri keladi.
26-Oktabr
1. Misol uchun 26-Oktabr kuni bir tanishim uylanayabdi. To’yga boshqa shaharga borish kerak.
2. Kechga esa bir aka yangi uyga ko’chganlari munosabati bilan ziyofatga taklif qilganlar.
3. O’sha kuni yana, chet elliklar markazi tomonidan “Cultural Diversity” bo’yicha seminar ham bor ekan. Spikker esa inson huquqlari direktor o’rinbosari. U kishiga bir necha “shirin” so’zlarim ham bor edi.
4. Andong shahriga esa 2 kunlik influenserlar uchun mutlaqo bepul tour tashkil qilingan.
5. Qo’shimcha ish iltimos qilishgan.
Ana endi o’ylab ko’ringchi men qaysi birini tanladim?
Raqam va sababini yozib qoldiringchi, mos kelsa mendan sizga bir kitob 📚 hadya bo’ladi.
1 071
+2
Oxirgi oylar Seulga ish bilan ko’p kelayabman.
Bir necha bor Instagram tarmog’iga “istoriya” joylasam hamma har xil tushunyabdi;)
Menimcha “second home” degan jumla shu hayolga olib kelgan.
Umid qilamanki, bo’lajak kelinchak ushbu postni kuzatayabdi..
1 071
Ishxonadagi qiziq bir voqea 2024.10.18
Bugun ertalab tahminan soat 11:30 larda 6-qavatdagi majlis zaliga chaqirib qolishdi. Chaqirgan kishi men bilan juda yaxshi chiqishadi.
Elyor, Monitor TV ga ulanib ketdi, PC ga ulab bera olasanmi deb qoldi. Shoshilinch bo’lganiga kirib qarasam Zoom vaqti avtomatik TV ga o’tib ketib qolibdi. 20 ga yaqin kishilar indamay o’tirishibdi;) “hammasi tanish”
Keyin Monitor pultini olib, bir ammalab PC ga ulab berdim. (Avval ham qilib ko’rgan edim)
Meni hayron qoldirgan jihati, o’sha o’tirganlarning 1 kishi bo’lsa ham qanday qilishni bilishiga ishonchim komil edi. Koreyslar shunchaki ko’pchilikning oldida ma’suliyatni bo’yniga olgisi kelmaydi. O’zini ishi bo’lmasa, qila olsa ham ataylab qilmaydigan vaziyatlarga shohid bo’lib kelayabman.
Shuncha Koreys duch kelgan muammoni chet ellik bo’lgan men, borib xal qilganim biroz g’alati tuyuldi. O’zimga o’zim - o’rnimiz almashib qolmadimikan deb ish stolimga keldim.😅
1 071
+3
Bu safar Toshkentga borganimda onamni qo’llaridan ancha ta’om iste’mol qilishga ulgurdim;)
Qisqacha qilib rasm joylab qo’ydim.
1 071
Malaka oshiruvchi kitob haqida
Taxminan bundan 2 yil avval ushbu kitobni ishxonam malaka oshirish uchun bergan edi. Ba’zida hali ham varoqlab turaman. Bu kitob email yozish usullarini o’rgatadi.
Ammo Chat GPT chiqib juda ko’p ishlarni meni “assistant”imga qildirayabman. Hatto email yozib, unga mos sodda va qisqa email mavzusini yozib ber kabi savollargacha;)
O’zbekistonda bu borada alohida darslar o’tilmagani sabab, o’zingizga investitsiya qilish uchun ajoyib kitob. Ingliz yoki Koreys tillarida mavjud.
Tip: Agar ishga kirishdan avval o’qisangiz, ishonch bilan aytamanki, sizga hamkasblaringizni ishonchi ortadi. Shuningdek, professional ga qaragandek qarashadi. Agar ishlayotgan bo’lsangiz, hali ham kech emas:)
@Elyorbilan
1 071
1️⃣ #ish #elon 💼
Har hafta ish e’loni joylab borishga harakat qilaman!
O’zbekiston bilan IT sohasida hamkor Kompaniyada ish o’rni. Kompaniya Koreyada joylashgan bo’lib, to’liq ma’lumotni quyidagi link orqali olsangiz bo’ladi.
Agar ma’lumotlarni o’qib tushunmasangiz, demak ish siz uchun emas;)
💁♂️Tip:
1. Ish sizga mos keladimi yo’qmi avval tekshiring.
2. CV ni alohida Kompaniya sohasiga moslab yuborishga harakat qiling.
Yanada foydali ma’lumotlarga ega bo’lish uchun: @Elyorbilan
Link: http://saram.in/s/etZ7mva06S
1 071
General Jo’rabek, o’z hisobidan qurdirgan masjid hozirgi Islom ota (Risoviy bozor taraf) masjidi o’rnida bo’lgan ekan. Men Hayt namozida adam va ukalarim bilan, biroz uzoqroq bo’lsa ham aynan o’sha Islom ota masjidiga chiqar edik.
Tarix biz o’ylaganimizdan ko’ra bizga yaqinroq.
1 071
Hammasiga qo’l siltab, Istanbulga bosh olib ketgim kelmoqda..
