Elga yor (Elyor)
رفتن به کانال در Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
نمایش بیشتر1 070
مشترکین
+124 ساعت
+107 روز
+11530 روز
آرشیو پست ها
1 070
Tavsiya (Instagram) 📷
Men Koreyada yagona va qiziqib kuzatadigan blogger - Berdiyor akani sahifalarini tavsiya qilmoqchiman.
Aka juda ko’p foydali ma’lumotlarni manbaasi bilan birga qo’yib boradilar. Ayniqsa oilaviy yashaydiganlar kuzatishi kerak bo’lgan kanal deb bilaman.
Juda ko’plarga o’xshab, hayp, aldov yoki yolg’on ma’lumotlar tarqatmaydilar. Hatto olgan reklamalari ham tekshirilgan bo’ladi. Shu sabab ham men biror biznes ochadigan bo’lsam, albatta akaga reklama borasida bog’lanaman.
Sizlarga ham holis tavsiya qilgan holda, na’munali kishilarni kuzatishingizni tilayman xolos.
Profillariga link: Bosing
1 070
Tavsiya
Men Koreyada yagona va qiziqib kuzatadigan blogger - Berdiyor akani sahifalarini tavsiya qilmoqchiman.
Aka juda ko’p foydali ma’lumotlarni manbaasi bilan birga qo’yib boradilar. Ayniqsa oilaviy yashaydiganlar kuzatishi kerak bo’lgan kanal deb bilaman.
Juda ko’plarga o’xshab, hayp, aldov yoki yolg’on ma’lumotlar tarqatmaydilar. Hatto olgan reklamalari ham tekshirilgan bo’ladi. Shu sabab ham men biror biznes ochadigan bo’lsam, albatta akaga reklama borasida bog’lanaman.
Sizlarga ham holis tavsiya qilgan holda, na’munali kishilarni kuzatishingizni tilayman xolos.
Profillariga link: https://www.instagram.com/reel/DGj7h83z-R-/?igsh=ZXl1azNoNWZ5YWd2
1 070
+1
Bugun taqdirlashdi. 🏆
Ilk chet ellik va eng yosh taqdirlanuvchi deb ham aytib o’tishdi.
Kompaniya chet elliklarga ishonch bildirishi oson emas. Sababi baribir chet ellik qachondur o’sha Kompaniyani tark etadi. Ammo mana shunday e’tibor berilib, o’zaro ishonch mustahkamlab borilsa albatta chet ellik xodim ham imkoniyati darajasida Kompaniya rivoji uchun xissa qo’shadi.
Bir do’stim aytganidek, 회사 성공을 위하여!
@Elyorbilan
1 070
2 ta ajoyib jamoa hamkorlikni boshlabdi. Ahamiyat bersangiz, elchixonamiz doimo shunday tadbirlar uchun o’z binosidan foydalanish uchun imkon berib kelayabdi. Hech qanday moddiy manfaatsiz albatta.
Umid qilamanki, bu kabi hamkorliklar O’zbek diasporasi rivojlanishida alohida o’rin tutadi. Nima uchunligini bir necha uchrashuvlar natijasidan keyin bilib olarsiz.
Rag’batlantirish uchun bizdan arzimas yulduzchalar bosilib tursa foydali bo’ladi.
1 070
Repost from WAYU Korea
Biz UzOffice Networking guruhi bilan hamkorlikni boshladik!
UzOffice Networking guruhi — o’zbekistonlik savdo mutaxassislari va tadbirkorlarini birlashtiradi. Ko‘plab o‘zbeklar xalqaro savdo menejeri lavozimini egallagach, tajriba yetishmasligi, bilimning cheklanganligi yoki til to‘siqlari tufayli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunday muammolar kundalik ish faoliyatida yoki hujjatlar bilan ishlash va savdo jarayoni bilan bog‘liq maxsus holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, bu guruh o‘zaro o‘rganish va ko‘maklashish uchun yaratilgan.
Guruh bilan hamkorlikdagi ilk uchrashuv!
Sizni, Savdo Sohasini Zabt Etish va Business iimkoniyatlar deb nomlangan netvorking uchrashuvimizga taklif etishdan mamnunmiz!
🎤 Speaker: Kambarali Rizaev – Safo Food va boshqa 3 ta kompaniya asoschisi
📌 Mavzu: Distributsiya va savdo sohasidagi bilim va tajriba bilan bo'lishish.
