Elga yor (Elyor)
رفتن به کانال در Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
نمایش بیشتر1 071
مشترکین
+224 ساعت
+37 روز
+11930 روز
آرشیو پست ها
1 071
Afsuski hozirda “urchib” borayotgan Mpox (Monkey Pox) kasalligi biz ishlab chiqarayotgan vaksina samaradorligiga ham ta’sir o’tkazishni boshladi. Ayniqsa AI va Burcal vaksinalari uchun muammo bo’ladiganga o’xshaydi.
1 071
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan kafe egasi ajoyib interier qilib qo’ygan ekan.
G’oyalarini yozib, rasmga ham muxrlab qo’ydim.
1 071
Seul shahri ko’chalari ruknidan
Ko’chada yurmaganimga ancha bo’libdi, bu issiqga qanday chidayabsizlar?
Gangnamdagi qurilish yaqin yillarda ham tugamasa kerak. 2 yil oldin kelganimda ham qurilish, hozir ham qurilish. Daejeon shahrimdek sokin shaharni ko’rmadim🥲
1 071
Sarson bo’lish haqida!
Habaringiz bor, chet elga chiqish uchun qilinadigan pasportda “otasining ismi” ham qo’shilgan bo’ladi. Koreyada esa ID ga ushbu ism ham to’liqligicha kiritilishga majbur. Bu degani har qanday servisdan (bank, karta, strahofka va boshqa rasmiy xizmatlar) foydalanganda ham ismlarning bari kiritilishi kerak. Ming afsuski ko’p joylarda 20 ta harfdan oshiq alfavit kiritish mumkin emas. Agar hammasi kirmasa, 본인인증 qilish dargumon.
Shu muammoni deb chorshanba kunimni yarmini, Juma kunni to’liq qismini behuda sarflashimga tog’ri keldi.
*Ushbu sistemani joriy qilgan odamlarni kallasiga hammamizni qoyilimiz bo’lsin.
Shunaqangi imkoniyatlar yaratib bergan Yangi O’zbekistonga shon-sharaflar bo’lsin!
1 071
🆘 #Hanshin #University
2023-yil 27-Noyabr kuni Hanshin universiteti til kursida o’qib yurgan talabalarni majburlab noinsoniy harakatlar bilan deportatsiya qilgani bo’yicha yangilik chiqdi.
Yangilikka ko’ra Hanshin bu ishni bir o’zi qilmagani, Pyongtek Immigratsiyasi mansabdor shaxsi bilan til biriktirgani ochiqlandi. O’sha mansabdor shaxs esa ishdan bo’shatilgan. Koreyaning asl immigratsiya yuzi ochilib qolmasligi uchun ham ishni mana 10 oydan beri cho’zib yurishibdi.
Koreyada insonlar haq huquqlari oliy degan insonga shuni ko’rsating. Har yerga bormang, tabaqalanasiz! Bu ishga O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi hech qanday reaksiya bildirmaganligi esa sharmandali holat.
Hozirgacha sud davomida yordam berib kelayotgan O’zbekistonlik tarjimon va Koreyalik ko’ngilli advokatlar bor bo’lsin.
Hanshin universitetiga laychalik qilayotgan maddohlar esa “kiradigan joyiga” kirib ketishini tilab postimni yakunlayman.
Tg: @Elyorbilan
Manba: Korea Times
1 071
Bu yerni 2023-yil Noyabr oyida kashf qilganman. Ajoyib maskan, huddi Yevropaning 15-16 asrlarida qirollik qasri hissiyotini beradi. Ayniqsa qish payti birinchi rasmdagi oyna tagida kofe va shirinlikni olib, pag’a-pag’a qor tagida dars qilish gashti boshqacha edi. Sizlarga ham ilindim. Koreyada bo’lgan paytingiz shunday xotiralar olib keting.
1 071
+9
Tavsiya
Daejeon shahriga kelsangiz albatta kirib o’ting. Biroz chekkaroqda, tabiat qo’ynida joylashgan. Tushlikdan oldin yoki keyin kelsangiz deyarli barchasi menyuda bo’ladi.