O’ziga rom qiluvchi afsonaviy shahar. G’arb va sharq uyg’unligi🖤
1 071
12.10.2024
Seulga tong saharda kelib, yarim tunda Tejonimga qaytayabman.
Bu orada Elchixonadagi tadbirga, Lazzatdagi tor doiradagi uchrashuvga va kechki shaxsiy ushrashuvgacha ulgurdim. O’ylab qarasam Noyabr oxirlarigacha dam olish kunlarimda dam olmay band bo’lar ekanman. Bugungisi ham shular qatorida bo’lib, 1 kunimdan maksimal foydalanishga urindim.
Muhim qismlar:
1. Koreyadagi O’zbekiston Elchixonasi telegram boti haqida bo’ldi. (avvalroq sinab ko’rganim uchun tadbir oxirigacha qola olmadim) Fa’rosatsizlar bo’lmagani uchun tadbir ko’ngildagidek o’tdi deyishdi.
2. Tor doiradagi uchrashuv. Keyinchalik loyihalar amalga oshsa yozaman.
3. Men har tomonlama bemalol gaplasha oladigan kam sonli do’stim bilan ko’rishib bugungi kunni yakunladim. O’zbekistonlik emas.
Orada Masjidda qadrdon tanishimni yo’qlashga ham ulgurdim.
Afsuski bugungi kundan rasm joylay olmas ekanman.
1 071
+1
O’tgan kunlarni Ingliz tiliga tarjima qilgan inson, izohlarda chiroyli hazil qilibdi.
Intelektual hazil yoki javob deb shuni aytsalar kerak;)
But twitni ko’rib, bizni ham yozuvchi adabiyotshunoslarimiz asarlari Ingliz tilida ommabop bo’lganda vaqti kelib Nobel mukofotiga sazovor bo’lar degan hayol o’tdi.
Niyat: Bir necha chet ellik do’stlarga O’zbekiston qolaversa Toshkent borasida tasavvurga ega bo’lish uchun ushbu kitobdan sovg’a qilishni o’ylab turibman. Aynan Ingliz tiliga tarjima qilinganini, kitobdagi bir necha jumlalarni tekshirib so’ng buyurtma qilaman😁 (Hozirda uylanish borasidagi meni holatim ham O’tgan kunlarda chiroyli tasvirlangan;)) “hazil”@Elyorbilan #Tavsuyu
1 071
444 -> 4444 -> 44444
Chiroyli raqamlar ekan. Faqat Koreyada xosiyatli emas, ma’nosini tushuntirib o’tirishim ham shart emasdura?😅
*obunachilar soni
1 071
Ushbu so’rovnomada ovoz berib qo’ydingiza?
Sababi: so’rovnoma natijalariga qarab, kuzatuvchilarga mos foydali ma’lumotlar joylab borishga harakat qilaman.
1 071
Ishxonadagi bir xolat:
Guruhimiz Team leader ni bir odati bor,
Kamida 30 daqiqa vaziyatni misollar bilan tushuntirib, oxirida 어쨌든 이건 중요한건 아니고 …
Tarjimasi: “Nima bo’lganga ham hozirgi aytganlarim muhim emas ammo…”
(Men bo’lsam, iye shuncha yozib olganlarim hali kerakmasmidi!?😂)
Men Koreyschasiga iyee deb yuborsam, Team leader ni o’zi ham kulib yubordi🫢
1 071
세종한글올림파이드
Sejong Hangeul Olympiad
Tanlovida qadrdonlar ham video tayyorlashibdi. G’oliblar bahosiga - ko’rishlar soni ham ta’sir ko’rsatar ekan.
Agar 3 daqiqa vaqtingiz bo’lsa ko’rib, o’z fikringizni izohlarda yozib qoldirsangiz ham bo’ladi. Shunday vaqtda auditoriya bilan qo’llab quvvatlamasak uyat bo’lar:)
Ushbu videoni tayyorlagan kishilar bilan shaxsan tanishman, shuningdek barchaligi juda ko’p ko’ngilli ishlarga bepul yordam ko’rsatishadi.
Ko’rish sonlari bugungi vaqt bilan 16:30 gacha hisobga olinar ekan!
1. https://www.instagram.com/reel/DA2TsKiSRAw/?igsh=MjRtbXUxbGlnZ2Fq
2. https://www.instagram.com/reel/DA2U0UesJaV/?igsh=MXRzMXp6eHdjbHZvYg==
3. https://www.instagram.com/reel/DA2TircpMHf/?igsh=ZTN3YWM2bDA5bGF2
1 071
Koreya Kompaniyalaridagi lavozimlar ketma-ketligi 🇰🇷
Koreys kompaniyalarida lavozimlar ierarxiyasi xodimlarning o'sishi va tajribasiga qarab aniq bosqichlarga bo'linadi. Har bir lavozim ma'lum darajadagi mas'uliyat va maqomni ifodalaydi. Quyida koreys kompaniyalaridagi keng tarqalgan lavozimlar va ularning batafsil tushuntirishi keltirilgan:
사원 (Sawon):
Bu eng pastki darajadagi lavozim bo'lib, kompaniyada yangi ish boshlagan yoki hali yetarli tajribaga ega bo'lmagan xodimlarga tegishli. Sawon lavozimida qo'shimcha darajalar mavjud emas, bu boshlang'ich ishchi yoki xodim darajasidir. Sawon asosan ko'rsatmalarni bajaruvchi xodimlar bo'lib, o'z faoliyatini katta nazorat ostida olib boradi.