📅 Sana: 2025-yil, 15-Iyun (Yakshanba)
⏰Vaqt: 16:00 ~ 18:00
📍Joy: 서울특별시 종로구 돈화문로11길 99 — O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi Elchixonasi
🌟 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin:
— Distributsiya sohasi haqida batafsil tushuncha:
Soha bo'yicha ishlash va business qilish tog'risida spikerning shaxsiy ko'nikma va tajribalari,
— Netvorking va savol-javoblar:
O‘z sohangizdagi boshqa ishtirokchilar bilan tanishish, bevosita savollar berish va amaliy maslahatlar olish imkoniyati
Ro'yhatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/nikTfu8E1An6y18z5
✅ Eng yaxshi savol bergan 3 ta odam uchun kitob sovg'asi bor!
Manzilni Naver xaritada koʻrish:
https://naver.me/54kIDAS5
Manzilni Kakao xaritada koʻrish:
https://kko.kakao.com/di0580RGdX
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
1 070
Kuzatuvchilarga savol
Quyidagi qo’shiqchi aka yaqin oylarda O’zbekistonga borar ekan. Konsertda chiqish qilib, yangi O’zbekcha qo’shiqlarni cover qilib bormoqchi ekanligini aytdi. Shunga quyidagi qo’shiqlarni avval cover qilib ko’rgan, ovoziga va stiliga mosroq qo’shiq tavsiya qila olasizlarmi? O’zbekcha qo’shiq, omma oldida ta’nilgan bo’lishi kerak.
Hozirgacha cover qilgan qo’shiqlari.
1. Hayolim senda (Toxir Sodiqov)
2. Sevgi fazosi (Samandar Hamroqulov)
3. Sen ketma (Shohruxon)
4. Nahotki shu bo’lsa sevgi (Alisher Uzoqov)
5. Xasta bo’lma (Yulduz Usmonova)
Boshqa guruhlarga ham tarqatsangiz, O’zbekcha coverlar ko’payadi:)
Ana endi Vabank ni O’zbekcha Cover qilmoqchi ekan
https://youtu.be/WzRfu-8mVDs?si=TS0XlJbsKfs7XTcg
1 070
ID karta ning yana bir foydali jihati
Koreyada ID kartasi borlar bemalol Koreys pasporti egalari bilan bir “line” da kirish imkoniga ega. Uzoq kuttirmaydi, avtomat orqali vaqtni tejaysiz.
Men ham Malayziyadan qaytayotib, 2 daqqiada immigratsiyadan o’tdim. Agar ID kartam bo’la turib, chet elliklar o’tadigan yo’lakchadan o’tsam bir necha 10 daqiqa hatto soatlab kutishim ham mumkin edi.
Bu tizim joriy qilinganiga ancha bo’lgan bo’lsa ham, unumli foydalana olmayotgan Yurtdoshlarimiz bor ekan. Shu sabab eslatma tarzida post joylayabman.
Sizlarga kichik “life hack”
Koreyada ID kartasi borlar bemalol Koreys pasporti egalari bilan bir “line” da kirish imkoniga ega. Uzoq kuttirmaydi, avtomat orqali vaqtni tejaysiz.
Men ham Malayziyadan qaytayotib, 2 daqqiada immigratsiyadan o’tdim. Agar ID kartam bo’la turib, chet elliklar o’tadigan yo’lakchadan o’tsam bir necha 10 daqiqa hatto soatlab kutishim ham mumkin edi.
Sizlarga kichik “life hack”
@Elyorbilan
1 070
E’tiborsizlik haqida
Uchoqda va kutish payti ko’raman deb Ipad ga Netflixdan bir necha kino yuklab olib va yoqtirgan kitobimni ovolgan edim. Mana endi qaytish payti kelganida Ipad ham kitob ham bagaj da ketib qolibdi. Deyarli 1 kunni endi qanday o’tkazishga bosh qotdi:(
Uchoqdagi kino ko’rish imkoni ham borkuya ammo imkoniyat cheklangan.
Varianlar bormi? (O’rnimda bo’lganingizda qanday vaqt o’tkazardingiz?)
1 070
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
Bugun Tejon Immigratsiyada judayam bir ta’sirli keys bo‘ldi. Ayol kishi bilan rizq yanada butun bo‘lishiga yana bir bor ishondim.
Kuni kecha bir student ukamiz qurilish ishida ushlanib, Tejon Immigratsiyaga olib ketilgan ekan. Ukamiz telefon qilib, yordam so‘radilar. Vaziyatni eshitganimdan keyin: “Uka, sizni holatingizda deportatsiya bo‘lish ehtimoli 90%. Aniqroq qilib aytsam, bekor advokat yoki boshqasiga pulingizni sarflamang,” — dedim.