대전 유성구 하기로 34-21, 어거스트홍미당 대전
1 071
+3
Koreyadagi 외국인 가사도우미 “Uy xizmatchisi” ni haqida:
Ushbu yangilikni 2023-yil, May oyida eshitgan edim. O’sha payt President Yun, chet ellik talabalar va Koreysga turmushga chiqgan ayollarni uy xizmatiga yollash loyihasini taklif qilgan edi. Ochig’ini aytaman, bu biroz haqoratomuzdek tuyilgan.
Sababi Koreyslar 2-3 million won oylik olsa, chet elliklar kamroq olsa ham bo’ladi degan.
Kuni kecha bu yangilik o’z tasdig’ini topdi. Ya’ni Fillipindan 100 nafar ayol xizmatchi Koreyaga yetib keldi. Ularni o’qitib, obdon tekshirib so’ng ishga yollashadi.
Ho’sh bu bilan Koreyslar nimaga erishmoqchi dersiz?
- Habaringiz bordir, Koreyada tug’ilish rekord darajada tushib ketdi. Sababi esa turlicha va faktlarga asoslangan. Bulardan biri aynan ko’p farzandli oilalarda 가사도우미 ga bo’lgan sarf harajat juda yuqoriligi. Statistikaga ko’ra o’rtacha 1 kishining 52% oyligi aynan ushbu xizmatchiga ketadi. Bu esa Koreyslar uchun ortiqcha ma’suliyat va qiyinchilikdek tuyuladi. President Yun, aynan shu sababni keltirib, “qimmat” Koreys xizmatchilari o’rniga “arzon” chet elliklarni yollaykik degan fikrni yuqori surdi.
- 2 va 3 farzandli ota-onalar uy xizmatchisi yollab, bemalol o’z ishlarida ham ishlashi mumkin bo’ladi.
- 2019 yilda 156,000 Koreys xizmatchidan 2022 yilga kelib 114,000 nafar ariza topshirgan xizmatchiga qisqarib ketdi. Ularni 90% qismi esa 50-60 yosh atrofidagi yoshi kattalardir. Bu raqamlar borgan sari kamayadi, bunga yechim esa chet ellik xizmatchilardir.
Salbiy va muammoli tomoni:
1. Muloqot va madaniyat o’rtasida farq. Koreyslar arzon ishchi kuchi jalb qilib, yuqoridagi muammoni yechishga arzirmikan degan o’yni ham olg’a surmoqda.
2. Farzandni chet ellik xizmatchiga ishonib topshirish. Koreya hukumati, xizmatchilarni o’qitib, “garantiya” bera olgan taqdirda ham Koreyslar shubha bilan yondashayabdi.
3. Koreya Mehnat Vazirligini bergan axborotga ko’ra, chet ellikga to’lanajak oylik eng kam ish haqqini ham tashkil qilmasligi mumkin. Eng kam ish haqqi, Koreyada “jon saqlab” qolish uchun tuzib chiqilganini ham eslatib o’tayabdi. Koreya hukumati esa, GNI 1 kishiga 72,000 USD dan ortiq hisoblangan Singapurda uy xizmatchilari bor yog’i 800-900 USD olishini ro’kaj qilib ko’rsatmoqda.
Xulosa: Bu meni shaxsiy qarashim ekanligini oldindan aytib qoyaman. Agar Koreya hukumati aytgandek 100 nafar Filippinlik ayollar ishonchni oqlasa, chet ellik xizmatchilar oqimi avtomatik oshib boradi. Bunga Talaba va Koreysga erga tekkan chet ellik ayyolarni ham jalb qilishadi. O’zbekistonlik xotin-qizlar ham ushbu ishda ishlashi mumkinligini hisobga olsak, bu Davlat “imidji” ga qanchalik ta’sir ko’rsatishini tasavvur qilish qiyin emas. Shundoq ham “imidj” yuqori bo’lmagan paytda, meni uyimda O’zbekistonlik ximatkor ishlaydi degan gaplarni eshitishni hech bir O’zbekistonlik istamasa kerak.
