fa
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

رفتن به کانال در Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

نمایش بیشتر
1 072
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+37 روز
+11930 روز
آرشیو پست ها
Luqmangizga ehtiyot bo'ling.
Luqmangizga ehtiyot bo'ling.

Ishxonadagi hamma futbolni gapirib yuribdi😂 Koreyslar: Biznikilar astoydil harakat qilib oltin medal olishi kerak. Shundagina armiya xizmatidan ozod bo'la oladi. *Koreyslarda armiya 1.5-2 yil majburiy. (Shimoliy Koreyani deb)

Bugun ertalab ishga kelib, hamkasbimni ko'rib qoldim. (QA Quality Assurance) Suxbat quyidagicha davom etdi. U: 안녕하세요 Men: 안녕하세요 브로 U: 추석 연휴 뭐 했어요? Men: 네, 부산 갔다왔어요. 형은 뭐하고 보내셨나요? U: 하루종일 누워 있었지요 ㅋㅋㅋ Men: ㅋㅋㅋ U: 오늘 우즈벡이랑 축구 하던데요? (한국이) Men: 아 맞다 ㅋㅋ U: 누구 응원할 거에요? Men: 당연히 우즈벡이죠 ㅋㅋ 왠지 이번에도 이길 것 같아요 U: 오 왜요? Men: 어린 애들 맨날 이기잖아요,.. 나이가 있는 선수들 치고 ㅋㅋ U: 아 그러네요 ㅋㅋ Men: 오늘 몇시에 하는거지요? U: 저녁 9시 하는것 같은데요, 엘베 타고... U: 우즈벡은 유럽 나가야 되는것 같은데요 ㅋㅋ (유럽 갈 시간 왔음 뜻) Men: 우리도 아직 부족한거 좀 있어요. 우즈벡이 유럽 가버리면 한국이 매번 이기잖아요, 그래서 균형을 맞춰야해서 아시아 남아 있어야지요 ㅋㅋ U: 헤헤 Tarjimasini ishdan bo'sh vaqtim yozib qo'yaman. Ungacha Koreys tilini bilguvchilar mazza qilib o'qing, axir tilni bekorga o'rganmagansiz😅

Minus taraflari 1. Zerikib qolishingiz mumkin. 2. Tamaki va alkogol mahsulotlari sotishingizga to'g'ri kelishi mumkin. (Shifoxona qoshidagi do'konlarda ushbu mahsulotni sotmaydi. O'sha yerda ishlasangiz ham bo'ladi) 3. Eng kam ish haqqini topa olasiz. (O'qishingiz va yeb ichishingizga bemalol yetadi). Koreyada 24 soat davomida faoliyat olib boradigan do'konlarga misol: Gs25, CU, 7-Eleven, Ministop, Emart24 va boshqalar. Shu kungacha men faqatgina Emart 24 da ishlab ko'rmagan edim. Kecha bu tajribani ham oldim. Men Koreyaga kelishim bilan 4 yil davomida turli do'konlarda ishlay oldim. O'qishimga ham, ishimga ham ulgurgan holda, bitirish ham unchalik qiyin bo'lmadi. Do'kon egalari bilan haligacha gaplashib turaman. Bir yerni rozi qilib ketsangiz albatta ishingiz baroridan keladi! Elga yor - Elyor

#ishhaqida Agar Koreyaga Talaba o'laroq kelsangiz, 24 soat ochiq bo'ladigan do'konlarda ishlashni tavsiya qilaman. Sababi: Pl
+1
#ishhaqida Agar Koreyaga Talaba o'laroq kelsangiz, 24 soat ochiq bo'ladigan do'konlarda ishlashni tavsiya qilaman. Sababi: Plus taraflari 1. Qishda issiq, yozda esa salqin. 2. Dars qilish uchun yetarlicha sharoit, hohish bo'lsa bas. 3. Jismoniy mehnatning kamligi. 4. Mijozlarning sizga bo'lgan "hurmat" darajasidagi munosabati. (Koreyada sizlash va sensirash mavjud) 5. Bo'sh vaqtning ko'p bo'lishi, foydali ishlar bilan shug'ullanish imkoniyati. Buning uchun sizga ortiqcha gap gapirishmaydi. 6. Koreys tili darajngiz oshsa oshadiki lekin to'xtab qolmaydi. Davomi keyingi satirlarda...