“Aka, iltimos, bir marta bo‘lsa ham keling. Men ketib qolsam, ayolim bilan bir yashar farzandim Koreyada qarovsiz qolib ketadi,” — deganlaridan keyin biroz ko‘nglim bo‘lmadide, borishga qaror qildim.
Ertangi reja qilgan ishlarimni bekor qildim. Keyin ukaga telefonda: “Uka, men borganim hech nima hal bo'lmaydi baribir,” — dedim. “Mayli, aka, keling, gaplashib ko‘ring-chi,” — dedilar.
Negadur oyog‘im tortdi shu tomon. Bugun ertalabdan Immigratsiyaga bordik. Borib vaziyatni o‘rganib chiqib, ayollarining nomidan chiroyli tushuntirish xati ham yozdik Immigratsiyada.
Tergovchi bilan gaplashsam: “Biz bu talabaga kechgacha qaror chiqaramiz. Vaziyatga qarab deportatsiya bo‘lishi ham mumkin,” — degan gaplarni qildi.
“Iltimos, bu ukamiz ketib qolsa, student ayol va farzandi qiynalib qoladi. Ozgina bo‘lsa ham imkon beringlar, mana bu ayoli nomidan yozilgan uzrnoma,” — deb qo‘liga berdimde, “qayta imkon bergin,” — deb iltimos qildim.
Bilasiz, student vizada qurilishda ishlayotgan paytida tutilgan bo‘lsa, deyarli 99% holatda deportatsiya bo‘ladi.Kechgacha Immigratsiyada o‘tirdim. Tergovchi telefon qilib, yonimga kelgin, gapim bor dedi: “Men boshliq bilan gaplashib ko‘rdim. 1 oy yaqin ishlagan ekan, 3 million jarima solamiz,” — dedi.
Meni o‘ylantirgani — 3 million jarima to‘laganlaridan keyin deportatsiya qilib yuborishmasmikin degan hayollarga bordim. Xodimdan jarima qog‘ozini oldimda, ayollari bilan tezda 3 mln von jarimani jo‘natib berdik. Qayta tergovchining oldiga bordim.
Tergovchi yuzimga qarab: “Aslida biz buni deportatsiya qilishga haqqimiz bor edi, lekin ertalab kelgan ayol va farzandi uchun bir marta imkon berdik,” — deganidan keyin ichimdan xursand bo‘lib ketdim.
“Bu ukani deportatsiyadan saqlab qolgan eng birinchi sabab ham ayol va farzandi borligi, ularni shu insonga qo‘shilgan rizqi tufayli Allohim u bolaga yana bir bor imkon berdi,” — dedim ichimda.
Immigratsiya xodimlari ham odam, insoniylik bor ularda ham. Vaziyatni qaysi holda, qanday tushuntirishga bog‘liq ko‘p narsa.Bugun ertalab tong sahardan turib kelgan kunim judayam barakali bo‘ldi. Allohim, o‘zingga shukr.
Aslida men ham ba’zi birlarga o‘xshab maqtanib: “Mana men deportatsiya bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki negelal bolani chiqarib oldim Immigratsiyadan,” — deb o‘zimga “achko” ishlasam bo‘lardi. Lekin bu yerda men deyarli hech narsa qilmadim. Bu ukamizni shu ayol va farzandini qo‘shilgan rizqigina saqlab qoldi. Men shunda ozgina ko‘makchi bo‘ldim xolos.
Aslida real holat ham shu — kimdur Immigratsiyadan kimnidir olib chiqsa, aslida o‘sha ichkaridagi odamni rostan chiqish uchun yetarli sababi bo‘ladi. Ba’zi birlar bundan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi.
Eslatma: Koreyada o‘zbek advokati yo‘q. O‘zini “advokatman” degan har qanday o‘zbekdan qoching. Faqatgina advokatura ishlaydigan tarjimonlar bo‘ladi xolos.
@ganiev_tarjimon
1 070
Kuala Lumpurda biroz zerikdim, shu sabab kecha Langkawi ga chipta olib qo’yib hozir uchoqni kutib o’tiribman.
Kuala Lumpurda esa olgan uyim 2-3 kun bo’sh qoladigan bo’ldi..
Meni sog’inmay kutib turing chemodanlarim 😏
1 070
Kuzatuvchilarga savol?
Bir tanishimning ishxonasida, ishdan tashqari to’garak bor ekan.
U yerda har xil lavozimdagilar birga qatnashadi. Yaqin kunlarda, qatnasha olmaydiganlar aytib qo’ying deb eslatishibdi to’garak tashkilotchisi. (kakao orqali).