Fillipinliklarni yollaganiga sabab, ular mehnatkash, “itoatkor”, Ingliz tilida ham so’zlasha oladigan va butun dunyoga arzon Fillipinlik uy xizmatchilari deya tanilganligidandir.
Keyingi post Koreyada tug’ilish kamayib ketishiga sabab bo’layotgan faktorlar haqida bo’ladi.
@Elgayor
1 071
Bangladeshga bo’lgan Xizmat safarimiz qoldirilgani yaxshi bo’ldi. Bo’lmasam o’zimga muammo ortirib olishim ham mumkin edi…
1 071
Repost from Azamat Akbar | Lektorium
Бангладешнинг 76-ёшли бош вазири Шайх Ҳасина юзлаб кишилар ўлимига сабаб бўлган оммавий намойишлар фонида истеъфога чиқди ва вертолётда қўшни Ҳиндистонга қочиб кетди.
Давлат хизматларидаги лавозимлар учун квоталар тизимига қарши талабалар намойишлари июль ойи бошида бошланганди. Намойишлар 20 йилдан буён ҳокимиятда бўлган ва январь ойида тўртинчи муддатга сайланган Ҳасинани ҳокимиятдан четлатиш кампаниясига айланиб кетди. Мухолифат бу сайловни бойкот қилганди.
1971 йилда Бангладешнинг Покистон билан мустақиллик урушида қатнашган фахрийларнинг қариндошлари учун давлат хизматида ишлаш учун ажратилган квотани бекор қилиш учун талабалар ўтган ой кўчаларга чиққанди.
Ҳукумат қарорига кўра, ҳозирда квотанинг катта қисми қисқартирилди, аммо талабалар норозилик намойишларини давом эттириб, ҳалок бўлганлар ва яраланганлар учун адолат талаб қилишмоқда.
Кўриниб турибдики, йиллар давомидаги адолатсиз квота ва имтиёзлар 170-миллионлик давлатда ҳукуматни қочиб кетишига сабаб бўлди. Ҳасинанинг бир қанча оила аъзолари отиб ўлдирилган дейишмоқда.
1 071
Repost from Azamat Akbar | Lektorium
Бутун Исроил устида самолётларсиз бир осмон. Кўринишидан, бу кеча Эрондан бўладиган ракета ҳужуми эҳтимоли юқори, бу ҳақда АҚШ ва Исроил аллақачон огоҳлантирилган. Кузатамиз.
1 071
50 yoshlar atrofidagi Koreys ota, chet ellik ayolidan bo’lgan 4 yoshli qizini zo’rlabdi.
Bir narsaga hayron qolamanda..
Bir O’zbek Koreyada qizlarga shilqimlik qilib qo’ysa, ham Koreyslar, ham O’zbeklar izza qilib ota-bobolarigacha so’kib tashlaydi.
Ammo yuqoridagi vaziyat bo’lsa, “ayrim” ayollar og’ziga talqon tashlab olgan. Koreyslar juda yaxshi ulardan yomonlik chiqmaydi degan “mind” bilan umrini oxirigacha yashayveradi.
Keling men sizga bir haqiqatni aytaman:
Chet eldan xotin olib keladigan Koreyslarning ko’pchiligi qariya, hayotda muvaffaqiyatsizlikka uchragan yoki Koreys ayollar e’tibor ham bermaydigan odamlar bo’ladi. Ba’zilari aqliy zaif ham bo’lishi mumkin. Chet ellik xotin esa ko’pchilikni nazarida “arzon tovar”. Shunday ekan, Koreyslarga erga tegishga shoshilayotganlar yana bir bor o’ylab ko’rishsa ham bo’lardi.
Guruch kurmaksiz bo’lmagani kabi o’z millatidan yomonlik qidiraveradiganlarni o’zga millat qadrlamaydi.