Kimhe dagi O'zbek mahallaga keldim. Haqiqiy O'zbekiston😃

Busandan lavhalar. Bugun dam olish kuni bo'lgani sababli do'stimni yo'qlagani keldim.
+4
Busandan lavhalar. Bugun dam olish kuni bo'lgani sababli do'stimni yo'qlagani keldim.

+5
Kuz faslidan lavha.

Ovozlarga ko'ra: Koreyada ish haqida ma'lumotlar joylayman.

Ishga borish yo'lim. Tabiat qo'ynidan o'tib boraman, Koreyaning ham tabiati ajoyib. 70% tog'lardan tashkil topgan.

추석 (Chuseok) kunlari qanday yangiliklar joylay? 6 kun dam bo'ladi. O'zi shu kuni Yaponiyaga borish rejam bor ediyu ma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi.
Anonymous voting

Kelayotgan Payshanbadan boshlab (28-September) Koreyada Chuseok (Thanksgiving day) boshlanadi. Ungacha juda band bo'layabman. Dam olish kuni boshlanishi bilan, eng "barra" ma'lumotlarni joylayman.

Diyor Pardayev tomonidan yozildi: Applening17 versiyasidan ilhomlanib HalalBreadda ham halalbread[2.1] versiyasini bugun chiqardik Hamma qulaylik Koreadagilarga😊 Endilikda siz Koreada pochta e'lonlarini botga bera olasiz,Va bu e'lon Bot foydalanuvchilariga ko'rinadi. Oson tushuntiradigan bo'lsam: Men Seuldan Jizzaxga ketyapman,Eshmat esa Seulda yashaydi.Jizzaxga pochta jonatishi kerak.Va menda 10 kg bo'sh joy bor.Buni Botda e'longa qo'yaman.Eshmat botdagi e'lonni ko'rib aloqaga chiqadi va Pochtani men orqali jo'natadi.Men 1 ,2 so'm ishlaganimga hursand,Eshmat esa pochta jo'natganidan.E'lon qo'yish tekin.Va qo'yilgan e'lon 'Pochta E'lonlari' kanalida ham avtomat qo'yilib boriladi.UZB ->KOR yoki KOR-> UZB yo'nalishida e'lon qo'yish mumkin. Undan tashqari siz qo'ygan e'lonni bemalol o'chira olasiz,qancha odam ko'rgan?hammasini ko'ra olasiz! Shu bilan birga siz Botni Koreyaning qayeridan qancha odam ishlatayotganini ham bemalol ko'rib turolasiz) Faqat ishlating ,foydalaning tamom Avvalgi funksiyalari ham albatta ishlamoqda.Koreada bu bot bilan och qolmaysiz😅,pul bo'lsa bo'ldi PS:Pochtachi Biznesmen akalarga tarqating,bemalol elon qo'yishlari mumkin.Hali bu funksiya ishga tushganiga roppa-rosa 5 minut bo'lgani uchun e'lonlar ko'rinmasligi mumkin! LINK:https://t.me/halalbread_bot

Bugun Koreyaga kelganimga 2222 kun bo'libdi.
Bugun Koreyaga kelganimga 2222 kun bo'libdi.

photo content
+5

Manzil: [카카오맵] 대전시민천문대 대전 유성구 과학로 213-48 (신성동) https://kko.to/B_eQAVbjum

Bugun Daejeon shahridagi observatoriyaga borib keldim. Ba'zi rasm, videolarni ulashaman. Yoshligimdan, astronomiya, koinotga qiziqishim yuqori bo'lgan. Nasib qilgan bo'lsa, borib ko'rarmiz.

Aynan KIIP darsi - shaxsiy kanal yuritishimga turtki bo'ldi.

Bugundan, Koreyada KIIP darsini eshitishni boshladim. Juda foydali ma'lumotlar ham bor ekan. O'z davlatimizda ham amalda qo'llash uchun yaxshi na'munalar chamamda. Esimda qolishi uchun ham ushbu guruhda kerakli deb bilgan ma'lumotlarimni ulshib boraman. Nafaqat Koreya haqida, balki dunyoqarashimni kengaytirish davomida tajribalarimni ham yozib boraman. Qiziq bo'lsa kuzatarsiz. E'tibor uchun rahmat.

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Hayrli bo'lsin. Boshladim.