주임 (Ju-im):
주임 lavozimi 사원 dan bir pog'ona yuqori darajada joylashgan. Bu daraja ma'lum tajribaga ega bo'lgan xodimlarga beriladi, va ularga mustaqil vazifalarni bajarish imkoniyati beriladi. 주임 odatda kichik loyihalar yoki vazifalar uchun javobgar bo'lib, bu darajada ham rahbarlik vazifalari yo'q.
대리 (Daeri):
대리 lavozimi odatda 주임 darajasidan keyingi qadam hisoblanadi. Bu daraja o'z ichiga ko'proq mas'uliyat va ba'zi hollarda boshqa xodimlarga yordam berishni oladi. Daeri lavozimi 2-5 yil tajribaga ega bo'lgan xodimlarga berilishi mumkin. Bu xodimlar ko'pincha katta menejerlarga yoki bo'lim boshliqlariga yordam beradi.
과장 (Gwa-jang):
과장 lavozimi katta mas'uliyatni talab qiladi. Bu darajadagi xodimlar kichik guruhlarni boshqarishi va muayyan loyihalarni boshqarishi mumkin. Bu daraja odatda 5-10 yil tajribaga ega bo'lgan xodimlarga beriladi. Gwa-janglar menejerlik vazifalarini bajarib, boshqaruv funksiyalarini ham bajara boshlaydi.
차장 (Cha-jang):
차장 lavozimi 과장 darajasidan keyin keladi. Bu yuqori menejerlik darajasidir, lekin hali direktorlik darajasiga yetmagan. 차장 lavozimida ishlovchi xodimlar ko'pincha katta loyihalarni boshqaradi va strategik qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
부장 (Bu-jang):
부장 bu katta menejer yoki bo'lim boshlig'i lavozimi hisoblanadi. Bu darajadagi xodimlar butun bo'limning faoliyatini boshqaradi va yuqori rahbariyatga hisobot beradi. Bu daraja odatda katta tajribaga ega bo'lgan va yuqori mas'uliyatni o'z zimmasiga oluvchi rahbarlarga beriladi.
이사 (I-sa):
이사 lavozimi direktor degan ma'noni anglatadi. 이사 kompaniyaning umumiy faoliyatini nazorat qiladi va strategik qarorlar qabul qiladi. Bu daraja katta mas'uliyat va keng qamrovli boshqaruvni o'z ichiga oladi.
상무 (Sang-mu) va 전무 (Jeon-mu):
Bu ikkisi katta direktor lavozimlari hisoblanadi. 상무 katta direktor bo'lib, korxonaning muhim bo'limlarini boshqaradi, 전무 esa bosh direktor sifatida faoliyat ko'rsatib, strategik qarorlar qabul qiladi va kompaniya rahbariyatida katta rol o'ynaydi.
사장 (Sa-jang):
사장 kompaniya prezidenti yoki bosh direktori lavozimidir. Bu kompaniyaning eng yuqori ijrochi rahbari bo'lib, umumiy boshqaruv va rivojlanish uchun javobgar.
회장 (Hoe-jang):
회장 kengash raisi yoki kompaniyaning eng yuqori rahbari hisoblanadi. 회장 odatda kompaniyaning asosiy qarorlarini qabul qiladi va umumiy strategiyani belgilaydi.
ℹ️Koreys kompaniyalaridagi lavozimlar darajalari xodimning tajribasi va kompaniyadagi vaqtiga qarab ko'tariladi. Odatda, har bir lavozimda bir necha yil ishlagandan so'ng, yuqori lavozimga ko'tarilish mumkin, bunda lavozimlar o'rtasida aniq ma'noli farqlar va mas'uliyatlar mavjud.
Ko’proq ma’lumot uchun @Elyorbilan ga a’zo bo’ling.
1 071
Mavzudan tashqari..
Baxtdan ko’ra prinsplarini ustun qo’yadiganlarni hech tushunolmadim.
Shu qatorda o’zim.
1 071
Huddu shu postda ham ogohlantirgan edim. Afsuski, qahramonimiz men aytgan barcha holatlarni sodir etgan. Yaxshi ham bu yangilik bo’lib hali TV internet tarmoqlarida tarqalmadi.
Agar urib yuborgan bola olamdan o’tgandami, yoshlik davrini qamoqda o’tkazar edi.
Koreyslar bunday holatga juda jiddiy qaraydi. Haydovchilik guvohnomasiz mashinaga o’tirish - o’ta ketgan ahmoqlik ekanini juda yaxshi tushunishadi. Bu bilan o’zining eng kerakli minimal huquqlardan mahrum qilayotganini yaxshi tushunadida.
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