1 071
+6
Astronomiya ixlosmandlari uchun!
Iyulning 17 kunidan boshlab Avgust oyining 12-sanasigacha Perseid meteor ☄️ yog’dusini kuzatish mumkin bo’ladi. Har yili takrorlanadigan bu hodisa aynan 2024-yilda Mars va Yupiter sayyoralari ham uyg’unlashgan holda harakatlanadi. Shuningdek, oy ham ushbu kunlari o’zidan kam yorug’lik qaytaradi. Bu degani, meteor yog’dusi yanada yorqin ko’rinishini ta’minlaydi. (Men skrinshot qilgan rasmdan tekshirib oling)
Tip: bu safargi Perseid meteor ☄️ yog’dusini Teleskopsiz ham bemalol kuzatish mumkin. Faqatgina chiroqlardan holi hududda kuzatsangiz kifoya. Ayniqsa tog’lik hududlar yoki cho’llarda yanaqa tiniq ko’rinadi. Bunga shaxsan guvoh bo’lganman.
P.s. Men esa Teleskop 🔭 ni sozlashga ketdim. Agar rasmga ololsam, sizlarga ham ulashaman.
1 071
Mana men nimaga Rowlingni hurmat qilaman.
O’zi Paris yozgi olimpiadasi ochilish marosimidan boshlab bulg’anib bo’lgan edi.
Rasmni tarjima qilib o’tirmadim.
1 071
Muqim qolish uchun manzil..
Men shu paytgacha 3 ta Davlatda doimiy yashash haqida o’ylab ko’rganman.
1. O’zbekiston, Toshkent
2. Turkiya, Istanbul
3. Kanada, Manitoba
Albatta, qay biriga butunlay ko’chib ketishdan oldin borib, biroz yashab ko’rmoqchiman.
O’zbekistonni hisoblamasa ham bo’ladi. Sababi Toshkentim baribir boshqacha.
Koreya esa negadur hali ham moslashib, hotirjam yashay oladigan Davlatga o’xshamaydi. Ammo Koreyadek servisni hech qaysi Davlatda uchratmasak kerak!
1 071
Repost from Mansurbek (Ph.D) | Insights
Netflix mo’jizasi yoxud sun’iy intellekt …
Sizning shaxsiy netflix akkauntingiz boshqa birovnikiga o’xshamasligini payqaganmisiz? Buning sababi nimada? Ortida qanday algoritmlar turibdi?
Yaqinda do’stim o’zining akkauntidan bir kinoni tavsiya qilish uchun ko’rsatib qoldi. O’zimning akkauntimdan xuddi shu kinoni ochsam, kino afishasi umuman boshqacha. Avval payqamagan ekanman, darrov izlab ko’rsam bundan ancha yil avval Netflix sun’iy intellektdagi recommendation (tavsiya) tizimini allaqchon boshqa bosqichga olib chiqishgan ekan azamatlar :)
Netflixchilar nafaqat sizga yoqadigan kinolarni asosiy oynangizda chiqaribgina qolmasdan, balki sizga yoqadigan va sizni jalb qiladigan kino afishasini ham taqdim etishar ekan.
Buning negizida ikkita model bor: personalized recommendation va personalized visuals. Biri sizga qanday kinolar yoqishiga qarab asosiy oynangizda kinolar ro’yxatini chiqarsa, ikkinchisi sizga yoqadigan aktyorlar va aktrissalarni rasmlari yoki sizga yoqadigan janrdagi (urush sahnalari, komediya va h.k) sahnalarni o’z ichiga oladigan afisha tavsiya etadi.
Mana nimaga Netflixni bir boshlasam ertalabgacha kino yoki serial ko’rib chiqaman. Nima bo’lgandayam Netflixchilar uddalashyapti 😄.
Agarda sizga shunaqa recommendation tizimini qilib bera oladigan inson (menda o’sha) bo’lsa, qaysi sohaga qo’llagan bo’lar edingiz?
@mansurbek_blog
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