Hali yangi yoki quyiroq lavozimdagilar bir necha nafari qatnasha olmasligini bildirdi. Bir necha soatdan so’ng, bo’lim boshlig’i ham qatnasha olmayman deb yozib qoldi. Shu zahotiyot, to’garak tashkilotchisi ”네넵 괜찮습니다“ deb umumiy javob yozdi.
Qani aytingchi, bu faqat bo’lim boshlig’i uchun atalganmi yoki barchagami? (Alohida mention qilinmagan)
Menga nimagadur shunday vaziyatlar “ikkiyuzlamachilik” dek tuyuladi. To’g’ri u kabilar lavozimga osonroq ko’tarilar ammo buni normallashtirish xatodek go’yo.
O’zbekiston ish atmosferasi ham shundaymi?
Sizni ham fikringiz qiziq bo’lgani uchun menga kelgan savolni ulashdim.
1 070
Men Durian iste’mol qilib, juda katta xatoga yo’l qo’ydim.
Organizm yashin tezligida ushbu mevani tashqi dunyoga ravona qildi 🥲
Jalan Alor, Malayziya
@Elyorbilan
1 070
LinkedIn da Genya yozayabdi!
Bu gapni men ham juda ko’p takrorlayman. Ayniqsa Koreys ma’sullar bilan ko’rishganda.
Tarjimasi: Yigirma yoshlarda yolg‘iz holda chet elga ko‘chib o‘tib, viza, bank, soliq, uy-joy, ish va madaniy shok kabi muammolarni yengib o‘tgan odamlar endi deyarli hech narsadan qo‘rqmaydi. Yaqinda shu fikrni ko‘rib qoldim va to‘liq qo‘shilaman. Ayniqsa buni Koreya yoki Yaponiya kabi joylarda uddalagan bo‘lsangiz, bu juda katta yutuq. Chunki bu yerlarning tizimi murakkab, tili og‘ir, jamiyatning og‘zaki qoidalari esa yozilgan qonunlardan ham qat’iyroq bo‘ladi. Agar siz chet elda ish topgan, uy ijaraga olgan, bank hisob ochgan, soliqlarni topshirgan, vizangizni yangilagan va butunlay boshqa madaniyatga moslashgan holda hayotni noldan boshlab qurgan bo‘lsangiz, bu faqat jasorat emas. Bu - chidamlilik, moslashuvchanlik va iroda sabog‘idir! Agar bu so‘zlarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz va allaqachon bu bosqichlarni bosib o‘tgan bo‘lsangiz yoki hali yo‘lda bo‘lsangiz, bilingki, siz ko‘pchilik odam hatto urinib ko‘rishga ham jur’at etmaydigan narsani uddalagansiz. Siz noaniqliklardan qo‘rqmadingiz va harakat qilishda davom etdingiz. Siz hech nimadan “nimadir” yarata oldingiz. Bu sizni to‘xtatib bo‘lmaydigan odamga aylantiradi. Buni unutmang.Shunday ekan, Instagram yoki boshqa platformadagi “maynavozchi blogger” lar sizdan ko’ra muvaffaqiyatli ko’rinsada, asli unday bo’lmasligi ham mumkin. Yuqoridagi yo’llar juda ko’pchilikni pishirib sayqallaydi axir! @Elyorbilan #haqiqat@Elyorbilan
1 070
+9
Bulutli Guangzhou dan alangali salomlar! 🇨🇳
Xitoyda 1 kunni o’tkazib, olgan kichik taasurotimni yozib qoldiraman. (Xar doimgidek 10 ta qilib yozaman)
1. Taksilari katta pul talab qiladi (20$ yo’lga 60$ so’radi). Va ba’zilari juda qo’pol. Shu sabab “DiDi degan ilovani ishlating.
2. Yoshlari bilmasangiz samimiy o’rgatadi, faqat Ingliz tilini ko’pchilik bilmaydi.
3. Qariyalari, oyog’ingizni bosib ketsa ham indamay yo’lida davom etadi. (Aksari)
4. Men tasavvur qilgan o’sha, meshqorinlar ko’chada futbolkasiz, karta o’ynab chakib o’tirishar ekan. (Videosi borkuya, qo’yishga uyaldim)
5. Juda ko’p yozuv va ilovalar faqat Xitoy tilida. Til bilmasdan birinchi qiynalgan Davlatim Xitoy bo’ldi.
6. Koreya ancha toza ekan, Xitoyni ilk kunidayoq Koreyani sog’inishga ulgurdim.
7. Immigratsiya va tekshiruvlar qattiq tartibda bo’lar ekan. (Tortishuvlar ham yetarlicha bo’ldi, alohida yoritaman bu bo’limni)
8. To’lovlar asosan Wechatpay va Alipay da amalga oshiriladi. Naqt deyarli ishlatilmaydi.
9. Odam juda ko’p. Shovqinga o’rganmagan odam uzoq yashay olmaydi.
10. Kiyinish stil turfa xil, hech kimni bir biri bilan ishi yo’q. Koreyadagidek Oq, qora va “gray” emas, turfa xillik juda ko’p.
@Elyorbilan
1 070
Suhbatni tinglayabsizmi?
Men ham qiziqligidan, Guangzhou shahrining Turk restoranida bardakchoyni “hoppilatib” ichib tinglab o’tiribman:)
1 070
+1
Bu yil Kompaniyamizda na’munali xodim deb topilibman. 🏆
Kompaniyamizda 200 dan oshiq xodim ishlaydi. Har yili 6 kishi na’munali xodim deb e’tirof etiladi. O’tgan yilgi natija va harakatlarim uchun bu safar meni loyiq deb topishibdi.
Ishning ilk kunlari, ishni olib keta olarmikanman? degan o’y o’tgan bo’lsa, bugunga kelib - Koreys xodimlarga na’muna qilib ko’rsatishayabdi. 2024-yil yakuniga kelib, ba’zida tungi 9 gacha bir o’zim Kompaniyada ishlab o’tirgan kunlarim yodimga tushib ketdi. Hech kim menga - bugun kechroq keting deb aytmagan bo’lsa ham, ishimni iloji boricha kamchiliksiz qilish maqsadida asosiy vaqtimni o’tkazdim. Mevasini mana endi, kelayotgan yillar ko’raman degan umiddaman.
So’zim yakunida, Kompaniyada chet ellik o’laroq qadrli kadr bo’lib qolmoqchi bo’lsangiz, Koreyslarda yo’q “skill” largacha o’zlashtiring. Bu sizni noyob qilgan holda, raqobatda yutishingizni ta’minlaydi.
@Elyorbilan
1 070
Kechga choy damlab, yoningizga qaydnoma kiritish uchun vosita bo’lsa ayni muddao.
Bir necha yillik tajribalarni bir necha soatda olish imkoni-ku axir!
Men ham sayohatda bo’lishimga qaramay, kirib tinglashga harakat qilaman.
1 070
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
🎙 PODCAST 3-SONI!
Bu safargi mehmonimiz Koreyada Immigratsiya sohasida katta tajribaga ega JAMSHIDDIN aka bilan bo‘lib o‘tadi!
🧭 Mavzu:
⚖️ Koreyada eng ko‘p sodir qilinadigan qonunbuzarliklar
❗ Ularning ayanchli oqibati va oldini olish choralari
🎧 Nimalar haqida gaplashamiz?
🔹 Chet elliklar va o‘zbeklar orasidagi immigratsiya muammolari
🔹 Jarima, qamoq va deportatsiyaga olib keluvchi asosiy qonunbuzarliklar
🔹 Real hayotiy misollar va maslahatlar
❓Savolingiz bormi?
Kommentga yozib qoldiring —
✅ Aniq manba va tajribaga asoslanib javob beramiz!
📍 Suxbat manzili: @ganiev_tarjimon Telegram kanalida
🗓 Sana: 2025-yil 31-may, Shanba
🔜 Vaqt: Koreya vaqti bilan soat 20:00
‼️ O‘tkazib yubormang! Bu suhbat Koreyadagi hayotingizni qisman bo'lsa ham o‘zgartirishi mumkin!
@ganiev_tarjimon
1 070
Jiddiy post! 🆘
O’lim haqida…
Boya Instagramda Avazbek akaning bir kishi haqida qo’ygan videosini ko’rgan edim.
Koreyaga kelganiga ancha bo’lgan kishi (54 yosh) uyida vafot etib, 1 oycha qarovsiz qolib ketgan. Qozog’istonning chimkentidan ekanlar. Mayitning tanasini qurt va pashsha yeb bitirgan ekan.
Azizlar, iltimos Koreyadagi do’st-birodarlardan vaqti vaqti bilan habar olib turing. Bir necha kunlab aloqaga chiqmasa iltimos, yo’qlab boring.
Bu foniy dunyoni qanday tark etishimizni Allohdan boshqasi bilmaydi. Shunday ekan, mehr oqibatli bo’laylik iltimos!
#Elyorbilan
#oqibat@Elyorbilan
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
